Среда, 04.12.2024, 12:49
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Yon daftarchaga yozilganlar... - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 13
  • 1
  • 2
  • 3
  • 12
  • 13
  • »
Yon daftarchaga yozilganlar...
GiyosДата: Суббота, 19.05.2012, 23:27 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Nimanidir yozgiz kelib joy topa olmayapsizmi? Man sizga usha joy!
 
GiyosДата: Суббота, 19.05.2012, 23:27 | Сообщение # 2
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Chatda yozilgan bitiklar. . .
Mana yana tong otdi. Qish kunlarini so'ngida. Qishni yomon ko'raman deyishadi. Sovuqga chiday olishmas emish. Yozda esa issiqga. . . Odamni tushunish qiyin. Juda qiyin...
Senga men issiq mehrimni berdim. Ko'tara olmading. Sovuq munosabatda bo'ldim. Chiday olmading. Iliq munosabatni men senga qilolmadim...
Ko'plarga baxor va kuz fasli yoqarkan. . .
 
GiyosДата: Суббота, 19.05.2012, 23:27 | Сообщение # 3
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Hayotda shunday savollar uchraydiki, unga javob berish oson. Lekin bu javob o'zingni hayotinga to'g'ri kelmaydi. Bu javob senga mos bo'lmaydi. . . .
 
GiyosДата: Суббота, 19.05.2012, 23:27 | Сообщение # 4
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Kimdir tel qiganimda olmasa juda yoqmidide. Keyin qaytib qimasa undan battar. Buni hurmatsizlik dib bilaman. Bu xolni ko'p takrorlasa, oxiri uzoqlashishim ham mumkin.
 
GiyosДата: Суббота, 19.05.2012, 23:28 | Сообщение # 5
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Adolat yo'q, adolat yo'q demizu, o'zimiz adolat qilamizmi? O'zimizda adolat bormi? . . .
Yolg'on gapirma, yolg'on gapirma deymizku, lekin o'zimiz rost gapiramizmi? Hech yolg'onsiz gapira olamizmi? Kimnidir aldamasdan yashay olamizmi? Kimgadir rostni gapirishdan qo'rqmasdan yashay olamizmi?
Kimgadir kamchiliklarini aytamizu, o'zimizni kamchiliklarimizni yoqota olamizmi?
Kimnidir kimdandir rashk qilamizayu, o'zimiz boshqa bilan "qo'l" ushlashib yurganimiz unga og'ir botishini hisoblamaymiz.
Kimnidir sevib qolsak, unga intilishga harakat qilamiz. U rad etsa bevafolikda ayblaymiz. Bizni kimdir sevsa u bizga yoqmasa undan qochishga intilamiz, uni sevgisi bizni qiziqtirmaydi. . . .
Kimdir sendan uzoqlashadi, kimdir yaqinlashadi, kimdir olislashadi va sen alamingni boshqadan olasan.
 
GiyosДата: Суббота, 19.05.2012, 23:28 | Сообщение # 6
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Hohlasang unut. Hohlamasang eslama.
Tushunish qiyin bo'lgan jumla. . .
Hohlamasang unut. Hohlasang eslama. . .
Rostdan ham tushunish qiyina? 2 lasida ham bir hil ma'noni ko'rmoqdaman. Yoki ko'zlarimni nur olib hiralashtirganmikana?
Unutishni hohlasang eslama! Endi to'g'ri bo'ldi. Ko'zlarim hira bo'lsa ham, qalbim hira bo'lmagan ekan...
 
GiyosДата: Суббота, 19.05.2012, 23:28 | Сообщение # 7
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Baxt kalitini topdim. Endi u tushadigan qulf topsam, baxt eshigini ochardim. . .
 
GiyosДата: Суббота, 19.05.2012, 23:28 | Сообщение # 8
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Meni armonim kimlar uchundir orzu. Kimdir orzusi esa menga armon. Nega u men emas, men esa u.
 
