Yon daftarchaga yozilganlar... - Страница 12 - Giyos/FORUM
Yon daftarchaga yozilganlar...
| |
Giyos | Дата: Понедельник, 16.09.2013, 22:17 | Сообщение # 276 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Meni boshqa eslab, chaqirmaysanmi? Ketayapman. Butunlay sendan ketayapman. Yodingdan ham. Endi boshqa qaytmayman. Senga shu paytgacha pand bermagandim. Seni g'ururingni saqlab kelgandim. Sendan ketishimga balki o'zing sababchimasdirsan. Lekin hayot shunga majbur qilayapti. Seni tark etgan bitta men emasku! Qanchalar seni tark etishdi. O'rganib ham qolgandursan. Mayli, shuncha yillik hurmating. Yana ozroq sen bilan qolaman. Keyin esa, xayr...
|
|
| |
Giyos | Дата: Вторник, 17.09.2013, 18:40 | Сообщение # 277 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Bir voqea hech esimdan chiqmaydi... Bir kuni onam meni uzoqroqdan narsa olib kelish uchun yubordilar. 12-14 yoshlarda edim. Prezdnoyim bor edi. Lekin uydan shoshib chiqib, qoldirib ketibman. Avtobusda bordim. Chiptachi yo'l xaqqi so'ramadi. Manzilimga borib, onam aytgan narsani sotib oldim va yana avtobusga chiqib qaytdim. Prezdnoyim bo'lgani uchun ortiqcha pul bermagandilar. Qaytayotganimda chiptachi mendan yo'l xaqqini so'radi. Unga yonimda pul yo'qligini, aslida prezdnoy bilan yurishimni, lekin u uyda qolib ketganini tushuntirdim. Chiptachi menga, to'lamasam tushishimni aytdi. Qo'limda og'irroq yuk edi. Chiptachiga, kelasi safar to'layman dedim. U, yo'q deb, tushishimni talab qildi. Endi tushish uchun yurgan edim, bir 18-20 yoshlar chamasidagi qiz meni to'xtatib, kerakmas deyishimga qaramay, chiptachiga men uchun yo'l haqini to'lab yubordi. Uyalganimdan qizarib ketdim. U qizga qaramay, past ovozda zo'rg'a rahmat dedim... 2 ta bekatdan so'ng u tushib qoldi. Bekatni eslab qoldim. Boshqa safar unga pulini qaytarmoqchidim. Lekin uni hecham ko'rmadim. Balki yuzini eslab qola olmaganimgadir. Har safar usha bekatga tushayotgan odamlarni kuzataman. Topa olmadim... Hozir uni yuzi umuman esimda yo'q... Balki turmushga chiqib, boshqa yoqlarga ko'chib ketgandir... Chiptachilar yosh bolalarni tushirib yubormoqchi bo'lsa, shu voqea esimga kelaveradi... Ushanda yaxshi odamlar bor ekaniga ishongandim. Ular ko'p ekan. Faqat indamay, kimgadir yordam kerakligini kutib yurishar ekan!
|
|
| |
Mirzoxid | Дата: Вторник, 17.09.2013, 23:26 | Сообщение # 278 |
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Статус: Offline
| Добавлено (17.09.2013, 22:26) ---------------------------------------------
Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
|
|
| |
Sokina | Дата: Среда, 02.10.2013, 10:16 | Сообщение # 279 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Yomon odamlar qancha ko'p bo'lsa yaxshilar undan ham ko'p bo'lsa kerak... Aslida,yaxshilik va yomonlik inson shakli-shamoyilining yaxlitligini tashkil qilsa-da biz,sharoit va vaziyatga qarab ikki toifaga bo'lib sifat berishga odatlanganmiz. Nima uchun sinov deyiladi, xuddi ana shunday holatlarda sinalganimiz uchun ham-da! Bu keng olam bizgacha ham mavjud edi,bizdan keyin ham bu yaratilgan borliq mavjudligicha qolaveradi. Muqimlik faqatgina tanlanganlargagina nasib etadi...Добавлено (02.10.2013, 09:16) --------------------------------------------- Bilganim shuki, ayrim odamlarni hurmat-izzat qilgan sayin taltayib ketisharkan... Nega? Bu savolga javoblar menda juda ko'p! Axir hayotda kuzatuvchan insonman-ku!)
