Yon daftarchaga yozilganlar...
|
|
Giyos | Дата: Вторник, 19.06.2012, 22:01 | Сообщение # 51 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Yolg'onchi qiz Jasmina! Alda meni, alda, ishongunimcha. Ishontir meni qul bo'lgunimcha. Yolg'onchi qiz Jasmina a. So'zlari chiroyli, gaplari ma'noli. Hech aybi yo'q, o'zi iymonli. Yolg'onchi qiz Jasmina, aldoqchi qiz Jasmina. Ko'zlari misli olov. Yondiradi yurakni. Juda ham chiroyli, oladi hayolni. Qaraydi qiri bilan, bo'ldi tamomman, bo'ldi usiz endi gadoman. Yolg'onchi qiz Jasmina. Kuladi muloyim, doyim qil tabassum iloyim. Ajoyibdirsan shunda. Yolg'nchi qiz Jasmina. Shivirlab ayt, pichirlab ayt, hech kim eshitmasin. Alda meni, sevaman deb alda. Ishonay yolg'oningga. Hursand bo'lay yolg'oningga. Yolg'onchi qiz Jasmina. Meni aldaganing hech kim bilmadi. Meni ishontirganing hech kim sezmadi. Meni kutirganing hech kim bilmadi. Yolg'onchi qiz Jasmina. Ex aldoqchi. Aldamaysanmi oxirigacha, o'yin qilibsan, qilmaysanmi oxirigacha. Men o'yinchoq, sen o'yinchoqboz. O'ynatayotganding nog'orangga. Kel o'ynalik birga deganimda, qochib ketdingku panaga. Qidirdim, izladim, charchadim. Topolmadim. Yolg'onchi qiz Jasmina. Keldingku yana yolg'onlaring bilan. "Mana bu men. Qarang qando go'zalman. Sevasmi? Yoki sevdiraymi? Balki majburlarman" deb. Mayli men sevaveraman. Gaplaringga ishonaveraman. Yolg'onchi qiz Jasmina. Nega meni aldaysan, nega meni qiynaysan? Yana nega ishonasmi deb so'saysan. Bilasanku. Senga ishonmay kimga ishonay. Yolg'onchi qiz Jasmina. Seni sog'inaman. Yo'q. Sendan ham ortiq bor sog'inganim. Bu seni yolg'onlaring. Qanday yashay yolg'onlaringsiz. Qanday eslay seni aldovlaringsiz. Meni yana alda, men hali ham sodda. O'shandek ishonuvchan, o'shandek sevuvchan. Yolg'onchi qiz Jasmina. Kel meni yana aldab tashla, meni ishontiriblar tashla. Sevdiriblar tashla. . . Sekingina kulib qo'ygin faqat, boshqalar bilmasin yolg'onchiligin. Axir sen "farishta"ku. Men uchun sen baribir sen. Yolg'onchi qiz Jasmina!
|
|
| |
Sokina | Дата: Вторник, 19.06.2012, 22:17 | Сообщение # 52 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Jasminani rosa qulog'i qizibdiku,Giyos.Negadir kötarinki kayfiyatda Jasminani aldab yozgandeksiz)))xafa bölmang hazil)
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Giyos | Дата: Вторник, 19.06.2012, 22:23 | Сообщение # 53 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| ))) A bu, nima disamakan... haligi. Siz qaysi Jasminani etvosiz))) Chiroyli ismde. Manga shu ism yoqadi. Shunga Jasmina))
|
|
| |
Giyos | Дата: Среда, 20.06.2012, 13:28 | Сообщение # 54 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Hech chin dildan sevganmisiz? Keyin hech narsa bo'lmay, yo'llar ayro bo'lganda ham baxt tilay olganmisiz? Shundan keyin ham u bilan, sevgini unitib, do'st bo'lib gaplashasizmi? U ketgan bo'lsa ham uni kechirib, yana do'st bo'lib qolganmisiz? Buni hamma ham qila olmaydimi? . . . Yoki ayta olmaysizmi? Uyalayapsizmi? Nahotki o'zingizni qilgan ishlaringizdan uyalsangiz? Odam o'zidan ham uyaladimi? Qalbda alam qayg'u bilan, hursandchilikni bitta qilib olib yurolmaysizmi? Yuragingizda ikkisiga joy yo'qmi? Kmladandir shuni talab qilasizku. Nahotki o'zingiz ushalar o'rniga o'zizni qo'yib ko'rmaysiz? Ushga hissiyotlarni o'zimiz bir daqiqa bo'lsa ham o'zimizda his qilmay gapiraveramiz? Biror narsa deyishdan oldin o'zingizni o'zgalar o'rniga qo'yib ko'rib gapiring. Zero hech kimni hafa qilmaylik. Bu dunyoda bizdan yaxshi gaplar qolsin. . .
|
|
| |
Giyos | Дата: Четверг, 21.06.2012, 00:42 | Сообщение # 55 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Kimni sevding.. Bechora yurak. Boshqasi yo'qmidi, usha toshbag'irdan boshqa. Qaragin endi holingga. O'tiribsan qilolmasdan xatto hayol. Qorayapsan hayol qilishga, qo'rqayapsan olgan rad javobingni eslashga. Bundan ko'ra yahshimasmidi yashirin sevgin... E axmoq yurak, nega ovozing chiqarding. Kimni sevding, kimni qiynading, kimni azoblading... Yig'lama endi yurak, hali yana sevarsan toparsan malham... Добавлено (20.06.2012, 23:42) --------------------------------------------- Bularni yurak eshitmas ekan. Buni yurak sezmas ekan. Ex bechora yurak. Yig'layapsanku. Qayerdan sezding unda bu dardlarni....
|
|
| |
Sokina | Дата: Пятница, 22.06.2012, 10:06 | Сообщение # 56 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Biror ijodiy asar öqiganingizda sizning miyangizda ham musiqa taraladimi?...Agar musiqa dunyosidagi notalar ilmidan xabardor bölganimda,miyamdagi yoqimli yoki yoqimsiz,jarangdor yoki jarangsiz kuylardan simfoniya yaratarmidim...balki,haliyam kech emasdir,lekin hozircha "nowukr ilhom"ga bas kelsam,wuni özi yetarli...
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Giyos | Дата: Понедельник, 25.06.2012, 12:22 | Сообщение # 57 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Oson topilgan sevgi, oson etilgan sevgi. . . Oson yoqotiladi, oson esdan chiqadi. Chunki bu sevgiga erishish uchun mehnat ketmagan.
|
|
| |
Giyos | Дата: Четверг, 28.06.2012, 08:47 | Сообщение # 58 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Bir xillarida sevgani aldasa, kechirib yuboradi. Qattiq gapirmaydi ham. Qo'rqadi yoqotishdan. Lekin singlisi yoki opasi aldasachi. Yuz yil arazlab yuradi. Gapirmagan gapi qolmaydi. Hafa qilsa ham kechirim so'rashga yaramaydi. Bir og'iz uzr so'z unga yurakdan kechishdek gap. U yoqda sevganiga yuragini, jonini tanasini, butun borlig'ini bervorgan. Singlisigachi? Bir og'iz shirin so'zni eta olmaydi vaqti kelganda. Usha sevganing oxirigacha sen bilan bo'larmikan? Seni hech bo'lmasa tug'ilgan kuningda eslarmikan? Singlin seni hich qachon tashab qo'ymaydi. har tug'ilgan kuningda senga shirindan shakar pishiriqlar pishiradi, yana samimiy tabriklarini etadi. senchi kimni tanlayapsan! Senga kim yaqinroq? Senga kim azizroq. 30 minutlik sevgimi? Yoki bir umrlik aka-singillikmi? Singlizdan mehringizni, shirin so'zingizni, kerak bo'lsa kechirimingizni ayamang. Ikki o'giz shirin so'ziz uchun qanchalar quvontira olasiz. (Meni kechir, meni kechir, meni kechir. Seni juda juda juda yahshi ko'raman singlim)
|
|
| |
Sokina | Дата: Суббота, 30.06.2012, 10:09 | Сообщение # 59 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Ey sarbon, ohista ron Добавлено (30.06.2012, 09:09) --------------------------------------------- Kimgadir xuwkayfiyat ulawiw un uning waxsiga qaratilgan bitta samimiy hazil gap kifoya.Kimningdir dilini xufton qiliw uchun bitta qöpol g'arazli söz kifoya.
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Giyos | Дата: Суббота, 30.06.2012, 22:52 | Сообщение # 60 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| O'lim yosh, joy tanlamaydi diganlar. Qari o'lsa, yoshi bir joyda edi diyishadi. Agar endi orzu havas qilaman degan yoshda bo'lsachi? Uni o'limini eshitganda hich kim ishonmaydi. Hamma bo'lmagan gap, kecha ko'rgandimku deydi. Lekin bu narsa hazil emasligini bilgach, yuziga qayg'u yo'rmalaydi. Oilasini gapirmasa ham bo'ladi. Yoshgina ayoli beva. Aka ukalari.... so'z bilan tariflab bo'lmaydi. Do'stlari, sinfdoshlarichi: "Do'stimizdan ayrildik. Hammamiz bir joyda o'tirib yig'ladik. Endi choyxonada usiz qanday o'tiramiz. Bandachilik ekan diyishdan o'zga choramiz yo'qmi? U ichimizda eng yahshisi edi..."
|
|
| |
Sokina | Дата: Суббота, 30.06.2012, 23:02 | Сообщение # 61 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| O'tganlarning oxirati obod bölsin.
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Giyos | Дата: Пятница, 06.07.2012, 02:21 | Сообщение # 62 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| To'kilib ketsa qo'limga qon, bu yuragimdan chiqgan bo'ladi. Seni bevafoligin deb, qurib ketadi. Qoyilman yuragimga, yashayapti hali ham. Men o'ldim. U yashayapti. Man tomom bo'ldim. U urayapti.... U to'xtadi. Endi men yashayapman. U sevishdan to'xtadi. Man yashashni boshladim. Sensiz oddiy yashashni...
|
|
| |
Giyos | Дата: Суббота, 07.07.2012, 01:59 | Сообщение # 63 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Meni ko'chamda oy paydo bo'ldi. Bu sen eding. Yoritarding qorong'u qalbimni. Porlarding, yonarding... Qo'yimga olib allaladim, ovunding. Uhlading... Ko'zlaring ochding. Tong. Quyosh chiqar qizarib. shoshding, shoshilding osmon tomon, qo'yib yuborgim kelmas aslo. Ko'zlaring yoshlandi, yolvording, yalining... Qolib ketding so'ng. Quyosh kudurdi seni. so'ngi parchangacha. Endi sen sevmasding meni. Quyosh yo'q qilganding, muhabbatga to'la qalbingni...
|
|
| |
Giyos | Дата: Воскресенье, 08.07.2012, 23:07 | Сообщение # 64 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Giyos tur. Yiqilma. Tur. Hali yo'l uzoq. Lekin oz qoldi. Ko'pini o'tding. Bo'l tez. Tezroq. Bo'lmasa qolib ketasan. Yugur, tezroq yugur. Uxlab qolayapsan. Tezlash. Mudrama. Yuzingni yuv. Kech qolma. Yugur. Ex. Bechora. Nimalarga iwonayapsan. Qolib ketasan. Yana usha sevganing esinga tushdimi? Yana ushani xotiraladingmi? Kim esinga tushurdi? Yoki yana seni aldashayaptimi? Sezib qoldingmi? Voy bechoraa. Shunga siqilayapsanmi? Qo'yaver aldashaversin. Senam bir kun aldarsan hali....
|
|
| |
Giyos | Дата: Вторник, 10.07.2012, 01:11 | Сообщение # 65 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Qalbim daftarini varraqlab seni ismingni qidirdim. Uni topib, yuragamdagi qonim bilan o'chirdim. Endi meni hayotimda yo'qsan, endi meni qalbimda yo'qsan. Seni eslamayman hech qachon. Hech narsa seni eslatmaydi menga. Endi men sensiz, xotiralarsiz yashayman. Seni eslatadigan kichkinagina bir narsa qolar ekan. Bu usha daftarimdagi isming ustidan toritilgan qonli iz...
|
|
| |
Giyos | Дата: Среда, 11.07.2012, 03:45 | Сообщение # 66 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Exx sevgilib, seni yuragimda o'stirib, bir chetiga ko'maman deb sira o'ylamagandim. Sevgimiz undi, o'sdi, gulladi . . . O'zgani yuragida meva qilgani ketdi. Meni yuragimga ko'mildi . . .
|
|
| |
Giyos | Дата: Четверг, 12.07.2012, 14:47 | Сообщение # 67 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Qani chal sozingni bir tinglay. Barcha darding bilan chal, men bilay. Jo'r bo'lib qo'shiq ayt, seni eshitay... Sen sirlisan, siringni och. Kuyla baralla sevgimizni. Hamma eshitaversin, hamma bilaversin. Nega aytmasligimiz kerak. Chal sozingni, ayt qo'shig'ingni... Hamma eshitsin. Darding bilan chal, uyalma. Man ham aytaman. Lekin hech narsa chala olmaymanda. O'rgatsang birga kuylashim mumkin. Qani sevgimizni butun olamga yoyamiz. Kuyladik.....
|
|
| |
Giyos | Дата: Четверг, 12.07.2012, 22:24 | Сообщение # 68 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Ozgina vaqt o'tgan bo'lsa ham sizni sog'inmay bo'larkanmi? Hech qancha kun o'tmay eslamay qo'yarkanmanmi? Har on sizni qumsayman. Har ko'z ochishim sizni so'raydi. Yana so'ngi bor "ko'rishamiz" demay ketdingiz. Kelasiz bilaman, lekin qachon bilmayman. Kunlar ketidan haftalar quvib o'tadi. Men sizni sog'inishim asrlar o'tgandek. Vaqt daryodek, men daryodagi harsangman. Qancha vaqt chiday olaman daryoga bilmadim. Bilganim sizni ushanda ham sog'inishim. . .
|
|
| |
Loading | Дата: Пятница, 13.07.2012, 10:56 | Сообщение # 69 |
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Статус: Offline
| Kichik bo'lsada juda dilga yaQin misralar qoralabsiz. Yon daftardagi kirim chiqim yozuvlardan foydasi ko'proq extimol?
Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
|
|
| |
Giyos | Дата: Пятница, 13.07.2012, 12:35 | Сообщение # 70 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Usta fikrizga qo'shilaman. Krim chiqimni hisoboti chiqgach u daftar kerak bo'lmay qoladi.
|
|
| |
Giyos | Дата: Пятница, 13.07.2012, 12:37 | Сообщение # 71 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Chin sevganlar o'ladi. Farxod va Shirin, Layli va Majnun, Toxir va Zuxra, Otabek va Kumush, Rameo va Juletta . . . juda ham ko'p davom etirish mumkin. Agar chin dildan sevib, bir daqiqa baxtli yashasam, o'limga rozi edim. Atigi bir daqiqa. Bu sevgi dostonlari o'tmishda bo'lgan. Hozir bunaqa yo'qdir. Extimol uchratmasman. Yo'q men sevmayman. Men yashamoqchiman. . .
|
|
| |
Giyos | Дата: Суббота, 14.07.2012, 10:37 | Сообщение # 72 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| O'lim xaq. Bir kun xammamiz o'ladi. Siz ham, men ham. Qachon? Hech kim bilmaydi. Kimdir olamdan o'tsa, sal achingandek bo'lib, hudo rahmat qilsin deb qo'yamiza. Usha odam yaqinimiz bo'lsachi? Dunyoni titratay degudek yig'lab dod solamiz. Mantiqan olib qaraganda ikkalasi bir xil holat. Lekin yaqinimizni hayotdagi o'rni bor. Shunga yig'laymiz. O'zi yig'lash kerakmi? Yig'lamang deb aytilgan. Lekin baribir yoqotganimiz alami uchun yig'lolmasakchi? Bitta chuqur xo'rsinib qo'yamiz. O'tganlarni oxirati obod bo'lsin.
|
|
| |
Giyos | Дата: Суббота, 14.07.2012, 14:58 | Сообщение # 73 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| "Man o'lganimdan keyin yig'lagin hopmi. Yig'lagin. Yana odamlar sani yig'lamadi dib yurmasin. . ."
|
|
| |
Giyos | Дата: Суббота, 14.07.2012, 20:55 | Сообщение # 74 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Yo'q yig'lolmadim. Ko'zim yoshlandi. Lekin yig'lolmadim. So'ngi istagingizni ham bajarolmadim. Mandan rozi bo'ling.
|
|
| |
Giyos | Дата: Воскресенье, 15.07.2012, 17:11 | Сообщение # 75 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Buvi :"( . . . Hali sizdan umidlarim kotta ediku. Hali yana duolaringiz manga kerak ediku. Endi kim mani sizdek duo qiladi. Sizni o'rningizni kim bosa oladi. Uyingizga borganimda man endi sizni qattan topaman. Sizni sog'inib borsam, kimni quchoqlab ko'rishaman. O'rningizda kim o'tirgan bo'ladi? Esimda, birinchi yozgan she'rimni sizga o'qib bergandim. Ushanda rosa maqtagandingiz. Afsus keyin yozmay qo'ydim. So'ngi paytlarda hikoya yozsam ham siz haqingizda yozib, o'zizga o'qitmabman. Bir necha yil oldin, og'ir ahvolda shifoxonada yotgangizda yonizga qaragani borgandim. Ushanda "man o'lib qolaman. O'lsam yig'lagin, yana odamlar nevarasi yig'lamadi dimasin" digandiz. Man ushanda tuzalib ketishizi bilgandim. Buna dimang ham didim. Mana bir qancha vaqt o'tib 79 yoshizda xayrni ham etmiy, ketib qoldiz. So'ngi bora oppoq yuzingizni ko'rdim. Yig'lagin didiz. Ko'zlarim yoshlandi, lekin yig'lolmadim. Endi siz hayotda yo'qsiz. Hali sizdan so'ramoqchi, o'rganmoqchi bo'lgan narsalarim ko'p edi. Hali duolaringiz kerak edi. Mani to'yimda endi bo'lmaysiz, to'yda baxt tilab duo qilmaysiz... Keliningizni ko'rmaysiz, qo'lidan bir piyola choy ichmaysiz. Bolalarimga alla aytib uxlatmaysiz. Ularga ismni ham qo'ymaysiz. Sizni o'rningizni kim bosadi? Qaynoq bag'ringizni, shirin erkalashlaringizni o'lgunimcha sog'inaman...
|
|
| |