Воскресенье, 28.04.2024, 15:48
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Monolog - Страница 5 - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
Giyos/FORUM » ASOSIY » YON DAFTAR » Monolog (Monolog yozamizzz)
Monolog
LoadingДата: Суббота, 30.03.2013, 21:18 | Сообщение # 101
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Men kimga xam kerakman?
 Bolalik yilaridagi bolalarcha mexrimiz. Mehribonroq edik ushanda. 
Yillar suv purakab hushimga keltiradi. O'zimga kelib olishimga esa ko'p vaqt ketti. Seni yoqotganimni, yonimda bo'lib mensiz yashashingni anglab yetishim uchun yana yillar kerak bo'ldi. Qaridik. Endi axamiyatsiz insonga aylanganingda 50 yoshimni qarshilar kunim kirib yuragimni ezding. Imi-jimida yolg'iz qolganingu menga bo'lgan tuyg'ularing usha-usha ekanini qistirib o'tting. Ota-onalarimiz vafotini aytganingda ajibki quvonib ketting.  Nima deding " Bu dunyoda xar bir insonga bir suyanch kerak dedingmi? Senda u endi yo'qdur, menda esa endi bor. Oilang tinch kechmagani, shuncha yil chidab kelganingni nolib aytasan. Bolalaring sendan, sen ulardan beziganingni aytasan. 
  Sen ketkaningda men bir gapni o'zimga tinmay takrorladim. " Men endi kimga kerakman?" Senchi nima uchun bugun bu savolni menga barayabsan?


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
bek_x6Дата: Среда, 03.04.2013, 11:22 | Сообщение # 102
Майор
Группа: Talaba
Сообщений: 178
Репутация: 4
Статус: Offline
har tong ko'zlarim uyquga to'ymagan, g'amga to'lgan, ko'z yoshlar esa to'kila to'kila ado bo'lgan...
atrofga boqaman hech narsa ko'rinmas ko'zimga, go'zalliklar bari tugagandek, balki meni ko'zlarimni g'am pardasi to'sib
qo'ygandir, bilmadim... menda savollar shunchali ko'pki bu savollarim qalbimi tunu-kun ezadi, kimdan javob olaman?
sevgan insonim ham, do'stim ham, dardkashim ham, hamrohim ham, quvonchim shodligim ham, yashashimga
undaydigan insonim ham bir inson edi. Endi esa u yonimda yo'q, avvaldan bilardim bu inson bilan hech qachon birga
bo'lomasligimi, ammo bu yurak qurg'urga buyruq berib bo'larmidi?!!!
eng yaqinim, dardkashim, sirdoshim endi dardimga aylandi. kimga aytaman dardimni? kim menga u bo'la oladi? qayerga
qaramay uni ko'raman. tunlari xayolan u bilan gaplashib o'tiraman, har kulgudan uni kulgusini qidiraman lekin u yagona
edi. hechkimga o'xshamas xarakter... eng yaxshi do'st...
charchadimkiiiiiii......(((((((

Добавлено (03.04.2013, 10:22)
---------------------------------------------

Цитата (BumBumCHa)
Bilasizmi?... Bugun og'rindim... Ha
özimdan og'rindm. Hafa böldim. Hatto
nafratlana boshladm... Nahotki
shunchalar ilojsiz sizni eslamey
öylamey yashash?... Har kuni
yuragimga "endi sizni eslamiman, öylamiman, sog'inmiman" deb yolg'on
qasamlar ichib, vadalar beraverib, ohiri
yolg'onchiga aylanib ham qoldim...
Nega bunchalar bag'ritosh, shafqatsiz
ekanman a?... Yuragim kechir meni...
Senga azob bergan men bag'ritoshni... Nafratlanaman... Chegaralar
qöyolmagan tuyg'ularimdan,
hayollarimdan va orzularimdan
nafratlanaman... Balki yetar a... Agar
taqdirimiz ayro bölsa, nobud bölgan
muhabbatimzga qabrni mening yuragimdan tanlamaylik... Bu men u.n
og'ir...

dildan chiqqan so'zlar, haqiqiy sevgan insonizi qalbizdan chiqarmoqchi bo'lsangiz buni iloji yo'. chunki u insonni hamma narsa eslatadi uyiz, ko'cha, telefon, sms, internet, hattoki soatham uni eslatadi. xayolizdan chiqaromis.

