Qizaloq tug’ildi. Latif nevaralik bo’ldi. Voyaga yetmay tug’gan qizini, nikohsiz tug’ilgan bolasi bilan tug’riqxonadan olib chiqishayapti. Hech kim hursand emas. Hech kim suyunmayapti ham. Xatto shifokor doyalar ham buni bilib, suyunchi so’rashmadi. Latif egik boshini hali ham ko’tara olgani yo’q. Mana bola tug’ildi. Endi u aybdorni topadi. Uni qamatadi. Uni qizini nomusini, yo’q, o’zini nomusini toptagan yigitni qamoqda chiritadi... Ozmi ko’pmi vaqt o’tdi. Boladan va gumonlanuvchi yigitdan DNK tekshiruvi olindi. Endi javobi kutilmoqda. Yigit sal hayajonda. Hayajondamas. Qandaydir boshqacha. U bolani otasi bo’lib chiqsaya? Yo’q. Bunday bo’lish
... Читать дальше »