Yon daftarchaga yozilganlar... - Страница 4 - Giyos/FORUM
Yon daftarchaga yozilganlar...
| |
Giyos | Дата: Воскресенье, 15.07.2012, 17:12 | Сообщение # 76 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Buvi :"( . . . Hali sizdan umidlarim kotta ediku. Hali yana duolaringiz manga kerak ediku. Endi kim mani sizdek duo qiladi. Sizni o'rningizni kim bosa oladi. Uyingizga borganimda man endi sizni qattan topaman. Sizni sog'inib borsam, kimni quchoqlab ko'rishaman. O'rningizda kim o'tirgan bo'ladi? Esimda, birinchi yozgan she'rimni sizga o'qib bergandim. Ushanda rosa maqtagandingiz. Afsus keyin yozmay qo'ydim. So'ngi paytlarda hikoya yozsam ham siz haqingizda yozib, o'zizga o'qitmabman. Bir necha yil oldin, og'ir ahvolda shifoxonada yotgangizda yonizga qaragani borgandim. Ushanda "man o'lib qolaman. O'lsam yig'lagin, yana odamlar nevarasi yig'lamadi dimasin" digandiz. Man ushanda tuzalib ketishizi bilgandim. Buna dimang ham didim. Mana bir qancha vaqt o'tib 79 yoshizda xayrni ham etmiy, ketib qoldiz. So'ngi bora oppoq yuzingizni ko'rdim. Yig'lagin didiz. Ko'zlarim yoshlandi, lekin yig'lolmadim. Endi siz hayotda yo'qsiz. Hali sizdan so'ramoqchi, o'rganmoqchi bo'lgan narsalarim ko'p edi. Hali duolaringiz kerak edi. Mani to'yimda endi bo'lmaysiz, to'yda baxt tilab duo qilmaysiz... Keliningizni ko'rmaysiz, qo'lidan bir piyola choy ichmaysiz. Bolalarimga alla aytib uxlatmaysiz. Ularga ismni ham qo'ymaysiz. Sizni o'rningizni kim bosadi? Qaynoq bag'ringizni, shirin erkalashlaringizni o'lgunimcha sog'inaman...
|
|
| |
Giyos | Дата: Четверг, 19.07.2012, 09:59 | Сообщение # 77 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Yig'lama yurak, yig'lama. Bo'lmasa ko'z yoshlaringga bo'kib nobud bo'lasan! © Giyos
|
|
| |
Giyos | Дата: Пятница, 20.07.2012, 22:20 | Сообщение # 78 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Erta tong uyg'onib, eshikni ochib tashqariga qarang. Yorug'lik bor. O'zingizni qorong'u xonaga o'tkazib olib, yorug'lik qidirmang. U endi sizdan chiqmaydi. Chiqishi uchun ko'p vaqt kerak.
|
|
| |
Giyos | Дата: Воскресенье, 22.07.2012, 01:34 | Сообщение # 79 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Qalbinga kirib kelaman, eshiging taqillatmasdan. Yuragingda mehmon bo'laman bilmasdan. Sevib qolasan hali tinmasdan. Ketkazmaysan meni mahkam quchib . . .
|
|
| |
Giyos | Дата: Воскресенье, 22.07.2012, 23:47 | Сообщение # 80 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Yuzlarim qo'lingga botsa ham, olma qo'lingni. So'zlarim og'ir botsa ham, unutma ularni. Senga aytganman, sevmayman deb, eslama bularni. Davomini yoziwim kerak.
|
|
| |
Giyos | Дата: Понедельник, 23.07.2012, 03:53 | Сообщение # 81 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Yarim tun. Men hali ham bedorman. Sensizman. Yolg'iz qoldim. Sen ketding. Butunlay ketding. Yig'lamayapman. Yig'lash uchun ko'zimda yosh ham qolmadi. Har seni eslaganimda, chehrang ko'rinadi. Ko'chalarda yurganimda seni qo'lingdan ushlab yurgandek bo'laman. Qo'llaring iliqligini hammon his qilaman. Sen meni kuzatayapsanmi? Sen meni samodan turib kuzatayapsanmi? Sen yulduz bo'lib, meni kuzatayapsanmi? Avvallari oydekman deyrding. Oy bo'lishni orzu qilarding. Afsus. Yulduzga aylanding. Kechasi seni ko'rgani ko'chaga chiqaman. Ushanda yorqinroq yonib, o'zingni bildirib qo'y. Bo'lmasa men seni topolmayman. Ko'klardagi yulduzim. Tunim yolg'iz emas ekan. Chunki osmonda sen doim borsan. Charaqlagan yulduzim, meni armonga ko'mib ketgan yulduzim... ms...