Bazida shu monologlani o'qimizu yarmida o'tkazib yuvoramiz boshqa sahifaga. lekin bu monologni yaratishda odamni ichidan o'tkanini faqatgina o'zi bilarkan, ichingdigi gaplaring tomog'inga tiqilarkan chiqarolmaysan, qiynalasan... na bir kishiga etomisan...
kimdir ijod qiladi... kimdir dardini yozadi...
ijodistonga omad, ijodkorlaga esa raxmat. Sizning ijodiz kimnidur dardini yengillatadi, shu monologlarizi dardiga sheri qiladi... shuni unutmen!

shaxsiy fikr.


Нет подпись...
 
LoadingДата: Пятница, 05.04.2013, 02:09 | Сообщение # 103
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Uchib yurgan hazonga intilaman. Huddi, huddi seni ortingdan sarson yugurganim kabi. Hazon kabi uchub o'tti umr. Goh-baland goxo pastlab uchdi hazon. Sen qayoqlarga uchding?
 
bek_x6Дата: Пятница, 05.04.2013, 09:44 | Сообщение # 104
Майор
Группа: Talaba
Сообщений: 178
Репутация: 4
Статус: Offline
do'stlik... sevgi... ayriliq... armon...
xuddi fasllarga o'xshab ketadiya...
Do'stlik... tuyg'ular ichra eng yaxshisi degan bo'lardim. Har holatingni, boringni bo'lishasan. Xursanchiliklar qilasan, g'am chekkaningda do'stinga suyanasan, u senga suyanch, u senga yaqin maslahatdosh, sendan dardlarni aritadigan inson. Bayramlarda, tug'ilgan kunlarda xursanchiliklar qilasan, suxbatlaringda har xil xazillar qilasan, bir pasda urushib bir pasda yarashasan... Xuddi Baxordagi charaqlab quyosh chiqib birdan yomg'ir yog'ishi va yana qayta quyosh chiqishiga o'xshab...
Sevgi... issiq taft... endi senga har kun bayram... har kun u yoningda, har daqiqa uni borligini his etasan, har tong quyosh charaqlagandek sening baxting ham charaqlab boraveradi, borgan sari hamma narsa go'zallashib boraveradi. Sen unga kerak, u esa senga. Birga orzular qilasan, rashk qilasan)) erkalab suyasan...
Qanchalar shirin tuyg'u...
Ayriliq... har kun xuddi yuragin kabi sarg'ayib borayotkan umidlardek to'kilayotgan barglar, borgan sari orzularga qo'shilib so'lib borayotkan chiroyli gullar... Hayotingni qora bulut qoplagan. Yam yashil go'zallikdan asarham qolmagan, yolg'izlikdan keraksizlikdan tunu-kun azoblanasan, har soniya uni sog'inasan, har soniya o'zinga "nega?" degan savollar berasan... afsuski javob topa olmaysan... Ovozing boricha baqirasan ammo seni hechkim eshitmaydi, yolg'izsan((( Bahorni sog'inasan... qon yig'lab Baxorni sog'inasan, tunu kun yig'lab sog'inasan, har soniyani sog'inasan, ming afsuslaru ming pushaymonlar bilan Baxorni sog'inasan...((((((((
Armon... tuman ichra o'sha sevging izlaysan haliyam... Ammo ancha kech bo'lgan, tanangni sovuqlik egallagan, yuraging muzlagan, hammayoqda sokinlik, yuraginga taft izlaysan lekin u endi qaytmaydi seni o'ylamaydi seni izlamaydi seni sog'inmaydi((( u endi senga armon(((
Baxor kelishin kutasan, lekin nima uchun? Axir... Axir baxor qaytgani bilan sening baxoring qaytarmidi? Seni yolg'izing seni farishtang qaytarmidi? Sening borlig'ing qaytarmidi? Seni azoblaring qaytadi, endi baxorlar seni baxoringni olib kelishmaydi, senga faqatgina azoblar olib kelishadi... Azoblarni... (((
Endi baxorlarning ifori senga begona, yozning tafti begona, endi senda faqatgina o'sha senga ko'nmagan, gapinga kirmagan, do'stlikni qadrlamay sevibgiga intilgan oxir oqibat o'ziniyam seniyam xarob qilgan muzlagan yuraging bor xolos... boshqa hechnimang yo'q...
((((((((((((((((((((((((((((((((((((((((((((((((((((((((


Нет подпись...
 