GiyosДата: Суббота, 19.05.2012, 23:28 | Сообщение # 9
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Yuragim bo'shadi. Sen endi kel. Birga sevishamiz. Yuragim endi seniki. Menga endi kerakmas bu yurak . . .
 
GiyosДата: Суббота, 19.05.2012, 23:28 | Сообщение # 10
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
"Yuragim senda qolsin. Sen uni asra. Axir u senga bir vaqtlar kerak edi! O'zingni yuraging esa o'zingda qolsin."
 
GiyosДата: Суббота, 19.05.2012, 23:29 | Сообщение # 11
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Kimgadir ko'ngil berasan, u ham. Uni seva boshlaysan, u ham. Keyin u sendan uzoqlashadi, sen esa yo'q. U seni butunlay tark etadi, sen esa tark etolmaysan. Hayolaringda uni yashartirasan. U sen uchun hamon bordek bo'ladi. . . Vaqtlar o'tadi. . . Boshqasini seva olmaysan, u sevadi. Lekin uni baxtli qilolmaysan. Chunki seni baxtingni o'g'rilashgan. . . Hech kimni baxtini o'g'rilamang. . . .
 
GiyosДата: Суббота, 19.05.2012, 23:29 | Сообщение # 12
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Yuragim senda qolsin. Sen uni asra. Axir bir paytlar u senga kerak ediku. Menga seni yuraging kerakmas. Menda oldingi gal berib ketgan soxta yuragingni hamon saqlab kelmoqdaman. Uni kerak bo'lsa bir umr saqlardim. Endi sen menga chin yuragingni bermoqchisan. Menga kerakmas. Menda bor. O'sha bo'laveradi. O'zingni qiynama. Meni yuragim senga. Nima qilsang qil. Faqat hech kimga berma. O'zing saqla. Men berayotganim chin yurak. Avvalgidek. Hech o'zgarmagan. Mendagi seni soxta yuraging balki chin yuragingga aylanib qolar. Mo'jizalar bo'lib turadiku. Huddi mana sen hozir qaytib kelganingdek. . .
 
GiyosДата: Суббота, 19.05.2012, 23:29 | Сообщение # 13
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
O'tgan vaqtinga achinma. O'tgan vaqtingni qadirlamaganingga achin.
 
GiyosДата: Суббота, 19.05.2012, 23:29 | Сообщение # 14
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Qoch! Mendan qoch. Uzoqroqqa qoch. Toki men yetib olmay. Seni quvlay ham olmay. Qoch. Seni qidray. Seni topa olmay. Qoch. Yetib olsam mendan ko'rasan. Seni quchoqlab qo'yib yubormayman. Qoch. Tezroq qoch.
 
GiyosДата: Суббота, 19.05.2012, 23:29 | Сообщение # 15
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Oz qoldi. Chida jonim, chida. Juda oz qoldi. Keyin ayrilamiz. . . Yo'limiz ayro keladi. Sen baxt tomon ketasan, men esa baxtsizlik tomon. Oz qoldi. Chida. Oz qoldi((( . . . .
 
GiyosДата: Суббота, 19.05.2012, 23:29 | Сообщение # 16
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Qalb qafasimda endi begonasan, uch endi. Chiqib ket mendan. Uzoqlarga uch "qushcham". Mendan yiroqlab ket. Menga begonasan, men senga begonaman. Qalbim og'rimas endi sensiz. Chidashga ham qolmadi hojat. Chunki sen endi begonasan. Uchgin osmonlarda uzoq, topgin boshqa qalb qafasi. Uchmagin uning shirin gaplariga. Seni aldab chorlar o'ziga... Aldamchi qalblar ko'p. Aldamchi "qushlar" bo'lganidek. Oltin qafas, lekin ichi zanglagan. Uchgin yiroqlarga, yiroqlar begonalardan. Topgin o'zinga quvonch qafasi. Shu qafasda yasha umrbod. Seni ayira olmasin hech kim. Qafasdan chiqma, shu yerga zanjirband bo'l. Hatto men kelsam ham qafasdan qiyo boqib qarama. Quvonch qafasingga yana afsus, armon qafasi qo'shilmasin. Menda ham bo'ladi shu payt, baxt, quvonch, sevgi qafasi. Lekin ichida boshqa qush, sen bo'lmaysan. Chunki sen menga begona bo'lgan eding....
 
