Суббота, 20.04.2024, 14:42
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Sensiz xatlaring... (Giyos yozgan hikoya+monolog) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Giyos/FORUM » ASOSIY » HIKOYA VA MONOLOGLAR » Sensiz xatlaring... (Giyos yozgan hikoya+monolog) (To'qma hikoya-monolog)
Sensiz xatlaring... (Giyos yozgan hikoya+monolog)
GiyosДата: Среда, 12.09.2012, 23:07 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
SENSIZ XATLARING…

2007 yil aprel oyi …

Harbiy xizmatga ketaturib unga xat yozdim. Shoshilinch ketayotganim sababli ko’risha olmadi. Qo’ng’iroq ham qila olmadi. Xat yozib do’stimga qoldiryapman. U yetkazadi.

(Sevgilimga birinchi xat)

Jonginam mana bugun men harbiy xizmatga ketayapman. Atigi 1 yilginaga. Sendan uzr so’rayman, seni ko’ra olmay ketayapman. Aslida 1 haftadan so’ng ketishim kerak edi, lekin bugun ketishim kerakligini aytishdi. Hafa bo’lmaysana? 1 yil hech narsa emasku, ko’z ochib yumguncha o’tib ketadi. Rostini etsam seni ko’ra olmaganimdan rosali afuslanayapman. 1 yil seni ko’rmay qanday yurish esa aqlimga sig’maydi. Harbiy qismga borishim bilan senga manzilim to’g’risida xat yozaman. Shundan keyin sen ham menga javob yozasan. Bu maktubim javobsiz qolishini bilaman. Sendan yana uzr so’rayman. Qaytib kelganimda aybimni albatta yuvaman. Ishon sevgilim Azizam!
Seni sevib, yuzlaringdan o’pib qoluvchi sevgiling G’oppor…


Kechki payt ketar bo’ldik manzil tomon. Ortimadan keldi yoru do’st va ota onam… Xayrlasharmiz, tilashib so’g salomatlik. So’ngi marta to’yay onamni diydoriga deb. Onam xayrlashar ko’zlaridagi yoshlarini berkitib. Ko’nglim alanechuk bo’lar, aytarman yashayman onamsiz endi qanday? Poyezd pishqirar chorlab o’ziga, yugurdik kech qolmay deb. Onam tutqazdi qo’limga shirinlik, yo’lda ochmasin deb qoring. Rahmat ham ayta olmadim. Shoshirdilar bizni…

Bizni tashladilar ayni shu chog’da,
T********* atalmish yarim orolga.
Shundan keyin boshlandi qayg’uli kunlar,
Shundan keyin boshlandi uyqusiz tunlar.
Turkman shamolida sarg’aydi sochim.
Chidadim, chidadim men barisiga,
Menga hamroq edi aziz qurolim…


Harbiy xizmat. Uydan uzoq makon. Ko’nikish qiyin. Uydagi sharoit yo’q. Hech kim senga rahm qilmaydi… Ko’nikadi odam baribir. Men ham ko’nikdim.

O’n to’qqizga kirdi yoshim
Harbiy bo’ldi ust-boshim,
Ko’p savdolar ko’rdim boshim
Onajonim yo’qlamadingiz.

Ketar vaqtim yig’lab qolgan,
Peshonamdan o’pib olgan.
Ortimdan duo qilib qolgan,
Onajonim yo’qlamadingiz…


So’g’inch qiynar odamni. Rosa esladim onamni. Ko’rgilarim kelar har kuni. Tushlarimda koraman har tun. Xat yozgin digandingiz. Mana endi sizga xat yozaman.

(Onamga xat)
SALOM XAT
Assalomu Alekum onajon. Qalaysiz, uydagilar yahshimi? Adam, akalarim, kelinoyilarim, jiyanlarim yahshi yurishibdimi? Qo’shnilarchi? Hammasi yahshimi? Mendan so’rasangiz menda hammasi zo’r.Yahshi yetib keldim. Joylashib oldim. Tabiati o’zimizni uyimizdagidek. Hech ham farq sezmadi. Suvlari ham yahshi. Ovqatlari ham. Mendan aslo havotir olmang. Yana xat yozaman. Bu yerda yana 1 oy bo’lib, keyin boshqa yoqga o’tkazisharkan. U yoqga o’tganimdan keyin sizga yana xat yozaman. Meni nomimdan hamma, hammaga salom deb qo’ying. Jiyalarimni o’pib qo’ying.
O’g’lingiz oddiy askar G’oppor…


Xizmat qiyinmas. Qadam bos, 4 soat tikka tur. Shu bilan kun kech. Bo’sh vaqtda xizmatdoshlar bilan suhbat, yangi chehralar, yangi do’stlar. Hamma o’zini oldin nima ish qilgani bilan maqtanadi. Nima qila olmagani bilan afsuslanadi. Bir xillari sevgan qizi bilan nimalar qilganini o’g’zi ko’prib, eslab aytib beradi. Men indamasdan eshitib o’tiraman. Meni ham esimga u bilan yurgan paytlarim, gaplashgan gaplarim esimga tushadi. Qo’limga qog’oz olib, qoralay boshlayman.

(Sevgilimga ikkinchi xat)
SALOM XAT
Seni so’gindim. Maktubni salom bilan emas. Aynan seni so’ginganim bilan boshlayapman. Men seni sog’inganimni his qilishing uchun. Seni rosalar so’g’indim. Seni eslab kunlarim o’tayapti. Seni yana ko’rmoq uchun uyga qochib ketgilarim kelmoqda. Afsus bunday qila olmayman. Mana senga xizmatdagi birinchi xatimni yo’llayapman. Men sog’ salomatman. O’ynab kulib yurmasam ham, yahshi yuribman. O’zing qalesan? Yahshimisan? Mendan hafa bo’lmadingmi? Seni ko’rmasdan ketib qolganim uchun mendan arazlamadingmi? Meni tushunasan degan umiddaman. Uzr ko’p yoza olmayman. Yozgan xatlarimni o’qib keyin jo’natishar ekan. Ko’p yozib ularni qiynab qo’ymay yana. Sen bu xatga javob yozmagan. Boshqa joyga o’tkazisharkan. Seni xating kelguncha boshqa yoqga ketgan bo’lsam, yana o’qa olmay qolmay. Aziza o’zingni asragin.
Seni sevib qoluvchi sevgiling, oddiy askar G’oppor.


Oradan bir xaftalar o’tib, xizmatdoshlarga xatlar kela boshladi. Kimlargadir uydagilaridan, kimlargadir do’stidan, kimlargadir sevgan qizidan. Bittasiga uzun, taxminan bir metrli xat keldi. Hamma bolalar “ooo” deb yuborishdi. Men ham qiziqdim. Shuncha yozuvni qanday yozgan ekan. Rosa erinmagan ekande deb o’yladim. Borib qaradim. Yo’q. Bir varroqga 10 tacha so’z va rasmlar chizilgan ekan. Qoyil. Bu ham muhabbat. To’g’risi men ham sevgilimdan xat olgim kelib ketdi. Bir metrlik bo’lmasa ham, 10 ta so’zi bo’lsa maylidi. Yozuvlarini ko’rib, sog’inchimni ozgina bo’lsa ham unutsam deyrdim. Har 3-4 kunda bizga kelgan xatlarni olib kelishardi. Onamdan ham xat oldim. O’zlarini, meni so’g’intirgan yozuvlari bilan yozibdilar. Juda ham hursand bo’ldim. O’qib ko’zlarimdan yosh oqdi. To’g’risi sharoitimiz ularga xat yozganimchalik emasdi. Suvidan ko’ngil aynirdi. Ovqati o’lchovlik. Xar qadam nazoratlik. Shunisi bilan ham armiya ekanda. Lekin bularni onamga qanday qilib yozaman. Nima deb aytaman. Ular meni qiynalayotganimni bilsalar, o’zlari ham qiynaladilarku…

Yozilganda dasturxon,
Qo’yilganda oshu non.
Meni o’rnim eslab,
Hech yig’lamang onajon.

Oq yo’l tilab jo’natdingiz,
Yozmasam, xat yoz dedingiz.
Sog’ salomat o’g’lingiz,
Hech o’ylamang onajon.

Xizmat hech qiyinmas,
O’tib ketar ertayu kech.
Vatan esa doim tinch,
Tashvish tortmang onajon.

Ko’chada yurganingizda,
Do’stlarimni ko’rganingizda.
Meni yo’qligimni ko’rib,
Hafa bo’lmang onajon…


Yaqinda qasamyod qilamiza. Keyin boshqa joyga. Xaqiqiy xizmat joyimizga ketamiz. Hozirgi kunimiz deyarli bir xil. Pol art, chang art, Naryadga tur. Bo’sh qolganda hayolga uydagilar va sevgilim tushadi. Yana usha eski xotiralar. Usha damlar. Qanotim bo’lsaydi degan orzular…

Avtomat og’ir narsa
To’ldiradi bilakni.
Sevgi bu olov kabi
Yondiradi yurakni.

Atirgul g’uncha g’uncha
Qizarib ochilguncha.
Sabr qiling go’zal qiz
Men xizmatdan qaytguncha.


2007 yil may oyi...

Qasamyod. Endi xaqiqiy askarman. Yurtim uchun jonim qurbon!... Xaqiqiy xizmat endi boshlandi. Qoq cho’lga qilishdi ravona. Bu yer yahshiroq edi. Har holda ko’p narsa bor edi. Bu yerchi? Qushlar va o’zimiz, yana itlar. Qurolim ham bor. Bu yerga yana o’rganish kerak. Ko’nikish kerak. Onamga va sevgilimga xat yozdim.

