Четверг, 05.12.2024, 00:19
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Yon daftarchaga yozilganlar... - Страница 5 - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
Yon daftarchaga yozilganlar...
GiyosДата: Воскресенье, 09.09.2012, 23:27 | Сообщение # 101
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Buvim bizni uyga so'ngi marta kelganlarida onam ularga bugun biznikida qola qoling digandilar. (Buvim kichikina amakimnikida turadilar. Biza alohida chiqib ketganmiza, unda man hali tug'ilmagandim.) Shunda buvim: Kelining tug'sa ko'p yotgani kelaman. Hozir uyimga boray dib ketgandilar. Shunday adashmasam 1 oylardan keyin vafot etdilar. Kelinoyim ham tug'dilar... Lekin buvim kelmadilar. Kelmasdilar. Kelinoyim tug'ganlarida suyunchi olgani kichikina amakimnikiga bordik. (buvim vafot etganlariga 13 kun bo'lgandi). Ichkarida amakimni xotinlari bor ekan. Kutib oldilar. Ayvonga borib o'tirdik. Buvim o'tiradigan joy bo'sh. Man har doim kelganimda ular shu yerda o'tirgan bo'lardilar. U yerda hech kim yo'q. Onam tilovat qildilar. So'ng yig'lab yubordilar: "kelining tug'sa boraman diganlar, mana kelinim tug'di. Endi qanilar. Qachon uyimga boradilar...". Shunday dib yig'ladilar. Rosti ham buvim bora olmaydilar endi. Ularni tuproqga topshirib kelgandik. So'ngi marta kelganlari usha bo'ldi... Nabiralariga ismni ham o'zlari tavsiya qilardilar. Bu safar esa tafsiya qila olmadilar. Endi man farzandli bo'lsam ham kela olmaydilar... Farzandlarimga ism ham tavsiya qila olmaydilar...
 
SokinaДата: Понедельник, 10.09.2012, 15:12 | Сообщение # 102
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Allohim sabr bersin.Barcha yaxshiliklar Allohdan.O'tganlarning qabri nurga tölsin.

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Вторник, 11.09.2012, 12:04 | Сообщение # 103
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Sen meniki emassan, meniki bo'lmaysan hech qachon. Hohlagandim faqat kulganing eshitmoqni. Buni ko'rmading men bechoraga ravo. Qoldim kutib, tunlari bedor... Sen aldoqchi, aldading meni, ravo ko'rmay shirin ovozing... Xotiralayman o'tgan kunlarimizni, ayb topalmay o'tmishdan, qidiraman xatoyimni. Sen jimsan hanuz, seni ovozing eshita olmadim afsus... Afsus chorasizlik so'zi, nahotki qoldim men nochor. Ayblamayman taqdirni, ayb senda, yolg'onchi...
 
SokinaДата: Четверг, 13.09.2012, 17:39 | Сообщение # 104
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Hozir yozayotganlarim shunchaki aksioma.Ya'ni isbot talab qilinmaydigan hayotiy qoidalar,desam ham böladi.Hammamiz ham kim uchundir ahamiyatli yoki yana kim uchundir ahamiyatsiz kishilarmiz.Kimnidir özimizga yaqin olib,ishonch bildirib "sir"imizni aytamiz.Lekin,öylab körsak özimizdan boshqaga aytilgan gap qanaqasiga sir bölsin?! O'sha inson ham bu haqda qachondir,kimgadir "gullaydi".Aslida,Alloh va özimiz örtamizdagina SIR saqlaniwi mumkin.Bu AKSIOMA!

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
LoadingДата: Пятница, 14.09.2012, 11:58 | Сообщение # 105
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Birov sendan noxaq xafa bo'lgani seni ishinga albatta tasir ko'rsatmay qolmas ekan. Sababi nima? Axir u noxaq xafa bo'ldiku? Unga vaziyatni chuntirish iloji bo'lsa hop-hop vaziyatni oydinlashtirib olsang. eshotishni istamagandan so'ng nima qilish, nima deyish mumkin?

Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
SokinaДата: Пятница, 14.09.2012, 12:44 | Сообщение # 106
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Har kim özicha haq.Ammo,haq-nohaqni ajr qiladigan HAQ borku! Mana sizga TOPISHMOQ: Menda mayda-chuyda tuwunmovchiliklardan,köngilsizliklardan va ötkinchi salbiy holatlardan tezda xalos etadigan wifobaxw noyob eliksir bor.Doim undan foydalanaman.U men uchun DASTUR.Men unga onamning qornidaligimdayoq dasturlanganman.Ayni damda dasturni buziwga harakat qiladigan VIRUS ham borligini bilaman.U virus mening eng awaddiy duwmanim.Chunki,meni dasturlagan Zotga u duwman hisoblanadi.Shuning uchun,u mening ham DUWMANIM!U mening har qadamimni poylaydi.Birozgina chalkawiwimdan qah-qah otib kuladi.Men uni doim la'natlayman...Meni dasturlaganni esa doimo madh etaman.Chunki,men uni hamma-hammadan yaxwi köraman.Men unga wunchalar yaqinmanki,har nafasimda his qilaman.Men undan wunchalar istihola qilib uyalamanki,muhabbatim shunchalar kuchli bölsa-da,"sevaman",deb aytolmayman.Men Uni körmaganman,ammo wunchalar g'oyibona oshiq bölganmanki söz bilan ta'riflay olmayman!Men Usiz xarob bölishim muqarrarligini bilaman,shuning uchun Undan hechqachon yuz ögirmayman.U menga zor emas,men Usiz xoru-zor,abgorman.Men hatto ota-onamni ham Uningchalik sog'inmayman.Uningchalik itoat etmayman,Uning ham bir sevgani bor,men Uni ham yaxwi köraman,lekin rashk qilmayman.Uning amallarini takrorlayman,aytganlariga böysinaman.Shunday qilsam,Unga yoqaman.Shoyad,men ham Uning suyganiga aylanarman,deya umid qilishdan töxtamayman.Buyuk dasturchimning vaslu-jamoliga yetishish uchun Uning og'ir sinovlarining jamiga rozi bölsamda,Undan faqat yaxshilik tilayveraman.Uning menga atalgan bir kunini kutib yashayveraman.Ana öshanda,mening sof muhabbatimni qabul qilsa va öz örnida "sen ham mening suyganimsan",desa böldi.Men xuddi ana shuning uchun dasturlanganman!TOPIWMOQNI TOPING!)

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Среда, 10.10.2012, 22:00 | Сообщение # 107
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Muzdek cofe... Hech qanday haroratsiz, hech qanday hislarsiz... Qaynoqlik taftidan, sovuqlik yaxshiroqku! Issig'i kuydiradi, asl holiga qaytishi qiyin. Muzlasachi? U eriydi, keyin o'z holiga qaytadi. To'g'ri hissiz bo'lar, lekin yashayveradi hech muamosiz, hech narsani o'ylamaydi. Salqin kofe, uni hech qachon puflamaysiz, kuydirib, labingizni tishlamaysiz. Osonroq! Muzdek cofe. . . . Sutli, shakarli. . .
 
SokinaДата: Суббота, 13.10.2012, 11:18 | Сообщение # 108
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Yaqin insonlarimiz vafot etishgandan söng,hayotimizni qolgan joyidan davom ettira olishimiz uchun,ötgan hayotimizni yana qaytadan bosib ötishimizga majbur bölar ekanmiz.Töxtab qolgan joyimizda,ötgan umrimizni sog'inch bilan qömsash barobarida armon degan tuguncha hozil bölarkan.Ana shu tugunchadan ötayotgan vaqt davomida ortimizga qaray-qaray ketaverarkanmiz.Shu sekin qadamlarimizga sabr,shukr,hayo tarkibiga kiruvchi asliy va fa'riy ne'matlar hamroh bölganicha ketaverarkanmiz.Qaysidir bir nuqtaga kelib,könikish hosil böladi-yu,bizni kutayotgan yana bir tuguncha sari ravona bölarkanmiz.Xoh quvonchli,xoh qayg'uli sinov bölsin,bu tugun umrimiz yölida baribir tugilishi lozim... Oqibat xayr.

