Суббота, 04.05.2024, 20:29
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Monolog - Страница 3 - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 3 из 8
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 7
  • 8
  • »
Giyos/FORUM » ASOSIY » YON DAFTAR » Monolog (Monolog yozamizzz)
Monolog
SokinaДата: Среда, 17.10.2012, 10:42 | Сообщение # 51
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Loadingning boyvuchcha yoriga hazilomuz pöpisa! ( döstimizga hamdardlik ohangida))) Hoy,sen döstimni qiynagan makkor,Qalbini tilkalab,parchalab ketganding.Shördanak,nosqovoq ekanku böyögling.Yetdingmi,qaytdingmi boyning ög'lidan.Zar-zevar,kök limon,qancha matohni,Undirib,qöporib qochibsan.Boyvuchcha bölibsan bir pasda," Eshak otdan özgani,Hangrab tinchni buzgani",Anglab,olgin bir ibrat,Xalqdan kelgan bu hikmat... Boyliging bir kuni optmoqlab ketmaysgan,Muzlaydi kök limon degani.Tezakka aylanar zar-zevar.Chirib ketar sendan qolgani,Buyurmas na senga,na bir özgaga! Negayam döstimga tegmading,Aylanib qoldingmi pari xonimga! Qani tur,yaltoqlik qilmagin,Oshiga teng sherik bölmagin.Shunday sof davrani buzmagin,Tengingga,töshingga aylangin.Halol pul topadi,Loading,Xaromni yoqtirmas Fazliddin! (boybuchchangizni haydab yubora qoldim.Undaylardan baribiram vafo chiqmaydi)))

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Воскресенье, 21.10.2012, 15:46 | Сообщение # 52
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Seni bir menga yaqin so'zing, meni bir qadam ortga tashatadi. Seni men tomon bir qadaming, meni 10 qadam ortga tashatadi. Shunday ekan, masofani buzmagin, bo'lmasa mendan ayrilib qolasan. Meni uzoqlardan ko'rasan, nuqtadek. Juda ham uzoqlarda bo'laman, yulduzlardek. . .
 
GiyosДата: Воскресенье, 28.10.2012, 01:22 | Сообщение # 53
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Achinmayapman qilgan xiyonatmdan, seni aldaganimdan. Nega anchinishim kerak? Axir men buni hohlab qilganmanku!!! O’zim bilib qilganmanku!!! Sen nima deb o’ylarding, faqatgina meni sevadilar deb o’ylarmiding… Kechirasan va adashasan. Men faqat sen bilan qoniqa olmayman. Sen menga kamlik qilasan. Sen qiz menga qo’lingni zo’rg’a ushlatsang. Ularchi…. Ooo butun borlig’ini berib yuborishadi. Sen bera olmagan narsalarni ulardan olaman. Xiyonat qilib juda ham mazza qilaman bilsang. Qanday mazzaligini bilsang eding… Tonggacha uni olovli ko’zlari bilan ko’z urishitirib… Sen farishtadek oppoqsan, seni qora qilgim yo’q. Lekin nafs menda kuchli. Uni qondirmasam, bo’g’ib qo’yadi. Seni oldingda hech narsa bo’lmagandek, o’zimni seni sevadigan qilib ko’rsatib yuraveraman. Chunki sen yahshi qizsan. Uylanishim uchun sendakasi kerak. Keyin san juda soddasan. Xiyonatlarimni ham bilmaysan. Bilsang ham, ozgina kechirim so’rasam, kechirib yuborasan. Sen meni haliyam, keyinam sevasana???
 
GiyosДата: Воскресенье, 28.10.2012, 01:22 | Сообщение # 54
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Nega qalbimni olovlatding Malikaaaaam, O'zi cho'g ediku yetmasmidi senga Malikaaaaam!
Sen osmondasanku... Qanday yetishay senga... Qo'llarim cho'zsam yetmas senga... Senga erishish armon menga Malikaaaaam!!!! Senga erishish azob menga Malikaaaaam... Ne qilay sen shox qizi, men esa oddiy! Sen meni mensirmiding Malikaaaaam!!!! Ostonangdan kiritmaysanku poyingga uray bosh desam Malikaaaaam!!! Qanot bermaysanku oldinga uchay desam Malikaaaaam!!!! Sen qanchalar bag'itoshsan Malikaaaaam!!! O'z Shaxzodangni kutayapsan, bilaman Malikaaaaam!!!! U kelmaydi, u topgan o'z Malikasini. Nima qiladi meni tanlasang Malikaaam! Men Shahzoda bo'lmasam ham, Sen Malikaligincha qolaverasanku Malikaaaaam!!!!
 
LoadingДата: Воскресенье, 28.10.2012, 20:07 | Сообщение # 55
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Mexribon ona!
Na muncha qo'rqasiz begona ayol? Xuddi men o'g'riman, yurak o'g'risi. Nima bo'libti tengoshim bo'lsa, hech nima qilmaydi ilkbor aldansa. Shu uyda bor gaplar qoladi shetta. Qizingiz buyursin shaxzodalarga. Sevsak nimayu, sevmasak nima? Baribir men bilan bo'lmaydi aniq. Bir-ikki baxona kelaman so'ngra, bir kuni baxonam tugashi tayin. Bir muddat azob chekarmiz maylin, yolg'onchi tuyg'u deb unutilamiz. Eslaysiz bir cho'chib kulasiz yana, deysiz "bu ishim bo'lgandi g'irt axmoqona"
Loading...


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
GiyosДата: Вторник, 30.10.2012, 09:08 | Сообщение # 56
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Seni erkalab, o'qigan she'rlarim hali ham yodlayman. Uni har tong o'qiman senga uyqudaliginda. Uyg'onib ketganingda, boshqa qo'shiq qilib aytarmanmu, uyalib astagina yerga qarab qo'yarmanmu. Kulganingda quyosh nuri tushgandek bo'lar qalbimga, nahotki bugun ham hursand qiloldim go'zalimni deyman o'zimga... Sen beg'uborimsan, sen dona gulimsan. Sen yagonamsan, durdonamsan... Yonimda bo'lsang ham, bag'rimda bo'lsang ham senga hech to'ymayman sira. Sen meni baxtimsan...
 
LoadingДата: Среда, 31.10.2012, 13:45 | Сообщение # 57
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Akaxonlarga.
Baribir emasmi kim bilan bo'lsam? Meni sevgani yetarli emasmi? Aka to'sqinlik qilmang to'yimga, onamni ko'ndirdim arang qiynalib. Undan ko'ra to'yana berin, yugurib yelib xizmatda turin. Yaxshi niyatda duolar qilsez keliniz baxtimni sababi bo'lsin.
Loading...


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
GiyosДата: Пятница, 02.11.2012, 08:51 | Сообщение # 58
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Futbol o'yna,To'pni tep, muhabbat bilan. Menga oshir mehr bilan. O'yna, o'yna. Tezroq o'yna. Tezroq tep, qalbimga oshir. Seni sevay, yaxshiroq o'yna. Gol ur, seni sevib qolay. Hisobni ko'tar. Ko'proq ko'proq. Qani tezroq, tezroq... Goool. Muhabbat, sevgi 1 - 0 Ayriliq, hijron. Endi biz birga. Biz yutdik. Doimo birga. Ayrilmaymiz. Biz endi faqat sevishamiz.
 
GiyosДата: Суббота, 03.11.2012, 09:08 | Сообщение # 59
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Birgina kiyiming qo'limda. Sen betobsan. Holing yo'q ko'zing ochishga. Beholsan. Ketayapsan, olib ketishayapti aravachada. Men ortingdan ketayapman, kiyiming qo'limda. Ko'zim yoshlanibdi, goho kiyimingga qarab qarab qo'yaman. Goho seni hiding hidlab qo'yaman. Sog'ayib ketsin deya Allohga iltijo qilaman. Sen indamaysan. Huddi meni eshitmayotgandek. Xonada seni qoldirishdi. Meni esa... Zinapoyadan tushib boraman. Kiyiming hali ham qo'limda. Qoldirmabman yoningda. Qaytarib berishim kerak ediku. Hozir olib boraman... Hali ham usha ushasan. Jim yotibsan. Hech ndrsani sezmay. Yoningda ozgina o'tirdim. Ko'zlarim chidolmadi... Xonadan chiqib ketgim keldi. Seni bunday holatda ko'rish men uchun qiyin edi. Bilolmadim, qaysi bilib bilmay qilgan gunohlarim uchun meni sinayotgan ekan. Chiqib ketdim yoningdan. Yo'llakda hamshiralar turishibdi. Yonlaridan o'tib ketdim, ortimdan pichirlab qolishdi: "Sevgani tirik murda bo'lib qolganini bilsa ham, hech voz kechmas ekan. Shundaylarga havasim keladi"...
 
bek_x6Дата: Среда, 07.11.2012, 12:03 | Сообщение # 60
Майор
Группа: Talaba
Сообщений: 178
Репутация: 4
Статус: Offline
Mening oppoqqina hayot qog'ozimni sen kelib chiroyli ranglar bilan bo'yading, hayotimni go'zallashtirding. Endi men uchun hayot go'zal, oldingidek zulmat yo'q. Sen yonimda ekansan hayotim, hayot qog'ozim kamalakdek tovlanib go'zallashib boraveradi. Sen bir zumga uzoqlashsang seni sog'inib qolaman. Sen mening hayotim mazmuni bo'lib qolding... Yonimdaligingda hayotim chiroyli ranglarda tovlanayotkan bo'lsa, meni tashlab ketganingda u ranglar o'chadi, senga qo'shilib u ranglarham meni tark etadi. Hayot qog'ozim esa yana o'sha o'sha lekin bu safar u oppoq emas. unda qora dog'lar bor, sendan qolgan g'amlar, seni sog'inganimdagi alamlar, ayriliqning dog'lari. O'chmas va unutilmas dog'lar. Endi qog'ozimni avaylab asrayman, o'zim bo'yayman, sen bo'yaganingdek chiroyli bo'lmas lekin harakat qilaman. Agar bu qog'ozimni avaylamasam bu qora dog'lar qog'ozimni yemiradi va yo'q qiladi. men esa yashashni istayman...
Sendan esa bunday ayrilishni istamayman... Sendan shirin xotiralar qolishini va bu xotiralar hayot qog'ozimni bo'yashda menga har soniyada kuch bag'ishlab turishini xoxlayman...


Нет подпись...

Сообщение отредактировал bek_x6 - Среда, 07.11.2012, 12:19
 
GiyosДата: Четверг, 08.11.2012, 04:42 | Сообщение # 61
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Islomjon, yana qog'ozni uvol qivormang)))
 
bek_x6Дата: Среда, 14.11.2012, 10:43 | Сообщение # 62
Майор
Группа: Talaba
Сообщений: 178
Репутация: 4
Статус: Offline
xop bo'ladi General mayor))))

Нет подпись...
 
LoadingДата: Суббота, 17.11.2012, 21:30 | Сообщение # 63
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Bilmadim men qanday inson? Senga laqqa tushdimmi? Balki o'zim ayibdor, Ishonmadim men senga. Senda iloj qolmadi, men bo'lmagach boshqasi. Roziligin bergansan, ko'z yoshlaring yashirib. Men qochib xam qutilmadim, Taqib qilar tuyg'ular. Seni endi topmasman, Bedor bo'laman tunlar. Yo'q sog'inchim sababmas, tushlarimda ko'raman, Xar tushimga kirganingda seni tashlab ketaman. Xayqiraman inkor etib, chunki xamon yolg'izman. Ikkimizni ayirgan men shunchalik yovuzman.

Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
GiyosДата: Воскресенье, 18.11.2012, 08:53 | Сообщение # 64
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Nastya go'zal qiz. Ko'zlari ko'm ko'k. Nega seni qiynashadi. Nega seni xo'rlashadi. Nastya nozikkina. Kulardingku avvalari sen ham. Chiroylikkina. Nega hammon homushsan. Shahzodangga berishmadimi seni. Kutganing bormidi seniyam. Nastya bechoragina. Sendan ög'rilashdimi? Endi senda yöqmi? Usiz ham topilar baxting. Usiz sevar shahzodang hali ham. Sen közing yoshlama, baxtsizman deb endi sira ayta körma. Nastinka, kutgin baxtingni. Nastya hali farzandlar körasan, usha seni shahzodang. Sen Malika.
 
GiyosДата: Понедельник, 19.11.2012, 15:29 | Сообщение # 65
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Qor parchalari yozda orzu, balki armon. Sevgi endi menga orzu ham armon. Sevdim, sevilmadim. Kuydim, kuydirmadim. Tog'lardan suv oqar betartib, yo'ldan uchragan toshlarni yemirib. Senchi? Kelding balanddan, yemirding yuragimni. Uni to'ldirgandi oz bo'lsa ham kemtigini. Ketding sen, ketding hayotimdan hasta yuragimni tashlab. Armonsan menga endi sen. Orzu ham qilmasman boshqa. Ko'klarda qushlar uchadi juft juft, bir biridan uzoqlashmay. Bizlarchi? Yerda bo'lsak ham yiroqlardamiz. . .
 
GiyosДата: Среда, 21.11.2012, 15:35 | Сообщение # 66
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Oppoq libosda kirib kelarsan, boshda tilla qoshing yarashgan. Nima bugun sen malikamisan? Yoningda shaxshodami? Bugun sizlarni baxtli kunlaringizni boshimi? Men savdoyi nima qilayapman seni yoningda. Senga birgina baxt tilolmay. So'ngi bora voz kechayotganimga ishona olmay. Ko'zlarimdan yosh oqadi, uni oldida ariq suvlari to'xatab qolgandek. Nahotki qiyin menga senga baxt tilab ayrilish. Ayrilganim bilan sen borsanku. Mayli aytaman. Baxtli bo'l...
 
GiyosДата: Воскресенье, 25.11.2012, 21:57 | Сообщение # 67
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Jonginam… Mendan o’zingni ayrdingmi? O’zing hohlamay! Seni o’zga yorga ravo ko’rdilarmi, meni bilmay. Kutaman deb va’da qilganding, va’dangni bajarmading... Tushunaman, bajartirishmadi... Endi bizni yozgan ertaklarimiz payoniga yetdimi? Oxiri ekanmi biz ayriliqda ekanimiz. Hali beri tugamaydi deb aytgandinku! Ko’ziqaroyim... Senga yozgan xatlarimni endi yoqib yuborasanmi? Unda senga yozmalarimni emas, mehrimni jo’natgandimku! Shu mehrdan voz kechayapsanmi? Kechmagin. Asrab qo’y... Balki kerak bo’lar bir kun meni eslganingda, yoki sog’inganingda... Seni har bir yozganlaringni yodlab olganman. Hammasini saqlab qo’yganman. Yuragimni tubida emas, o’rtasida. Yuragim har urganda tarqaydi butun badanimga. Seni chiqarmayman bir lahza bo’lsa ham yodimdan. Qonim bilan qo’shilib yurasan o’zimda... Sen o’zgaga yor bo’layapsan, meni qo’llarimni ushlab bo’lib, voz kechib. Qiynalmaysanmi? Sezayapman. Kecha olmayapsan... Men uzoqdamanda, bo’lmasa to’yingga kelib, tabriklab, baxt tilagan bo’lardim. O’zim yiroqlarda bo’lsam ham, qalban yoningdaman. Seni har bir kechirim so’rab yig’laganingni sezib turaman. Sen kechirim so’raydigan hech ay qilmading. Faqat taqdiringda ko’rsatilgan yo’ldan yurding... Men sendan hafa emasman. Endi meni faqatgina bir narsa bilan hursand qilishing mumkin. Seni necha yillardan keyin nogohon uchratib qolsam, ushanda “baxtlimisan” deb so’rganimda, “Ha, juda judayam baxtliman desang, men ham baxtliman... Bir umr baxtli bo’l. Baxt tilayman...
(Xusan-uz uchun)
 
SokinaДата: Вторник, 27.11.2012, 04:12 | Сообщение # 68
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Bu dunyoga juda kech kelgandirman,deb öylab qolaman gohida.21 asrda aksariyat odamlar sun'iy qorishiqlar,turli shaytoniy vasvasalarga intilib yashashsa-yu,men esa sun'iylikdan,shayton sharridan öt-olovdan qochgandek qochsam...Balki, bu dunyolik emasdirman,deb öylay boshladim... Ehtimol,Islom dini gullab-yashnagan oltin asrlarda tug'ilsam bu qadar öylanib yashamasmidim?!... Meni yana bir holat öylantiradi.Dunyo böylab musulmonlarning aybsiz "aybdor" bölib qirilib ketishidan qiynalib ketdim...Bolalar nobud bölayapti.Musulmon bolalarni futbol öynayotgan paytda öldirishayapti.Yahudiylar farzandlarini öz diniga juda kuchli e'tiqodda tarbiyalayotgan bir paytda,ayrim musulmonlar ularning musulmonlarga qarwi adovatiga xayrihohlik qilib muqaddas dinimizga mazg'ava chaplayapti...Urushda g'oliblar bölmaydi,faqatgina mag'lublar böladi... Musulmonlar orasida fitna-fasod tarqatishdi va ular jimgina g'alamislarning aldov-firiblariga böysinayapti... (bu monologni Info.islom.uz saytidagi maqolalardan ta'sirlanib yozdim.)

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Вторник, 04.12.2012, 00:10 | Сообщение # 69
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Baxt tiladim, lekin baxtlimisiz deb so'ray olmayman.
“Salom. Nimalar qilayapsiz? O’qishlaringiz yaxshimi? Manda hammasi zo’r. Bu pochta adresimga oxirgi kirishim. Siz bilan xayrlashib ketay deb kirdim. Hudo hohlasa bir necha kundan keyin to'y. Oshga keeeling. Ja hursand ekan deb o’ylashingiz mumkin. Ha albatta hursandman... Kuyov bola to’ydan keyin, barcha tanishlardan yani (yigtladan) aloqani uzishimni aytdilar... Siz bilan qurgan shirin suhbatlarimizni doim bir hayajon bilan eslayman, siz yaxshi do’st boldingiz. Rahmat. To’y shu yerda bo’ladi......”

Salom. Tabriklayman. Chin dildan. Juda hursand bo'ldim. To'y? Usha yerdami? Yaxshi xabar ham eshitar ekanmanku. Lekin shu paytgacha rosa ko'p baxt tilaganman). Mana bunaqa deyrdim. “Man ko'chada sizni ko'rganimda, kulib turib baxtliman desangiz, man baxtliman va hursandman” deyrdim. Lekin sizni ko’rganda baxtlimisiz deb ayta olmayman. Chunki sizni umuman ko’rmaganman. Ko’rsam ham tanimayman. Siz mani rasmimni ko’rgansiz. Ko’chada ko’rganingizda taniysiz. Chunki man hammadan ajralib turaman. Agar ushanda hohlasangiz, faqat baxtli bo’lsangizgina, mani to’xtatib, “ushaman, siz bilan internetda shirin suhbatlar qurgan” desangiz bo’ldi. Ushanda sizni taniyman. Ungacha... Ming bora ko’rsam ham, yoningizdan sizga qarab o’tsam ham tanimayman. Baxtlimisiz deb so’ray olmayman.... Esingizdami? Bir marta suhbatimizda man, internetni, internetdagi suhbatlashayotganlarni poyezd bekatidagi yo’lovchiga o’xshatgandim. Hamma yo’lovchilar gaplashib o’tiradi. Kimnidir poyezdi kelsa, turib ketadi. U suhbatlashayotgan yo’lovchi qolib ketadi. Keyinroq boshqasi bilan suhbatlashishi mumkin. Keyin u o’z poyezdida ketadi. Avvalgi suhbatdoshi ham qaytadi. U ham.... Shu zaylda kunlar o’tadi. Kimdir qaytmaydi.... deb o’xshatgandim. Shunda siz “Agar hohlasangiz siz bilan, sizni poyezdingizda ketardim” degandingiz. Afsuski man keta olmasdim siz bilan birga. Mana endi o’z hamrohingizni topib, o’z poyezdingizda ketayotgan ekansiz. Faqatgina bu bekatga qaytmaydigan bo’lib. Bekatga olingan barcha chiptalarni tashlab yubordingiz. Mani ham qaysidir poyezda, kimdir kutib turgandir. Birga ketamiz deb. Qachon kelarkin usha poyezd. Juda yaqin qolgan bo’lsa kerak... Siz manga baxt tilamadingiza? Bugun bo’lmasa ertaga poyezdim kelardiku. Baxt tilang, siz baxtlimisiz deb so’ray olasizku.....
 
butterflyДата: Вторник, 04.12.2012, 22:13 | Сообщение # 70
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 23
Репутация: 1
Статус: Offline
Gap bo'lishi mumkin emas.Respect)).Daxshat.Tan olib qo'yay,birinchi martta ijod namunangizni shunaqa qayta-qayta o'qidim.Daxshat)).Hatto"Men sevmaymanku"ni ham bunaqa o'qimagan edim.
 
xasan_uzДата: Вторник, 04.12.2012, 23:54 | Сообщение # 71
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 5
Репутация: 1
Статус: Offline
"FAQAT KULIB YUR"

Seni kulushlaring menga, uzoqdan quyosh chiqishini eslatadi.
Bilmadim, nega buday...
Men senga, telefon qilganimda go'shakni ko'tarsang, yig'lagim kelardi.... Chunki sen bilan suhbat qurish men uchun bir anglab bo'lmas quvonch va shodliklarga tola dam edi.
Seni umuman sevmas edim.
Ovozlaringni tinglap., qayta-qayta tel. Qilgim keladi.
Ovozlaring...yana o'sha, goho shodon, gohida mahzun va mayus ovozlaringni tinglab man o'zimni yo'qotaman........((.
Bu sevgi emas. Deb o'zimni yengmoqchi bo'laman.
Afsus. Bu mani qo'limdan kelmadi.
Uchrashdik. Yig'lading.
Man yig'lamadim..
Chunki mani ko'z yoshlarim tugab bo'lgan.
Esingdami?,..
Xar bir gaplarimizga ko'zlaring yoshlanardi.
Yig'i aralash kulgular.
Men unutolmiman bularni.
"Qara xamma bizga qarab o'tmoqda, bir kulib ber" deganimda, xoxlab xohlamay kulgan damlaring.
Baribir seni sevmiman.
Umuman sevmiman.
Sog'inmiman xam.
Ortingdan mayus boqib, qolib ketaveraman.
Goshakni olmasang, mayli deb, uxlayveraman.
Tunlari seni umuman o'ylamiman.
Lekn... Ko'z o'ngimdan ketmayapsan.
Nega...? Axir sevmaymanku.!
Yig'lamagin iltimos.!
Bir bora kulgin. Men uchun. Usha damlarni xayol suraylik.
Mayli, sen xohlamasang mayli.
Xech bo'lmasa, men xayol surip usha damlarga bir bor qaytay.
Sen bunga to'sqinlik qilma, xayolimni buzip, ko'z o'ngimda gavdalanma.
Yodingdami..? Yomg'irlarni yoqtirarding?
Yomg'ir yog'ib bo'lgach, bir ajoyib xid taraladi derding.
Sezmagan ekanman...
Kecha yana yomg'ir yog'di... Ajoyib islar.
Dardingni xis etdim.
Balki sen xam bu namoyishdan baxramand bo'lgandursan?
Balki yomg'ir tomchilari kabi, ko'zlaringdan asta-asta, qator-qator, marjon misoli, tomchilar tomgandir?
Balku bu yomg'ir seni ko'z yoshlaringdir?
Sensiz qiynalip ketdim.
Sensiz menga oftob xam tegmaydi,
sensiz menga xamma yoq qorong'u, zimiston.
Mayli..xammasiga jidayman.
Sen men uchun, fasllar elchisisan.
Qishda-laylak qor,
Baxorda-qaldirg'och.
Yozda-turnalar kabi.
Men esa To'kilish fasli bo'lgan Kuz.
Noyabr oyi... Biz ilk bor uchrashgan daraxt bargiman go'yo.
Usha chinor!
Qara bir dona barg.
U xam bo'lsa men.
To'kilishni xohlamaymanu, lekn, majburman.
Bugun xam yomg'ir.
O'sha, sen yoqtrgan yomg'ir donachalar. Asta ustimga to'kiladi.
Ketidan shamol...,(
Men baxtliman.
Bilasanmi nega?
Chunki, o'sha sen yoqtrgan yomg'ir yog'moqda.
Shamol esa seni va yomg'irdan so'ng taraladigan muattar hidingni bashlap keldi.
Va nixoya so'ngi so'zim.
Xech xam yig'lama.
Faqat kulib yur.
Yig'lap ketidan kulma,
chunki bu xol menga juda tanish.
Chidolmiman bunga.
Faqat kulib yur.
Mana yomg'ir tindi.
Shamol esa o'sha xidlarni men tomon quvlamoqda.
So'ngi yomg'ir ustimga tushdi.
Man barg bo'lib tanamdan uzuldim.
Shamol man uchiriq, asta yerga qo'ydi.
Alvido!!!
 
GiyosДата: Пятница, 07.12.2012, 18:37 | Сообщение # 72
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Uyg'onish (Tushli Prikol)
Ertalab uyg'onaman(rosa uyg'ondi, uxlavoti.). Yonimda sevimli xotinim yotibdi. Uni quchoqlayman. Yuzlariga qo'lim tegadi(uylanmagan. Yostiqni qucholavoti. Tushida xotini). U ham uyg'onib mani yuzimni silidi(o'zini qo'li yostiqni qucholaganda aylanib, o'zini yuzini silavoti). Yuzlari biram silliq, yumshoq, mayinki qo'lingni olgin kelmaydi(Siliq? Mayin? O'zini yuzini silab shunaqa divotimi? Yuzi soqol bosib yotibdiku. Tegan qo'lga sanchiladi. Keyin yuzi cho'tir bo'b, 1 kg guruch sepsa hammasi qoladi. Uxlavotganda hammasi tekis bo'b ketarkande). Manga qarab asta kulib qo'yasan. Yuzingdan bo'sa olaman(o'ziyam tirjaydi. Nu ikkinchi qo'lini o'pdi). Nimadir g'alati. Negadir yuzlaring o'zingnikidemas, dag'alroq(endi uyg'onvoti. Hozi nima qivotganini chunadi). Ex tushim ekan. Yostiqmi qo'limda, exx(nima yostuni o'rnida malikani kutganmiding. Uxlash yoqibdiku). Bilaman. Bu ko'p emas. Yaqinda rostimda ham bo'ladi(rosali bo'ladi, ertalabgacha. Shu joyidayam tushida etdi).
 
GiyosДата: Понедельник, 10.12.2012, 09:07 | Сообщение # 73
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Uyg'onish (Uyatchang Prikol)
Erta tong, toza havoda uyg'onishga nima yetsin. (bugun ostanovkada uxlaganla, uylaridan haydashdi). Yonimga bir go'zal qiz kelib o'tirdi(hichamde. Bakalashka terib yuradigan kampir o'tirdi. Manimcha uyqusirab, ko'zlari ajinlarni ham tekislavorvoti). U manga issiq kofe uzatdi. (kofemasdi. Ko'chada, ertalabdan qanaqa kofe, bakalawkada ko'chadan topogan choy bo'sa k.k). Man olmadim. Yerga qarab oldim(boshqa qatga qarirding). U manga zo'rlab kofeni ichirmoqchi bo'ldi. Man qarshilik qildim(rosa qarwilik qilding. Qo'lidan tortib oldingku. Bechora mangayam qosin digancha qoldi). Baribir ichirtirdi(rahmat tan oganingga) keyin u manga qo'zichoqdek oppoq sochlari bilan yaqinlashdi(boya kampir diganmidim? Qo'zichoqdek? Manimcha boshidan wunaqa hid chiqgandir. Ushanga qo'zichoq) man chorasiz qoldim. Ertalabdan kutmagandim(bunaqa holatlar kutilmidi. To'sattan bo'b ketadi). Keyin sekin qochvordim. Qo'rqib ketdimda(kampir qochib ketdi. Yerga qarab o'tirvurganingga).
 
GiyosДата: Понедельник, 10.12.2012, 15:30 | Сообщение # 74
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
San boshqalardek chiroylimas, yoki go'zal emassan. Seni go'zalligingni ko'z yumib bilish mumkin. Xaqiqiy, hammadan chiroyliliging, go'zalliging bu sening qalbing go'zalligidir. Ming oynada go'zallar ham, seni oldingda usha oynasiga qarashga uyaladi. Balki oyna ham sinib ketar.
 
GiyosДата: Четверг, 13.12.2012, 09:13 | Сообщение # 75
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Yo'llarimda birga yur mani, sani erkalay. Yonlarimda tur mani, hech sog'inmay. Yolg'izlikda qiynalmay, birga bo'laylik jonim. Hech bo'lmasa bir bor, yuzlaringdan o'pay sani. Sohta emas tuyg'ularim, qalbimga quloq sol. Ko'zlarimga boqib hayollarim ol. Ko'chalarda yana, yur birga kezaylik, sevgimizdan uyalmay. Qo'llarimizdan ushlashim, keng yo'llarda chopaylik. Sohta emas tuyg'ularim, yuragim aytadi, ko'zlarim porlar rostimdan, mani sevasan jonginam...
 
Giyos/FORUM » ASOSIY » YON DAFTAR » Monolog (Monolog yozamizzz)
  • Страница 3 из 8
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 7
  • 8
  • »
Поиск:
Flag Counter