|
|
| |
Giyos | Дата: Понедельник, 23.07.2012, 04:22 | Сообщение # 82 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Erta tong vaqtli turaman. Chunli sen tong shamolida esib kelasan. Derazamni ochib, tashqariga yuzimni tutaman. Sen kelib yuzimga urilasan, so'ng ohista silaysan. Juda yoqimli. Huddi yonimda turganingdek his qilaman. Afsus. Quyosh chiqib, sen ketib qolasan. Qo'llaringdan ushlab qololsam edi... Tutqich bermas, mayin go'zalim. . . Ertaga quyoshdan sen bilan birga qochaman. Sen qulog'imga shivirlab "sizni sevaman" deb tursang bo'ldi...
|
|
| |
Giyos | Дата: Понедельник, 23.07.2012, 04:30 | Сообщение # 83 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Jonginam uzr. Kech turdim. Yana uxlab qolibman. Poylab, poylab ketib qolgandursana? Shu uyquchiligim pand beradida. Endi shu bilan seni qachon ko'raman. Lanati soat. Balandroq jiringlasang bo'lmasmidi. Mana sms ham kelibdi. Nima deb yozibsan. Hozir o'qiychi: "Bilardim yana kech qolishingizni. Sizdan iltimos qilib so'ragandimku. Hech bo'lmasa to'yimga kech qolmang deb. Kelmayman deganinggizga o'zim kutib olaman degandim. Shuncha ham kutirasizmi? Bo'ldi, uxlayvering kechga qolib. Men ketdim". Kech qoldim. Kechir. Hayotingda doim kech qoldim.
|
|
| |
Giyos | Дата: Суббота, 28.07.2012, 23:33 | Сообщение # 84 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Mayli. . . Men ketaman. Faqatgina birgina istagim bor. Ko'zlarimga qarab, shu "ket" degan so'zlaringni takrorla. Shu so'zni aytayotganingda nigohlaring qochmasmikan, lablaring titramasmikan. Bir bora ko'ray. Shuni qila olasanmi? Agar nigohingni ko'zimdan qochirmay, lablaring titratmay aytsang, bu chindan bo'ladi. Meni boshqa ko'rmaysan keyin. Agar bunday bo'lmasa, bu alamingdan aytayotganing bo'ladi. Bu bilan meni haydolmaysan. Hech qachon yoningdan ketmayman. Qochaman desang, qo'yib yubormayman...
|
|
| |
Giyos | Дата: Воскресенье, 29.07.2012, 18:52 | Сообщение # 85 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Faqat kulaman telbalarcha, sening bu azoblar qilgan meni Majnun. Sening vasling ilinjida sarson bo'lay endi. Mayli roziman gar sen shu desang. Mayli itar meni ko'ksimdan, qulay jarlikga. Maydalanib yo'q bo'lib, aylanay tuproqga. Usha tuproqdan unib chiqsin bir nihol. Faqat unga o'zing qara. Mehr berib avayla. Sening nafasin olib bo'lsin katta.
|
|
| |
Giyos | Дата: Понедельник, 30.07.2012, 10:26 | Сообщение # 86 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Prikol. Qalesan osmondigi "oy". Yerdigi "farishta". San farishtamas, faqat qanoting bor. Bilasanmi? Qanot tovuqlarda ham bor. Bilsen ula o'zini farishtaman dimidi. Yuzingni qara, to'g'rilash uchun 1 chelak bo'yoq, shpaklyovka ketganmi? Qatta bo'yatding? Qo'yliqdan mardikor ob keldingmi? Yo' kalleni chelakga tiqvoldingmi? Shundan keyin oynaga qaradingmi? Bilaman oyna ko'rib, qo'rqib qochib ketgan. San osmondagi tasqara, yerdagi ajinasan...