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
LoadingДата: Воскресенье, 14.10.2012, 01:25 | Сообщение # 109
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Balog'at yetkach ko'p kunlarni ko'rdim. Kuldim yig'ladim. Bir ish qildim, davomli. Menga mos kelmagan ish edi. Chuntirib berolmiman. Juda mayda lekin vaqtimni sezilarli yoqotti.

Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
GiyosДата: Вторник, 16.10.2012, 09:02 | Сообщение # 110
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Seni ismingni o'chirdim. Qalbimdan. Endi eslamayman. Seni butunlay unutdim. Sendan qutuldim. Orzularimdan kechdim. Mayli bo'lsa ham endi armon. Afsuslanmayman. Afsuslanasan. Aytgan so'ngi so'zlaring eslab, o'zingga takrorlab. Xato qidirasan. Foydasi yo'qku endi. Qachon tushunasan. Mehrimdan kechib, mehr kutmay. Sen ham ismimni o'chirgin. Yuragingdan. Boshqa eslamay, unutgin...
 
GiyosДата: Понедельник, 22.10.2012, 00:35 | Сообщение # 111
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Nega uni sevding yurak mendan so'ramay... Men baribir hissizku, yonimdagi gulni hidini anglolmasam. Nima qilarding o'zingga ortirib mushkul ish. Qiynalasan edi beto'xtov, har urganingda. Men bermayman senga yordam. Sen qayerda eding aql, bir og'iz aytmaysanmi yurakka sevma deb. Senga ishonardimku o'zimdanda ko'proq. O'rtada qiynalar yurak. O'chirib tashla uni yurak, sevma, kerakmas senga.
 
GiyosДата: Вторник, 23.10.2012, 11:25 | Сообщение # 112
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Sening qalbing qulfini ocholmasam ne qilay. Meni sevgim senga kalit bo'lolmasa ne qilay.
Sevgim yetkazishga qolmadi holim ne qilay.
Sen sevishing uchun ayt jonim men ne qilay.
 
GiyosДата: Четверг, 25.10.2012, 17:01 | Сообщение # 113
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Kimlarnidir aybi bilan chuqurga tushsang, o'zing bilib tushgandan og'irroq tushar ekansan. Hozirda kim kimi chuqurga itarmoqda. Dushman dushmannimi, yoki do'st do'stnimi?
 
GiyosДата: Четверг, 25.10.2012, 17:02 | Сообщение # 114
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Chuqurga tushmaslik uchun nima qilish kerak. Hech kimga ishonmaslikmi? Unda yolg'iz yashashdan nima foyda...
 
GiyosДата: Суббота, 27.10.2012, 16:10 | Сообщение # 115
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Man o'zimni saxrodagididek his qilayapman. Uwa saxroni ham o'zim dib bilayapman. Saxroni o'rtasidaman. Chiqib ketiw masofasi har tomonda har xil. Qatga yuriwni ham bilmay qolayapman. Oldimda 4 ta yo'l emas 360 ta yo'l turibdi. Aylana makon. Chalkaw makon. 360 ta yo'l. Shulardan bir qanchasi bir biriga yaqin. 2 ta bo'ganda osonroqmidi? Agar unda xato yo'ldan yurganimda tanlamgan yo'lni tanlamadim dib balki afsuslanardim. 360 ta yo'lda esa. . . Shunchaki omadsiz ekanman dib qo'ya qolardim. . . .
 
GiyosДата: Понедельник, 12.11.2012, 20:33 | Сообщение # 116
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Agar kompyuter (internet)dan to'g'ri foydalanilsa dunyoni bosib olish mumkin. Agar noto'g'ri foydalanilsa u odamni bosib olib, o'ziga tobe qiladi. . .
 
GiyosДата: Вторник, 13.11.2012, 11:51 | Сообщение # 117
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Yonimdasan. Agar seni bir kun ko'rmay qolsam, hayollarim bilan bezovta qilaman. Uzoq uzoq hayollar, senga yaqinlashtirar meni. Hayollarimda men aytaman senga sevishim, rad javobingdan qo'rqmasdan. Sen sevgimni qabul qilasan, hatto meni sevishingni aytasan. Exx. Shu hayollarda qolgim keladi. Seni bir umr sevgim keladi... Hayollardan chiqib senga qarayman. Qarab turibsan menga hayol surib...
 