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Giyos | Дата: Пятница, 04.10.2013, 09:27 | Сообщение # 280 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| O beg'uborim, yo'llaringda adashib, topolmay seni, sarson sargardonman. Toleyim boqdi, topdim tanho yulduz osmonimdan. Mashriqdan esar shamol, olib kelib, seni iforing. O beg'uborim, sog'intirma men oshiq, telba devonangni. Sensiz huvillar, bo'sh kulbam. Nurga to'lmas, qorong'u xonam. Sen bo'lmasang, kim bo'lar yorim, borim. O beg'uborim, jonim... Jamolingni kam ko'rmoqni, amr qilma, talpinay seni vasling hohshi ila. O beg'uborim, sensan meni yolg'izim... Senla otsin tongim, senla botsin quyoshim... O beg'uborim, bo'l sevgan yorim...
|
|
| |
Sokina | Дата: Четверг, 17.10.2013, 10:52 | Сообщение # 281 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Sarkash satrlar... Добавлено (17.10.2013, 09:52) --------------------------------------------- FIKRLAR... Besh yoshimdan buyon mudom yozuvlar,kitob -daftarlar,qog'ozlar orasidaman... Shundan beri miyam doimo band.Bir zumga bo'lsada fikrlardan xalos bo'lolmadim... Fikrlarim men bilan go'yo parvoi-falakdek.Mendan "ko'ngli" to'q!)) Jamiyatdagi muammolar fikrlarim uchun birinchi masala))Qizig'-a, men o'z muammolarim va qiziqishlarim bilan o'ralashib yashayotgan chog'imda butun insoniyatning tashvishlari "bechora" fikrlarimning gardanida)) Ruhim kuchayib borayotganini his qilaveraman... bu umuman boshqacha holat... Butun insoniyatning faqat yaxshilikka intilib yashashini chin dildan istayman( aslida bunday bo'lmasligini bilsam-da,fikrlarim bo'roni naq kosmik tezlik bilan dunyoni ,butun insoniyat bosib o'tgan uzoq ming yillik tarixni kezib taftish qilib yurgandek go'yo... Bu dunyodagi har bir salbiy holat uchun yechim topishga va o'sha holatning mohiyatiga nazar tashlab mulohaza qilishdan ,fikr qilishdan va xulosa chiqarishdan miyam go'yo "zavqlanadi"... Fikrlarsiz,kitobsiz,qog'ozlarsiz yashay olmaslik xumor darajasiga yetib keldi... Tark etish qiyin,ammo biroz tanaffus qilishni istayman... Biz jon berayotganimizda ham fikrlarimiz bizni eng oxiri bo'lib tark etsa kerak...
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Giyos | Дата: Воскресенье, 20.10.2013, 14:08 | Сообщение # 282 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Farzand tarbiyasi... Bolani qanday yetishi bu ota onaga bog'liq. Bergan tarbiyasiga bog'liq. Hozirda to'g'ri tarbiya bera olishayaptimi? Yoki bolani o'sishi ota onaga bog'liqmasmi? So'rovnoma tashkillashtiramiz...
