Среда, 24.04.2024, 15:30
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

50 km. (Qiriqqiz bulog’i) (Giyos yozgan hikoya) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Giyos/FORUM » ASOSIY » HIKOYA VA MONOLOGLAR » 50 km. (Qiriqqiz bulog’i) (Giyos yozgan hikoya) (Hikoya)
50 km. (Qiriqqiz bulog’i) (Giyos yozgan hikoya)
GiyosДата: Вторник, 27.08.2013, 02:58 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
50 km. (Qiriqqiz bulog’i)

Ertalabdan onamni ovozlarini eshitib uyg’onib ketdim. Nima deyotganlarini boshida anglay olmadim. Sal uyqim o’chib, o’zimga kelganimda, ular meni uyg’otayotganliklarini bildim. Erinibgina uyg’ondim. Kechasi, kechroq uhlagandim. Soatga qaradim. 5 bo’libdi. Yoz bo’lgani uchun kun allaqachon yorishgan. Gandiraklab, esnab hovliga chiqdim. Yorug’ ko’zimni qamashtirdi. Ko’zimni yumib oldim. Onam hovlida turgan ekanlar.
- Turdingmi “Toychog’im”.
- Ona. Axir qanaqasiga toychog’im. Men 25 ga kirdim. Ertaga uylantiraman deyotgan bo’lsangiz.
- Mayli, unda ot. Otsan.
- Uff. Odammizku. (kulib qo’ydim).
- Mahalladagilar tog’ga ketishayotgan ekan. Senam birga borib kel.
- Men tog’da nima qilaman?
- Aylanib kelasan? Havo almashtirib.
- Sizam borasizmi?
- Yo’q, men bora olmayman. Dodangni ko’rgani borishim kerak. O’rnimga sen borasan.
- Borishim shartmi? O’rnimga kimdir boraversin. O’zi qaysi tog’ga ketayapmiz?
- Qiriqqizga.
- Qayerga? Qayerda ekan u? Meni 40 ta qiz kutib oladimi? (Kulib qo’ydim)
- Joyni nomi shunaqa. Qiriqqiz bulog’i. Usha buloqlardan suv olib kelasan. Idishlarni tayyorlab qo’ydim.
- Do’kondan, mineral suv olib, ichib qo’ysak bo’lmaydimi?
- U suv, har hil kasallikka da’vo ekan. Borib olib kel!
- Bo’ldi. Hop dedimku.
- Yuzingni yuvib, choyingni ichib ol. Keyin ketasizlar. Avtobus keladi.
- Kecha etsangiz bo’lardiku...
- Gapni ko’paytirma. Tezroq bo’l. Qolib ketasan bo’lmasa.

Nonushta qilib, safarga kerakli narsalarimni olib, avtobus kelishi kerak bo’lgan joyga bordim. Mikroavtobus turibdi. Ichida 4 ta xotin o’tiribdi. Salom berib, avtobusni oldi o’rindig’iga o’tirdim. Keyin qolganlar kelib o’tirishdi. Hammasi ayollar. Bitta ham erkak yo’q. Hartugul haydovchi bor. Onamga ham hayronman. Shuncha xotin-halajni ichiga meni tiqib yubordilar. Undan ko’rasi, men dodamni ko’rib kelsam bo’lardi. Soat 6-30 larda mashina qo’zg’aldi. Qiriqqiz qaydasan deya, yo’lga tushdik. Haydovchidan uni qayerda ekanini so’radim. Uni aytishicha, Olmaliq shahridan 4-5 chaqirim uzoqlikda ekan. Ha. Toshkent viloyati, Olmaliq shahri. Bahonada u tomonlarini ham ko’rib kelaman. Ko’p tanishlarim bor edi. Hozir qaysi birini topaman. Keyin shuncha xalq, men tanishlarim bilan so’rashishimni kutib turishmaydiku. 1,5-2 soat deganda, Olmaliq shahriga yetib bordik. Ajoyib tabiat. Uzoqdagi zavod minorasidan chiqib turgan tutunni ko’rasiz. U atrofga tarqalmoqda. Har holda havosini toza deb bo’lmasa kerak. Har holda odamlar shu yerda yashab, ishlashayaptiku! Biz oddiy bir mehmonku. Olmaliq bozori yonida to’xtab, haydovchi, shu yerdagi haydovchilardan, Qiriqqiz bulog’iga boradigan yo’lni so’rab oldi. O’zi ancha oldin kelgan ekan. Yo’l esidan chiqibdi. 25 minutlar deganda, cho’lu adir orasiga kirib bordik. Bug’doy o’rilgan. Somonlar preslanmoqda. Hamma yoq sap sariq. Yashil o’tni uchratish qiyin. Dala bo’ylab kirib ketayapmiz. Tog’ga boramiz deyishgandi. Tog’ ko’rinmaydi. Uzooooqda ko’rinayapti. Faqat u yoqqacha bormasak kerak. Sekinlik bilan, bitta mashina sig’adigan yo’l bo’ylab, kira bordik. Ajoyib manzara ko’rindi. Katta chuqurlik. Ichi daraxtzor. Sekin kirib borayapmiz. O’ylayapman. Hech kim bo’lmasa kerak deb. Odam ko’rinmaydigan joylarda. Yo’l pastga tusha boshladi. Keyin avtomabillar turar joyi ko’rindi. Yo’q, ko’p mashinalar bor ekan. Adashibman. Mashinadan tushdik. Olib kelgan narsalarimizni ko’tarib, o’tirish uchun, mo’ljallangan joylardan biriga bordik. Shu kuni qandaydir tadbir bo’layotgan ekan. Bir ayol, ravon so’zlab, mehnat ahlini maqtamoqda. Atrofga qarasam, yo’lakda 4 ta stol turibdi. Ular har hil bezatilgan. Birida, qo’lda yasalgan, hunarmandlik buyumlari. Birida, non mahsulotlari va bug’doy, birida mevalar. Birida esa qishloq ahlini tadbirlardagi rasmlari. Qiziq, hosil bayramini qilishayotganmikan? Tadbir bo’layotgan joyga yaqinroq bordim. Mikrafonni bir qiz oldi. Adashmasam, boshlovchi. Ha, bu safar adashmadim. Boshlovchi ekan. So’zni, maktab rahbariga berdi. Boshlovchi qizning nutqi.... Takrorlanmas... Yoqimli... E’tirobor tortadigan... mayin... shirin... Bundan gapiradigan qizni, avval uchratmagandim. Husni ham chiroyli. Bo’ylari balandgina. Sochlarini bitta qilib, o’rib olgan. Qulog’ida ziragi bor, husniga husn qo’shib turibdi. U qiz haqida ko’p gapirib yubordimmi? Nahotki?! Bo’lishi mumkin emas. Uni yoqtirib qolayapmanmi? Rosti ham, men kutgan 40 ta qizni o’rnini bir o’zi bosadigan qiz ekanda. Tanishib olsam, zarar qilmasa kerak. Onamga telefon qilib, kelin topdim desammikan?... Telefonni antenasi yo’qku. Pastlikda bo’lganimiz uchundir. Mayli. Yoniga bordim. Unga sizga bir ikki savolim bor edi, - dedim. U keyinroq suhbatlashishini aytdi. Odob bilan! Qoyil qoldim. Hozir tadbirda yana so’zga chiqar ekan. Suhbatni yarim bo’lib qolishini istamas ekan. Menga, bo’sh o’rindiqlardan biriga o’tirib, tadbirni kuzatishimni so’radi. Kuzatdim. Rasq bo’ldi. 10 tacha bir xil kiyingan qizlar o’ynashdi. Atrofni kuzatdim. Sanasa rosti ham, 40 ta qiz chiqadi. Kam bo’lsa, yosh kelinchaklarni ham qo’shib sanarmiz. Hazil. Gapda. Zerikkanda. Nihoyat tadbir tugadi. Tadbir tugamasa, men tugashim aniq edi. Ungacha yonimda o’tirganlardan, Qiriqqiz haqida so’rab o’tirdim. Ular aytarli, ma’lumot bera olishmadi. Avval ham shu haqida turli, rivoyat, afsonalar eshitgan, o’qigandim. Qayta o’qiyman desam, o’sha o’qigan manbamni topa olmadim. Internetdan ham qidirib, hech nima topa olmadim. Keyin kallamga, shu yer haqida, internetga ma’lumot kiritish haqida fikr keldi. Shunga ma’lumot so’radim. Hozircha hech kim yozishga arzirli ma’lumot bermadi. Attang. Joyga gap yo’q lekin. Kun issiq bo’lishiga qaramay, bu yer juda salqin. Tepa juda issiq. Bu yer, oqayotgan suv hisobigami, yoki daraxtlar hisobigami, salqin. Havo ham nafis. Shularni hayol qilib o’tirgandim. Boshlovchi qiz kelib qoldi. Kutirgani uchun uzr so’radi. Men gap boshladm.