LoadingДата: Пятница, 05.04.2013, 10:50 | Сообщение # 105
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Islomjon respekt o'rto! Imkon topib savollarimni yoki xulosamni etaman.

Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
ГостьДата: Суббота, 06.04.2013, 03:37 | Сообщение # 106
Группа: Qadrli mehmon





Yaxwiykan
 
SokinaДата: Четверг, 11.04.2013, 15:53 | Сообщение # 107
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Oppoq gulbarglarin yam-yashil barg aro köz-köz qilar nozik gulchalar... Osmon gumburlab tundlashar atrof... Mavjlanar tebranib olcha gullariga ingan tomchilar... Közlarim boqib-la töymas,chuqur nafasimda gulbahorning tansiq nafasi-OLCHA GULLARI !

Добавлено (11.04.2013, 14:53)
---------------------------------------------
Oppoq gulbarglarin yam-yashil barg aro köz-köz qilar nozik gulchalar... Osmon gumburlab tundlashar atrof... Mavjlanar tebranib olcha gullariga ingan tomchilar... Közlarim boqib-la töymas,chuqur nafasimda gulbahorning tansiq IFORI-OLCHA GULLARI !


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Воскресенье, 21.04.2013, 21:58 | Сообщение # 108
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Sening xatlaring. Nafrat bilan yozgan xatlaring. Nega unday qilayapsan? Axir o'zing menga to'yim kuni yig'lab, baxt tilagandingku. Nega endi shu tilagan baxtingni mendan qaytib, tortib olmoqchisan? Meni baxtli bo'lishim, seni baxtli bo'lishing ediku. Axir o'zing shunday degandingku. Endi fikring o'zgardimi? Nega avvalroq shuni anglamading? Baxt tilamaganing yaxshi ediku. Uni olib qo'yar ekansanku baribir. Men hozir baxtliman. Juda ham. Baxtim cheksiz. Yorimni sevaman. Juda ham. Seni oldin ham sevmagandim. Hozir ham. Keyin ham sevmayman. Baxtimni mendan ayirganing bilan seni tanlamayman. Hech qachon. Eshigim tagida yotib olib yig'lasangda, kechalari taqillatib, bezovta qilsangda. Umuman. Senga maslahatim. Baxtimni buzma. Buza olmaysan ham. Tinch qo'y. Meni tushunsangchi? Meni unut. Eslama ham. Senam albatta baxtli bo'lasan. Kim bilandir, faqat man bilanmas. Shunda menam baxt tilayman senga, lekin tortib olmayman...
 
ГостьДата: Пятница, 26.04.2013, 20:33 | Сообщение # 109
Группа: Qadrli mehmon





Vaqt davo.
 
SokinaДата: Пятница, 03.05.2013, 16:17 | Сообщение # 110
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Volidam ketdingiz ,ketibsiz chindan, Armonli sog'inchga qoldirib qalbim... Termulib boqaman suratingizga,Sirli va sehrli nigohingizga,Jimgina sadosiz boqaman uzoq...Könikib qoldimmi yöqligingizga?! Volidam javharu-gavharim,onam, Izingizga zor qilib ketdingiz,ketibsiz chindan . Na söz,na darak olmadim sizdan. Sabringizni tashlab ketibsiz, bildim , Sabringiz ham "toshbag'ir" ekan ku evoh! Sizsiz yashamoqqa örgatdi chog'i... . Goh tushimga kirasiz, zumda ketasiz,Ortingizdan sarson boqaman yana . Bemavrid közimga tölar jiqqa yosh. Volidam, sog'inchga qulf-kalit toping,Sog'inmay qöyayin,eslamayin ham, Sizni körolmasam sog'inch negadir? Qalbimni tilkalab vayron qildi-ku! Mayli,kirmangiz tushlarimga ham,Baribir kelmaysiz,"suymaysiz" meni.Mayli kelmang aslo, joyingizda tinch böling ,mayli. Intizor bölsamda yöllaringizga,Suratdan toparman diydor ninhona...Sizni sog'inmayin öqiyin duo,Sizni izlamayin aytay shukrona...

