Четверг, 12.12.2024, 01:02
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Monolog - Страница 6 - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 6 из 8
  • «
  • 1
  • 2
  • 4
  • 5
  • 6
  • 7
  • 8
  • »
Monolog
ShohiДата: Пятница, 31.05.2013, 23:45 | Сообщение # 126
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 838
Репутация: 12
Статус: Offline
O'g'rini tutilaaaaaar))) nik o'g'irlanyapti))

Bu yerdayam o'sha o'sha gap) Baxt meni kutmoqda, olis....olisda!))
 
FC_PAXTAKORДата: Пятница, 31.05.2013, 23:56 | Сообщение # 127
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Naqadar vahshiylik))))
 
SoginchДата: Суббота, 01.06.2013, 00:00 | Сообщение # 128
Группа: Qadrli mehmon





Seni yeymaaaan debdi quyon boriga))))))
 
BumBumCHaДата: Воскресенье, 02.06.2013, 00:20 | Сообщение # 129
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 142
Репутация: 7
Статус: Offline
Yurak hamon seni
sog'inar
Seni eslab
tinmay so'raydi
hayron nima qilishga...
Yurakdan iltimos qilar seni
unutishga
Yurak ko'nmas bunga
hech ham U
kechirgan hatto
hiyonatingni ham
Aqlim
aytar u seni unutgan Ahir u
seni hech qachon
sevmagan Yurak bunga hech
ham ishonmas
U mendan o'zgasini sevolmas
Aql aytar esla o'tgan
voqealarni
Sen bilan
bo'lgan fojialarni
Yurak
aytar o'tmishda men baxtli edim
Rashq tufayli u bilan
urushgan edim
Aql aytar
nega hozir yo'q u yoningda
Quvonch ulashmas
hayotingda
Yurak aytar u
yonimga qaytolmayapti
Uni
kechirishim aytolmayapti.

Добавлено (01.06.2013, 23:08)
---------------------------------------------
KεtαqσL εndι mεnι qαLbιmdαn
uch.. Mεn yεtmαgαn bαxtnι
mαyLι özgα b.n quch...
Nιmαdαndιr chöchιb közιmgα
mαyus bσqαrdιng, YαrαLαngαn
yurαgιmnι qαytαdαn
tιrnαrdιng. Kεyιn
quchσqLαgαnchα uzr sörαrdιng
mιng bσr. Mεn εsα
quchσqLαrdιm sεnι xuddι
sönggι bσr.. Tσngnι ιLιq
nurLαrιdα quyσshdαy
pσrLαysαn.. QöLLαrιmdαn uch
mεnιkι εmαssαn..! KεtαqσL εndι
qöLLαrιmdαn uch, Bιr bιrιmιzgα
bεgσnαmιz εndι.. Mεn
yεtmαgαn bαxtnι özgα b.n
quch.. VιsσLιng öchmαs
yurαgιmdαn mεnι.. ILtιmσs
kεchιr kεchιrσLsαng mεnι...

Добавлено (01.06.2013, 23:20)
---------------------------------------------
sizni sevardim tugrisi
xoziram sevaman
siz
xaqizda endi uylasham
manga gunoxligini
bilaman lekin u shirin
damlarimizni uylash
uchun xar qancha
gunoxni JAZOsiga
roziman bundan ortiq
yana qanday azob
bulishi mumkin.
Endi kuzlaringa tuyib
qaromiman bu
kuzlarimga JAZO.
sizni erkalay olmiman
yagonam
deyolmiman ........im
deyolmiman bu tilimga
JAZO.
endi qullarizdan
tutolmiman bu
qullarimga JAZO.
endi mani malikam diyolmaysiz
bu qoloqlarimga JAZO
endi yoningizga borolmayman
bu oyoqlarimga JAZO
Sizni bag'rimga bosolmayman
bu sevgimga berilgan JAZO weep

 
MirzoxidДата: Воскресенье, 02.06.2013, 01:00 | Сообщение # 130
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Репутация: 0
Статус: Offline
Бум Бумзу'р ёзибсиз деб ёзишга бир оз... лекин юракдан чик,ибди

Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
 
BumBumCHaДата: Воскресенье, 02.06.2013, 04:52 | Сообщение # 131
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 142
Репутация: 7
Статус: Offline
man yozganim yó , rahmat
 
M@$terДата: Пятница, 14.06.2013, 00:39 | Сообщение # 132
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 9
Репутация: 0
Статус: Offline
Sevgilimga atalgan bitik.....................