GiyosДата: Понедельник, 19.11.2012, 13:08 | Сообщение # 118
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Birinchi muhabbatim. Ayta olmaganim, muhabbatim. O'zimni sengga munosib ko'rmagan muhabbatim. Seni ko'rmasam, chidolmagan muhabbatim. Keyinchalik sen menga mos emasligini chungandim, muhabbatim. Keyin seni unutmoq istadim muhabbatim. Seni qalbimdan yulqib oldim muhabbatim. Cho'lga otib yuborgan, keyin seni ko'rsam qolmagan muhabbatim. Faqatgina bo'lgansan men uchun endi faqat birinchi muhabbatim. Sendan keyin uchramadi hech sof muhabbatim. . .
 
GiyosДата: Вторник, 20.11.2012, 11:46 | Сообщение # 119
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Malikasan. Malikamasman dimoqchimisan? Oddiy qizman divosande. Nega malikaligini etimi? Qadim zamonlada malikalaga yetishish qiyin bo'gan. Uncha bunchasi orzuyam qilomagan. Armon dib ko'ksini toshga qo'yib yotgan. Manam sanga yetishomiman. Mandan rosali uzoqladasan. Bir birimizga munosibmasligimiz, san juda ham boshqachaligin... Shuni uchun san man uchun malikasan, shox qizi bo'masenam. Balki keyinchali manam o'zimga munosibini toparman. Baxtimi...
 
GiyosДата: Вторник, 20.11.2012, 12:19 | Сообщение # 120
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Ko'zlarim ko'ziga tushiboq seni esladim sof muhabbatim. Naqadar o'xshash go'zallik. Ishongim kelmas o'zimga, nahotki topdim seni qayta deya. Sendagi husnkorlik, maftunkorlik, noziklik unda ham mujassam. Faqatgina sendan farqi, yuragim urmas, sen yonimda bo'lganingda urganingdek. Yuragim tanimadi uni. O'xshash bo'lsa ham. Balki shudir meni baxtim, sen bo'lolmagan. Ortidan qarayman hanuz, uzoq. Baribir u sen emas, sen eding boshqacha...
 
GiyosДата: Вторник, 27.11.2012, 20:59 | Сообщение # 121
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Men tilasam hammaga baxt, chin dildan. O'zimga tilarkinman qachon. Davrada o'ynasa go'zal, borib birga o'ynay olmasam netay. Ko'zlarimiz to'qnashganda bir o'rtansang netay. Yonginamda o'ynab, qarashlaringdan yiqilay. Sho'xliklaring o'zingga yarashgan. Voy deyman, buncha erkatoy. Davrada tanho o'zingsan yoqimtoy. Aqlimni olgan oppog'oy. Raqsga tush, raqsga tush kel men bilan. Nigohlaring bilan qaramay qaramay. . .
 
GiyosДата: Воскресенье, 02.12.2012, 08:58 | Сообщение # 122
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Dars paytlari shifoxonada palatalarni aylanamiza. Ko'zim ko'p nevarasiga qarab o'tirgan buvijonlarga tushadi. Xotiralarim yuzaga chiqadi. Esimda. Mani ham kichkinaligimda rahmatli buvim kelib manga qarab turardilar. Uyga kelgandilar. O'zlari ovqatlantirib, o'zlari uhlatardilar. Yumshoq qo'llari bilan boshimni silardilar. Usha paytlar esimga tushib ketdi. Mana endi buvim yo'qlar. Bag'rilariga boshimni qo'yib alla eshitolmayman.
Nevarasi kasal bo'lib qolsa ota onasidan ham ko'ra shu buvijonlar ko'p havotirga tushishadi. Kasalxonaga yotqizishganda ham o'zlari birga qolishadi. Ota onasi ishda bo'lishi mumkin. Yoki uyda yosh bolasi. Buvijonlarda esa nevaralari uchun doimo vaqt topiladi. Mehri daryo buvijonlar.
Mana hozirgi suratda ham... Nevarasini yonida qarab o'tiribdilar. Balki nevaralarini o'g'lidir.

