Четверг, 28.03.2024, 16:45
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Monolog - Страница 7 - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 7 из 8
  • «
  • 1
  • 2
  • 5
  • 6
  • 7
  • 8
  • »
Giyos/FORUM » ASOSIY » YON DAFTAR » Monolog (Monolog yozamizzz)
Monolog
LoadingДата: Пятница, 09.08.2013, 00:46 | Сообщение # 151
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
P.S mening eng zo'r hikoyamdan biri, va unga muxlis o'quvchilarimga, shu jumladan Sokinaga atalgan monolog edi bu. Bayram tabrigi deb qabul qilasiz!

Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
SokinaДата: Пятница, 09.08.2013, 07:29 | Сообщение # 152
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Hayitlik uchun rahmat!
Vaqt topib "Chashma"ni davom etsangiz yaxshi bo'lardi. Buni avval ham aytgandim takror bo'lsa ham yana aytayapman.)


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Пятница, 16.08.2013, 00:12 | Сообщение # 153
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Seni sevaman. Lekin ayta olmayman. Qo'rqaman aytishga. Sen ro'paramda turib, gapirayotganingda ko'zlaringga qarayman. Qaldirg'och ko'zlaringga. Sendagi sho'xlik, ko'zlaringda ham aks etgan. Gapirayapsanku, meni hayolimda boshqa narsa... Senga sevishimni qanday aytish. Qanday aytish ham emas. Aytishga ikkilanish. Aytsam, sen bilan baxtli bo'la olamanmi? Seni baxtli qilaman deb, baxtsiz qilib qo'ymaymanmi? Sen faqat baxtli bo'lishga loyiqsan. Yana bir narsa, sen meniyam baxtli qila olasan. Baribir qo'rqoqman. Tavakkal qilishdan qo'rqayapman. Qo'rqoqlikni, senga bo'lgan hislarim ham yenga olmayapti. Balki hislarim chin emasdir... Vaqtinchalikdir... O'tkinchidir... Chin bo'lganda, seni sevishimni o'zingga ayta olgan bo'lardimku. Bilmayapman. Bilmayapman. Bilmayman...
 
LoadingДата: Пятница, 16.08.2013, 15:39 | Сообщение # 154
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Giyos odamga juda yaqin hislar haqda yozibsiz.

Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
GiyosДата: Среда, 21.08.2013, 07:32 | Сообщение # 155
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Samimiy tabassum bilan yoningga borolmasamda. Senga iliq so'z ila dil so'z aytolmasamda. Menga turmushga chiqasanmi?
Balki seni sevmasman. Balki seni bilmasman. Balki kutganimmassan. Balki orzuyimdagiyammassan... Baribir menga, farqi yo'q. Menga turmushga chiqasanmi?
O'yla, ista, hohla, faqat ayt rostin. Sevasanmi? Yoki seva olasanmi? Birga yashay olasanmi? Menga chiday olasanmi? Og'ir kunlarimu, quvonchli kunlarimda birga bo'la olasanmi? Menga turmushga chiqasanmi?
Issiq quyosh qizdirsada, chang hazonlar to'lsada, oppoq qor muzlatsada, iliq yomg'ir yog'sada, Menga turmushga chiqasanmi? Oy shulasida yolg'iz qolib, buncha tun qisqa deb nolib, sevgi izhorim tinglab bo'lib, menga turmushga chiqasanmi?
Yuqoridagi gaplar, ertakdir balki. Chindan aytsam agar, Ota-onang roziligin olib, menga turmushga chiqasanmi?
 
FC_PAXTAKORДата: Среда, 21.08.2013, 10:08 | Сообщение # 156
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Men bop monologkuu) sotasmi menga))
 
GiyosДата: Четверг, 29.08.2013, 07:43 | Сообщение # 157
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Kechiring, sevgingiz qabul qila olmadim. Hech qanday aybingiz yo'q. Hech qanday kamchiligingiz ham yo'q. Faqat. Faqat, men uchun juda yoshsiz. Sizni seva olaman. Albatta seva olaman. Lekin siz, mendan ortiqrog'iga loyiqsiz. Men oddiymanku. Sizni hayotingiz hali oldinda. Yoshingiz endigina 18 da. Men esa... Men shu yoshimgacha, ko'p sevib yubordim. Bu sayyoq yurakka buyruq berib bo'larkanmi? Faqat hijron bilan uni hovurini bosa oldim. Siz hali yana kimnidir, o'zingizga mosini sevasiz. Sizni qadringizga yetadiganini yoqtirib qolasiz. U ham sizni sevib, ardoqlaydi. O'z ko'zlari kabi, sizni har bir chang zarrasidan ham asraydi. Ishonmayapsizmi? Ishonavering. Hali ko'rasiz. Men aytdi deyrsiz. O'sha paytlar, dumaloq yerda, ko'rishib qolsak, shu gaplarimni aytib, hursand bo'lib, eslaysiz... Ko'rishmaymiz deb o'ylamang. Biz ko'rishamiz, baxtli kunlarimizda. Ko'rishmasakda, baribir baxtli bo'lamizku!
 
FC_PAXTAKORДата: Четверг, 29.08.2013, 12:37 | Сообщение # 158
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Oma lekin gap yo'q)
 
SoginchДата: Четверг, 29.08.2013, 13:41 | Сообщение # 159
Группа: Qadrli mehmon





Sevgilariyiz muncha kopakan?)))
Arazlawib qolgan qiziyiz nima boldi? Yana avtobusda korib sevganiyizchi?)))) Batt lowmi?))))
Aqlisizda aaaa?))))
Manga anakondacham. sanga xudoyim tuyaday boy berguncha tugmaday aql bersa yaxwiydi deb aytadilar.Sizam o'zimizdanakansizda))))
Xafa boliw yoq tanlab tanlab toziga duch kelb qolmang deymandaaa)))))))
 
MirzoxidДата: Четверг, 29.08.2013, 19:40 | Сообщение # 160
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Репутация: 0
Статус: Offline
Supper dermidi biggrin

Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
 
LoadingДата: Четверг, 29.08.2013, 20:04 | Сообщение # 161
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Shukrona
Yonib ketti ko'ksimda olov. Butun tanam larzaga keldi. Ko'z o'ngimda bexush hayajon. Bedor tunlar cho'zilib ketti. Siz bezakmas, qo'rg'on uyimga, bezak emas bugun to'yimga. Siz umrimga mano, mazmunsiz. Siz bor uchun har kun tantana. Robbim Alloh uchun sevaman, ikkimizga baxtni tilayman.
Egoist edit.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
MirzoxidДата: Четверг, 29.08.2013, 20:15 | Сообщение # 162
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Репутация: 0
Статус: Offline
biggrin

Добавлено (29.08.2013, 19:15)
---------------------------------------------
Baxtli bo'ling


Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
 
SoginchДата: Четверг, 29.08.2013, 20:28 | Сообщение # 163
Группа: Qadrli mehmon





Fazliddin man pass))))
Yangamiz bn baxtli boling essiz toyizga boriw nasib qimadi.hech bomasa telexam bololmadim. Bomasam bitta zo'r wer aytib berardim))))
 
ShohiДата: Вторник, 03.09.2013, 14:51 | Сообщение # 164
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 838
Репутация: 12
Статус: Offline
Hammaga bergan maslahatimga nahot o'zim amal qilolmayman? Qarorimdan afsuslansamchi? Shu insonni tanlasam eshik qoqarmikin kutilgan baxt tuyg'usi? Rad qilishga kichkinagina bahona ham yo'q. Lekin, ko'ngilchi...???

Bu yerdayam o'sha o'sha gap) Baxt meni kutmoqda, olis....olisda!))
 
RaVsHaNBeKДата: Воскресенье, 15.09.2013, 01:14 | Сообщение # 165
Майор
Группа: Talaba
Сообщений: 163
Репутация: 4
Статус: Offline
Ustaaa yashshang hands
 
GiyosДата: Четверг, 19.09.2013, 04:21 | Сообщение # 166
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Bir kun. Uzoq vaqt. Hayron qolmang. Siz uchun atigi bir kun bo'lishi mumkin. Lekin men uchun bu juda uzoq vaqt. Chunki meni sog'inadiganim bor. Uni ko'rmasam, sog'inishni boshlayveraman. Bilmadim nega bunday. Avvallari bunchalik sog'inmasdim. Hammasi uni sevib qolganimdan keyin boshlandi. Sevib qoldimku, sog'inch nima ekanini seza boshladim. Sevgi va Sog'inch doimo yonma yon yurar ekan. Ishonmayapsiz a? Unda sizam bir marta sevib ko'ring. Atigi bir kunizga. Keyin siz bilan qayta salomlashaman. Yo'q, ustingizdan kulmayman. Faqat sevganingizdan, "senam meni sevasanmi?", deb so'ramang. Siz, "senam meni sog'inasanmi?", deb so'rang. Nimaga deysizmi? Sababi oddiy. Bu savol ikki hil ma'noni bildiradi. Sizni sevgani uchun sog'inganini. Ensangiz qotdimi? Yuzingizni bujmaytirdingizmi? Demak hali sevmabsiz. Hali sog'inmabsiz. Boshqalarniyam sog'inishimiz mumkinku deyapsizmi? Ha, mumkin. Juda ham mumkin. Ularni ham sevasiz. Hayron bo'layapsizmi? Qarang, hech zamonda dushmaningizni, yoki ko'rishni istamagan odamingizni sog'inasmi? Yo'q. Qancha ko'p vaqt ko'rmasangiz, shuncha ko'p hursand bo'lasiz. Gaplarim xaqiqatga yaqin ekaniga endi ishonayapsiz. Sekingina kulib ham qo'ydiz. Siz shu joyda, kimnidir sog'inishni hohlayapsiz. Yo'q demang. Yuragingizni qo'liz bilan ushlang va eng yaqin odamingizni 1 hafta ko'rmagandek his qiling. Sog'indingizmi? Agar rostdanam sog'ingan paytingiz bo'lsa, yuragiingiz shunaqangi uradiki. Qanot bersangiz, uchib ketadigandek. Yozganlarimdan asabiz qaynay boshladimi? Hohlasangiz uyog'ini o'qimang. Qiziq emas. Lekin o'qimasangiz, hayotingizdagi eng katta xatolardan birini qilgan bo'lasiz. Juda muhum narsa yozaman. Qiziqdingiz a? Men hazillashgandim. Boshqa hech narsa yozmayman. Faqat kimgadir mana bunday yozaman: "Sen ham meni sog'inasanmi?"...
 
SokinaДата: Среда, 02.10.2013, 17:23 | Сообщение # 167
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Men onamni xuddi siz ta'riflaganingizdek balki undan-da kuchliroq sog'inaman...Lekin,bu sog'inchning poyoniga,diydoriga hech yetolmayman.Ana o'shanda qalbim ming bo'lakka parchalanib ketgandek tuyuladi.Ko'z yoshlar jilovini yo'qotadi,shu keng dunyolarga sig'may qolgandek alam bilan dod degim ,onamni chaqirib hayqirgim keladi...
Ayniqsa,so'nggi paytlarda maslahatlashadigan muammolarim oldida ojiz qolganimda , ko'z oldimga yana onaizorim keladi.Yaqinlarimdan olayotgan javoblarimga qoniqmayman.Onaning o'rnini hech kim bosolmaydi.Ayniqsa,sirlashadigan na singlingiz va na opangiz bo'lmasa qiyin ekan...Qiz bolaga ona kerak,judayam kerak...
Farzandga onadan yaqinroq inson bo'lmaydiku,otani o'rni esa boshqa...
Onasini qadrlamaganlarni ko'rsam qahrim keladi.
Sog'inch diydor bilan yakun topsa koshki edi-ya...


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Четверг, 17.10.2013, 06:52 | Сообщение # 168
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Oq libosda kirib kelding, ko'nglim so'ramay, o'tib ketding. Ko'zda yoshing arta olmay, yongginangga qarab ketding. Ko'z yoshlaring yashirma mendan, koshki bilmasam seni. Qilding hiyonat muhabbatimizga. Ayrding bir birimizdan. Endi bu so'nggi uchrashuv, so'nggi visol. Seni to'yinggu. Yoningda baxtli kuyov. Esdan chiqarma meni hecham, o'chirma meni hayotingdan. Baxtli bo'lganingda qora kuning bo'lib qolsam ham, unutma sira ham. Hozir davraga chiqib, tabrik so'zi aytaman. Sen bilan kuyovga baxt tilab, to'yxonani tark etaman. Faqat bitta iltimos sendan, yig'lamagin gapirayotganimda. Kulib tur, quvonib tur. So'nggi chehrang, qolsin mende shunday... Ketayapman... Yo'ldaman yolg'iz... Sokin kecha... Mayin shamol esmoqda... Ortimga qarayman, oq libosda, bir qiz yugurib kelmoqda...
 
SokinaДата: Среда, 30.10.2013, 19:19 | Сообщение # 169
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Tong.Quyosh chiqyapti.Bulut ortidan mo'ralar quyosh.Bulut serviqor, atrofga yoygancha "qanotlar"ini "sherik"larga kibrla boqar.
Voh g'arib,quyosh boshini ko'tarar ana .Zarrin nurlarida akslanar jilva,uzoq-uzoqlarda saf-saf bulutlar go'yo yakunni kutarlar ilhaq.Quyosh haroratin ko'tarib asta basma-bas bulutga tikdan kelmoqda...
Bir zum chalg'iyman yumushim ila. Bulut yoq-ku ,g'oyib bo'libdi.Quyosh nuri eritib "cho'g'"da ko'kdan uni judo qilibdi.
Bu dunyoning hikmati shunda, har unsurning mavjudlik umri va cho'qqiga yetganidan so'ng yana qaytish hukmi bitik - o'yilgandir peshonasiga!
Peshonaning yozig'idan qutulmoq dushvor!

Добавлено (26.10.2013, 10:36)
---------------------------------------------
Bir kunda necha so'z ishlatar inson,Undan necha donasi adolatga mos?!
So'z hukmidan aziyat yetar har dilga ,har bir jonzodga...
Dilni yayratguvchi insonlar dunyoda kamyob !
So'z gunoh,so'z savobga eltuvchi vositai soz.Sozni chalgan ustasi bo'lsa u payvastadir barcha ellarda.Xarob nag'ma paykoni tig' kabi sanchilar barcha dillarga...
Shirin so'zlamakka ehtiyojmand qalb,ifoda etmakka zabon darkor oliy qavmga!

Добавлено (30.10.2013, 18:19)
---------------------------------------------
Shamol esa.Xazonrez yaproqlar joyidan qalqib shildirab -shaldirab manzilin topar.Ular ancha pastda, ayrodir, ayro tushgan hamrohlaridan...Tuproqqa aylanib ozuqa bo'lishga hozirlik ko'rar, yotarlar mahtal bo'lganicha cho'ng ildizlarga... beqadr yaproqlar...ayro yaproqlar... yomg'iru-qorlarni kutgan bebaxtlar...shamolda sovrilgan rangpar yaproqlar...
Ulkan daraxt shoxi uzra saf tortgan zarg'aldoq yaproqlar bemahal hadik-la shamolga esh bo'lib,tenglashar ayro tushgan hamrohlariga...Hakam - vaqt!
Tizimsiz dunyoda ro'yoga aylangan sarkash yaproqlar...


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
umm_abdullohДата: Суббота, 21.12.2013, 09:14 | Сообщение # 170
Рядовой
Группа: O'quvchi
Сообщений: 3
Репутация: 0
Статус: Offline
Barchasini oqib chiqdim juda ajoyib ijod qilishda charchamanglar
 
GiyosДата: Воскресенье, 29.12.2013, 01:17 | Сообщение # 171
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Qor parchasi.
Jimlikda, Sukunatda... Qor parchasining mayin tushushini tomosha qilib o'tirgim keladi. Yolg'iz o'zim. Nimalarnidir hayol qilgim keladi. Yana o'ylab qolaman. Nima sababdan aynan qor parchasining tushayotganini tomosha qilishim kerak? Bu menga nima beradi? Qiziq? Balki oppoqlikligi, ko'nglimdagi g'uborlardan tozalar? Balki ilk yog'ayotgan qor parchasi, yerga tushib, erib ketishi menga umrimiz o'tayotganini bildirar? Shu bilan hayol, hayot haqida ketadi... O'tmish eslanadi... O'tmishda yashaganlaru, hozirga qadar yetib kela olmaganlar yodga olinadi... Qancha odamlarni yer bag'riga topshirdik? Buni eslagim ham kelmaydi... Eslamay ham bo'lmaydi... Qor parchasi hanuz tinchgina, ovozsiz yog'moqda... Yana hayol ketadi... Avvalgi va'dalarimiz eslanadi... Bir paytlar bir insonga va'da bergandim... Sen mendanam baxtli bo'lishing kerak. O'zim baxtli bo'lmasam ham, sen baxtli bo'lasan... Bu unutilgan va'dalar... Esdan chiqqan va'dalar... Esga tushganda o'zimizga yana savollar paydo bo'ladi. U baxtlimi? Javob topa olmay, hayolni boshqa yoqqa chalg'itamiz. Qor parchasi... Ko'plar uni eslamaydi, faqatgina oddiygina qilib qor deyishadi. Qor parchasi aslida qorda qolgan izlarni berkitish uchun, yopish uchun yog'masmikan? Juda ham ko'p qor parchalari yog'ib, shu izlarni yopib, xotiradan o'chirib tashlaydi-ku! Baribir hamma o'sha o'zidan iz qoldiruvchi va sirpantirib yiqituvchi qorni eslaydi... Qor parchasi... Oppoq, mayus qor parchasi. Dardli qor parchasi. Lekin ko'plarga quvnoqli bag'ishlaydi. Qor parchasi bo'lgim kelayapti. Hammaga bir zum quvonch bag'ishlab, keyin erib ketsam ham mayli edi...
Giyos Gapparov
 
LoadingДата: Вторник, 31.12.2013, 17:36 | Сообщение # 172
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Ux kuchli juda kuchli ijod bo'ldi!
Vaqtim yo'q. Avvalgi hissiyotlar, vaqtni qadriga yetmoq ilinjida tuyg'ularimsizman.

Yurak sen nimani bilasan? Sen oshiq, boshda og'riq. Sen qonib qon kechasan, azob ummoniga cho'kaman.

To be contunides. . .


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
SokinaДата: Воскресенье, 05.01.2014, 09:12 | Сообщение # 173
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
G'iyosning ijodiy ruhiyatida kuchli o'zgarishlar sodir bo'lgandek,nazarimda.
Osmoniy oppoq his-tuyg'ular hamrohligidagi
mayin "ishoralar"...
O'zini ilg'ashida biroz murakkablikni sezayotgan ammo halovat topgan ko'ngil kechinmalarining ajib ketma-ketligi...
Omad! Ijodingizga baraka!
Sizning ijodingizda hali bunaqasi bo'lmagandi!


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
LoadingДата: Понедельник, 27.01.2014, 13:23 | Сообщение # 174
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Men senga do'st, shunchaki xamrox. Qay holatda bo'lsam mayliga. Qadir talab qilmayman FAQAT qadirdonim bo'lib yursang bas. Izlaringdan poylab yurmasam, turli shubxa, gumon qilmasam. Ko'changdan gox o'tib yursam maylimi? Seni ko'rib kulsam maylin de. Baland-paslik hayot bezagi, qaxri qattiq muallim shudur. Kel yelkadosh bo'laylik do'stim, birgalikda olaylik talim. Birov uchun yashamas birov, sen emassan menga begona.

Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
ParvinaДата: Пятница, 07.02.2014, 15:32 | Сообщение # 175
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 24
Репутация: 5
Статус: Offline
Бу мен узимизнинг Парвина,
Тақдир!!! 
Гарчи хақиқат аччик, чучук бўлсада,тўймаяпман сени ўйлашдан! Сенинг хар бир ўйга ботган кеча-ю 
кундузинг узоқлаштирмасин мени... агар-да малол келмаса ўйлама мени, унут, кутма хам тутай аъза азобланган умидларимга. Гар келишга қилсанг қарор, соғинтирмай яшашни уқтир ўзингга. Хайрлашгим йўқ, халоватсиз кеча-кундузим, лек соғинч-лақорним тўқ. Гох-гохида тўйиб-тўйиб йиғлаб бергим келади, токи кўз ёшимни 
артишда улгурмаётгангилинг ва қайта завқланиб, эркалангим келади. Совуқли кунда Юр кўз ёшимла курилган уйга, куёшчиқишин кутамиз бирга!!! Тақдир бўлсада хаёт завқи, соғинчи нега яшамас эканмиз бирга, бермасдан эътибор ён атрофдагиларга. Юрақол, юр мен сенинг изингдан...

Добавлено (07.02.2014, 14:32)
---------------------------------------------
Севгилим хайр!!! 
Танамда туйгу колмаган, кулларим сезмаяпти тафтингни, багрим буш-бушдек, лавларим...., кузларим чакнамокда факат кайгудан. Агар билсангиз кайгу хам туйгу экан, уни хис этиш, севиб туйиш хУдди китобдек! Севгилим деймиз, сузларига эътибор бермаймиз 
С- СЕНСИЗЛИК  
Е - ЭЪТИБОРСИЗЛИК 
В - ВАЪДАЛАР 
Г- ГУНОХЛАР 
И - ИЧКИЛИК 
Л - ЛАТТАБОЗЛИК 
И - ИЖНИКЛИК  
М - МЕХРСИЗЛИК  иборат булган алдов туйгу, Сенсизлигим эътиборсизлинингдан, ваъдаларинг гунохларинг билан тенг. латтабозлигинг-у, ичкиликбозлигинг инжикликларимга сабаб булиб, мехрсизликка олиб келди. энди бирон бир кераксиз суздан узингга туйгуларни ясаб олгин! хайр...

 
Giyos/FORUM » ASOSIY » YON DAFTAR » Monolog (Monolog yozamizzz)
  • Страница 7 из 8
  • «
  • 1
  • 2
  • 5
  • 6
  • 7
  • 8
  • »
Поиск:
Flag Counter