GiyosДата: Суббота, 19.05.2012, 23:30 | Сообщение # 17
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Baxor nega kelding? Sen emasmi sevgi fasli? Sen emasmi do'stlik fasli? Qishma u bor edi. Sen keldingu, u erib ketdi. Sevgimiz erib ketdi. Hammaga sevgi ulashdingu, mendan tortib olding. Qaxri qattiq qish deyilardi, endi Baxor seni oldingda u yumshoq, sen qattiq. Sevgi daraxtim barglari ko'karmay hazon bo'ldiku. Endi u meni hazonim. Bevofo, qaxri qattiq Baxor senga afsus. Qishni, sevgimni, do'stimni sog'indim...((
Baxor sen kimni sog'ingding?
 
GiyosДата: Суббота, 19.05.2012, 23:30 | Сообщение # 18
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Mana ertasi kuni, yani bugun qor yog'moqda. Baxor qishni qaytarding, sevgimni qaytarmadingku!
 
GiyosДата: Суббота, 19.05.2012, 23:30 | Сообщение # 19
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Umr kamayotganiga achinma. Achinsang ham, kulsang ham umring o'tadi. Sen yaxshisi umringni behuda, bekorchi, foydasiz ketayotgan vaqtingga achingin. Umr oqar suv. Shundoq ham o'tadi. . .
 
GiyosДата: Суббота, 19.05.2012, 23:30 | Сообщение # 20
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Sevganimga erisha olmadim, erishganim meniki emas, boshqa. . .
 
GiyosДата: Суббота, 19.05.2012, 23:30 | Сообщение # 21
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Sening sevishing shu Bahordagi qorlarga o'xshaydi. Birdaniga paydo bo'lib, tezda erib ketadi. Bahordagi qorlarim, Bahordagi sevgim. . . Bugun yonimda borsan ertaga yo'q. Noming Bahordek chiroyli. Qalbing qordek sovuq. Bahordagi qorim. . .
 
GiyosДата: Суббота, 19.05.2012, 23:30 | Сообщение # 22
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Bo'ldi. Uzr. Boshqa chidomiman. Ayb manda. Sani ko'p bilib yubordim. Hamma hayollaringni, manam sura boshladim. San aybdormassan. Sandan nafratlanmayman ham. Sani sevmoqchi ham bo'libman. Yaqinim emassan. Sani boshqa bezovta qilmayman. Mani ham bezovta qilmaganingdek.
 
GiyosДата: Суббота, 19.05.2012, 23:31 | Сообщение # 23
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
O usha sohtalik, taqib qilar xar qadamda. Ha u mana yana keldi meni izlab. Jin ursin soxtalikni. Orzularim. Ex orzularimni ham qildingku soxta. Nahotki aytgan gaplaring soxta. Qanday udalading. Qoil qolish kerak. Xatto meni soxtalashtirding. O'zligimdan uloqtirding yiroqga. Endi men kim bo'ldim. Nomim ham soxta endi. O'xshamadi. Ortga qaytishim kerak. 1 ta afsus. Sen alaqachon meni tariximga kirganing. Qanday o'chiray qalbimdan. Amallarman. Sen yolg'on gapirmasdingku. Nega men sezmadim? Yo'q yolg'on gapirmading. Sen xaqiqatni berkitding. Aytmaslik bu yolg'on emasmi? O'ylamading bir kun bilishimni. Bilganimda endi soxtasan. Qo'g'irchoqga o'xshaymanmi? Foydalanib bo'lingandan keyin unitiladigan, tashlab yuboriladigan. Yo'q men unday emasman. Sen adashding. Meni yo'lim boshqa. Seniki ham boshqa ekan. Men bilan yurgan yo'ling shunchaki soxta qadamlar ekan...
Har yerda meni soxtalik taqib qilmoqda. Qachon qutilaman. O'zim ham soxta bo'lganimdami?
 