- Hozir qanday tadbir tugadi?
- Bu tadbir, Mustaqillik bayramimizga bag’ishlangan edi. Unda tuman hokimyatidan, mahalladan odamlar kelib, ishtirok etishdi. Siz shu tadbirga guvoh bo’ldingiz. Biz kasb hunar kollej bitiruvchilarimiz. Shu tadbirni o’tkazish bizga topshirilgan edi. Fikrimcha, ko’ngildagidek o’tkazib berdik.
- Rahmat. Ha, menga yoqdi. (Aslida zerikarli bo’ldi. Gap, gap, gap... O’zi shunaqa tadibir edi. U qizni aldamadim. Faqat to’g’risini aytmadim halos)
- Rahmat. Yoqganidan hursandman. Mendan shuni so’ramoqchi edizmi?
- Ha shuni.
- Kechirasiz. Sizni tanimayroq turibman. Bu yerlikka o’xshamaysiz?
- Ha, men Toshkentdan keldim. Buloqlarni ko’rgani. Mahallamdagi ayollar bilan.
- Mehmonman deng.
- Shunaqa desa ham bo’ladi. Mahallamizdagilar, qo’riqchi kerak deb, meni olib kelishdi.
- Haa.
- Hazil. Buloqni ko’rgani keldim. Shu buloqlar haqida menga ma’lumot kerak. Internetga qo’ymoqchiman. Bu yerda kimdan so’rasam bo’ladi?
- Men bilaman. Istasangiz aytib berishim mumkin.
- Vaqtingizni olib qo’ymaymanmi?
- Yo’q, nega, shuncha joydan kelibsiz?
- 50 km uzoqlikdan. Boya yo’lda kelayotganda, telefonda xaritaga qarab, o’lchadim.
- Rostdanmi?
- Endi bu vertalyotdami, samalyotdami kelgandada. Mashina yo’lda 76 km atrofida. Endi aniqmaskuya. Aniqlikka yaqin. Vaqtizni olmasligim aniqmi?
- Yo’q, aslo olmaysiz? Tadbir tugadiku. Yuring. Sizga tanishtiraman... VIII asrlarda bu yer ko’l bo’lgan. Shu yerni hamma yeri suv bo’lgan. (Qo’li bilan atrofni ko’rsatdi). Bu yerni chuqurligi 15-20 metr chuqurlikda. Shu toshlar suvni tagida bo’lgan. Shuning uchun qishloqni nomi “Ko’l-ota”. Shu yer ko’l bo’lgani uchun. Tepalikda Xonning rosa katta qal’asi bo’lgan ekan. Xonning farzandlari ichida yolg’iz qizi bo’lib, qizining 39 ta kanizagi bo’lgan. Qizlar jami 40 ta bo’lgan. Ana shu paytlarda bu yerga dushman bostirib kelgan. Dushman kim ekani noma’lum. Shunda Xon barcha askarlarini yig’ib, tog’ni orqasida ular bilan jang qiladi va yengiladi. Yengilgandan keyin qizlarga xabar yuboradi, “Bizlar yengildik, qochinglar” degan mazmunda. Shunda 40 ta qiz ham qal’adan chiqib, qochadi. Ular qochib ketishayotganda, dushmanning otliq askarlarini bularni quvlashadi. Otliqni ko’rgan qizlar, hammasi o’zini shu ko’lga tashlab yuboradi. 40 tasi ham cho’kib, halok bo’ladi. Keyin oradan yillar o’tib, bu yerdan dushman ketgandan keyin, ko’lni quyi qismiga, oradan 100-150 yil o’tibmi, odamlar ko’chib kela boshlaydi. Shundan keyin “Ko’l-ota”qishlog’i paydo bo’ladi. Bu qishloq vaqt o’tgan sayin kengayib, aholi ko’payib, suvga bo’lgan talab osha boshlaydi. Bir vaqtga kelib, ularga shu ko’ldan chiqayotgan suv, kamlik qilib qoladi. Keyin ular ko’lni og’zini kengaytirishga majbur bo’ladi. Har yili kengaytiravergandan keyin, suvni sathi kamayib, suv chiqib ketaveradi. Bir vaqtga kelib, bu yerdan hamma suv chiqib ketib, ko’lni o’rnida shu buloqlar paydo bo’ladi. Keyinchalik odamlar kelib, buloqlarni ko’rsalarki, hamma yoqdan suv chiqib yotibdi, sanab ko’rishsa 40 ta chiqayapti. Ushanda ular aytishadiki, bejizga 40 ta chiqmayapti, bu Allohni ko’rsatgan karomati, bir paytlar 40 ta qiz dushmandan qochib, o’zini shu yerda qurbon qilgan. Shuning uchun Alloh bu yerdan 40 ta buloq yaratib qo’yibdi. Endi biz ham, shu qizlarning qahramonligi uchun, shu buloqlarni “Qiriqqiz” bulog’i deb ataymiz. Shu buloqlar ularni ko’z yoshlari bo’lib qolsin deb, “Qiriqqiz” bulog’i deymiz. Bu old tomonda 28 ta buloq bor. 12 ta buloq manavi tepani (orqa tarafni ko’rsatib) orqasida bor. Ja’mi 40 ta buloq. Buloqlarining suvining mazasi har xil. 40 tasi 40 xil ta’m beradi. Bir biroviga o’xshamaydi. Chunki 40 ta qiz, 40 xil fe’lli bo’lgan. Manavi to’g’rimizdagi katta toshga qarasangiz, hozir hech narsani payqamaysiz. Agarda shuni rasmga olib, qarasangiz, bir tomonda xon, bir tomonda qizini ko’rishimiz mumkin. Ko’z bilan payqash qiyin. (Rasmga oldim. Xaqiqatdan ham, Xon va uning qizining siymosini ko’rish mumkin ekan). Bu buloqlarini hammasi har hil dardlarga davo hisoblanadi. Mana eng chekkadagisi, allergik kasalliklar uchun davo. Sharshara bo’lib oqayaptiku. Undan keyingisi, gijja kasalliklari uchun. Bundan keyingisi buyrak kasalliklari uchun. Bundan keyingisi Jigar kasalliklariniki.
- Bu kichkina qaysiniki?
- Bu hisoblanmaydi. Qishda to’xtab qoladi. Qishda buloqlar 40% ga kamayadi. Katta buloqlar qoladi. Mayda buloqlar yo’q bo’ladi. Yana Bahorga borib, ko’payadi.
- Bu suvlar chiqishi, yer tagidanmi?
- Noma’lum qayerdan kelayotgani. Olimlar ham topa olmayapti, qayerdan chiqib kelayapganini.
- Menimcha yerdan chiqadi. Boshqa manba yo’qku... Lekin qancha chuqurlikdan? Shunisiga qiziqgandim...
- Manavi buloq esa, Buqoq kasalliklari uchun.
- Hammasini ichib kelayapman.
- Ta’mini sezayapsizmi?
- Ha. Ta’mi hammasi har hil.
- Mana bunisi ichak kasalliklariniki, yonidagisi, ko’z kasalliklariniki. Ko’zni chayish kerak. Bu ichilmaydi. Mana bunisi, Qandli diabetga ichiladi. Bunisi oshqazon kasalliklariniki.
- Bular ilmiy tomondan tasdiqlanganmi? Shifo ekani?