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
ГостьДата: Пятница, 03.05.2013, 22:52 | Сообщение # 111
Группа: Qadrli mehmon





Mening shörlik onamni makonlari böldi tuproq,Ona yer onamga mendan yaqinroq. Alvido,tuproqqa aylangan onam,Salom,onamga aylangan tuproq...

Добавлено (03.05.2013, 21:52)
---------------------------------------------
Mirza Xolmedov

 
ShohiДата: Суббота, 04.05.2013, 03:54 | Сообщение # 112
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 838
Репутация: 12
Статус: Offline
Uzun yo'lak, yurib borarman
sokin. Yuzimga urilar tomchilab
yomg'ir. Aylanib ko'z
yoshlarimga, uyqashib ketadi
behol. Hech kimsa bilmaydi
yig'layotganim. Axir baxona
bor, bu ko'z yoshlar emas... Bu
shunchaki yozning bevaqt
yomg'iri... Huddi tanamdagi
o'lmas dard kabi... Osmonga
tikildim uzoqdan uzoq... Ko'kni
qoblab olgan bulut: qop qora...
Ruhimda mavjlanar og'riq
savollar... Nahotki porlamas
quyoshim? Yo'llarning bormikan
adog'i???
Tuyqus jilolanalar ko'kda
kamalak... Rango rang tovlanib
ko'zimni olar. Sekin jilmayaman
ohista. Yetolarmikinman yorqin
nur tomon? Kamalak bo'y
cho'zar, qanchlar uzoq...
Tovlanar qizil, sariq, binafsha
ranglar, unda yo'q baxtsizlik
ramzi-qora rang.
Nogoh nimadir uzilib ketti...
Qarasam asraguvchi
ko'zmunchog'im yo'q... Sochilib
ketibdi yerga qorishib, xuddi
barbod bo'lgan orzuyim kabi...
Ex, mening moviy rangli
ko'zmunchoqlarim, hatto
senham asramading,
asrayolmading...
Davomlayverdim kamalak
tomon. Ro'paramdan chiqar
ulkan bir to'siq. Ortida esa
chorlar kamalak... Men esa
yuraman ishonchla, to'siqni
yengishga qilib axt,
axir ulkan to'siq ortida, meni
kutib turar OLIISDAGI BAXT...
Baxtim, meni kutarmikin olis
olisda..............???


Bu yerdayam o'sha o'sha gap) Baxt meni kutmoqda, olis....olisda!))
 
GiyosДата: Суббота, 04.05.2013, 07:50 | Сообщение # 113
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Shohi, (( applause
 
ShohiДата: Воскресенье, 05.05.2013, 08:12 | Сообщение # 114
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 838
Репутация: 12
Статус: Offline
Meni olib keting bu dunyoning beshafqat sinovlaridan... Men yakka o'zim kurasholmayman taqdirning zarbalari bilan... Qo'rqaman... Yolg'izlik iskanjasidan qo'rqaman... Tashlab ketmang meni bu zulmatlarga...
Men javob topolmadim, hayotning adog'i yo'q savollariga................


Bu yerdayam o'sha o'sha gap) Baxt meni kutmoqda, olis....olisda!))
 
bek_x6Дата: Вторник, 07.05.2013, 06:45 | Сообщение # 115
Майор
Группа: Talaba
Сообщений: 178
Репутация: 4
Статус: Offline
zo'r(((

Нет подпись...
 
GiyosДата: Среда, 08.05.2013, 23:56 | Сообщение # 116
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Husningga oshiq bo’ldimi, yoki shaydo. Yuragimga o’t qalatding, alangalatib. Yonayapman hijroningda. Bir bora ko’rsaydim yana husning. Bir bora ko’rsaydim yana jamoling. Faqat yondirma endi yuragim. Yuragim seniki bo’ldi alaqachon. Uni qiynama. Uni qiynama. Bir bora bag’ringga bos. Ovunsin quchog’ingda tebranib...
 