Bunday olib qarasa aslida majbur emaslar uzoqdan kelib, shu bolani yonida o'tirishga. Lekin sovuq bo'lsa ham, o'zlari qari bo'lsalar ham shu yerdalar. Bu albatta farzandlarini baxti uchun. Buvijonlarimiz sog' bo'lishsin...
Buvijon sizni sog'indim. Rasmingizga qarab, uzoq tikilib qolaman...
 
GiyosДата: Воскресенье, 02.12.2012, 08:58 | Сообщение # 123
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Sani kulging rostanam sohta. Chin dildanmas. Samimiylik yo'q. O'zing ham etarding, man qachon oxirgi marta chindan kulganimni eslolmiman dib. Man ishonmasdim. Rostanam, kulganingda hich ahamiyat bermaganakanman. Kecha dugonalaring bilan birga tushgan rasmingni ko'rib qoldim. Kulib turibsizlar. Ularni kulgusi samimiy. Lekin saniki rostakamiga sohta. Shunchaki o'zingni kulgandek, hursanddek qilib ko'rsatib turibsan. Dugonalaring kulgusi oldida sani kulging farqini angladim. Nega kulib yashamaysan. Nega intilib yashamaysan. Hali hammasi oldindaku. Hech narsa yoqotilmaganku. Yana topsa bo'ladiku. Bir bora, ko'p bora kulgin. Yanada ko'proq oldingi kulgingdanam ham samimiy chiqsin. Hamma ishonsin. Men ham ishonay...
 
GiyosДата: Вторник, 11.12.2012, 18:51 | Сообщение # 124
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Senga yeta olmagandim, yetganda ayta olmadim, kechir muhabbat. Yonimda turibdi go'zal, bera olmasman, ayta olmasman unga seni. Qizg'onamanmi undan balki, qo'yib yuborgim kelmasmi yashirib seni. Olov bo'lib yonganingda tanamda, og'riq bo'lib yotib qolsamda, tan olgim kelmas sira mendan ketib qolmog'ingga. Asragim keladi dilimda seni bermay hech kimga, aytmay hech kimga. Oh muhabbat, tiz cho'ktirdi bittasi. Olmoq bo'lib seni mendan. Ko'zlari katta, go'zal qiz. Boshimni egdi ham u yor... Seni bera olmadim baribir, garchi hohlasangda u tomon, kechir muhabbat. Ko'z oldim bo'ldi qorong'u, tortib olmoq istardi u. Hali bo'lmagandim hech bunday behush, go'zal qizdan boshqasin yonida. Nahotki ushal bo'lsa sening egang endi, mendan borib unga yetsang. Keyin sendan uzolmay umid, unga bog'lanib qolsam. Menga yana qaytarsanmi, agar u qizni baxtli qilolsam?
 
GiyosДата: Вторник, 18.12.2012, 23:48 | Сообщение # 125
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Nima yozsamikan. Bugun bitta tanishimni ko'rib qoldim. U yagonam bo'lishi ham mumkin edi. Lekin man hohlamabman, bugun o'zimga savol berib qarasam. Bekor savol berdim. Javobi aniqku. Aniqmas narsalarga savol berish kerakmidi. Javobini ham bilmimanku, o'zimi qiynab nima qilaman. Yer torlik qilarkande, kimnidir ko'rmayman dib o'ylasak. Yer tor bo'lsayam, bag'rimiz, qalbimiz tor bo'lmasin) Bir kun ko'rishamiz, yo'l yo'lakay diyirdiku. Ko'rishamiz, yer juda tor, keng emas)
Internet, bizaga nima bermoqda(yoki olmoqda) digan savol ham kallamma taq taq urilmoqda. Kimlardir uxlamay chiqadi. Kimlardir uxlolmay. Kimlardir uxlatmay. Qog'ozni ham bo'yab tashadimmi? Bundan battari bo'lmasa keraka? Mayli sizlarni vaqtizning olmay) vaqt bu vaqt, vaqtni yoqotish bu odam o'zini yoshligini yoqotish. Har qadamda yoshligimizni bir qadamini tashlab ketayapmiz. Shu qadamni boshqa joyga sarflay olarmidik? Yo'q. Bu qadamlar shu joyga atalgandi. Bundan qocholmasdik. . . Hozi hamma kulmasdan bo'ldi qila qolay))
 
Поиск:
Flag Counter