|
|
| |
Sokina | Дата: Пятница, 25.10.2013, 18:52 | Сообщение # 283 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Afrikada ham odamlar yashayapti... Bosqinchilar negrlarning ota-bobolarini qulga aylantirishgan va bu avlodlari peshonasiga tavqi la'nat bo'lib yozildi. Allohning oldida shohu-gado teng. Qodir zot bandalarini irqiga qarab emas,iymon-e'tiqodiga qarab saralaydi.Добавлено (25.10.2013, 17:52) --------------------------------------------- Uyimizga shokolad olib kelishibdi.Sotuvchi halol, deb sotibdi. Odatda biz konditer mahsulotlarini tanlab, halolligiga ishonch hosil qilsakgina iste'mol qilamiz.Chunki , ayrimlariga to'g'ridan to'g'ri cho'chqa yog'i qo'shib tayorlanadi. Shokoladning nomi "Marvarid" ekan.Shu nomni o'qib ko'zim quvnab ketdi.Bo'larkan-ku o'zbekcha chiroyli nom bilan chiqarishsa! Endi yeyish uchun tarkibi bilan tanishib chiqishim halolligiga o'zim ishonch hosil qilishim kerak)) Marvarid!!!
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Giyos | Дата: Суббота, 26.10.2013, 00:57 | Сообщение # 284 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Mayin kuy... Judayam mayin. Qayerdan kelayapgan ekana? Judayam yaqindan eshitilayapti... Qandaydir yaqindan.... Lekin kuy chalayotgan hech kim ko'rinmayapti. Unda qayerdan bu sado... Bir maromda... Bir hil. Doim eshitayapman. Tinch joyda bo'lganimda, zerikkanimda, hayolga botganimda doim eshitiladi... Duk-duk... Ajoyib ozvoz, mayin kuy. Bildim. Bu yuragimni urishi ekan. Har urishida, yashayotganimni bildiradi. Mayin kuy esa, tirikligim musiqasi... Yurak urmasa, yashashdan to'xtayman. Mayin kuy ham, musiqa ham bo'lmaydi. Yuragim, sendan minnatdorman, chunki sen sog'lomsan... Men hayotman....
|
|
| |
Sokina | Дата: Вторник, 29.10.2013, 10:17 | Сообщение # 285 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Qishloqda bitta qo'shnimiz bo'lardi.Hozir qo'shni turmaymiz.Oilasi yashayapti.U odam o'lmagan,lekin bolalari uchun o'lgan... Ko'p aroq ichardi... Eshitishimcha, yaqinda aroqni tashlabdi.Mehnat qilib pul topayotgan ekan.Yaxshi duradgor edi.Hatto, hidoyat yo'liga kirib namoz o'qiyotgan ekan. Allohim hidoyatida cobit qilsin , ilohim. Kampirsho dugonalarim,endi oilasi bag'riga qaytishiyam mumkin,shu aroqning kasofati bilan bir shaharlik buzuq ayolning tuzog'iga tushib qoluvdi, deyishayapti . Shu paytgacha kampirsho dugonalarim qanday "bashorat" qilishgan bo'lsa sodir bo'layapti.) Inson o'zgaruvchan!Добавлено (28.10.2013, 11:36) --------------------------------------------- BOLADEK SODDA.( yakunidan qisqartma) ... "Nima gap?-deydi "zovudchi boy" ensasi qotib.Dehqon unga bir hovuch chaqa uzatadi. "To'ram,pulingizni sanasak,bir yarim so'm ortiq chiqdi.Shuni olib qo'ysangizQiyomat qarz bo'lib qolmaylik!" ...O'zbekda boladek soddalik bor. ...O'zbekda boladek go'llik bor. ...O'zbekda boladek poklik bor... O'tkir Hoshimov.
Bolani aldash gunoh ! ... Добавлено (28.10.2013, 11:46) --------------------------------------------- O'zingni har ko'yga solib bolani aldashga urinma... Bo'lmasa ,bor obro'ying ham axlatga to'kilib tamom bo'ladi! Bola yolg'onni oson ajratadi! Faqat yolg'onchiligingni betingga aytmaydi. Bolaning himmati kuchli! Bolaning ohu-fig'oni -Allohning qahri! Buni unutma...