GiyosДата: Суббота, 19.05.2012, 23:31 | Сообщение # 24
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Anchadan beri seni eslamay qo'ygandim. Chunki seni unutayotgandim. Seni unitishni eng yaxshi yo'li bu eslamaslik edi. Lekin afsus biroq seni eslab qo'ydim. Ha. Men irodasizlik qilib suratingga ochib qaradim. Usha usha jilmayishing. Usha ko'zlar. . . Endi menga qaramayotgan bu ko'zlar. . . Men unutmoq istagan ko'zlar . . .
O'zimga aytaman, bo'ldi boshqa eslamayman, unutaman deb. Yana usha yurak pand beradi. U unutmaydi. Seni eslamasligimga qo'ymaydi. Bezovta uradi. . . Har bir urishi borgan sari susaygandek. . . Uni to'xtashidan qo'rqib ham suratingni olaman... Bu gal surating boshqacha. Oxirgi tushgan surating. Unda kulib suratga tushmagansan. Ho'mraygan, qovog'ing solinlig' holatda. Kimdandir arazlagan, yoki hafa bo'lgandek. Qo'lingda romolcha. Demak yig'lagansan. Ko'zlaring. . . Mayus. . . Qizargan. . . Ha aniq yig'labsan. Oldingda surat turibdi. Meniki bo'lsa kerak. Bildim. Meni unutmoqchisan. Lekin qanday qilib bir birimizni unuta olamiz? Buncha qiynalma unutdoshim. . . Suratimga qara meni ham ko'zlarimda yosh. Darddoshim. . .
 
GiyosДата: Суббота, 19.05.2012, 23:31 | Сообщение # 25
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Baxt tila, ertaga uylanayapman....
Kun o'tar, bir tekis, sensiz. Ko'nikdim bu kunlarga. Epladim sensiz yashashni. Sen bo'lmasang ham yashayapman. Sen yashay olayapsanmi? Tunlari o'ylamay, yig'lamay uxlayapsanmi? Manda oldin shunday edi. Hozir bunday emas. Ko'nikdim. Sen meni unutishing uchun imkon berdim. Seni uzoq vaqt bezovta qilmadim. Kutding, kutirdim. Mana endi ayrildik. Biz alaqachon yo'llarimiz choraxasiga kelib bo'lgandik. 1 ta yo'ldan keta olmasdik. Bizni taqdir tugagan joy shu edi. Yo'llarimiz ayro edi. Kimdir birinchi bo'lib, o'z yo'lidan ketishi kerak edi. Uzoq turdik. Juda uzoq. Hayollar ham qolmadi o'ylagani. Foydasiz edi bu turish. Kimdandir yordam istagandek edik. Afsus hech kim bizni tushunmadi. Peshonaga bosilgan tamg'a ayriliq ekan. Men ketdim birinchi, dardimni yutib ichimga. Qarayapsan ortimdan, so'ngan umiding bilan, "qaytarmikan" deb. Men qaytmadim. Ortga ham qaramadim. Chunki buni o'zing hohlaganding. Bilganim sen choraxadan ortga qaytganing. Hammasini boshidan boshlamoq uchun. Men boshidan emas, kelgan joydan davom etiryapman. Bo'ldi unitishamiz oxirigi tomchi xotiragcha. Jonim ertaga men uylanayapman. Baxt tila. Sen ham baxtli bo'lasan albatta. . .
 
  • Страница 1 из 13
  • 1
  • 2
  • 3
  • 12
  • 13
  • »
Поиск:
Flag Counter