- Yo’q. Buni bashoratchilar borku, ushalar kelib, ruhlar bilan gaplashib, shuni topishgan. Lekin hammasi aniq topilgan. Shuni ichgan odamlarni ko’pi shifo topayapti. Mana bu toshni ko’rayapsizmi? Ko’rinishi o’pkaga o’xshaydi. Bu buloq, o’pka kasalliklariga. Yonidagi ayollar kasalliklari uchun. Mana bu buloq, eng asosiy buloq hisoblanadi. Ziyorat buloq. Ota-bobolarimiz ziyorat qilib kelgan buloq. Bunga yuvinib bo’lmaydi. Bizning mahalliy aholi, bu suvga yuzini ham yuvmaydi. Bu shunaqa, toza buloq hisoblanadi. Mana bunaqa qizil tosh, faqat shu buloqda bor. Boshqa buloqlarda yo’q, Manavi, orqamizda turgan tosh, yurakka o’xshaydi. Bu suv, yurak kasalliklar uchun foydali. Nima uchun bu yerda yuvinib bo’lmaydi? Bu yerda bir avliyo odamning oyoq izi turibdi. (Izni ko’rsatib). Mana oyog’ining izi, mana piyolasining izi. Avliyo odam, shu yerga kelib, o’tirib, piyolasida suv ichib ketgan. Shuning uchun, bu yerda faqat idishda suv ichinglar deyapti. Endi bizda har doim idish bo’lmaydi. Shuning uchun qo’lda ichishga ruhsat beriladi. Mana bu yerida kavakcha bor. Yonidagiga ahamiyat bermang. U yerdan olishgayam harakat qilmaslik kerak. Tangani mana shu kavakka tashlanadi va olinadi. Donalab tashlanadi. Har bir niyat uchun, bitta tashlanadi. Kavakning ichiga tushib ketsa, uning niyati amalga oshgan bo’ladi. Hammani tangasi ham tushavermaydi. Ba’zilarniki yarimida qolib ketadi. Ba’zilarniki tepada qolib ketadi. Ichiga tushganning niyati amalga oshgan bo’ladi. Keyin bu buloqni befarzandlar ziyorat qiladi. Befarzandlar kelib, shu kavakka qo’l soladi. Faqat befarzandlar. Mana shuni ichidan nima ilinsa olib chiqiladi. Nafaqat tanga emas, ichidan taqinchoq ko’zlari chiqadi. Birovlarga uzuk chiqayapti. Birovlarga zanjirlar chiqayapti. Olgan narsasini olib ketadi. Qaytib tashlamaydi. Olgandan keyin saqlaydi. Toki farzandlik bo’lguncha. Farzandli bo’lgach, olib kelib, joyiga tashlab ketadi. Bizga har kuni, bitta, ikkita inson, farzandli bo’lib, shu yerga kelib, tashlab ketayapti. Qiriqqiz degan joy, shu befarzand, baxti ochilmaganlarni joyi. Tushundizmi? Hozirda bu yerga boshqa millat vakillari ham kelib, qo’l solishayapti. Shuning uchun ham biz, bu buloqni juda e’zozlaymiz. Kovakdan, onasi qiziga, keliniga, opa singil bir biroviga olsa bo’ladi. Tepada daraxt borku, usha yerga e’tibor bersangiz, hamma yog’i romol. U yerga faqat ro’molcha, ro’mol yoki belbog’ bog’lanadi. Tugub tashlanmaydi. Keyin bu yechiladi. Baxti ochilmaganlar baxti ochiladi. Har hafta yechiladi. Yana shunday bo’lib qolaveradi. Keluvchilar bog’lashadi. Mana bu yerda qon bosimi oshuvchilar uchun buloq, yonida oyoq og’rig’i uchun buloq. Bunda suvga tushib, 1 daqiqa turiladi. Oshiq turmaslik kerak. Suv sovuq. Aks ta’sir qilishi mumkin. Qolgan buloqlar orqa tarafda. O’zingiz bemalol borib, ko’rishingiz mumkin.
- Ma’lumotlar uchun rahmat. Siz bularni qayerdan bilasiz?