O'zbek-Bola! Добавлено (28.10.2013, 11:48) --------------------------------------------- O'zbek boladek sodda... Добавлено (29.10.2013, 09:17) --------------------------------------------- Darvin anatomiyasi. Xarom luqma yeb yurgan odamga yeyotgan narsasining zamirida kimning mehnati ,zahmati yotgani ahamiyatsiz. O'g'irlikmi , to'grilikmi uning buni o'ylab ko'rishga aqli ham yetmaydi.Uni bunday noqisligi uchun sabab izlasak xaromxor'ligi ta'magir ota-bobosiga borib taqaladi. Chunki, bola xarom luqma yeb katta bo'lgan , boqimandalik va tekinxo'rlik esa uning qon-qonigacha singib ketgan...U bunday xaromxo'rlikni tabiy hol , deb qabul qiladi.Hatto "haq"ligini "isbotlash" uchun maymun holiga tushishdan ham xazar qilmaydi.Darvin odam qavmidan edi,ammo har neki qilsada, hech "bobokaloni"ga aylanolmadi... Har kim o'z onglilik darajasida o'ylaydi!
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Giyos | Дата: Среда, 20.11.2013, 16:18 | Сообщение # 286 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Changga aylangan yon daftar. Changini qoqsa, bitta qop to'ladi. Yozaman desa... Varroqlar kamdek... Qiziq, internetda varroq nega kerak? Rosa bahonachimana? Ba'zida ko'p o'ylab qolaman. Shu saytim nega kerak edi va nima qilayapman? Usha ochgan paytimdagi orzularim qanchalik ushaldiyu, qanchalik yoqoldi. Bugun yozayapman. Ertagachi? Yoza olamanmi? Ertaga ishlay oladimi? Men yoki inet... Yozish uchun sabablar yetarli... Mavzular yetarli... Kam uchraydigan... Balki uchramaydigan hikoya mavzulari... Lekin vaqtchi...
|
|
| |
Giyos | Дата: Воскресенье, 24.11.2013, 20:29 | Сообщение # 287 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Yangi hayot... To'ygayam 6 kun qoldi... Hali ham o'zimni uylanish arafasida yurgan kuyovdek his qilmayapman. Sababi kunlik tashvishlardan ortmayapman... Lekin kun yaqin qolgan sari sezish ortayapti...
|
|
| |
Nilufar_93 | Дата: Понедельник, 25.11.2013, 19:47 | Сообщение # 288 |
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 119
Статус: Offline
| P/s 5kun qoldi.Ilohim baxtli bo'ling.Zo'r o'tsin to'yiz.
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Дата: Вторник, 26.11.2013, 10:05 | Сообщение # 289 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Статус: Offline
| To'ylar bo'laversin
|
|
| |
Giyos | Дата: Вторник, 26.11.2013, 23:14 | Сообщение # 290 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Barmog'imga uzuk qulf bo'lib taqildi. Boshqa yozolmasman endi sevgi nomasi... Qo'llarim bormas endi... Qo'llarim bog'landi... Birgina yorim bor endi, beg'uborim mening... So'zdan gap tuzolmay qiynalar boshim, nahot yengildim shunchalar sevgi oldida. Bunchalar mag'lublik kutmagandim o'zimdan. Yolg'iz boshim asta ko'tarar, yorim mening... Endi begona menga yolg'izlik... Baxt qasriga bor endi hamrohim...
|
|
| |
Giyos | Дата: Вторник, 26.11.2013, 23:14 | Сообщение # 291 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Barmog'imga uzuk qulf bo'lib taqildi. Boshqa yozolmasman endi sevgi nomasi... Qo'llarim bormas endi... Qo'llarim bog'landi... Birgina yorim bor endi, beg'uborim mening... So'zdan gap tuzolmay qiynalar boshim, nahot yengildim shunchalar sevgi oldida. Bunchalar mag'lublik kutmagandim o'zimdan. Yolg'iz boshim asta ko'tarar, yorim mening... Endi begona menga yolg'izlik... Baxt qasriga bor endi hamrohim...
|
|
| |
Giyos | Дата: Четверг, 28.11.2013, 13:45 | Сообщение # 292 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| So'ngi chehra... Shu harakterim ba'zida va ko'p bor so'ngi diydordan ustun keladi...
|
|
| |
Giyos | Дата: Суббота, 30.11.2013, 01:00 | Сообщение # 293 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| "Men uylanayapman-ku!" Bu hikoyamas. Hayotiy voqeyam). Yozilmagan. Chunki hali bo'lmagan. Yoziladimi? Bilmadim)) Bugun hayotimdagi eng esda qolarli kun-ku! Shunday hikoyani nomini bugun yozaman deb o'ylamagandim. Qachondir yozardimkuya. Lekin... Mayli. Biz baxtli bo'lamiz Hudo hohlasa, Hudo hohlamasa uchrasharmidik... To'y bo'lsin! Yozaman desam gap ko'p. Faqat siz ko'p o'qib, qiynalib qolmang deyapmande)) Uzr. Hammani ayta olmadim. Telefon raqamingiz yo'q edi. Yozma tarzda aytish noqulay bo'ldi)) 30.11.13 yil.
|
|
| |
Giyos | Дата: Вторник, 03.12.2013, 09:00 | Сообщение # 294 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Yangi hayot... Yangi ijood!!"
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Дата: Вторник, 03.12.2013, 16:20 | Сообщение # 295 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Статус: Offline
| Muhimi baxtli bo'ling)
|
|
| |
Loading | Дата: Среда, 04.12.2013, 11:43 | Сообщение # 296 |
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Статус: Offline
| Biz baxtlimiz! Yon atrofimizda baxtlilar borligi sababli. Biz baxtlimiz yonimizdagi baxtli odamlar sababli.
Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
|
|
| |
Giyos | Дата: Четверг, 05.12.2013, 08:43 | Сообщение # 297 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Bu yon daftarim... Balki kundaligim... Qiziq, ko'plar kundalik yozib, keyin uni berkitib yurishadi... Berkitsang, nega yozasan digim keladi)) Mana bizga o'xshab hamma uchun ochiq qilib qo'y)) Keng yuraklimande))) Rahmat)
|
|
| |
Loading | Дата: Четверг, 05.12.2013, 16:35 | Сообщение # 298 |
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Статус: Offline
| Yer bilan bir bo'lay deb turgan qabirlarga nima deysiz? Uyatdanmi? Qo'rqibmi yoki oqibatsiz farzandlariga jaxl qilibmi, yopinchig'iga tobora qattiqroq chirmashyotkan odamga o'xshatdim.
Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
|
|
| |
Sokina | Дата: Четверг, 05.12.2013, 21:56 | Сообщение # 299 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| tirik jon.... Добавлено (05.12.2013, 20:56) --------------------------------------------- Tirik jonmiz , yashashimiz kerak,dedi 55 yillik umr yo'ldoshidan ayrilgan onaxon. Uning g'amgin va o'ychan gapirish ohangidan yashashdan ko'ra o'limga havasmandligi ko'proq sezilib turardi... . G'alati bo'lib ketdim, shu payt go'yo o'lim sharpasi bir oniy soniya soya solib o'tgandek bo'lib tuyuldi... Uch kundan keyin qazo qilganini eshitib ,karaxt ahvolda men buni sezgandim,dedim... .Tirik jon...
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Giyos | Дата: Пятница, 20.12.2013, 02:35 | Сообщение # 300 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Beg'uborim... Taqdir ko'rmaganda bir birimizga ravo, qo'l ushlashib o'tirmasdik hozir, yurardik ayro... Beg'uborim... Qalbim qulflarini sindirgan, ichidan sevgimni topib, o'ziniki qilgan... Beg'uborim... Men sevmayman-ku desam ham, dod voy solsam ham, baribir o'zini sevdira olgan... Beg'uborim... Bir soniya ko'rmasam, sog'insam, bir soniyamas, yonimda bo'lsa ham sog'insam... Beg'uborim... Hayollarim o'g'rilagan, boshqalarni hayolimga kiritmagan... Beg'uborim... Mehribon bo'lsam, mehribon bo'lgan, sevaman desam, sevaman degan, jonim desam, hayotim degan... Beg'uborim...
|
|
| |
|