(Onamga xat)
SALOM XAT
Assalomu Alekum men uchun qadirli bo’lgan, meni hammadan ham sevimli bo’lgan onajonim. Yozgan xatingizni oldim. Mana endi yangi joyga o’tib, sizga xat yozayapman. Endi men doim shu manzilda bo’laman. Bemalol xat yozavering. Exx, hol ahvol so’rash esimdan chiqibdiku. Ahvollaringiz qale? So’g’liqlaringiz yahshimi? Uydagilarchi? Hamma zo’rmi? Men ham zo’rman. Yangi joyga ham ko’nikib oldim. Bu yer oldingi joyimizdan ham zo’r ekan. Huddi uyda yurgandek yuribman. Hech ham havotir olmang. Qasamyodda tushgan rasmimni yuboraman sizga. Meni nomimdan hammaga salom aytib qo’ying. Sizlarni so’g’indim…
O’g’lingiz oddiy askar G’oppor…


(Sevgilimga uchinchi xat)
SALOM XAT
Men seni rosalar ko’rgim kelayapti… Salom. Qalesan. Meni so’g’inmadingmi? Men seni juda ham sog’indim. Qalbimdan o’tib sog’indim. Ahvollaring qale? So’g’ligin yahshimi? Kam xat yozayotganim uchun hafa bo’lmayapsanmi? Shuni bilib qo’yki, men har kuni seni eslayman. Uhlashdan oldin kunim tezroq o’tsin deb duolar qilaman. Seni tezroq ko’rmoq uchun. Borgan sayin so’g’inchimga qo’shilib, sevgim ham oshib bormoqda! Qara men senga xat yozayapman. Demak men sog’ salomatman. Mendan hech ham havotir olmagin. Endi bemalol xat yozsang bo’ladi. Shu manzilda doimo bo’laman. Xatingni kutaman. Aziza seni juda qattiq sevaman.
Seni hayolan quchib qoluvchi sevgiling oddiy askar G’oppor.


Xizmat ham yigitni pishitar ekan. Uyda qilmagan ishlarimni bu yerga kelib qildim. Qilmagan narsam qolmadi. Kerak bo’lsa aldashni ham o’rgatishdi. Har hil sharoitda kerak bo’lar ekan. Kunlar o’taveradi, askar yuraveradi. Bu yer xat masalasi ham og’ir. Bitta xatdan javob kelishi bir yoki bir yarim oyga yetadi. 15-20 kunlab yo’l yuradi.

2007 yil iyun oyi...

Yoz ham boshlandi. Juda ham issiq kunlar. Cho’lni issig’i. Quyosh charaqlab turibdi. Berkinish uchun soya ham yo’q. Temirli budkani ichi ko’chadan issiq, lekin soyasi bor. Issiq changli shamol esib turadi. Og’izni kattaroq ochib yuborsa, ichiga chang to’lib qolishi hech gap emas.

Xizmat bordir yigit boshida
Naqd barkamol oltin yoshida
Sevgan qizi xat yozib tursa
Ne g’am bordir qoshida

Mana endi xizmatda
Sevgan qizim zoriman
Sevganimni o’rniga
Avtomatni yoriman


Uraaaa!!! Sevgilimdan birnchi maktub keldi. Uraaa!!! Man juda ham baxtiyorman!!! Onamdan ham kelibdi. Uraaa!!! Onamni xatlarini birinchi o’qidim. Ularda hammasi yahshi ekan. So’g’ salomatlik tilab yuboribdilar. Sevgilimdan kelgan maktubni o’qiyman endi.

(Sevgilimdan birinchi xat)
Assalomu Alekum… Xizmatlarni yahshi boshlab oldingizmi? Hammasi joyidami? Ikkita yozgan xatingizni oldim. Ha! Sizdan hafaman. 1 yilga xizmatga ketar ekanlarde, xayrlashmasdan ketarkanlar. Yana do’stlaridan xat berib yuborarkanlar. Bilasizmi? Men xatni olib, ketayotganizni bilib, ortingizdan vokzalga yugurdim, siz bilan xayrlashaman deb. Afsuski poyezdingiz ketib bo’lgan ekan. Rosa yig’ladim. O’zingizni vaqtingiz yo’q ekan, do’stingizni vaqtli yuborsangiz bo’lmasmidi? Siz shoshqaloqsiz!
Men ham sizni sog’indim. Har kun kechasi suratingizga termulib, uhlab qolaman. Yoningizga boray deymanu… bora olmaymanda. Yana xat yozib turing. Ko’proq yozing. Siz qisqa yozganingiz uchun mana men ham qisqagina yozdim. Siz ham o’zingizni asrang.
Sizni so’ginib qoluvchi sevgilingiz Aziza…


Xatni o’qib juda ham mazza qildim. Essiz rasmini ham olib kelmagan ekanman. Men ham kechalari ko’rib yotardim. Exx. Mayli. Yuborar bir kun. Aytaman shuni.

Postda uhlagan askar
Bir ajoyib tush ko’rdi
Qosh ko’zi qop qora
Sevgilisini ko’rdi
Yigit sevgilisin ko’tarib
Astagina quchardi
Ko’zini ochib qarasa
Avtomatini o’pardi


2007 yil iyul oyi...
Jaziramada hech yurmagandim. Juda ham o’tib ketayapti. Ozgina quyoshda turib qolsangiz boshingiz aylanib yiqilib tushishingiz tayin. Asfalt erib ketgan. Bosganingizda yumshoq. Salqin joyga borib yotgingiz, yoki u bu yerda cho’milgingiz keladi.

(Sevgilimg to’rtinchi xat)
SALOM XAT
Salom. Meni to’g’ri tushunsangiz bo’ldi. Mana 4 oy ham o’tdi. 8 oy nima degan gap. Tezda u ham tugaydi. Kelin, endi hol ahvol so’ramasdan, ichki kechinmalarimizni monolog qilib yozamiza. Kimdir betob bo’lsa o’zi xabar berish. Maylimi?
Sog’inchimdan oshib o’tib seni izlarman Azizam. Qayerlardasan sen, menda olisda. Yoninga bora olmay jonim halak, ko’chalarda izg’igim kelar seni istab. Yo’llar yopiq, osmon yiroq. Ko’zlarim izlar seni hamono. Badbaxt deb ataymi men o’zimni, yoki yuzsizmanmi seni oldingda. Ne aybim ekan, buncha qiynoqlar menga. Ne xatoyim ekan bu azoblar menga. Seni sog’inib jonim keldi bo’g’zimga. Isming takrorlarman Azizam.
O’zimdan ham seni yahshi ko’ruvchi. Seni telbalarcha sevuvchi oddiy askar G’oppor.

Xizmatga ancha ko’nikdim. Rosti ham o’z uyimdek bo’lib qoldi. Uyni so’g’inganim ham yoqola bordi. Onamdan xatlar keladi. Onamga yozaman xat.

(Onamga xat)
SALOM XAT
Onajon. Assalomu Alekum. Mana yana sizni eslab qo’limga qalam va qo’g’oz oldim. Kecha sizni tushimda ko’ribman. Ko’chada yig’layotgan ekansiz. Kimdir meni sizga kasal deb aytganmish. Shunda men yonizga boriman. Siz meni ko’rib ko’zlaringizga ishonmabsiz. Endi quchoqlayman deganimda uyg’onib ketdim. Sizdan havotir olayapman. Xatlaringizdan hammasi yahshi deb yozayapsizku? Hamma sog’ salomatmi? Iltimos mendan hech narsani yashirmanglar. Men yahshiman. Kun sanab, vaqt o’tkazayapman. Nasib qilsa uyga qaytaman. Yana bag’ringizda bo’laman.
O’g’lingiz oddiy askar G’oppor.


2007 yil avgust oyi...

19 yil bag’ringizda
Oq sut berib o’stirdingiz
Avaylab qorachig’ingizdek
Xizmatga jo’natdingiz

Sog’liq bo’lsa onajon
Bir yil o’tar bir zumda
Xizmatni tugatib
Qaytarman bir kun

Qaytishimga bezab qo’ying
O’g’lingizni uyini
Qaytib borsam ko’rasiz
O’g’lingiz to’yini…


Sevgilimdan xat keldi.

(Sevgilimdan ikkinchi xat)
Assalomu Alekum. Mayli roziman.
Sizni sog’inchingiz cho’llarda qurib ketdi. Meni so’g’inchim daryolarda oqib, dengizga yetdi. Jo’shib to’lqinlanar hozir u, izlab sizni! Qirg’oqlardan nido kelar, ismiz takrorlab. Ovozim jaranglaydi qaytib osmonlardan. Sizsiz qorong’u menga kunlar, quyosh ko’rinar oy misoli. Yorug’lik yetmas menga sizsiz. Yorug’lik kelmas menga sizsiz. Siz ekansiz meni quyoshim.
Sizni suyukligingiz Aziza!


2007-2008 yillar mobaynida xatlar yozishdik. Onamdan ham xatlar ko’p keldi. Ularda hammasi joyida ekan. Sevgilim bilan yozishgan xatlarim…

(Sevgilimga beshingchi xat)
SALOM XAT
Kechalar bedorman seni o’ylab, seni eslab. Yorug’ kunlar seni izlarman yonimdan yoqib chiroq. Tunlar oyga qarayman tinimsiz, undan yasab seni husning. Oy uyalar, aytar: seni sevgiling mendan go’zal, yasay olmaysan mendan uni chexrasin. Men ojizlik qilaman unga, men mag’lubman go’zallikda undan. Oyda yo’q jamoling, samolarga tikilaman, yulduzlardan sening isming yozaman…
Seni ardoqlovchi oddiy askar G’oppor.


(Sevgilimdan uchinchi xat)
Assalumu Alekum.
Suv oqar o’z yo’lidan, kimdir tomon shoshib. Vaqt ham o’tar tinimsiz, bizlarni shoshirib. Suvdek tiniq bo’lar hayotim siz bo’lsangiz, siz yo’qsiz hozir, loyqalandi.Olib ketmoq istaydi vaqt zulmi meni. Sizdan yiroqlarga. So’g’inch ham charchadi, eslatib o’tmishni. Endi o’zimman yolg’iz eslaydigan sizni. So’g’inchdan umid yo’q, qoldirdi bir o’zimni afsus. Qani edi sehirgar bo’lib, sizni yoningizda bo’lib qolsaydim. Bir zum mehringizga to’yib, yana uyga qayta qolsaydim…
Sizni sog’intirib qolguvchi Aziza.


(Sevgilimga oltinchi xat)
SALOM XAT
Senga havasim keladi. Senda bor meni suratim. Manda esa yo’q seniki. Bir bora ko’rsam edi surating, to’yib to’yib ko’rsam edi surating. Bir bora bo’sa olsam edi suratingdan, dilimda qolmasdi armonim. Ko’ksimda saqlardim uni. Asrardim ko’zimdek. Vaqt o’qi beshafqat ekan. Charxpalak misol aylanar tinimsiz. Gohida tez, gohida sekin. So’g’inchim yonimda o’tiribdi, u ham seni so’g’inibdi. Yig’lar to’yib to’yinb, eslolmay chexrang. Exx sog’inchim. Sendan qolmabdiku hech foyda. Shu ekanda vafoying. Mayli ozgina dam ola qol. Eslarsan yana va menga so’g’inchni kuchaytirarsan. Ko’zlaringni pirpitatib qo’yishlaringni so’gindim.
Seni hech kimga bermaydigan oddiy askar G’oppor.


(Sevgilimdan to’rtinchi xat)
Assalomu Alekum.
Suratim yubormoqdaman sizga. Qo’shim yana mehrimni. Boyalgan bo’sam ham. Yuzingizga bosib meni eslang. Qo’shib qo’ydim yana unga sizga yoqadigan atirim hidini. Meni yana yoningizdagidek qiling his. Men yoningizdaman. Mana hozir siz bilan o’tiribman. Sezayapsizmi? Ko’ramasangiz ham sezyapsizmi? Hidimdan chuqur nafas oling. Ko’proooq! Qanot berdi menga hudoyim. Uchdim yoningiz, sizni ko’rmoq istab. Qani edi gaplasha olsam…
Sizni yoningizdagi Aziza.


(Sevgilimga yetinchi xat)
SALOM XAT
Naqadar baxtliman, naqadar batiyor. Endi sen meni yonimdasan. Seni ko’rdim. Yonimdadeksan. Juda ham go’zalsan, uzolmayman ko’zimni suratingdan. Bir oz ozibsan va yana go’zallashibsan. Yuborgan bo’sangdan bo’sa oldim. Hiding dimog’imda qoldi. Menga ham berilsa edi qanot, seni bir borib ko’rib kelardim. Sen bilan bir tunni dardlashib o’tkazardim. Yonimdasan, gaplashayapman. Lekin sen meni, men seni eshitmayapmiz. Mayli ayrliq azobi boshimda ekan. Vaqt o’tib yana ko’risharmiz bir kun. Sen hamon go’zal men esa o’zgargan, to’lishgan chexrada…
Seni sog’inayotgan, seni sevuvchi oddiy askar G’oppor.


(Sevgilimdan beshinchi xat)
Assalomu Alekum.
Ko’zlarim ochsam ham sizni siymoyingiz, yumsam ham siymoyingiz. Bilolmay qoldim nima qilishni, ko’zim yummoq afzalmi yoki ko’zim ochib yurmoq. Ayriliqdan qiynalarsiz mensiz. Men qiynalib bo’ldim sizsiz. Qancha qoldi bu ayriliq tugashiga deb mendan so’ramang aslo, bunga javob yo’qdir, menda hech vaqo. Balki qolgandir yil, oy, kun. Men uchun qolmadi vaqt. Sizni so’ginib, so’ginchim yoqotdim. Sizdan sevishingizni eshitib, sevishim aytib, halovatim yoqotdim. Tunlari uyqu bo’ldi menga begona. Kunlari bo’ldim hayol yo’liga ravona.
Sizni hursand qila olmagan Aziza.


(Sevgilimga sakkizinchi xat)
SALOM XAT
Kunim o’tar qiyinchilikda, lekin unutaman barin, oshiqib seni vaslingga. Tunlarim ham sen bilan, kunlarim ham sen bilan. Hamma hammasi sen bilan. Sen bilan nafas olib, sen bilan yashaydi. Sen bilan yurak uradi. Seni noming bilan chiqar har bir so’zim. Oz qoldi jonginam. Juda oz qoldi. Boraman barin tugatib. Yana birga bo’lamiz, yana birga yuramiz ko’chalarda qo’l ushlashib, qizg’onib o’zimizdan bir birimiz. Vaqt o’tayapti bizni foydamizga…
Senga uzoqlardan salom yo’llayotgan oddiy askar G’oppor.

(Sevgilimdan oltinchi xat)
Assalomu Alekum.
Mana kelasiz yaqinda. Zor kutgan kuningizda. Yana istab vasl, poylarsiz yo’limni. Men siz bilanman. Hech poylamang yo’limni. Sizni yoningizdaman, hech qidirmang. Har kun tong turganingizda aytaman sizga sevishim, siz sevaman deganizdan so’ng. Bog’ingizdagi sayroqi qush men bo’laman. Gullarga qo’nib yurguvchi kapalak men bo’laman. Tunda porlab turgan yulduzlar menman. Ulardan eng yorug’i menman. Meni ko’rib tanisizmi? Usha yulduz meni Azizam deysizmi? Sizni tunlari orom olayotganingizda yoningizda bedor turguvchi ham menman. Shularni siz bilmaysizda…
Siz bilan xayrlasha olmagan sevgilingiz Aziza.

(Sevgilimga to’qqizinchi xat)
SALOM XAT
Jonginam, meni butun hayotim, ko’zimni oqu qorasi. Mana nihoyat qaytaman. Juda ozgina fursat qoldi. Bu meni senga so’ngi xatim. Sen menga javob yozmagin. Xating yetib kelguncha men yoningda bo’laman. Safarim o’z nihoyasiga yetib qoldi. So’ngi kunlarni sanayapman. Bizni sabr yutdi, ayriliqni yutdi. Endi boshqa bunday bo’lmaydi. Endi doyimo birga bo’lamiz. Birga yashaymiz. Birga nafas olamiz. Meni farishtam. Yonimda bo’lasan, huddi o’zing aytayotgandek…
Seni ko’rishga oshiqayotgan oddiy askar G’oppor.


2008 yil may oyi..

Xizmat tugab qolay dedi. Nechadir kunlar qoldi…

Gul berdingiz bir dona
Bir donamas ming dona
Sizga oq sut bergan ona
Bo’lsin menga qaynona


Mana usha uyga qaytadigan kun ham keldi. Yurakda to’la hayajon, to’la quvonch bilan qaytamiz. Yana poyezdga chopamiz.

Poyezd jonar nomozshomda.
Ichi to’la askar yigitlar.
Beketlardan o’tadi pishqirib,
Yo’llarni qizitib.
okzalda kutar meni yorim.
Uzun ko’ylak, shlayapada.
Yugurib chiqar yorim,
Meni so’gingan u.
Yugurib chiqar jonim,
Bo’salarim so’g’ingan u.


Vokzalga keldik. Bizni kutib olgani ko’pchilik kelgan ekan. Men uydagilarga kelayotanim haqida aytmagandim. Chunki to’satdan kirib, so’vg’a qilmoqchi edim. O’zim tug’ilib o’sgan joyni ko’rib, yuragim to’lib ketdi. Nahotki bir yillik tug’lgan yerimdan ayriliq tugagan bo’lsa deb, ko’zlarimga yosh keldi. Shoshib uyga chopdim. Yo’lda bekatdan mineral suv olib ichdim. Avtobusda mahallam tomon oshiqdim. Manzilim yaqinlashgan sari yuragim tez urar. Yetib keldim ko’chamga. Qadrdon ko’chamga. Onam turadilar, jiyancham bilan quchoq ochib, so’g salomat kelganimdan ko’zlarida quvonch yoshlarin oqizib. O’zimni bag’irlariga otdim. Qaynoq opichlariga yuzim tutdim. Onam meni bori jahonim.

Kun o’tmay chiqdim ko’chaga. Bordim tanish manzil tomon. Yasanganman, oyoqda baland harbiycha poshna, ketayapman sevganim tomon. U bilmaydi hali kelganim. Ko’rsa quvonadi ko’rgani sayin. Uyin eshigin taqilatarman asta, ichkaridan eshitilar mayin ovoz. Bunchalar yoqimli. Lekin o’zgarganmi? Bir yilda ancha o’zgaribdi. Eshik ochildi. Yo’q bu Aziza emas ekan. Uning singlisi. Meni taklif qildi ichkariga. Kirdim, qo’ydi oldimga bir piyola choy. O’zi kirib ketdi ichkariga. Hech narsa demay. Bir zum o’tmay chiqdi qaytib, qo’lida quti bilan. Menga uzatdi xatlar… axir bu meni xatlarim… ochilmagan xato… qanday qilib. Azizani singlisi der menga qarab: “Siz ketgandan so’ng, bo’ldi bu voqea. Opam chalingan ekan og’ir bir bedavoga. Qolmadi bormagan shifokoru tabib, hammasi aytar Allohni irodasi. Opam Jigar sirrozi kasalli bo’libdi. Bilasizmi u sizga 3 maktub yozgandan keyin vafot etdi. Ajablanmang qolganin kim yozdi deb, uni ham o’zi yozdi o’limin so’ngidan bir kun avval. Menga berdi, yuborishim tayinlab. Mana unga kelgan xatlaringiz, ochib o’qimadim ham. Qilmadim opam omonatiga hiyonat. Qolgan xatlarini yubordim sizdan kelganda xat. Opam yozgan edi 3 ta xat. Hammasini yubordim. Menga aytgandi. U kelsa uzrimni aytgin deb. U va’dasida tura olmabdi. Sizni kuta olmabdi… so’ngi nafasida ham aytdi sizni ismingiz. Mana uni omonatlari, qaytarib oling o’zizngiz”. Qotdim joyimda jilmay. Nafas olish ham chiqdi esimdan. Bo’g’zimga tiqildi bir so’z, vaqtni ortga qaytara olsam qaniydi. Ko’zlarim yoshlardi to’xtamay. Yuborgan so’ngi xatlarin eslab. Nahot men hom kalla yetmadi shunga aqlim. U bo’lganiga yonimda…. Singlisiga yuzlanaman savol ma’noda, nega aytmadi buni menga avvalroq? Singlisi der aybdorona boshin egib: “Sizni og’ir ahvolga qo’yishni istamadi. Hol ahvolini aytgisi kelmadi. Xatlarida buni yozishni istamadi”. Aybdor men. Men axir hol ahvol so’ramaylik degan. Axir aytsa bo’lardiku. Uni surati. Ozgan… exx men naqadar notavonman…. So’ngi imkoniyatni ham qo’ldan chiqaribmanku… men uni sevardimku, men sevardimku…

Xizmatni tugatib
Askar keldi uyiga.
Va yasanib boribdi
Sevgan yori qabriga.

Qiz buzgan ekan va’dasin
Yigit ko’nglin xor etdi.
Uni yig’latib bir umr
Bu dunyoni tark etibdi.


Hayot davom etadi, muhabbat, sevgi so’nadi… Ular insonda abadiy emas, inson bilan birga o’ladi. Va boshqaga qaytadan beriladi. Afsuski chin sevgi juda ham kam. Sanoqli odamlarga berilarkan… men o’zimni usha sanoqli odamlar orasidamanmi yoki yo’q, bilolmay qoldim.

(Sevgilimga so’ngi xat)
Yulduz bo’lib porlagan sevgilim, yorinqinroq bo’lib porlaysan. Tunda seni eslab chiqganimda, yonimda bo’lmaysan. Tashlab ketding meni azoblarga. Qoldirding meni hijronlarga. Azobli hijron zahrin totayapman. Senga bir so’z ayta olmay. Xatlarim yozayapman, javob ololmay. Samodan menga boqib turmagin. Yig’laganim ko’rishin istamasman. Ko’zlarimdagi yoshni seni qabring ustidagi gul uchun yig’ayapman. Menda qanot yo’q, yoningga uchay desam. Menda sehr yo’q, yoningda paydo bo’lay desam. Seni unutmayman Azizam. Seni unutmayman hech qachon. Qalbimdasan, yodimdasan sevgilim…


(She'rlar mualifi nomalum. Askarlar yozgan. Ba'zilarini o'zim yozdim.)
© Giyos@mail.ru
 
LoadingДата: Среда, 12.09.2012, 23:20 | Сообщение # 2
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Vaqt topishim bilan albatta o'qib chiqaman. Hozircha qiziqib ketvoman.

Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
FC_PAXTAKORДата: Четверг, 13.09.2012, 00:17 | Сообщение # 3
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
To'g'risi oxirini o'qib ko'zga yosh keldi((
 
SokinaДата: Четверг, 13.09.2012, 00:22 | Сообщение # 4
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Qizning vafoti haqida öqiyotganimda,yig'lab yuborganimni özim bilmay qoldim.Hikoyani öqiyotib ularning taqdiri birlawmasa kerak deb öylagandimu,lekin qizning ölimi xayolimgayam kelmagandi.Nega yana GOPPOR?... .Hikoya g'oyasidagi yig'itlarning armiya hayoti ham bilmaganlarga uncha-muncha tuwuncha beradi.Haqiqiy yigitlar wakllanadigan joy ARMIYA bölsa kerak).

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Четверг, 13.09.2012, 00:52 | Сообщение # 5
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Quote (FC_PAXTAKOR)
To'g'risi oxirini o'qib ko'zga yosh keldi((

Mani hayolimga kelganida shunaqa bo'ldi.

Quote (Sokina)
Nega yana GOPPOR?... .Hikoya g'oyasidagi yig'itlarning armiya hayoti ham bilmaganlarga uncha-muncha tuwuncha beradi.

Boshqa ism uchramadi. Balki kak usha harakterli bola digan ma'nodami? yana boshida nomi Sensiz maktublar....Men sevardimku edi. Keyin o'zgartirdim.
Hozir bu armiya manimcha yo'q. Telefonlar kirib keldi xatni o'rniga. SMS yozishvoti))
 
Dilshod_AДата: Четверг, 13.09.2012, 20:34 | Сообщение # 6
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 117
Репутация: 2
Статус: Offline
O'xirini bunaqa kutmagandim lekin rosa tasirlandim
 
LoadingДата: Пятница, 14.09.2012, 11:31 | Сообщение # 7
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
onaga yozilgan xat. aniqrog'i sherni zo'r yozgansiz. manga ayniqsa Postdagi askar xaqidagi 4lik yoqdi. kulvordim to'risi.
G'oppor ismini tanlab yaxshi qigansiz. Sababi "men sevmaymanku" hikoyezda armiya xayotini yaxshi ochib bergansiz. Bu mani aybimmi yoki sizniki bilmiman-ku, lekin man bir yilni his qimadim.

Monologlardan olib qoladigan joylari ko'p.
Mana bu xatda (Sevgilimdan oltinchi xat)
Assalomu Alekum.
Mana kelasiz yaqinda. Zor kutgan kuningizda. Yana istab vasl, poylarsiz yo’limni. Men siz bilanman. Hech poylamang yo’limni. Sizni yoningizdaman, hech qidirmang. Har kun tong turganingizda aytaman sizga sevishim, siz sevaman deganizdan so’ng. Bog’ingizdagi sayroqi qush men bo’laman. Gullarga qo’nib yurguvchi kapalak men bo’laman. Tunda porlab turgan yulduzlar menman. Ulardan eng yorug’i menman. Meni ko’rib tanisizmi? Usha yulduz meni Azizam deysizmi? Sizni tunlari orom olayotganingizda yoningizda bedor turguvchi ham menman. Shularni siz bilmaysizda…
Siz bilan xayrlasha olmagan sevgilingiz Aziza.
(Sevgilimga to’qqizinchi xat)
man xiyonat deb o'yladim. Sinisi opachasidan alvido xatini olib chiqdi deb kutkandim.
Yana bir gap. Etibor berdim. Qanchalik kuchli sevmasin Goppor onasini birinchi o'ringa qo'yishi. Giyos raxmat. Xar tarafdan manoga ega monohikoya yozibsiz.

Hikoya Monolog Sher uyg'unlikka gap yo'q.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
GiyosДата: Пятница, 14.09.2012, 16:05 | Сообщение # 8
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Fikrlar uchun rahmat. Hm. Armiya. 1 yillik hayotni his qildirish. Bu uchun ko'proq yozuv kerak bo'ladi. Yana davom etirishlar. Kerak bo'lsa yana yillab yoziwim mumkin edi bu hikoyani. Lekin, lekin bu bir qismli qilindi. Manimcha ozgina bo'lsa ham his qilish mumkin. Oldingi armiya xayotini yoziw bu qiyin masala. Asosiy urg'uni xatlarga qaratdim. Xikoya 5 soat mobaynida yozib borildi.
 
SokinaДата: Пятница, 14.09.2012, 18:33 | Сообщение # 9
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Armiya hayoti haqida ham yaxlit hikoya kutib qolamiz.Bu waxsan menga juda qiziq)

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
Az''Дата: Пятница, 26.07.2013, 16:00 | Сообщение # 10
Группа: Qadrli mehmon





Qoyil . Ta'riflashga til ojiz
 
GiyosДата: Вторник, 03.09.2013, 15:33 | Сообщение # 11
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Bu hikoya, Hordiq gazetasining 70 (791) soni, 03.09. 2013 yilda chop etildi. Gezatadagi nomi "Egasiz maktublar". 44-45 betlar.
 
FC_PAXTAKORДата: Вторник, 03.09.2013, 20:17 | Сообщение # 12
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Topamiz gazetani hands
 
SoginchДата: Вторник, 03.09.2013, 21:12 | Сообщение # 13
Группа: Qadrli mehmon





Qoyiill)))
 
SokinaДата: Среда, 04.09.2013, 11:48 | Сообщение # 14
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Ijodingizga baraka!

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
Giyos/FORUM » ASOSIY » HIKOYA VA MONOLOGLAR » Sensiz xatlaring... (Giyos yozgan hikoya+monolog) (To'qma hikoya-monolog)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter