Воскресенье, 28.04.2024, 23:17
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Monolog - Страница 8 - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 8 из 8
  • «
  • 1
  • 2
  • 6
  • 7
  • 8
Giyos/FORUM » ASOSIY » YON DAFTAR » Monolog (Monolog yozamizzz)
Monolog
LoadingДата: Среда, 19.02.2014, 21:45 | Сообщение # 176
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Yozolmasam maktub qilib, aytolmasam dardim to'kib, mung yig'layman yurak og'rib, seni juda sog'inganda. Pardek yengil qor uchuqunlar, qordek oppoq vijdon yig'lar, yuragimda sendek g'urbat, ich-etimni kemiraman. Ming bo'lakcha mayda ishonch, o'tmishimdan nolinaman, baxt qoyasin zapt etgandim, sensiz qulab jon beraman.

Добавлено (19.02.2014, 20:45)
---------------------------------------------
Betayin suv ekansan, be qaror, shildiroq. Silab yuzim, o'yin qilib tuyg'ularimni. Kirib olding ishonchimga, toshga urib maydalab ketting. Tugab bo'ldi bardoshim, nafasim siqar eding. O'yin qarosan soy kabi. Yaxshiyam oqib ketting.
Suv bu aziz nemat. Shunchaki undagi jo'shqinlik, umuman oganda, odam harakteriga ko'p jixatdan mos.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
GiyosДата: Среда, 26.02.2014, 11:22 | Сообщение # 177
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Nega meni aldading?!
 
Nega meni aldading? Axir, “Sizdan ham baxtli bo’laman” - deb aytgandinku!
Menga yozgan xatingni o’qidim: “Endi baxtsizman, baxtli ham bo’lmagandim” - deb
yozibsan. Nega endi shularni aytayapsan? Afsuslanayapsanmi? Afsuslanishga
haqqing yo’q! Sen mendan ketayotganingda, meni tashlab ketayotganingda, meni
yolg’iz qoldirib ketayotganingda, hech qachon afsuslanmasliginingni
aytgandinku! “Sizdan ham baxtli yashayman” - degan edinku! Qani o’sha menga
va’da qilgan baxting? Baxting? Baxting? Nega? Nega? Nima uchun men baxtli-ku,
sen baxtsiz yashaysan? Hozir o’tmishimizni eslatmayman, o’shanda bir birimizdan
ayrilganimizni eslatmayman. Men, seni chaqirib, uyinga borganimda, “Hech qachon
siz bilan uchrashgani chiqmayman” – deganingni, eslataman. O’shanda bu
so’zlaring  meni yuragimni teshib, o’tib
ketgandi. O’sha teshikdan qolgan yamoq esa, hanuz yashamoqda. Ishonasanmi,
yuragim urmaydi. O’shandan beri urmaydi. Birorta ham. Sovuq yurak. Qandaydir
sovuqqina. Hissiz. Ha, albatta hissiz. Chunki hozir seni baxtsizman deganinigni
his qila olmayapti. His qilolmaydi ham. Lekin men o’zim BAXTIYOOOORMAAAAAN!!!
(Sen meni tashlab, baxtsiz bo’laningdanmas. Meni tashlab ketib, baxtimni
topdirganingdan. Sen... Senga nima deyishimni ham bilmayapman. Baxtli
bo’lishningni istardim judayam... Faqat o’zing buni istab, harakat qilishing
kerak...).  Boshqa meni aldamagin...
Shunda menam seni aldamayman...
 
GiyosДата: Понедельник, 10.03.2014, 17:36 | Сообщение # 178
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Uzoq tikilaman. Qabristonda bir ayol yig'lab o'tiribdi. Yaqinrog'iga bordim. Baxtini ko'mibdi, shunga yig'labdi. Ko'proq yig'layapti. Yanada yaqiniga bordim, gul ekibdi, ko'z yoshi bilan sug'orayapti. Hayron qoldim. Shuncha vafo qayerdan? Achchiq ko'z yoshga, gul o'sarmikan? U pichirlardi, meni gaplarim eshitib... "Gul o'sadi, meni achchiq ko'z yoshlarim uchun emas, shirin xotiralarim uchun. Gul o'sadi, o'sadi, baxtimning davomi uchun. Gul o'sadi, ko'p bo'lib o'sadi, baxtimning bo'lmagan mevalari uchun. Gul o'sadi, daraxtlardan baland bo'lib, shoxida oy tutib. Gul o'sadi, har qaraganimda, baxtimni eslatib...". Chuqur nafas olaman, achinganimdan yig'lamaslik uchun. Ko'zlarimni artaman, u ayol, ko'z yoshlarimni ko'rmasligi uchun.... Vaqt o'tadi, yillar o'tadi... Yo'lim yana o'sha tomondan keladi. Eslayman shu yerda, ekilgan gulni. Ha, ko'rdim. Katta bo'lishibdi. 2 katta gul, yonida juda ko'p gulchalar... Bir tanish ayol yonimdan o'tib ketdi, yuzida tabassum bilan! Baxti mevalar solibdi...
 
GiyosДата: Четверг, 29.05.2014, 14:25 | Сообщение # 179
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Bahor oxiri. Yomg'ir... boshida shitirlab, keyin esa sharros quydi... Bir zumda hamma yoq ho'l bo'ldi... Agar shu yimg'irda yursangiz, 1 daqiqaga qolmay usti boshingiz shalabbo bo'ladi. Menga yomg'ir yoqadi, yomg'irda yurish yoqadi. Zontiksiz, shunday yomg'irni his qilib, yomg'ir tomchilari yuzlarimga tushganini bilib, haroratini sezib yurish yoqadi. Sochlarim alaqachon ivib ketgan. Yomg'ir suvlari sochimdan yuzimga tomchilab, yuvmoqda. Ba'zi paytlar ko'zimni zo'rg'a ochib yumaman. Oldimda, mendan oldinda ikki yosh ketmoqda... Bir qiz bilan yigit... Men ularni taniyman. Yigit uylangan. Qiz esa turmushga chiqqan. Zontik ostida ketishmoqda. Ular yaqin tanish. Zontik yigitniki, o'ng qo'lida ushlab olgan. Bosh barmog'i zontikni tutquchi bo'ylab ko'tarilgan. Qiz ham zontikni chap qo'li bilan ushlab olgan. Uning qo'llari zontikni tutqichi bilan birga, yigitni bosh barmog'ini ham ushlab olgan... O'zgacha hissiyotda ketishmoqda... O'tmishlarini eslab ketishmoqda... Bir birlariga aytolmagan gaplarini eslab ketishmoqda... Yigit ham qo'lini tortib olgisi yo'q. Qiz esa qattiqroq ushlamoqda. Ular shu bahona bir birlariga nasib qilmagan mehrlarini olmoqdalar, haroratini olmoqdalar... Ular bebahra qolgan hissiyot shunchalar ko'pki, bitta barmoqdan o'tishi qiyinlik qilmoqda. Ular o'zlaricha ko'p narsani hayoldan o'tkazmoqdalaru, lekin bir birlariga bildirmayaptilar. Ikkovlari ham o'yga tolib, hayol surmoqdalar. Endi hammasiga kech bo'lgan. Ikkisi ham bir biriga begonalashgan. Avvalgi yaqinlik ular orasida yo'q. Ikkisi ham oilalik. Yaqinda farzandlik ham bo'lishadi. Ikkisi ham turmush o'rtog'ini yaxshi ko'radi... Shu yomg'ir bahona o'zlari bilib, bilmay ozgina yaqinroq bo'lishdi. Boshqa payt, bunday yurishmaydiyam, hatto, qo'l berib ham so'rashishmaydi....
Yomg'ir tindi. Bir bir tomchilarni aytmasa, butunlay yo'q. Yigit zontikni yopmoqchi ekanini aytdi. Qiz qo'lini oldi. Yigit zontikni yopib, pastga tushurdi. Katta ko'chaga chiqqach, ikkisi ikki tomonga qayrilib ketdi, huddi avval ularni taqdir ayrigandek... Ichlarida o'ylashayapti, yana qachon yomg'ir yog'arkin, deb...
 
GiyosДата: Понедельник, 16.06.2014, 15:54 | Сообщение # 180
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Yana oppoq qog'ozga sen haqingda yozaymi? Nima sababdan doim sen haqingda yozganlarimni, o'qimay, yirtib tashlaysan? So'ng yana, oppoq qog'ozga yozishimni so'raysan. Men doim bir hil so'zlarni yozmayman. Har yozganimda, o'sha ma'no bo'lsada, boshqa so'zlardan foydalanib yozaman. Senga yoqarmikan deb bersam, qarab, o'qimayyoq yirtib tashlaysan. Yozishdan charchamadim, faqat yirtilayotgan oppoq qog'ozlarga achinaman. Bechora qog'ozlar... qanday qilib sen haqingda, oppoq qog'ozga yozishni ham bilmayapman... Bilaman. Mana senga oppoq qog'oz. Hamma narsani dilimga yozganman, qalbimga yozganman. Sen haqingda shunday oppoq o'ylayman. Oppoq qog'ozni yana yirtib tashlolmaysan, chunki bu sen haqingda yozgan eng zo'r ta'rifim... Oppog'im... Oppog'oyim...
 
MirzoxidДата: Среда, 18.06.2014, 02:34 | Сообщение # 181
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Репутация: 0
Статус: Offline
Qog'ozni uzini bering(yozmastan) xazil biggrin

Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
 
LoadingДата: Суббота, 21.06.2014, 12:32 | Сообщение # 182
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Qish kechasi, bu tunning zulmati har doimgidan ziyoda.
Charchadim! Seni sog'inganimdan, sensizlikdan charchadim. Ko'zimni yumolsamu uyqularga ketsam. Tushlarimga kirmasang. Seni unutolsam qani edi. Yillar bag'rida mudroq uyquda bo'lsaydim. Bu yillar, o'n, yigirma, bir umrga cho'zilsaydi. Zora seni unutsam. Bora-bora seni sog'inmay qo'ysam.
Yurak og'riqlariga ko'nikyabman. Xonam muzlab tanamni o'z izmiga oladi. Sendan chalg'ish umidida biror joyga borshni o'ylayman. Manzilim ko'cha derazasi bo'ladi yana. Qor gupurib yog'yabti. Derazam tirqishidan nola urib izg'irin shamol kiradi. U men kabi oshiq. Meningdek ayriliq azobida. Bahorni sog'ingan. Zamin bo'ylab ozod uchib, gullarini quchib yurgani, bahorini sog'ingan. Uning bahori yaqin. Shovqin solib qorni muncha quvalaydi. Sabr qilsa tez kunda erib bitadi qorham. Chechaklar yuzidan qonib bo'sa oladi-ku. Bahoroyning vasliga erishadi. Meni holimga boq. Meni yo'qlabham qo'ymaysan endi. Axdi yolg'on go'zalim.
Charchadim. Vayron bo'lgan yuragim singori xonamga be hol cho'zildim yana. Sen ketkan kundan buyon eng mazmunli kunim shunday o'tmoqda.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
GiyosДата: Понедельник, 23.06.2014, 12:50 | Сообщение # 183
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Bo'ldi yurak, boshqa sevma, alaqachon sevib bo'lgansan. Endi o'z holimga qo'y. Boshqa sevgi kerakmas menga. Ko'tara olmayman bu og'ir toshni. Bir dona sevdirib charchatdinku axir! Nega yana meni qiynashni hohlaysan? Ahmoqqina yuragimni yana tizminingga solishingga yo'l qo'ymayman! Bilib qo'y! Men avvalgidek yosh, sodda emasman. Hozi ancha ulg'ayganman, pishganman. Baribir boshqa sevdira olmaysan! Ey sevgi. Bilasanmi, men uchun asli sen yo'qsan...
Sevgi... Yana unga o'xshashini topib, menga uchratib, sinadingga?
 
GiyosДата: Пятница, 04.07.2014, 08:31 | Сообщение # 184
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Bugun uchrashuvim bor. Sevgan qizim bilan emasku, sevayotgan qizim desam to’g’riroq bo’ladi. 4 marotaba uchrashayapman. Aslida o’zi bugun uchrashuv yo’q edi. Sevmoqchi bo’lgan qizim qayerdandir bir psixolog dugonasini topibdiku, to’g’rirog’i psix bo’lsa kerak. Bo’lmasa, men bilan uchrashishga rozi bo’larmidi. Usha psix dugonasi men bilan suhbatlashib, unga to’g’ri kelamanmi, to’g’ri kelmaymanmi, bilib berarkan. Psixlardan har narsa kutish mumkin ekanini hisobga olgan holda, juda qo’rqib turibman. Balki g’alati savollari bilan meni issiq sovuq qilib olar!? Sevmoqchi bo’lganimgami, yoki yoqsam, o’zigami? Bunisini bilmadim. Shunga o’zimga boshqacha qarab, sochlarimni shakarli suv bilan ho’llab, chiroyli qilib tarab, oq ko’ylak, qora shimmimni kiyib, qaydasan uchrashayotgan qizlarim deb yo’lga tushdim. Ozgina yurib, orqaga qaytdim. Tufli kiyishni unutibman. Shippakda yo’lga chiqibman. Qop qora qozonni qorasi yordamida qoraytirilgan tuflilarni avaylab kiyib, uchrashuv tomon oshiqdim. Belgilangan vaqtga taqab yetib borsam, ikki hurliqo mani kutib o’tirishgan ekan. Salom alikdan keyin, psixolog deb atalmish dugona mani suhbatga tortdi. O’tdan betdan savollar berdi.... uchrashuvga chiqayotganlar diqqatiga. Sochingizni shakarli suvda namlamang. Bo’lmasa, pashshalar sizni boshingizdan ketolmay qoladi. Sizni sevib qoladi hisob. Oq ko’ylagimni aytmaysizmi, oq ko’ylagimni. Bir biridan chiroyli, qora holchalar qolgan. Pashshalardan esdalik. Psix qiz oxiri maqsadga o’tdi. Siz yaxshi bolaga o’xshaysiz, dugonamga uylansangiz bo’ladi, sovchilaringizni yuboravering, deb qoldi. Buni eshitib, tilim aylanmay qoldi. Man hali uylanishni reja ham, hohish ham qilmagandim. Hali bu qiz mani ustimda halitdan psix dugonalari yordamida tajriba o’tkazsa, ertaga uylansam, butun umr tajriba quyoni bo’larkanmanda!? Yo’q, yo’q. Bu qiz manga to’g’ri kelmas ekan. Ularga, hop, hop, dedimda, telefonimdan sim kartamni chiqarib, sindirib, otib yubordim. Birinchi ichimda, ortga qarab ular yo’qligida ishonch hosil qilgach, ustimda, “qutilganimga shukur, bunday psix qizlardan” dedim.
 
GiyosДата: Четверг, 24.07.2014, 09:44 | Сообщение # 185
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Yana o'sha ifor, hid... Esdan chiqargandim-ku seni... Anchadan beri ushanday atir iforni sezmayotgandim. Odamlar gavjum joy... To'satdan o'sha hid burnimga urildi. Bilaman. U bu yerda yo'q. Bu hid boshqadan kelmoqda. Lekin yurakdagi qandaydir bir his, uni qidirishga intiltirardi. Atrof qorong'u. O'sha ifor kelayotgan, kuchliroq kelayotgan tomon oshiqaverdim. Har bir ko'ringan cheradan, uni qidira boshladim... U yo'q. Keyinchalik u ifor ham yo'q... Yana esdan chiqardim... 3 daqiqa ham o'tmadi. Yana o'sha ifor... Qidirmadim. Xotiralarim uyg'otdim. Uni esladim... Juda ham go'zal edi. Ayniqsa ovozi. Uning ovozidek chiroyli ovozni avvallari eshitmagandim... Va o'sha meni taqib qilaveradigan yoqimli ifori... Menga kelayotgan ifor hali ham yoqolmadi... Atrofimda aylanib yuribdi. U, men uni izlashimni hohlayapti... Bilaman. Izlashni boshlashim bilan, u yoqoladi. Ko'zdan g'oyib bo'ladi. Topa olmayman. Armonda qolaman. Qidirmayman. To'yib to'yib bu ifordan bahramand bo'laman. Qanday yoqimli xotiralar... Juda ham katta gulzor, ichida dunyodagi eng chiroyli gullar bor. O'rtasida bir gul o'sha iforni taratayapti. Men esa u bilan o'sha gulni yoniga ketayapmiz. Qo'l ushlashib yuguryapmiz. Yo'lda unga hilma hil gullardan, gulchambar yasab berdim. O'sha yoqimli iforli guldan birini gulchambarga qo'shib qo'ydim. Undan yoqimli ifor kelmoqda... Bu faqat hayollar... U hozir yo'q. Meni tashlab ketgan. U iforni boshqalarga qoldirib ketgan. Boshqalarda uningdek joziba yo'q... Ifor hali ham yonimdan kelmoqda. Hech tark etmayapti. Yana ozgina hayolni boshlay deganimda, yonimdan kimdir chaqirdi, go'zal chehra, chiroyli ovoz va yoqimli ifor bilan dedi: "Hali meni ko'p hayol surasizmi?"...
 
SokinaДата: Пятница, 15.08.2014, 23:16 | Сообщение # 186
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Xayol surmang xayollar yomon)))
Monologda badiylik tarqoqlashib ketgan bolsa-da mavsumiy kayfiyat saqlanib qolgani bilan ham tasirli chiqibdi. Ijodingizga omad.

Добавлено (15.08.2014, 22:16)
---------------------------------------------
Qahrim qattiqlashib ketayotgandek...


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Четверг, 18.09.2014, 17:55 | Сообщение # 187
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
O'zgarmagansan. Hamon avvalgidek go'zalsan. Seni anchadan beri endi ko'rayapman. Bir ko'rishda tanidim. Sen ham meni taniding. Ha men o'sha olifta... Men senga yaqinroq bo'lishga intilardim. Sen esa mendan o'zingni olib qocharding. Meni dugonang bilan yurishimni hohlarding. Va buni eplarding ham. Seni yoqtirishimni bilsang ham, o'zingni beparvo tutarding. Ko'p xiralik qilsam, yoqol olifta deyrding. Ikkimiz yolg'iz qolib suhbatlashsak ham, mavzu faqat dugonang bo'lardi. Faqat u, u, u, u. Bitiruv kechamiz esimda. Sen bilan valsga tushaman deb, davraga taklif qilgandim. Shunda sen qayerdandir, dugonangni topib kelib, qo'limga tutqazib qo'yib, qo'lidan mahkam ushla olifta degandik. Nailoj u bilan vals tushgandim. Shu umrimdagi birinchi vals edi. Shu birinchi sen bo'lishingni istagandim. Lekin... Shu vals oxirgi vals ham bo'lib qoldi. Bizlar bitirdik, o'z yo'limiz bilan ketdik... Dugonang bilan ham gaplarimiz uncha qovushmadi. Faqatgina do'st bo'lib qoldik. Seni esa g'oyib bo'lganding, topa olmadik, na u, na men. U turmushga chiqdi, farzandli bo'ldi, sal to'lishib, o'zgardiyam. Uni har ko'rganimda, seni eslayverardim. Unda seni ko'raverardim....
Bir kuni u menga bir gap aytib qoldi. Sen meni yoqtirgan ekansan. Lekin u uchun mendan kechibsan. Nima sababdanligini tushunmadim... Oralaringda nima gap bo'lganiniyam aytmadi. Faqat shuni aytib, hayolga toldirdi.
Mana yillar o'tib endi qaytib kelibsan. Balki dugonang bilan qolmaganimni eshitgandirsan, balki o'z sababing bilan... Meni bir savol qiynaydi. Nega o'sha paytda, mendan qocharding? Bilardinku!? Javobsiz savollar. Turmushga ham chiqibsan. Biz u bilan birga bo'lolmasligimizni sezgansana? Afsus...
To'g'risi, kelishingni kutmagandim. Kech kelding... Yaqinda ota bo'laman! Men o'zgarmaganmana?
 
GiyosДата: Суббота, 27.09.2014, 09:12 | Сообщение # 188
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Bahor kelsa, seni doim eslayman. O'sha qaldirg'ochlar yana uchib kelganda. Chug'urlashib, ostonada uchishganda. Sen ham qaldirg'och eding. Mening qaldirg'ochim... Bahorda qalbimga kirib kelding. Qaldirg'och shipga mustahkam in qurgandek, sen yuragimga mustahkam sevgini qurding. Qaldirg'och ini atrofida parvona bo'lgandek, sen yuragim atrofida parvona eding. Men bilan o'ynar eding, quvnar eding. Qaldirg'och bolalariga yegulik keltirib bersa, sen menga mehringni keltirib berar eding. Doimo g'amxo'r eding. Afsus. Kuz keldi. Barcha qaldirg'ochlar mehr bilan qurgan inini tashlab ketdi. Sen ham shular singari, yuragimga mehr bilan qurgan sevgingni tashlab ketding. Qaldirg'ochlar mehribonligini bilardimu, bevafo ekanini bilmas edim. Yuragimdagi sevgi sensiz bir haroba indir. Egasiz, kimsasiz... Sen o'z halovatingni o'ylab ketding. Meni ahvolim esa seni zarracha qiziqtirmadi. Bevafosan, beparvosan, beyuzsan.
Kuzni yomon ko'raman. U kelganda, sen ketganding. Bahorda, yana bahor kelganda qaytib kelmagin. Kelsang ham, yuragimda alaqachon nurab ketgan sevgingni qayta tiklamagin. Menga sensiz yaxshi. Qaldirg'ochlarsiz yaxshi. Bevafolarsiz yaxshi...
 
LoadingДата: Четверг, 27.11.2014, 14:27 | Сообщение # 189
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
P.S Ofarin.

Men ham qishga chizgilar berish niyatim bor. Tez kunda.

Baxtiz to'lsin to'kilmasin. Bu dunyoda boshqa o'chishini istaydigan izlar bo'lmasin.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
EzoDilДата: Четверг, 27.11.2014, 21:59 | Сообщение # 190
Рядовой
Группа: O'quvchi
Сообщений: 4
Репутация: 0
Статус: Offline
Raxmat ilohim etganiz kesin.
Sizdan esa ijod namunalarini kutib qolamiz))
 
GiyosДата: Вторник, 02.12.2014, 20:24 | Сообщение # 191
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Seni sog'inaman. Lekin sog'inishga haqqim yo'q. Sen uchun men hech kimman. Begonaman. Sen ham men uchun... Lekin baribir sog'inaveraman. Seni eslayveraman. Isming aytaveraman. To'xtamayman. Sog'inishdan ham, eslashdan ham, isming aytishdan ham. O'zi senga o'rganmasligim kerak edi. Sezardim, bilardim, bir kun yo'limiz ayro bo'lishini. Sen ketding o'ng tomonga, men esa chap tomonga. Ko'chada odamlar ko'p. Orasida birgina sen ko'rinayapsan. Ko'chada hech kim yo'q, faqat sen borsan, lekin ko'rinmayapsan. Biz ayrildik. Sen o'z tomoningga, men o'z tomonimga, seni eslashga xaqqim yo'q tomonga ketdim. Afsuslanmayman. Afsuslana ham olmayman. Haqqim yo'q. Hech kimman. Hech kimsan. Ne holki bu g'am menga bo'ldi ravo... Xayr sog'inchdosh... Biz ko'rishamiz... Yo'l yo'lakay. Odamlar gavjum ko'chada. Bir birimizni tanimay. Tanisakda, ko'rmagandek. Biz uchrashamiz, hech kim yo'q ko'chada, yo'llarimiz ayro kechgan choraxada. Sen kelasan o'ng tarafdan, men esa chap tarafdan...
 
Xusаn_uzДата: Среда, 03.12.2014, 00:44 | Сообщение # 192
Сержант
Группа: Talaba
Сообщений: 68
Репутация: 0
Статус: Offline
Yana sog'inaman. O'zimni majburlab uxlab qolganimdayam sog'inaman, tushlarimdayam sensan.
Vaqt, vaqt davo diyshadi. Vaqt ham davo bo'lomasakanu
G'iyos aka davomini yozing iltimos ko'proq bo'sin )

Добавлено (03.12.2014, 00:44)
---------------------------------------------
Yana sog'inaman. O'zimni majburlab uxlab qolganimdayam sog'inaman, tushlarimdayam sensan.
Vaqt, vaqt davo diyshadi. Vaqt ham davo bo'lomasakanu
G'iyos aka davomini yozing iltimos ko'proq bo'sin )

 
LoadingДата: Пятница, 12.12.2014, 18:32 | Сообщение # 193
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Bugun sen ayrilishni afzal ko'rding. Hammasiga ko'zingni chirt yumib o'ttib ketting bu dunyodan. Tanang ham rohat topgandur, ruhing ozod parvoz qildimi arshialoga? Bu dunyoning g'amidan qutilishning o'zga chorasi yo'qmidi? Yo'q edi. Yo'q deging kelyabti bilaman. Bilaman sen vatanimiz uchun janga kirgansan. Yurtimiz tinchligi barcha sabablardan ustun turadi. Do'stim sen bizni g'alaba ostonasida qoldirib ketting. Qora bulutlar ortidan moviy osmon ko'rina boshlagan pallada ortingdan munkillab ota-onang qoldilar, biz qoldik, yuragimiz qon yig'lab. Naziraga nima deyman? Xat kelsa kim javob yozadi, u sendan boshqani qanday sevadi? Ularga qora xat borsa qanday chidashadi. Men uyga qaysi yuz bilan qaytib boraman. Ko'zlari qanday qarayman. "Do'stingni tashlab qaytib keldingmi" deb aytmaydilarmi?

Добавлено (12.12.2014, 18:32)
---------------------------------------------
Sog'indim meni ko'rmagan ko'zlaringni, qumsayabman hali bo'lmagan suhbatlarimiz. His etim bugun kaftimga qo'yilmagan barmoqlaring taftini. Tashqarida be ozor yog'adi qor. Esadi izg'irindan zada bo'lgan shamol. Men esa, men bo'lsam sening hayoling bilan isinib jon saqlayabman. Hayot endi rangin yoqotgan. U sening alvon labing, mo'jiz tusdagi qosh, kipriklaring rangidan rang olgandek bugun. Men kamalakni shu ranglarda ko'raman ishon. Nega sen tabassum qildingda, menga g'amgin nigoh chizildi? Sen kelishingdan biron darak yo'q, ko'rmasman ham ehtimol?! Ammo yuragimga bir umrlik band degan nishonni taqib ketting. Bugun yana ortingdan qadam bosib ketyabman. Sog'indim meni ko'rmagan ko'zlaringni, qumsayabman hali bo'lmagan suhbatlarimiz. His etim bugun kaftimga qo'yilmagan barmoqlaring taftini.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
GiyosДата: Пятница, 23.01.2015, 12:12 | Сообщение # 194
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
XAYR ORZUYIM, SALOM ARMONIM...
Sen mening orzuyim, muhabbatim eding. Seni sevib, bir so'z aytolmagan oshig'ing edim. Sen sezmagan sevguching edim. Sening, bilasanmi sening... SENING BIRGINA QARASHLARING meni o'zingga rom qilgandi... Senga yetishish orzu edi. Ha, faqatgina orzu. Maqsad ham emasdi. Senga yetishishga harakat ham qilmadim. Chunki... Chunki istamadim. Balki... Balki... Balki... Rad qilishingdan qo'rqgandirman. Yo'q, qo'rmaganman. Menga yordan ko'ra, do'st sifatida ko'proq kerak bo'lding. Meni eng yaqin do'stim... Lekin haligacha oruzim eding. Mening shiringina orzuyim. Balki... Balki... Balki... Senga dilimdagilarni aytganimda, to'g'ri tushunarmiding, rozi bo'larmiding... Bir kun orzuyim armon bo'lishini bilardim. Usha kun keldi. Seni qo'lingdan tanlaganing tutdi. Oppoq libosda, pok niyatlar bilan yoring uyiga qadam bosding. Men senga baxt tilab qoldim. Endi sen menga armon. Har bir so'zimda armon. Qadamimda, qadamlarimda armon. Oynaga qarasam, peshonamda armon. Sur'atingda ham armon... Armondan uy yasab, yashamoqdaman. Seni bir eslab, bir unutmoqdaman. Balki... Balki... Balki... Imkonim yo'qdir, yaxshi yorni yoqotib, yaxshi do'st topgandirman. Lekin menga armonimsan. Seni birgina bag'rimga bossam edi... Armonim qolmasdi. Lekin armonsan, armon... Sevimli, yoqimli armonim...
 
GiyosДата: Суббота, 31.01.2015, 07:58 | Сообщение # 195
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
(monolog)
Qo'lim qaltirab, yozlmay hech bir so'z. Isming eslab, ezilar dil. Totli hayot, baxtli hayot, bo'ldi bari uvol. Seni eslamay, seni o'ylamay, seni ko'rmay. So'ngi visol bu men uchun baxt. So'ngi ayriliq men uchun quvonch. So'ngi xayrlashuv men uchun yangi hayot. Mayin qo'llaring ko'tarib silkitma hech, baribir befoyda, biz ketdik ikki tomon, ortga qaramayman. Qaramayman yuzingga, bir paytlar qilgandi rom o'ziga. Hozirchi? Senga misralar yo'q. Senga so'zlar yo'q. Senga mehr yo'q. Menga sen yo'q. Qo'l ushlashib soy bo'yida yurganlarimiz yo'q. Mayin qor uchqunlari ostida sevishganlarimiz yo'q. Gullar terib, gulchanbar taqib qo'yishlarim yo'q, qismatimiz xazon bo'lgani bor faqat... So'ngi so'z o'rnida ikki og'iz pichirlayman shirin so'z, Baxtli bo'l jonim. Sog'inaman seni...
 
GiyosДата: Суббота, 14.03.2015, 16:11 | Сообщение # 196
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Qo'llarim qo'yib yuborma... Mensiz qolasan. Mehrimsiz... Mahkam ushla. Balki bu so'ngi visoldir. Balki keyin ko'rishmasmiz. Qo'yib yubormay qo'llarimni, ayt sevishing. Pichirlab ayt, eshitmasin, bilmasin hech kim. Yuragim senda, ko'nglim senda. Sovutma, muzlamasin. Sevgim bitta, asra, o'lmasin... Hayollaring parishon, sababi ne? Chiroying kamaymoqda, sababi nechun? Bilaman. Sen menikimas, men boshqaniki! Biz begonamiz endi. Ushlab qololmadim seni. Sevgim yetmadi oshiqligimiz asrashga. Jur'atim yetmadi kurashishga... Xayr... O'zingni asra... Men uchun... Hali kerak bo'lasan...
 
GiyosДата: Вторник, 07.07.2015, 18:59 | Сообщение # 197
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Yillar. O'tib ketdi qancha yillar. Men uchun qadrli bo'lgan oltin yillar... U yillarda seni uchratganman, tanishganman, gaplashganman. Unutilmas yillar... lekin seni sog'inmasman. Seni eslamasman. Sog'inaman, eslarman faqat o'sha yillarni, o'sha lahzalarni... Faqat xotiralar. Ajoyib yillar... Qumsaydigan yillar. Seni sog'inmadim, yillarni sog'indim...
 
GiyosДата: Понедельник, 14.09.2015, 18:39 | Сообщение # 198
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Bugun seni uzatdik, kuzatdik. Ko'zlaringda yosh. Ro'molchangda quruq joy yo'q. Yig'lama sevgilim. Taqdirdan ko'ramiz, peshonadan deymiz, taqdirga yo'yamiz. Kelajakka umid yo'q. Yig'lama sevgilim. Kimda ayb, xato, jur'atsizlik, qo'rqoqlik? Asraylik o'zimizni, ota-onamiz uchun. Yig'lama sevgilim. Sevgi faqat bittamasku, dunyoda faqat bir qizmasku, sevgidan kuygan faqat o'zimmasku. Yig'lama ko'zlarim...
 
GiyosДата: Пятница, 16.10.2015, 10:39 | Сообщение # 199
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Armon. Rahmat senga. Eslatasan menga uni doimo. Seni ismingni eshitsam, u esimga tushadi. Armon. Armonim. Nega bunchalar bir-biringizga bog'liqsizlar? Sizlar ajoyibsizlar! To'sattan paydo bo'lib, to'sattan g'oyib bo'lasizlar. Tez paydo bo'lib, tez g'oyib bo'lasizlar. Yonimda ham, hayotimda ham. Men uchun sizlarni yana bir bog'lovchi narsa bor. Men bilan kam bo'lasiz, tez ketasiz. Uning ovozlari men uchun armon... Armon men uchun uni ovozlari. Uning chiroyi men uchun armon... Armon men uchun uni chiroyi. Uning latofati men uchun armon... Armon men uchun uning latofati. Uning sho'xliklari men uchun armon... Armon men uchun uning sho'xliklari. Uning quvnoqligi men uchun armon... Armon men uchun uning quvnoqligi. Uning armoni mening armonim. Armon uning uchun, mening armonim... Armonlarga to'la o'ylarim. Sevgiga to'la o'ylarim. Qayg'uga to'la o'ylarim. Endi poylamas hech kim yo'llarim...
 
GiyosДата: Среда, 11.11.2015, 13:46 | Сообщение # 200
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Sen juda ham o'zgacha, boshqachasan , boshqachasan jonim, jonim. Lekin seni qo'lin tutolmasman, ushlolmasman, yetolmasman jon jonim. Sening dunyoyingga sig'olmadim, kirolmadim jonu jonim. Atrofingdan qarab, ko'rib, ovunaman, ovunarman jonim, jonginam. Sening shirin so'zlaring, tinglamoq endi, armondir armonlidir jonim, jahonim. Seni bir bora ko'rmoqlik, orzuyimdir, orzuli jonim, jonim. Senga aytmagan so'zlarim ko'p, alamlidir, alamli jononginam. Senga yubora olmagan maktublarim ishqlidir, qayg'ulidir jonim, janonim. Seni yor qilmay, do'st deb bilganim xatoyimdir, xatoli jon jonginam.
 
Giyos/FORUM » ASOSIY » YON DAFTAR » Monolog (Monolog yozamizzz)
  • Страница 8 из 8
  • «
  • 1
  • 2
  • 6
  • 7
  • 8
Поиск:
Flag Counter