Ishq oxudir otib qo’yding sen,
Ishq sir edi sotib qo’yding sen,
Sevdim avval o’t bo’lib sevdim
Endi qilib xazar qilib ketaman

Xavotir bo’lmang yo’q bu ishqiy maktub emas “ o’ldim kuydim qabilidagi dil isxori xam emas”. Bir paytlar qalbim qatidan sizib chiqgan yuqoridagi satrlarni savollarimga sarlavxa- shunchaki epigref qilib oldim xolos. Bilaman bu gaplarni o’qishga zor emassiz, bunga sizda mayl xam istak xam , vaqt xam va endilikda extiyoj xam yo’q. shunga qaramay o’qing loaqal bir sidra ko’z
Yugurtirib chiqing yo’q bu buyruq emas balki istak mani yuragimdan chiqgan oddiy bir istak, zero bu siz bilan qog’oz orqali so’ngi suxbatim, so’nayotgan olovning so’ngi yolqini.
       Shunday qilib avjga chiqgan navo tarang tortilgan tor birdan uzildi. Sezib turibmanki bu so’zlarni o’qiyotib dilingizdan “ bu gaplar baribir bexuda bu bilan baribir xech narsa o’zgarmaydi’ degan o’y o’tmoqda. Qaydam bo’lsa bordir, balki boshqachadir.
        She’laringizdan taskin toparman deb umid qildm.
                                         Aslo umidlarim qoldilar yetim,
                                         Intiqlikdan toliqib ketdim.
Tiqirlagan eshikdan, shildiragan xazondan, jiringlagan telefondan xam biror nido darak kutdim. Aslo jimjitlik, esiz,
                                        Tuyg’u gul edi toptab ketdingiz siz,
                                        Tuyg’u shabnam edi tuflab ketdingiz siz.
Men esa qo’shiqda kuylanganidey bilmay bosdim tikonni, tortadurman jabrini.
       Yuzigizga qarashning o’zi bir daxshat. Ana jaxolatu ana qaboxat menga  nisbatan nafrat ozgina diyonati bor inson axir  inson bolasiga qotilga yo qirq boshli insonga qaraganday jirkanib, yeb yutguday bo’lib qaramasa kerak. Xullas umrimda  xech qachon xech kim qarshisida shunchalar mulzamu muztar bo’lmaganman, qaniydi yer yorilsayu yerga kirib ketsam. Davomi bor……………………
 
SoginchДата: Пятница, 14.06.2013, 01:00 | Сообщение # 133
Группа: Qadrli mehmon





Qoyiiiilll)))))
 
SokinaДата: Пятница, 21.06.2013, 22:39 | Сообщение # 134
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Ajab!...
bir xillik...
xayollar xotiraga qarab odimlaganda mushtarak qo'sh jilg'adek yonma yon shoshib, galma gal sukunatni buzar toshlarga tegayotgan shoshqin suv kabi...
ohangrabo zarbchalaridan song yana oynoqlab ozod ketar daryoga sayin...
Xudo-yo, bir fursat eslatma o'ngu-xayolim va kongilimda qolgan zarbchalarning mungli qoshig'in chalgan ul mashshoq- azobli uch kunlik uyqudan uygonmay sarosar kezganim onamni izlab va diydor yetganda uyg'onib "dod" deya onamni yam-yashil bog'danmas, oppoq bo'yoqda sovqotgan xonada xolamni topganim...
Eslatma xudo-yo, asli kerak bo'lmagan dunyoga onamni yana bir bora yo'qotib qaytganim eslatma.menga onamning nur kabi yonimdan uchib ketganin eslatma!
Diydor nega to'ymasak undan na bir halovat ,na taskin topsak ,alhazar tiriklik mavhumlik demak ,balki yana hammasi yaxshilik deya taqdirga jimgina ko'nishim uchun berilgan sinovdir sinov!
Lek, qalbimning qayerlaridir shu diydorga ko'moq istaydi anglaganim shu...
Ex!... jigarlarim bag'rini xun qilgan uch kun mening qalbimdan to'langan badaldir ehtimol...
Xudoyo,bu sening chin marhamating ayriliq zarbiga
ming pora bolingan qalbimga malhaming bolgandir ?!
Men osiy bandangman musharraf etganing oniy diydorga ko'nmayin so'nganing qulingga ishorat etib bayon etganing:
o'lim haq ,chin mo'min azasi uch kunga!


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Воскресенье, 30.06.2013, 10:45 | Сообщение # 135
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Jonginam, nega yolg'on aralashtirdingiz sevgimizga... Qildingizku sevgimizni uvol... Yurakdan chiqayotgan nolalaringiz begonami endi menga... Ishonardimku axir sizga o'zimdanda ortiq, o'zizdanda ortiq. Jonginam,qalbimni solib qiynoqqa, ketdingizku yiroqqa. Sabr tilab, sinab sabrim, sindirdingiz ko'nglim. Chala jonman, bir ahvolman. Jonginam, sizsiz endi uvolman. Hasta yurak, hasta qalb, hasta ko'ngil... Kim butlaydi bu bechoralarim... Jonginam, men bularsiz kimman? Sizsiz kimman? Sizsiz bir hastaman. Siz yolg'onchi... Xayr.
 
SoginchДата: Воскресенье, 30.06.2013, 11:04 | Сообщение # 136
Группа: Qadrli mehmon





Giyos aka yangamiz bn urushib qoldiyizmiiii hechqisi yoq arazini ochvolasiz))))
 
Begzod.Дата: Понедельник, 01.07.2013, 03:30 | Сообщение # 137
Группа: Qadrli mehmon





Zör qoyil davomini kutamiz intiqlik bilan.
 
SokinaДата: Понедельник, 15.07.2013, 21:43 | Сообщение # 138
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Soginch,bu badiiy ijod undan tashqari Giyos koproq ekstrovert ijodkorlarga xos tarzda qalam tebratadilar)

Добавлено (01.07.2013, 17:42)
---------------------------------------------
O ,bu dunyoning kengligi senda ,doimo bag'riga chorlovchi quyoshli -KULGUCHLI O'LKA!
Zaminda bundayin orombaxsh makon yana bormikan?!
Mehribon,issiq yuz sodda insonlar...
Sarafroz, serjilva , osuda makon goh shoshqin ,goh sokin maslakdosh daryo...
Purviqor tog'larda yaltiragan yax...
Yam-yashil o't-o'lan,dov-daraxt,yulduzli osmon...,bari qadrdon!
Men seni sogindim,Kulguchli o'lkam!

Добавлено (15.07.2013, 20:43)
---------------------------------------------
... muhabbatning yo'llari uzun...
Olam uzra sochilgan insonlarning tug'ilishi va atak-chechak qilib qadam tashlashi muhabbatning uzuuuuun yo'llaridan boshlanadi...
Allohning begunoh go'daklarga nisbatan muhabbati beqiyos bo'ladi.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Вторник, 16.07.2013, 09:45 | Сообщение # 139
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Sevayotganingda, so'ramay sevgandingku. Ketayotganingdayam, so'ramay ket... Nima? Sensiz yashay olmaymanmi? Seni uchratguncha qanday yashagan bo'lsam, yana ushanday yashayveraman. Kunlarim sensiz o'tmaydimi? Tunlari sensiz o'tmaydimi? O'tadi. Avvalgidek. Sensiz hecham qiynalmayman. Seni deb siqilmayman. Shunday bo'lsa, vaqt o'tib ko'nikaman. sensizlikka ko'nikaman. Huddi sen mensizlikka ko'nikkaningdek... Indamay, aytmay ketsang bo'lmasmidi? Sen haqingdagi savollarim so'roq ostida qolmaydimi? Parchalangan yurakdan ko'ra afzalroq edi. Qani? Ketsang endi ket. Ortiq seni ko'rishni istamayman. Oldimda yana seni bir daqiqa ko'rsam, nafasdan qolaman. Bo'g'ilaman. Ketib, qaytishni hayolingga ham keltirma. Boshqa ko'rinmay ket...
(Qiz smsni o'qib bo'ldi va yigitga javob yozdi)
Tentakkinam. Kim aytdi sizga, meni ketadi deb. Men sizni unutmadim. Unutmayman ham. Chunki doimo yonizda bo'laman. Qayerdan oldingiz bu ¨ayriliq¨ gaplaringizni? O'qib juda ham kuldim. Yomon tush ko'rgan bo'lsangiz kerakda? Sevayotganimda so'ramay sevgandim, endi har kun eslatib, sevaman...
 
SoginchДата: Вторник, 16.07.2013, 13:31 | Сообщение # 140
Группа: Qadrli mehmon





Teskarisi boliwi keragidiku.Xuddi yigit arazlab qoganday bopti ha hs ha ha)))))
Qiz bn yigitni orni almawib qoptida)))))
Arazingiz ochilmaydi nechun erkaaamm))))))
kulib o'laman Giyos aka yangamizamas siz arazlab turasizmi deyman)))))))
 
MirzoxidДата: Вторник, 16.07.2013, 14:43 | Сообщение # 141
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Репутация: 0
Статус: Offline
Сог'инчхоним илхомака келганларида кимни аразлашини фарк,и к,олмайди smile

Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
 
SokinaДата: Вторник, 23.07.2013, 20:03 | Сообщение # 142
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Sog'inch !
Judayam ilhaq qilguvchi tuyg'u ...
Sog'inch!
berahm va beshafqat tuyg'u...

Yaqinlaringizni yoningizda payti qadrlang...


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
SoginchДата: Среда, 24.07.2013, 13:02 | Сообщение # 143
Группа: Qadrli mehmon





Sokinani yozgsnini yaxwilab oqiylar bu degani Soginchni qadrlanglar degani bomasa bewavqat anakondaga aylanafi demoqchi))) Soginch tarjima qildi))))
 
GiyosДата: Суббота, 27.07.2013, 08:43 | Сообщение # 144
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Sevgim qoldi, mendan 50 km uzoqda, yuragimdan olisda. Bir bora ko'rib uni, so'zlarini tinglab uni, sevgim qoldi u bilan. Bir so'z aytolmay, ko'zlarin undan uzolmay, sevgim qoldi u bilan. Manzildan adashib, cho'lu-dashtda izg'ib, sevgim qoldi u bilan. Kechalari uhlolmay, tongni sira kutolmay, sevgim qoldi u bilan. Sevgim yig'lar 50 km uzoqlikda, bee'tiborlikda. Endi kelmaydi u, qolib ketdi u, esdan chiqardi u, unutdi u... Sevgim yurar 50 km uzoqlikda, hech kimni tanimay, hech kimni bilmay, uni qidirib... Mensiz topa olarmikinsan? Meni nigohlarimsiz taniy olarmikinsan?
 
MirzoxidДата: Суббота, 27.07.2013, 21:45 | Сообщение # 145
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Репутация: 0
Статус: Offline
sad ;(

Добавлено (27.07.2013, 20:45)
---------------------------------------------
яашаябман мен хам 5000 км узокда sad


Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
 
LoadingДата: Воскресенье, 28.07.2013, 15:42 | Сообщение # 146
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Bg'avo. Jiddiy tasrli satrlari ko'p ekan.

Yozilib qoldi.
Seni uchratgan kunim tarixlarda yozilib qoldi. Kundaligim yuqorisida sening isming yozilib qoldi. Varroqlarning qavatlarida quvonchlarim o'yilib qoldi. Ko'chalarning yo'laklarida qadamlarim bosilib qoldi. Havolangan chang-g'uborlarda oshiqqanim yozilib qoldi. Gulchi ayol kulib qoldi. Kulguchlari guvohim. Balki uning xotirasida romantik deb yozilib qoldi?
San bilan uchrashgan joyimizda qizardi gullar, xazonlar uyalib yuzini yashirdilar. Gul tikani kirdi qo'limga qizil qonim to'kilib qoldi. Bog'lab qo'ygan ro'molchanga chin sevishim yozilib qoldi.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
RaVsHaNBeKДата: Понедельник, 29.07.2013, 00:45 | Сообщение # 147
Майор
Группа: Talaba
Сообщений: 163
Репутация: 4
Статус: Offline
man doimo qoil qop keganman loadingni xamma yozgan monologlariga)) hands
 
SokinaДата: Четверг, 08.08.2013, 09:02 | Сообщение # 148
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Ravshanbek , qo'shnim ajoyib monologlar yozadilar lekin negadir juda kam yozadilarda)

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
LoadingДата: Четверг, 08.08.2013, 19:55 | Сообщение # 149
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Репутация: 7
Статус: Offline
Nafis gullar, tog'lar xaybati. G'uvullaydi shavboda sekin. Yong'oq dadil bo'y cho'zar ko'kga. Qushlar bozor ochganlar xuddi. Xarsang toshni pana qilgancha parashut gul oydek bo'libti. Mayda toshlar to'kilaverib axir soyni chapga burubti. Suvni ortga oqmaydi deysiz, shuning bilan arazlab ketti.
Ro'molingni qayta bog'laysan, qoshlaringa qo'ngan ne o'ylar. Kiprik qoqib ko'zing yashirib, chuqur nafas olasan asta. Suv yuzidan g'uborin surib, toshlar yuzin yuvasan uzoq. Bolaligim, mening chashmam. Keldim yana sirlarim aytib, qolmadi dardim, baxtliman bugun. Meni kechir uni sevaman, menga juda-juda mexribon. Sen doim qolsam sog'inib, oladida bag'riga bosib. "Chashmam" deydi meni erkalab, sendek mayin silaydi sochim.


Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
 
SokinaДата: Четверг, 08.08.2013, 20:27 | Сообщение # 150
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Ajoyib!

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
  • Страница 6 из 8
  • «
  • 1
  • 2
  • 4
  • 5
  • 6
  • 7
  • 8
  • »
Поиск:
Flag Counter