- Menga otam aytib berganlar. Otam otalaridan eshitganlar. Ular otalaridan... Shunday qilib, yetib kelgan. Otam shu yerda ishlaydi. Men har kuni kelmasam ham, vaqti vaqti bilan ziyoratga kelib turaman. Shu suvlar tarmoqlari, oxiri bitta bo’lib, chiqib ketadi. Bu yer suv tarmoqlari va daraxtlar hisobiga salqin turadi. Anavi yerida (tarmoqlar yig’ilgan joyni ko’rsatib) baliqlar bor. Yuring ko’ramiz.... ko’rdingizmi? Bu baliqlarni ovlab bo’lmaydi. Shu yerda yashaydi.
- Ha. Chiroyli baliqlar ekan. Suv tiniqligidan, ularni suzishini yaqqol ko’rsa bo’larkan. Suvda aksiz ham ko’rinib turibdi. Juda chiroyli ekansiz?
- Uyaltirmang. (Kulib, teskari qarab oldi).
- Nega uyalasiz? Bu yerni tarixini gapirib berganingizni, mazza qilib eshitdim. Oldin, hech qayerda bunday nutqni mazza qilib, eshitmagandim. Rahmat sizga.
- Arzimaydi. Bularni endi qanday qilib, internetga joylaysiz?
- Oddiy. Rasmlari bilan. Rasmga oldim. Shularni qo’yaman. Va aytganlarizni yozaman.
- Hammasini eslab qoldizmi?
- Yo’q, telefonning diktafoniga yozib oldim. Uyga borib, eshitib, yozaman.
- Ancha pishiq ekansizku?
- Ha, endi, hayot pishitadida.
- Yozganlarizni qachon o’qisam bo’ladi?
- Aniq ayta olmayman. Harakat qilsam, bir kundayam. Hozir sal vaqtdan muamo bor. (aslida internetdan muamo bor. Internet paketim tugagan. Yangisini qanchon olaman, bilmayman). Endi buni bir o’tirib, bemalol yozishim kerakda.
- Ha. Aytarsiz.
- Qanday qilib? Telefoningiz raqamini bering?
- Men telefon ishlatmayman. Lekin sizga otamnikini beraman. Ularga aytsangiz, meni chaqirib beradilar. Siz haqingizda aytib qo’yaman.
- Hop. Mayli. (Hozirda telefon ishlatmaydigan qizlar ham bor ekanda. Shu tomonlari tobora menga yoqib ketayaptiyuuu). (Shu payt telefonimning batareykasi tugab, o’chib qoldi). Afsus, telefonim o’chib qoldi. Qog’ozga yozib bering.
- Hozir. (Sumkasidan, yon daftarcha chiqarib, bir varroq qog’oz yirtdi. So’ng raqamni yozib berdi.) marhamat.
- Rahmat. Qo’ng’iroq qilib, aytaman. (Raqamga qaramasdanam, ko’ylagimni old cho’ntagiga solib qo’ydim).
- Kutaman.

Keyin bu qiz bilan xayrlashdik. U jamoasi bilan ketdi. Men buloqlarni yana bir bor aylanib chiqdim. Olib kelgan idishimga, suvlardan har biridan solib chiqdim. Orqa tarafdagi buloqlarga ham o’tdim. Tepaga chiqib, bu yerni yuqoridan ko’rinishini ham ko’rdim. Darxaqiqat. Uzoqroqdan, bu yer ko’ldek, yashil ko’ldek ko’rinayapti. Daraxtlar yer satxi barobarida o’sgan. Men turgan joy, pastga qaraganda issiq. “Yondirayapti”. Qiriqta qizni o’rnini bosuvchi qizni, telefoni yo’qligi chakki bo’ldida. Telefon qilib, gaplashib turarmidim. Otasiga nima deyman. Atigi bir marta gaplasha olamanku. Internetga chiqdi deb. O’zi buni qachon yozib bo’laman? Onamga aytsammikan? Sevib qoldim deb. Rosa sevdiradilar keyin. Uzoq deb rozi bo’lmasalarchi? Nima bo’lsa ham aytaman... Mahalladagilar ham, aylanib chiqishayapgan ekan. Ulardan, bu yerni tarixini so’rasam, bilishmas ekan. Bir boshidan yurib, qiz aytgan, hamma gaplarni aytib berdim. Buloqlarni nomlarigacha. Hamma hammasini. Oldin birovni gapi esimda qolmasdi. Lekin bu qizni har bir gapi esimda turibdi. Qoyil. Keyin baliqlarni tomosha qilib o’tirdim. Ko’prikda. Hayol surib o’tirdim. Shu payt nogohon kimdir orqamdan o’tib, turtilib ketdida, suvga yiqildim. Qo’limni suvni tagiga tirab qoldim. Boshim, yelkam, bore, qornimgacha suvga kirib qoldim. Oyog’im, belim ko’prikda qolib ketdi. Men yiqilayotganimda, butunlay tushib ketsam kerak deb o’ylagandim. Turtib yuborgan odam, tezda meni qayta tortib oldi. Chuqur nafas olib yubordim. Yaxshi chuqur emasdi. Suvga tushgan paytim ko’zimdan, ming bir hayol o’tdi. Qiriqqiz va bir yigit bulog’i... Drrr. Tavba qildim. Ko’ylagimni yechib, yoyib qo’ydim. 15 daqiqada quridi. Soat 16-00 larda, uyga qaytish uchun yo’lga tushdik.... Yo’lda o’ylab kelayapman. Qiriqqiz bulog’i. U qiz aytganlari afsonalarga ko’ra. Aynan bir ishonchli manba yo’q. Ziyoratda farzand so’ralishi... menimcha bu ham xato bo’lsa kerak. Avvalo, farzandni Allohdan so’rash kerakku. Natija bo’layapti deyildi. Davo bo’layapti deyildi. Asosiysi ishonchda. Odam nimagadir ishoncha, chin dildan so’rasa, albatta ijobat bo’ladi. Ruhiy tuzalish, tana tuzalishiga olib keladi... U qizam, eshitganlarini aytayapti endi. Men ma’lumot so’radimku. Qiriqqiz bulog’i, yana Namanganda, Qashqadaryoda, Nukusda, yana qayerlardadir bor deb eshitdim. U yerlarni tarixiga ham qiziqayapman. Bularni qanday bir biriga bog’liqligi bor. Yoki qanday farqi bor... O’ylantiradigan savollar. Menga javobsiz, savollar...
Uyga yetib keldik.
- Ona, onajon. Assalomu Alekum. Aytgan suviningizdan olib keldim. Mana bunisi qon bosimiga, mana bunisi allergiyaga, mana bunisi yurakka, mana bunisi oshqazonga, hammasidan bor. Haliroq yozib qo’yman. Adashib ketmaslik uchun. Iching.
- Voalekum Assalom. Keyinroq ichaman. Salqinga qo’yib qo’y.
- Hop. Sizga bir gap aytmoqchidim.
- Aytever.
- U yerda bir qiz bilan tanishib qoldim.
- Keyin yoqtirib qolding.
- Ha.
- Telefonini olding.
- Yo’q. Ha. Yo’q. Telefoni yo’q ekan. Otasini telefonini oldim.
- Shunga, uni uyiga ...
- Borishim kerak.
- Ha. Borishiz kerak. Mana raqami... voy... o’chib ketibdiku.
- Qanaqa qilib, o’chib ketadi?
- Suvga tushib ketgandim. Ko’ylak ho’l bo’lgandi. Ivib, o’chib ketibdi. Qog’oz borligi esdan chiqibdi.
- Qog’ozda telefon raqami borligi esingdan chiqibdimi? Demak o’sha payt, hayolingda bo’lmagan. Rosti ham yoqtirib qolganingda, qog’ozni olish esingdan chiqmasdi. Birinchi cho’kayotganingni o’zida, birinchi qog’ozni olarding.
- O’sha yerga boramiz. Otasi usha yerda ishlarkan.
- Qiz, o’sha yoqdanmi?
- Ha.
- Men uzoqdan kelin olmayman. Shu yaqindan, ziyoratga borganlardanmi debman.
- Onajon!
- Qayerda ekan o’zi Qiriqqiz.
- 50 km. 50 km uzoqlikda. Olmaliqdan o’tgandan keyin. Lekin qizni uyi qayerda ekanini bilmayman.
- Ismi kim?
- So’ramabman.
- Otasini ismichi?
- Uniyam so’ramadim. Lekin qog’ozga yozgan ekan shekl. O’qib bo’lmayapti. Chaplanib ketgan.
- 50 km ga sovchilikka boramanmi? Hali u senga tegishga rozi bo’ladimi?
- Rozi qilaman.
- Qo’ysangchi, yaqinroqdan topib beraman senga. Zo’r qizlar bor. Ammang yaqinda bittasini telefon raqamini berdi. O’sha yoqqa olib borasan.
- Lekin sevgimchi?
- Sevgi to’ydan keyin. Biza oldin, tegasan deganda tegib ketganmiz. Otang ham, uylanasan deganda, uylanib ketavergan. Boshqasini sevgan bo’lsalar ham.
- U paytmasku hozir...
- Qaysi paytligini menga eslatma.
- Axir..
- Axir uni sevib qolgansan. Bir ko’rishda. 1 haftada unutasan. Seni yaxshi bilamanku. O’zing ayt. Bu shu oyda nechanchi sevib qolishing.
- 4 chisi.
- Ana. Har haftada, bittasini sevib qolayapsan.
- Mayli. Ko’ndirdiz. Bormaymiz.

Ehhh. Yoshlik... Ko’ngil. Taqdir nasib qilmasa bo’lmaydi. Nasib qilsa, 500 km uzoqlikdami, 5000 km uzoqlikdami bo’laveradi. 50 km nima degan gap? Agar oyoq tirab olganimda, onam borardilar. Lekin baribir, ko’ngillari bo’lmasa, majburlab nima qilaman. Mayli, o’zlari hohlaganlarini, orzularidagini olib bersinlar. Men roziman. Menga o’zimdan ko’ra, ota-onamni orzulari muhimroq. Shuni istar ekanlar.... Meniyam ko’ynimga qararlar. Balki 40 ta qizni o’rnini bosuvchi qizdan ham, yaxshi qizni toparlar...

Manba: Giyos.ucoz.org
Mualif. Giyos Gapparov
Tamom.

Monolog...
“Sevgim qoldi, mendan 50 km uzoqda, yuragimdan olisda. Bir bora ko'rib uni, so'zlarini tinglab uni, sevgim qoldi u bilan. Bir so'z aytolmay, ko'zlarin undan uzolmay, sevgim qoldi u bilan. Manzildan adashib, cho'lu-dashtda izg'ib, sevgim qoldi u bilan. Kechalari uhlolmay, tongni sira kutolmay, sevgim qoldi u bilan. Sevgim yig'lar 50 km uzoqlikda, bee'tiborlikda. Endi kelmaydi u, qolib ketdi u, esdan chiqardi u, unutdi u... Sevgim yurar 50 km uzoqlikda, hech kimni tanimay, hech kimni bilmay, uni qidirib... Mensiz topa olarmikinsan? Meni nigohlarimsiz taniy olarmikinsan?”
 
NinUДата: Вторник, 27.08.2013, 03:49 | Сообщение # 2
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 9
Репутация: 2
Статус: Offline
judayam chiroylii hikoya ekan. Buloq haqida oqib buloq koz oldimga keldi judayam chiroyli tasvirlangan. Boshlovchi qizi nomeri o'chib ketganini o'qib hafa bo'p ketdim....
G'iyosaka ijodizga omad tiliman.
 
Xusan_uzДата: Вторник, 27.08.2013, 20:48 | Сообщение # 3
Группа: Qadrli mehmon





eee gap bo'lishi mumkinmas
 
SoginchДата: Суббота, 31.08.2013, 02:17 | Сообщение # 4
Группа: Qadrli mehmon





Sizgayam qiyin bopti......Sevgidan bowqa tawviwyiz yog'akanda aqlli akam)))
 
Giyos/FORUM » ASOSIY » HIKOYA VA MONOLOGLAR » 50 km. (Qiriqqiz bulog’i) (Giyos yozgan hikoya) (Hikoya)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter