23:13 Sensiz xatlaring... (hikoya-monolog) | |
Sensiz xatlaring… (Sevgilimga birinchi xat) Jonginam mana bugun men harbiy xizmatga ketayapman.
Atigi 1 yilginaga. Sendan uzr so’rayman, seni ko’ra olmay ketayapman. Aslida 1
haftadan so’ng ketishim kerak edi, lekin bugun ketishim kerakligini aytishdi.
Hafa bo’lmaysana? 1 yil hech narsa emasku, ko’z ochib yumguncha o’tib ketadi.
Rostini etsam seni ko’ra olmaganimdan rosali afuslanayapman. 1 yil seni ko’rmay
qanday yurish esa aqlimga sig’maydi. Harbiy qismga borishim bilan senga
manzilim to’g’risida xat yozaman. Shundan keyin sen ham menga javob yozasan. Bu
maktubim javobsiz qolishini bilaman. Sendan yana uzr so’rayman. Qaytib
kelganimda aybimni albatta yuvaman. Ishon sevgilim Azizam! Seni sevib, yuzlaringdan o’pib qoluvchi sevgiling
G’oppor… Kechki payt ketar bo’ldik manzil tomon. Ortimadan
keldi yoru do’st va ota onam… Xayrlasharmiz, tilashib so’g salomatlik. So’ngi
marta to’yay onamni diydoriga deb. Onam xayrlashar ko’zlaridagi yoshlarini
berkitib. Ko’nglim alanechuk bo’lar, aytarman yashayman onamsiz endi qanday?
Poyezd pishqirar chorlab o’ziga, yugurdik kech qolmay deb. Onam tutqazdi
qo’limga shirinlik, yo’lda ochmasin deb qoring. Rahmat ham ayta olmadim.
Shoshirdilar bizni… Bizni
tashladilar ayni shu chog’da, T*********
atalmish yarim orolga. Shundan keyin
boshlandi qayg’uli kunlar, Shundan keyin
boshlandi uyqusiz tunlar. Turkman
shamolida sarg’aydi sochim. Chidadim,
chidadim men barisiga, Menga hamroq edi
aziz qurolim… Harbiy xizmat. Uydan uzoq makon. Ko’nikish qiyin.
Uydagi sharoit yo’q. Hech kim senga rahm qilmaydi… Ko’nikadi odam baribir. Men
ham ko’nikdim. O’n to’qqizga kirdi yoshim Harbiy bo’ldi ust-boshim, Ko’p savdolar ko’rdim boshim Onajonim yo’qlamadingiz. Ketar vaqtim yig’lab qolgan, Peshonamdan o’pib olgan. Ortimdan duo qilib qolgan, Onajonim yo’qlamadingiz… So’g’inch qiynar odamni. Rosa esladim onamni.
Ko’rgilarim kelar har kuni. Tushlarimda koraman har tun. Xat yozgin
digandingiz. Mana endi sizga xat yozaman. (Onamga xat) SALOM XAT Assalomu Alekum onajon. Qalaysiz, uydagilar yahshimi?
Adam, akalarim, kelinoyilarim, jiyanlarim yahshi yurishibdimi? Qo’shnilarchi?
Hammasi yahshimi? Mendan so’rasangiz menda hammasi zo’r.Yahshi yetib keldim.
Joylashib oldim. Tabiati o’zimizni uyimizdagidek. Hech ham farq sezmadi.