BumBumCHaДата: Четверг, 09.05.2013, 05:09 | Сообщение # 117
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 142
Репутация: 7
Статус: Offline
Биламан шу кун келади.... бир кун тонгда
уйғонганимда...
 
LoadingДата: Пятница, 10.05.2013, 20:35 | Сообщение # 118
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Jangoxdagi jangchi kimu men kimman... yov bo'ldi shu kunda menga xijroning. raqib kimu sog'inchim nima... yuragimda bitmas jaroxat, so'zing neyu dushman xanjari nima... qaytishinga ishongandim ishon galaba neyu mag'lubiyat ne.. yo'ling kutib toldi ko'zlarim ko'z yosh nima, qora qon nima......

Добавлено (10.05.2013, 19:35)
---------------------------------------------
Koksimdan itarab nari surdingiz. Xam roxat, ming azob berib kettingiz... Sehirgar barmoqlar, jonimga quvat. Indamay yurakni g'ashlab kettingiz. Qanday firibgar ekan bu ko'zlar chaqmoq soldiyu uzulib ketti. Ko'ksimga tegingan kaftning zarbidan sezlib turardi ayanchli nafrat. Nashasin totmayin sozlaringizni, qaxrga belab alla aytdingiz. Ming yildek uxlolmay qoldim chamasi, qaytmaslik axdini naqtlab kettingiz....
Tiz cho'kib g'ururim yalinar tilga. Gapirsang bo'lgani qaytadi senga. Yalinib yolvorib kirsang chi tilga vafodor bo'ladi senga, bir umrga.
Tilimchi lol edi bo'lgan ishlardan. Gururim KO'ZLARI ko'r bo'lganida. AYBINI yashirish vajin keltirib yuraka mag'zavani qo'ydi agdarib.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
FC_PAXTAKORДата: Суббота, 11.05.2013, 16:25 | Сообщение # 119
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Qoil degan joyidan
 
BumBumCHaДата: Воскресенье, 12.05.2013, 05:03 | Сообщение # 120
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 142
Репутация: 7
Статус: Offline
Mana ösha bevafoni menga uchratgan kuz xam kelibdi-ya , Buni sezmabman xam . Faqat odamlarni qöllaridagi soyabondan payqadim. Chunki men bevafoyimga soyabon sovga qilgandim)!
 
LoadingДата: Понедельник, 13.05.2013, 20:09 | Сообщение # 121
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
bumbumcha yaxshi keltiribsiz.... manga shunaqa ayllanma uslub yoqadi.. balki manga shunaqa tuyildi.

Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
ParvinaДата: Среда, 29.05.2013, 12:07 | Сообщение # 122
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 24
Репутация: 5
Статус: Offline
Assalomu aleykum mening yaqinlarim, endi birgamiz,. kichkinagina ijodim

Bugun 5 - kun sendan esa darak yo`q, o`sha ketganingu va va`dalaring, aslida
munosib juvtlik edik, lekin majburiy emas. Mayli bugun ket hayotimdan,
chunki qaytishni xoxlamayapsan, ertaga xayotingda kelarman ammo
qaytishni xoxlamasman, Siz jon, biz esa baklajon deganlaringchi, har
safargi peremenada (gapimiz qochgan) paytda qaytishim ko`z yoshlarim ila
bo`lgan endichi ko`z yoshlarim bir tiyin, ular qaytarishni ham
eplolmayapti, bir lahza to`xtashni ham bilmayapti.
 
FC-PAXTAKORДата: Пятница, 31.05.2013, 23:08 | Сообщение # 123
Группа: Qadrli mehmon





Parvina monologiyzga tuwunmadim))))Kimga atalgan?))
 
FC_PAXTAKORДата: Пятница, 31.05.2013, 23:10 | Сообщение # 124
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Kim bu
 
SoginchДата: Пятница, 31.05.2013, 23:13 | Сообщение # 125
Группа: Qadrli mehmon





Kimligimni aytmayman))))
 
Giyos/FORUM » ASOSIY » YON DAFTAR » Monolog (Monolog yozamizzz)
Поиск:
Flag Counter