|
|
| |
Giyos | Дата: Понедельник, 30.07.2012, 23:08 | Сообщение # 87 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Nahotki uni yoqotsam? Nahotki u mani endi eslamasa. Ulgurganmidim? Eslarmikan? Qidirarmikan? Topa olmasachi? Men topa olamanmi? Kun sayin u endi mendan uzoqlashadimi? Iltimos, meni bir bor eslab qo'ng'iroq qil. Toki sen meni esdan chiqarmasligingni, unutmasligini bilay. Do'st bo'lib qolishimiz uchun sevishimni aytmagandimku. Endi do'stlikni ham osonlikcha yoqotmagin. Seni kutayapman. . .
|
|
| |
Giyos | Дата: Суббота, 04.08.2012, 01:54 | Сообщение # 88 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| To'kilar osmondan yomg'ir. . . Sen aytarding "To'kilmayapti, yog'ayapti?". Yaproqdan tushar tomchi. . . Sen aytarding "Tomchilayapti tomchi"... Aytarding yana ko'p bora takror takror "Unutmaysizmi bu kunlarimizni, birga yurganlarimizni, tomchi sanaganlarimizni. . . Esdan chiqarmaysizmi?". Yo'q. Hech qachon unutmayman. Hohlasam ham esdan chiqara olmayman. . . Ko'zlarimdan "yog'ayapti" yosh. Yuzimdan "tomayapti" yosh.
|
|
| |
Giyos | Дата: Воскресенье, 05.08.2012, 03:42 | Сообщение # 89 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Seni seva olmadim. Kechir meni. Yo'llarimga ko'z tiktirdim, kechira olsang kechir meni. Seni uzoq kutirdim, kelmadim. Tunlari uxlamading. Kunlari yurmading. Faqat meni o'ylading. Qadringga yetmadim. Ko'zu qoshingdan o'pmadim. Ko'z yoshlaringni artmadim. Kechira olsan kechir. Har bir so'zimga zor eding, men qizg'andim sendan shuni. Birgina so'z aytdim. Alvido. . . Vaqtlar o'tdi. Men qaytdim. Seni izlab qaytdim, seni qadringga yetib qaytdim. Afsus, kech qaytibman. Sen ko'zlaringdagi yoshlar bilan o'zganing yonidasan. Kechira olsang kechir meni. Ortga qaytganimda qalbimda armon qolmasin. Ko'zingni yoshlama. Men senga arzimayman. Doimo kulib yur. Sen baxtlisan. Baxtingni topgansan. Men haqimda qayg'urma. Yer dumaloq. Baxtim meni ham qayerdadir kutayotgandir... Sen meni kechirsang bo'ldi... Kechirasanmi?
|
|
| |
Giyos | Дата: Понедельник, 13.08.2012, 01:46 | Сообщение # 90 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Ko'zlaringni ochmasdan meni ko'ra olasanmi? So'zllarim aytmasimdan meni eshita olasanmi? Har gal yoningga kelganimda bir so'z aytmay meni hursand qila olasanmi? Kechasi uhlaganingda ismim takror ayta olasanmi? Men senda yoqolib qolsam, yuraging bir parchasida saqlay olasanmi? Qaytib kelsam, yana meni topa olasanmi? Ismim aytib takror, yana seva olasanmi?
|
|
| |
Giyos | Дата: Среда, 15.08.2012, 10:04 | Сообщение # 91 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Sen juda ham chiroylisan. Juda juda. Bir ko'rib... Ko'zlarim uzolmadim husningdan. Qarashlaring, katta ko'zlaring bilan qarashlaring... Chidab bo'lmas bu chiroyga. Qanday qarayman yana. Ko'zlarim qamashayaptiku... Kulishlaring... Juda chiroyli kulishlaring. Nahotki seni sevib qolayotgan bo'lsam... Yo'q. Bunday emas. Bu tuyg'ular tushunarsiz, mavhum. Ex qaniydi, onamga o'xshasayding. . .
|
|
| |
Giyos | Дата: Четверг, 16.08.2012, 15:27 | Сообщение # 92 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Sevish kerak, telbalarchamas. Yashash kerak mehr olib. Sevish kerak, lekin ahmoqlarchamas. Yashash kerak, hayotga to'yib... Sevish kerak sevilb, yashash kerak sevilib.
|
|
| |
Giyos | Дата: Воскресенье, 19.08.2012, 20:42 | Сообщение # 93 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Kuzimdagi bahorim. To'kilmagan yaprog'im edingku!!! Nahotki hazonga aylanding. Bahordagi hazonim. Men uchun endi armonsan, men uchun royosan. Hozonlar orasidangi men uchun yagona yaprog'im. Seni yoqotdim...
|
|
| |
Giyos | Дата: Воскресенье, 19.08.2012, 20:42 | Сообщение # 94 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Go'zalsan, chiroylisan, sengi tengi yo'q olamda. Sen juda ham aqlli, odobing maqtashga arzugulik. Sochlaring uzun qaro, qoshlaring berar yuzingga jilo. Aytasan "men dunyodagi eng zo'ri". Bilasanmi? Onamga o'xshay olmaysan sira. Kiyinasan, yasanasan eskicha, baribir onamga o'xshamaysan zaracha. Ovora bo'lma, urinma, kuyinma, yig'lama. Balki o'xshab qolarsan bir kun. Qaniydi onamga o'xshasayding... Otamga keladi havasim...
|
|
| |
Giyos | Дата: Пятница, 24.08.2012, 01:05 | Сообщение # 95 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Muhabbatim. Meni butun vujudi bilan sevgan muhabbatim. Ko’ziqaroyim. Ko’zi shahloyim. Seni sevib bo’lgan telbangman hamon. Seni tashlab ketgan devonagman. Seni majburan tashlab ketgan oshig’ingman. Sen eding go’zallar parisi… Uylandim... O’zga bir suluvga… Qoshi kamon bir qizga. Do’stlarim aytdi: “Sevganing go’zal ediku bundan. Maqtasa so’z oz ediku. Ne sabab tashlab ketding nomard. Qani unga bo’lgan sadoqat. Shu edimi seni qilgan ahdu paymoning, shu edimi seni Majnun qilgan sevging. Seni taniy olmayapmiz, yoshlikdan seni bilsakda. Taniy olmayapmiza aka ukadek bo’lsakda” deb. Har kimni dardi o’zida. Hech kim tushunmas meni dardim. Dardkashim qoldi ortda, kimga aytaman boshqa. Ha. U edi go’zal. Uni sevardim faqat va faqat tanho. Lekin u o’xshamasdi onamga. Qaniydi o’xshasa onamga… Uylanganim esa o’xshaydi onamga.
|
|
| |
Giyos | Дата: Пятница, 24.08.2012, 10:53 | Сообщение # 96 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Go'zallar bevafo? Yo'q. Go'zallik bevafo. Yosh kattalashgan sari u tark etadi... (Tashqi go'zallik)
|
|
| |
Sokina | Дата: Четверг, 30.08.2012, 18:56 | Сообщение # 97 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Bu gaplar yon daftarchamning birinchi sahifasidan joy olgan."Hayot zarbalaridan yiqilganda örnidan tura olgan yaxshi,yurib yölida davom eta olgan inson a'lodir.Barcha yaxshiliklar Allohdan!" Bu qoida basma-bas hayotimdagi eng muhim körsatgichga aylanib bormoqda.Hayot-harakat!Og'ir sinovlarda sekin odimlar bilan bölsada,harakatdan töxtamay davom etishim lozimligini bilaman.Shuni anglab yetganimning özi men uchun muhim aqida! Goh sokin,goh waxdam qadamlar bilan ketaveraman...toki, sönggi manzilimga yetgunimga qadar!Jannat qadar Sabr,shukur va hayoni Allohim yölchi-hamroh qilsin,ilohim. Qalbimdagi sokin halovat, shukronalik va sabr-toqat uchun yolg'iz Allohimga hamdu-sanolar bölsin.
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Giyos | Дата: Пятница, 07.09.2012, 22:38 | Сообщение # 98 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Kulmas edim ilgari hech ham, hursand kunim yo'q edi umuman. Seni uchratdim, tashvishli kunimda, seni uchratdim g'amgin kunimda. To'ldirding hayotim mazmunga, to'ldirding hayotim shodu zavqga. Men kula boshladim, hursand bo'la boshladim sen bilan. Hech g'am yo'q endi menda. Sen borsan, sensan hayotim ma'zmuni. Sensan endi meni hayotim... Kelgan ekansan, meni kuldirgan, nima qilarding ketar bo'lsang kuldirib. Ayrilar ekanmiz, ne qilardin oz vaqt hursand qilib. Unutishamizmi? Yana kulmayapman...
