03:00 50 km. (Qiriqqiz bulog’i) | |||
50 km. (Qiriqqiz bulog’i) -
Turdingmi "Toychog’im”. -
Ona. Axir qanaqasiga toychog’im. Men 25 ga kirdim. Ertaga uylantiraman
deyotgan bo’lsangiz. -
Mayli, unda ot. Otsan. -
Uff. Odammizku. (kulib qo’ydim). -
Mahalladagilar tog’ga ketishayotgan ekan. Senam birga borib kel. -
Men tog’da nima qilaman? -
Aylanib kelasan? Havo almashtirib. -
Sizam borasizmi? -
Yo’q, men bora olmayman. Dodangni ko’rgani borishim kerak. O’rnimga sen
borasan. -
Borishim shartmi? O’rnimga kimdir boraversin. O’zi qaysi tog’ga ketayapmiz? -
Qiriqqizga. -
Qayerga? Qayerda ekan u? Meni 40 ta qiz kutib oladimi? (Kulib qo’ydim) -
Joyni nomi shunaqa. Qiriqqiz bulog’i. Usha buloqlardan suv olib kelasan. Idishlarni
tayyorlab qo’ydim. -
Do’kondan, mineral suv olib, ichib qo’ysak bo’lmaydimi? -
U suv, har hil kasallikka da’vo ekan. Borib olib kel! -
Bo’ldi. Hop dedimku. -
Yuzingni yuvib, choyingni ichib ol. Keyin ketasizlar. Avtobus keladi. -
Kecha etsangiz bo’lardiku... -
Gapni ko’paytirma. Tezroq bo’l. Qolib ketasan bo’lmasa. Nonushta qilib, safarga kerakli narsalarimni olib, avtobus
kelishi kerak bo’lgan joyga bordim. Mikroavtobus turibdi. Ichida 4 ta xotin
o’tiribdi. Salom berib, avtobusni oldi o’rindig’iga o’tirdim. Keyin qolganlar
kelib o’tirishdi. Hammasi ayollar. Bitta ham erkak yo’q. Hartugul haydovchi
bor. Onamga ham hayronman. Shuncha xotin-halajni ichiga meni tiqib yubordilar.
Undan ko’rasi, men dodamni ko’rib kelsam bo’lardi. Soat 6-30 larda mashina
qo’zg’aldi. Qiriqqiz qaydasan deya, yo’lga tushdik. Haydovchidan uni qayerda
ekanini so’radim. Uni aytishicha, Olmaliq shahridan 4-5 chaqirim uzoqlikda
ekan. Ha. Toshkent viloyati, Olmaliq shahri. Bahonada u tomonlarini ham ko’rib
kelaman. Ko’p tanishlarim bor edi. Hozir qaysi birini topaman. Keyin shuncha
xalq, men tanishlarim bilan so’rashishimni kutib turishmaydiku. 1,5-2 soat
deganda, Olmaliq shahriga yetib bordik. Ajoyib tabiat. Uzoqdagi zavod
minorasidan chiqib turgan tutunni ko’rasiz. U atrofga tarqalmoqda. Har holda
havosini toza deb bo’lmasa kerak. Har holda odamlar shu yerda yashab,
ishlashayaptiku! Biz oddiy bir mehmonku. Olmaliq bozori yonida to’xtab,
haydovchi, shu yerdagi haydovchilardan, Qiriqqiz bulog’iga boradigan yo’lni
so’rab oldi. O’zi ancha oldin kelgan ekan. Yo’l esidan chiqibdi. 25 minutlar
deganda, cho’lu adir orasiga kirib bordik. Bug’doy o’rilgan. Somonlar
preslanmoqda. Hamma yoq sap sariq. Yashil o’tni uchratish qiyin. Dala bo’ylab
kirib ketayapmiz. Tog’ga boramiz deyishgandi. Tog’ ko’rinmaydi. Uzooooqda
ko’rinayapti. Faqat u yoqqacha bormasak kerak. Sekinlik bilan, bitta mashina
sig’adigan yo’l bo’ylab, kira bordik. Ajoyib manzara ko’rindi. Katta chuqurlik.
Ichi daraxtzor. Sekin kirib borayapmiz. O’ylayapman. Hech kim bo’lmasa kerak
deb. Odam ko’rinmaydigan joylarda. Yo’l pastga tusha boshladi. Keyin
avtomabillar turar joyi ko’rindi. Yo’q, ko’p mashinalar bor ekan. Adashibman. Mashinadan
tushdik. Olib kelgan narsalarimizni ko’tarib, o’tirish uchun, mo’ljallangan
joylardan biriga bordik. Shu kuni qandaydir tadbir bo’layotgan ekan. Bir ayol,
ravon so’zlab, mehnat ahlini maqtamoqda. Atrofga qarasam, yo’lakda 4 ta stol
turibdi. Ular har hil bezatilgan. Birida, qo’lda yasalgan, hunarmandlik
buyumlari. Birida, non mahsulotlari va bug’doy, birida mevalar. Birida esa
qishloq ahlini tadbirlardagi rasmlari. Qiziq, hosil bayramini
qilishayotganmikan? Tadbir bo’layotgan joyga yaqinroq bordim. Mikrafonni bir
qiz oldi. Adashmasam, boshlovchi. Ha, bu safar adashmadim. Boshlovchi ekan.
So’zni, maktab rahbariga berdi. Boshlovchi qizning nutqi.... Takrorlanmas... Yoqimli...
E’tirobor tortadigan... mayin... shirin... Bundan gapiradigan qizni, avval
uchratmagandim. Husni ham chiroyli. Bo’ylari balandgina. Sochlarini bitta
qilib, o’rib olgan. Qulog’ida ziragi bor, husniga husn qo’shib turibdi. U qiz
haqida ko’p gapirib yubordimmi? Nahotki?! Bo’lishi mumkin emas. Uni yoqtirib
qolayapmanmi? Rosti ham, men kutgan 40 ta qizni o’rnini bir o’zi bosadigan qiz
ekanda. Tanishib olsam, zarar qilmasa kerak. Onamga telefon qilib, kelin topdim
desammikan?... Telefonni antenasi yo’qku. Pastlikda bo’lganimiz uchundir. Mayli.
Yoniga bordim. Unga sizga bir ikki savolim bor edi, - dedim. U keyinroq
suhbatlashishini aytdi. Odob bilan! Qoyil qoldim. Hozir tadbirda yana so’zga
chiqar ekan. Suhbatni yarim bo’lib qolishini istamas ekan. Menga, bo’sh
o’rindiqlardan biriga o’tirib, tadbirni kuzatishimni so’radi. Kuzatdim. Rasq
bo’ldi. 10 tacha bir xil kiyingan qizlar o’ynashdi. Atrofni kuzatdim. Sanasa
rosti ham, 40 ta qiz chiqadi. Kam bo’lsa, yosh kelinchaklarni ham qo’shib
sanarmiz. Hazil. Gapda. Zerikkanda. Nihoyat tadbir tugadi. Tadbir tugamasa, men
tugashim aniq edi. Ungacha yonimda o’tirganlardan, Qiriqqiz haqida so’rab
o’tirdim. Ular aytarli, ma’lumot bera olishmadi. Avval ham shu haqida turli,
rivoyat, afsonalar eshitgan, o’qigandim. Qayta o’qiyman desam, o’sha o’qigan
manbamni topa olmadim. Internetdan ham qidirib, hech nima topa olmadim. Keyin
kallamga, shu yer haqida, internetga ma’lumot kiritish haqida fikr keldi.
Shunga ma’lumot so’radim. Hozircha hech kim yozishga arzirli ma’lumot bermadi. Attang.
Joyga gap yo’q lekin. Kun issiq
bo’lishiga qaramay, bu yer juda salqin. Tepa juda issiq. Bu yer, oqayotgan suv
hisobigami, yoki daraxtlar hisobigami, salqin. Havo ham nafis. Shularni hayol
qilib o’tirgandim. Boshlovchi qiz kelib qoldi. Kutirgani uchun uzr so’radi. Men
gap boshladm.
| |||
|
Всего комментариев: 2 | |
| |