Suvlari ham yahshi. Ovqatlari ham. Mendan aslo havotir olmang. Yana xat
yozaman. Bu yerda yana 1 oy bo’lib, keyin boshqa yoqga o’tkazisharkan. U yoqga
o’tganimdan keyin sizga yana xat yozaman. Meni nomimdan hamma, hammaga salom
deb qo’ying. Jiyalarimni o’pib qo’ying. O’g’lingiz oddiy askar G’oppor… Xizmat qiyinmas. Qadam bos, 4 soat tikka tur. Shu
bilan kun kech. Bo’sh vaqtda xizmatdoshlar bilan suhbat, yangi chehralar, yangi
do’stlar. Hamma o’zini oldin nima ish qilgani bilan maqtanadi. Nima qila
olmagani bilan afsuslanadi. Bir xillari sevgan qizi bilan nimalar qilganini
o’g’zi ko’prib, eslab aytib beradi. Men indamasdan eshitib o’tiraman. Meni ham
esimga u bilan yurgan paytlarim, gaplashgan gaplarim esimga tushadi. Qo’limga
qog’oz olib, qoralay boshlayman. (Sevgilimga ikkinchi xat) SALOM XAT Seni so’gindim. Maktubni salom bilan emas. Aynan seni
so’ginganim bilan boshlayapman. Men seni sog’inganimni his qilishing uchun. Seni
rosalar so’g’indim. Seni eslab kunlarim o’tayapti. Seni yana ko’rmoq uchun uyga
qochib ketgilarim kelmoqda. Afsus bunday qila olmayman. Mana senga xizmatdagi
birinchi xatimni yo’llayapman. Men sog’ salomatman. O’ynab kulib yurmasam ham,
yahshi yuribman. O’zing qalesan? Yahshimisan? Mendan hafa bo’lmadingmi? Seni
ko’rmasdan ketib qolganim uchun mendan arazlamadingmi? Meni tushunasan degan
umiddaman. Uzr ko’p yoza olmayman. Yozgan xatlarimni o’qib keyin jo’natishar
ekan. Ko’p yozib ularni qiynab qo’ymay yana. Sen bu xatga javob yozmagan.
Boshqa joyga o’tkazisharkan. Seni xating kelguncha boshqa yoqga ketgan bo’lsam,
yana o’qa olmay qolmay. Aziza o’zingni asragin. Seni sevib qoluvchi sevgiling, oddiy askar G’oppor. Oradan bir xaftalar o’tib, xizmatdoshlarga xatlar kela
boshladi. Kimlargadir uydagilaridan, kimlargadir do’stidan, kimlargadir sevgan
qizidan. Bittasiga uzun, taxminan bir metrli xat keldi. Hamma bolalar "ooo” deb
yuborishdi. Men ham qiziqdim. Shuncha yozuvni qanday yozgan ekan. Rosa
erinmagan ekande deb o’yladim. Borib qaradim. Yo’q. Bir varroqga 10 tacha so’z
va rasmlar chizilgan ekan. Qoyil. Bu ham muhabbat. To’g’risi men ham
sevgilimdan xat olgim kelib ketdi. Bir metrlik bo’lmasa ham, 10 ta so’zi bo’lsa
maylidi. Yozuvlarini ko’rib, sog’inchimni ozgina bo’lsa ham unutsam deyrdim.
Har 3-4 kunda bizga kelgan xatlarni olib kelishardi. Onamdan ham xat oldim.
O’zlarini, meni so’g’intirgan yozuvlari bilan yozibdilar. Juda ham hursand
bo’ldim. O’qib ko’zlarimdan yosh oqdi. To’g’risi sharoitimiz ularga xat
yozganimchalik emasdi. Suvidan ko’ngil aynirdi. Ovqati o’lchovlik. Xar qadam
nazoratlik. Shunisi bilan ham armiya ekanda. Lekin bularni onamga qanday qilib
yozaman. Nima deb aytaman. Ular meni qiynalayotganimni bilsalar, o’zlari ham
qiynaladilarku… Yozilganda dasturxon, Qo’yilganda oshu non. Meni o’rnim eslab, Hech yig’lamang onajon. Oq yo’l tilab jo’natdingiz, Yozmasam, xat yoz dedingiz. Sog’ salomat o’g’lingiz, Hech o’ylamang onajon. Xizmat hech qiyinmas, O’tib ketar ertayu kech. Vatan esa doim tinch, Tashvish tortmang onajon. Ko’chada yurganingizda, Do’stlarimni ko’rganingizda. Meni yo’qligimni ko’rib, Hafa bo’lmang onajon… Yaqinda qasamyod qilamiza. Keyin boshqa joyga. Xaqiqiy
xizmat joyimizga ketamiz. Hozirgi kunimiz deyarli bir xil. Pol art, chang art,
Naryadga tur. Bo’sh qolganda hayolga uydagilar va sevgilim tushadi. Yana usha
eski xotiralar. Usha damlar. Qanotim bo’lsaydi degan orzular… Avtomat og’ir narsa To’ldiradi bilakni. Sevgi bu olov kabi Yondiradi yurakni. Atirgul g’uncha g’uncha Qizarib ochilguncha. Sabr qiling go’zal qiz Men xizmatdan qaytguncha. 2007 yil may oyi... Qasamyod. Endi xaqiqiy askarman. Yurtim uchun jonim
qurbon!... Xaqiqiy xizmat endi boshlandi. Qoq cho’lga qilishdi ravona. Bu yer
yahshiroq edi. Har holda ko’p narsa bor edi. Bu yerchi? Qushlar va o’zimiz,
yana itlar. Qurolim ham bor. Bu yerga yana o’rganish kerak. Ko’nikish kerak. Onamga
va sevgilimga xat yozdim. (Onamga xat) SALOM XAT Assalomu Alekum men uchun qadirli bo’lgan, meni
hammadan ham sevimli bo’lgan onajonim. Yozgan xatingizni oldim. Mana endi yangi
joyga o’tib, sizga xat yozayapman. Endi men doim shu manzilda bo’laman. Bemalol
xat yozavering. Exx, hol ahvol so’rash esimdan chiqibdiku. Ahvollaringiz qale?
So’g’liqlaringiz yahshimi? Uydagilarchi? Hamma zo’rmi? Men ham zo’rman. Yangi
joyga ham ko’nikib oldim. Bu yer oldingi joyimizdan ham zo’r ekan. Huddi uyda
yurgandek yuribman. Hech ham havotir olmang. Qasamyodda tushgan rasmimni
yuboraman sizga. Meni nomimdan hammaga salom aytib qo’ying. Sizlarni
so’g’indim… O’g’lingiz oddiy askar G’oppor… (Sevgilimga uchinchi xat) SALOM XAT Men seni rosalar ko’rgim kelayapti… Salom. Qalesan.
Meni so’g’inmadingmi? Men seni juda ham sog’indim. Qalbimdan o’tib sog’indim.
Ahvollaring qale? So’g’ligin yahshimi? Kam xat yozayotganim uchun hafa
bo’lmayapsanmi? Shuni bilib qo’yki, men har kuni seni eslayman. Uhlashdan oldin
kunim tezroq o’tsin deb duolar qilaman. Seni tezroq ko’rmoq uchun. Borgan sayin
so’g’inchimga qo’shilib, sevgim ham oshib bormoqda! Qara men senga xat
yozayapman. Demak men sog’ salomatman. Mendan hech ham havotir olmagin. Endi
bemalol xat yozsang bo’ladi. Shu manzilda doimo bo’laman. Xatingni kutaman. Aziza
seni juda qattiq sevaman. Seni hayolan quchib qoluvchi sevgiling oddiy askar
G’oppor. Xizmat ham yigitni pishitar ekan. Uyda qilmagan
ishlarimni bu yerga kelib qildim. Qilmagan narsam qolmadi. Kerak bo’lsa
aldashni ham o’rgatishdi. Har hil sharoitda kerak bo’lar ekan. Kunlar
o’taveradi, askar yuraveradi. Bu yer xat masalasi ham og’ir. Bitta xatdan javob
kelishi bir yoki bir yarim oyga yetadi. 15-20 kunlab yo’l yuradi. 2007 yil iyun oyi... Yoz ham boshlandi. Juda ham issiq kunlar. Cho’lni
issig’i. Quyosh charaqlab turibdi. Berkinish uchun soya ham yo’q. Temirli
budkani ichi ko’chadan issiq, lekin soyasi bor. Issiq changli shamol esib
turadi. Og’izni kattaroq ochib yuborsa, ichiga chang to’lib qolishi hech gap
emas. Xizmat bordir yigit boshida Naqd barkamol oltin yoshida Sevgan qizi xat yozib tursa Ne g’am bordir qoshida Mana endi xizmatda Sevgan qizim zoriman Sevganimni o’rniga Avtomatni yoriman Uraaaa!!! Sevgilimdan birnchi maktub keldi. Uraaa!!!
Man juda ham baxtiyorman!!! Onamdan ham kelibdi. Uraaa!!! Onamni xatlarini
birinchi o’qidim. Ularda hammasi yahshi ekan. So’g’ salomatlik tilab
yuboribdilar. Sevgilimdan kelgan maktubni o’qiyman endi. (Sevgilimdan birinchi xat) Assalomu Alekum… Xizmatlarni yahshi boshlab
oldingizmi? Hammasi joyidami? Ikkita yozgan xatingizni oldim. Ha! Sizdan
hafaman. 1 yilga xizmatga ketar ekanlarde, xayrlashmasdan ketarkanlar. Yana
do’stlaridan xat berib yuborarkanlar. Bilasizmi? Men xatni olib, ketayotganizni
bilib, ortingizdan vokzalga yugurdim, siz bilan xayrlashaman deb. Afsuski
poyezdingiz ketib bo’lgan ekan. Rosa yig’ladim. O’zingizni vaqtingiz yo’q ekan,
do’stingizni vaqtli yuborsangiz bo’lmasmidi? Siz shoshqaloqsiz! Men ham sizni sog’indim. Har kun kechasi suratingizga
termulib, uhlab qolaman. Yoningizga boray deymanu… bora olmaymanda. Yana xat
yozib turing. Ko’proq yozing. Siz qisqa yozganingiz uchun mana men ham
qisqagina yozdim. Siz ham o’zingizni asrang. Sizni so’ginib qoluvchi sevgilingiz Aziza… Xatni o’qib juda ham mazza qildim. Essiz rasmini ham
olib kelmagan ekanman. Men ham kechalari ko’rib yotardim. Exx. Mayli. Yuborar
bir kun. Aytaman shuni. Postda uhlagan askar Bir ajoyib tush ko’rdi Qosh ko’zi qop qora Sevgilisini ko’rdi Yigit sevgilisin ko’tarib Astagina quchardi Ko’zini ochib qarasa Avtomatini o’pardi 2007 yil iyul oyi... Jaziramada hech yurmagandim. Juda ham o’tib ketayapti.
Ozgina quyoshda turib qolsangiz boshingiz aylanib yiqilib tushishingiz tayin. Asfalt
erib ketgan. Bosganingizda yumshoq. Salqin joyga borib yotgingiz, yoki u bu
yerda cho’milgingiz keladi. (Sevgilimg to’rtinchi xat) SALOM XAT Salom. Meni to’g’ri tushunsangiz bo’ldi. Mana 4 oy ham
o’tdi. 8 oy nima degan gap. Tezda u ham tugaydi. Kelin, endi hol ahvol
so’ramasdan, ichki kechinmalarimizni monolog qilib yozamiza. Kimdir betob
bo’lsa o’zi xabar berish. Maylimi? Sog’inchimdan oshib o’tib seni izlarman Azizam.
Qayerlardasan sen, menda olisda. Yoninga bora olmay jonim halak, ko’chalarda izg’igim
kelar seni istab. Yo’llar yopiq, osmon yiroq. Ko’zlarim izlar seni hamono.
Badbaxt deb ataymi men o’zimni, yoki yuzsizmanmi seni oldingda. Ne aybim ekan,
buncha qiynoqlar menga. Ne xatoyim ekan bu azoblar menga. Seni sog’inib jonim
keldi bo’g’zimga. Isming takrorlarman Azizam. O’zimdan ham seni yahshi ko’ruvchi. Seni telbalarcha
sevuvchi oddiy askar G’oppor. Xizmatga ancha ko’nikdim. Rosti ham o’z uyimdek bo’lib
qoldi. Uyni so’g’inganim ham yoqola bordi. Onamdan xatlar keladi. Onamga
yozaman xat. (Onamga xat) SALOM XAT Onajon. Assalomu Alekum. Mana yana sizni eslab
qo’limga qalam va qo’g’oz oldim. Kecha sizni tushimda ko’ribman. Ko’chada
yig’layotgan ekansiz. Kimdir meni sizga kasal deb aytganmish. Shunda men
yonizga boriman. Siz meni ko’rib ko’zlaringizga ishonmabsiz. Endi quchoqlayman
deganimda uyg’onib ketdim. Sizdan havotir olayapman. Xatlaringizdan hammasi
yahshi deb yozayapsizku? Hamma sog’ salomatmi? Iltimos mendan hech narsani
yashirmanglar. Men yahshiman. Kun sanab, vaqt o’tkazayapman. Nasib qilsa uyga
qaytaman. Yana bag’ringizda bo’laman. O’g’lingiz oddiy askar G’oppor. 2007 yil avgust oyi... 19 yil bag’ringizda Oq sut berib o’stirdingiz Avaylab qorachig’ingizdek Xizmatga jo’natdingiz Sog’liq bo’lsa onajon Bir yil o’tar bir zumda Xizmatni tugatib Qaytarman bir kun Qaytishimga bezab qo’ying O’g’lingizni uyini Qaytib borsam ko’rasiz O’g’lingiz to’yini… Sevgilimdan xat keldi. (Sevgilimdan ikkinchi xat) Davomi va to'liq forumda:
| |
|
Всего комментариев: 0 | |