|
|
| |
Sokina | Дата: Суббота, 08.09.2012, 13:42 | Сообщение # 99 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Sarhad bilmas köngil olami haqidagi mavhum holat...Kimdir hayotingizga kirib kelganda kuldingiz,ketganda kulmadingiz.Yana kelishini kutayapsiz...Quvonchingiz ög'risi könglingizning tubida yashayotgandek,nazarimda.Göyo usiz hayotingizda ma'no yöqdek yozgansiz.Bu satrlar Sog'inish haqidami yoki? Добавлено (08.09.2012, 12:42) --------------------------------------------- Buvingiz haqidagi satrlar yig'latdi...Bu ötkinchi dunyodagi haqiqiy armon ölim tufayli bölarkan...Sog'inch nuqtasining eng sönggi nuqtasi -ARMON! Unga davo yöq,könikish kerak,xolos.Könikkanda ham yurak bag'ringiz azoblarda qovrilib,könglingiz öksigancha alam bilan könikarkansiz.Gohida hammasi risoladagidek,ammo ayrim paytlar dunyolarga sig'may ketasiz...Shunday qilib sekin-asta bu dunyoning ötkinchi va yolg'onchiligi haqiqat ekaniga iymoningiz komil bölarkan... Qalbingizda yagona, eng yuksak najot-ALLOH taolo tomon ilinj bilan qadam bosib ketaverarkansiz...Yashayverasiz,yashayverasiz,yashayverarkansiz...Atrofimizdagi ahamiyatli yoki ahamiyatsiz odamlar,dunyo matohlari va hakoza hayot chig'iriqlarini tark etish pallasi-O'LIM kelguncha bu sinov umrimizni yashayveramiz...Insofu-iymonimizdan judo qilmasin,ilohim.Allohim ötganlarni rahmat qilsin,iloho... . Shunaqa gaplar.
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Giyos | Дата: Воскресенье, 09.09.2012, 23:05 | Сообщение # 100 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Sokina, o'lim haq. Tug'ulmoq bor ekan, o'lmoq ham bo'larkan. Hich kim dunyoga ustun emas diyiladiku. Muhumi sabr va xotira ekan... Bugun ammamni o'g'lilari uylandi. Buvim vafot etganda ammamgilar to'yni qoldirishmoqchi bo'lishgandi, lekin ko'plar qoldirmagin deb maslahat berishdi. Hamma azador bo'lsak ham boramiza digandan keyingina qoldirmadilar. To'y bugun bo'ldi. Buvim shu to'yda so'zga chiqishlari kerak edi. Ular uyimizni, oilamizni eng yoshi ulug'i edilar. Afsuski ularni o'rinlari bo'sh qoldi. Shu to'yni, nevara kelinlarini ko'rishlari kerak edi. Ko'rmadilar. Balki vafotlaridan oldin rasmini ko'rgandirlar. Bilmadim. To'y boshlanganda, kuyov bilan kelin qo'l ushlashib kirib kelishdi. Hamma turib kutib oldi. Manam chetdan turib qarsak chalib turdim. Hamma hursand. Ko'zim kichik ammamga (to'y qilayotgan emas) tushdi. Ular yig'lardilar. Keyin kichik amakimni xotinlari ham stolga o'tirib, teskari qarab yig'lardilar. Yonimda akam (katta amakimni o'g'illari) qara, yig'lashayapti didilar. Ular hursandchilik ko'z yoshlari dib o'yladilar. Aslida bunday emasdi. Ular buvim, onalari yo'qligi uchun, shu to'yda qatnasha olmaganlari uchun, nevaralariga baxt tilab duo qila olmayapganliklari uchun yig'layotgandilar. Ular shuni eslashayotgandi. Men ham. Qolgan kelinoyilarimni ham ko'zlari yaltirab turardi. Ular yig'lashmayapgan bo'lsalar ham, ko'zlari yoshlanayapgandi. To'y davom etaverdi. Nazarimda buvim ham shu yerdalardek, ularni ko'zim bilan qidirib chiqdim. Hamma stollarni qaradim. Yo'qlar. Buni bilardim. Lekin yana qidiraverdim. Topdim. O'xshash. Hursand bo'ldim. Ko'rganim buvimni singillari edi. Ular o'xshash edilar. Buvumni o'rnilariga, ular mehmonlardan hol ahvol so'rab yurgan ekanlar. Shukur shunisiga ham. Ovunishga yana bir buvim borku...
|
|
| |
|