Monolog - Giyos/FORUM
Monolog
| |
Giyos | Дата: Суббота, 02.04.2011, 15:58 | Сообщение # 1 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Qisqa monologlar bu yerda
|
|
| |
JASMINA | Дата: Суббота, 02.04.2011, 19:46 | Сообщение # 2 |
Jasmina
Группа: Talaba
Сообщений: 7
Статус: Offline
| "Qalb o'g'risi" Salom. Sizga ozgina aytadiganlarim bor edi, siz o'ta ketgan hudbinsiz,gap-so'zlariz bilan hammani o'zizga qaratib keyin qochib qolasiz,avval do'stlikni taklif qilas keyin qalbni o'g'irlab hech narsa bo'lmagandek yurvuras,o'zi sizda yurak bormi?! Qancha qizlarni qon yeg'latgansiz u manga qorong'u,sizga usha kuni qalbimni ochgandim siz esa ustimdan kuldingiz,sizdan nafratlanaman,siz o'z sevgingiz u-n kurashishni bilmaydigan qo'rqoqsiz,qalbingiz tosh kabi qattiq,har tong sizdan bir og'iz shirin so'z eshitarmikinman deb intiqib kutaman lek sizdan sado ham chiqmaydi,menga boshqa xat yo'llamang,biz endi do'st ham bo'lolmaymiz.
Сообщение отредактировал JASMINA - Суббота, 02.04.2011, 19:50 |
|
| |
Giyos | Дата: Воскресенье, 03.04.2011, 13:39 | Сообщение # 3 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Mayli men o*g*riman Mayli siz meni shunday atang. Balki o*g*ridirman siz etganchalik. Mayli kurashay sevgim uchun, siz uchun. Lekin sizga bir gap. Siz meni bilmaysizku?! Men aslida qandayligim sizga qorong*u. Hatto gaplashmagansiz. Faqat yozuv bilan sevib bo*lmaydi. Hohlang siz un har tong she’r bitay. Lekin siz savol berdingizmi? U kim o*zi dib? Yo*q. Siz meni ko*ring. Yaqindan biling. Gaplashing yuzma yuz. Keyin ayting izohoriz. Men kurashay so*ng siz uchun. Siz menimas, meni internetdagi hayol dunyoyimni bilasiz. Shuni o*yladizmi? Sizni qiynamayman ortiq. Chunki do*stimsiz. Siz do*stim bo*lmaganizda sizga va*dalar berib hayolizni puch yong*oqga to*ldirib tashlardim. Lekin hich kimga bunday qilmayman. Men qo*rqoq emasman. Men tushunaman. Gar siz istaysiz ayriliq. Mayli do*stlik hurmati men rozi. Ketaman jimgina, ortga qaramay aslo. Ketaman doyimdagidek bir so*z etmay. U so*z ALVIDO. Kutadi, kutadi. Kutaman, kutaman. Kutamiz, kutamiz.
|
|
| |
Sokina | Дата: Воскресенье, 20.05.2012, 00:54 | Сообщение # 4 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Musulmon farzandi bb tug'ulganim un Alhamdulilloh...Ba'zida muslimaligim bn faxrlanaman,yöq,yöq bu aslo kibr emas.O'wa-öwa gohida hammamiz ham his qiladigan öz-özidan qoniqiw,özgalarning hurmatini körib, yanada köproq ularni va özingizni qadrlaw tuygusi,xolos...Mutlaqo tanimaydigan ,hatto katta yowli insonlar ham aynan,ustimdagi libos un özgacha hurmat,mehr-etibor körsatiwligini sezaman va yana beixtiyor men sevadigan kalom-Alhamdulilloh dilimda sado beradi.Wu faxr va qoniqiw hissi un ham libosimga gard yuqtirgim kelmaydi.Uning muhofaza vazifasi esa Allohimning wartidir...Alhamdulilloh...
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Parvina | Дата: Четверг, 24.05.2012, 11:08 | Сообщение # 5 |
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 24
Статус: Offline
| Бегоналардан кизгонган бегонангман. Бегонасан, калбимда якин, танимайман юрагимдасан, куришиб турамиз бегоналардек, севгим олови девоналардек. Сени танимасам, бу армон, танишиб колмас, бу гамдир балки!? Мингталаб севилиб юрган кунгилларнинг хасталиги балки уларнинг якинлиги сабабдир, мен сени факат калбимда олиб юришга ахд килдим. Хеч ким ман сенга, сен каби… Карама ортингга кетавер, нигохларим сузласада сенга булган кизикишимдан эътибор берма, узинг сол гарангликка, аммо хар куни кут, келаман сену менга бегона булган жойга. Келаман сени бир марта курмок учун, кетаман энди кайтмайман деб, юракчи, у хам келмасинми? У мен билан! Тугри узим сенда эмаску, юрагим сенда. Рашк киламан сени узингдан, чунки якка узинг юрасанда хамма вакт, хамиша, ёлгизликнинг далолати нимадан?! Балки калбингни эгаллаган бордир, у менга бегона. Билдирма кизгонаман бегонангдан. Оддий, сен билмаган, кутмаган, хаёлига келмаган инсонингману, бегонаман. Агар булганимизда таниш-билиш, ёзмасмидим сен хакингда, тасвирламасдим хаёлимда, кара канака бахт, сен кутганингдан хам аъло, чиройли… лекин бегона, юр олиб кетай сени бегоналардек, факат бегона жойга эмас, балки бизни бирлаштирадиган панага.
|
|
| |
Giyos | Дата: Понедельник, 04.06.2012, 21:32 | Сообщение # 6 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Sevgidan yaralangan yurak, qon oqmoqda sizib... Qondan yozilar tanamga seni mushtoq isming. Yurakda qolmas sevgi endi. Ketidi oqib yo'llarga. Qon tushgan joydan, o'sib chiqar navnihol. Ko'kka ko'tarib bosh, turar mag'rur. Oy chiqar oqshomda, nihol so'ldi oy vaslida... Chunki u sevgiga yeta olmagan yurak qonidan unib chiqgan. U yurakda yetilgan. Yurakdan tashqarida bevafoni vaslida yashay olmaydi... Bevofoginam, sen oydek yagonasan. Vasling ilijida necha nihollarim nobud bo'ldi. Oyginam.... Meni mendan uzoqlardagi oyginam....
|
|
| |
Giyos | Дата: Среда, 06.06.2012, 01:18 | Сообщение # 7 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Kipriklaringdan tomchilar yosh, kimni eslaysan, qilasan hayol... Men yoningda bo'la olmadim, Seni olib keta olmadim... Meni eslaysanmi? Ko'zlaringdagi yoshlarni sababchisi nahotki men bo'lsam... Kechir, kechir meni. Senga va'da ham bera olmaganim uchun kechir. Bitta "meni kutasanmi" deyishga ham arzimadim. Shu so'zlarni aytolmadim. Aytmoqchi ham edim... keyinroq... Afsus, seni o'zgasi va'da bermasdan bo'lsa ham olib ketdi....... Sen ortinga bir marotaba qarading. Faqat yoshlangan ko'zlaring bilan!
|
|
| |
Giyos | Дата: Среда, 06.06.2012, 01:19 | Сообщение # 8 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Nega menga homush qarayapsan. Huddi birinchi marotaba ko'rayotgandek. Ha yig'layapman. Yig'layapman jonim. Sendan ayrilayotganim uchun yig'layapman. Erkak bo'lib yig'layapsiz demoqchimisan? To'g'ri. Yig'lamasligim kerak. Lekin sen ketyapsanu. Qanday yig'lamay. O'zim yig'lamasam ham, ko'zlarim seni boshqa ko'ra olmasligini bilib yig'alayaptida. Men ovunaman, ma'lum vaqt o'tsa. Ko'zlarimchi? Balki sensiz chidolmay ko'rmay qolar hech narsani. Yig'lamayapman. Yig'lamayapman jonim. Ko'zlarim yig'layapti...
|
|
| |
Giyos | Дата: Воскресенье, 10.06.2012, 01:08 | Сообщение # 9 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| MAKTABDAN QOLGAN POK TUYG’ULAR...
Maktab... Esga kelar birinchi sevgi… Ko’p sevgini birinchisi boshlanar shu dargohdan. 1 sinf. Yosh qalblar. Yuraklari juda ham yosh. Qon yuguradi ularda. Extiros... Yo’q ularda hali. Birinchi ko’rishda oshiq bo’ldi. Sevdi bolakay. Kunlar o’tdi, haftalar, oylar... lekin u oshiqligin ayon etmadi. Vaqtlar o’tdi... qizaloq ham beparvo emas... 2 sinf. Yangi o’quv yili. Uzoq ko’rishmagan yuraklar bir birini his etdi. Lekin indashmadi o’zlari. Kirishdi jonajon sinfga, bola sal kechroq. Barcha joylar band. Birgina joydan boshqa. U joyni qizaloq olib qo’ygandi. Bolakay keldi, o’tirdi. Qo’l berib ko’rishdi. Birinchi marta! Naqadar iliq, naqadar yumshoq... his qilmoqda bolakay. Bu endi har kun takror.... ikkalasi ham indamadi hislarini. Qo’rqishdi. Yo’q yoshlik qilishdi... 3 sinf. Yana uzoq kutilgan kun keldi. Bir birini yana ko’rishdi. Yana yonma yon o’tirishlar... 4-5 sinf shu tarzda... 6 sinf. Qizaloq endi qiz bo’ldi. Darsda birga o’tirishlar endi kamlik qila boshladi. Darsdan keyin qolib kutubxonada, qilishdi uyga vazifani. Vaqt esa ayovsiz jazolar ularni, ayab o’tirmas sira. Soatlarni ular uchun soniya qildi. Qalblar bir biriga hech to’ymas.... 7-8 o’tdi shu tarzda. 9 sinf. Endi ularni hamma “yoshlar” deb chaqirar. Ular bunday uyalar. Lekin hanuz bir biriga aytmagan sevgisini. Ayta olmagan. Qalblar sezar ammo. Bundan nima foyda bilmasa o’zi. Sir saqlangan sevgini deydi bo’ladi uzoq. Lekin bunga yurak ko’narmikan? Javobsiz sevgi yurakni qancha ushlab ham tura olardi. Bola har har kuni ertalab va’da beradi: “borib aytaman, dilimdagi barini to’kib solaman”.... lekin ayta olmaydi. Qo’rqadi rad javobdan. O’ylaydi: “qanidi u menga dilidagilarni aytsa”... Qiz esa... kutadi har kun. O’zi nima qilsin bechora. Qaysi yuz bilan ayta oladi? Bola rad etsachi? Keyin nima degan nom oladi. Faqat kutadi, kutadi, kutadi. Kunlar o’tdi izg’irin, Kuz barglarida sevgini o’ynatib, Qish qorlarida sevgini muzlatib, Bahor, ooo Bahor. Ex Bahor ham hech nima qilolmadi. Yordam bera olmadi. Qo’rqoq bola aytolmadi. Yoz keldi. Yoz ayriliq. Endi maktab tamom. Endi boshqa ko’rishishmaydi. Yo’llar ayro keldi. So’ngi oqshom ular birga. Keyin xayr. Yuzda tabasum, kulgu. Yurakchi, qalbchi? Ular yig’layapti. Yurak boshqa yashamayaman deyapti. Qizni ko’zida ko’rinar mittigina yosh... Aytadi: “sevinch yoshlari, biz maktabni tugatdik”. Aslidachi, alam yoshlari. Ular maktabni emas, sevgisini tugatishdi. Endi ko’rishsalar ham, bir bir ko’rishishadi. Yonma yon o’tirishlar endi yo’q. Kutubxona ular uchun yopiq. So’ngi marta bir biriga to’yib olish uchun “So’ngi oqshom”. Bu yana sevgini aytish uchun so’ngi imkon. Bola foydalana olarmikan? Aytishni uddalarmikan? Vaqt oz qolmoqda. Qulay fursat kutmoqda. Yo’q. Ayta olmayapti. Rad javobini olsachi? Yo’q. Bunday bo’lmaydi. Shuncha yil bir biriga o’rgangan. U ham ayrilishni istamaydi. Uni sevigisini qabul qiladi. Ishonchi komil. Chunki yuragi shunday demoqda. Ana qiz kelmoqda uni yoniga. Qizda ham shunday hayollar. Chunki bu so’ngi imkoniyat. Yuzi chadamasa ham etadi. Keyin afsuslanmaslik uchun. Bir biriga yaqinlashishdi. Ikkalasi ham taradudlandi so’z ochishga... afsus, ulgurishmadi. Boshqa sinfdoshlar kelib, ularni davraga olib ketishdi. Oqshom yakuniga yetayotgan ekan. So’ngi imkoniyat ham ketdi uchib. Vaqtlar o’tdi yana. Ko’chada ko’rib qolishlar bo’ladi ba’zan. Faqat bir og’iz so’z. Yahshimisan! Bo’ldi, undan boshqa so’z kelmadi boshga. Yurak esa, exx yurak. Umidsiz yurak u. Shuncha vaqt urdi, pishqirdi. Lekin natija bo’lmadi. Mana endi nima ham bo’lardi. Endi aytsachi? Shuncha vaqt ayta olmagan endi aytardimi? Qanday aytadi? Ko’chada turibmi? Yo’q. Endi ayta olishmaydi. Chunki kechikishdi. Yurakda kichik iz qoldi sevgidan... O’zlariga savol berishadi uyga borib. Nahotki bu sevgi edi? Nahotki biz uni uvol qildik. Yoki shunchaki qadrdonlikmidi? Shunchaki do’stlikmidi? Yoki shunchaki yaqinlikmidi? Buni qaysi biri to’g’ri javob? Bila olishmayapti. Bilgani ular ayrildi butunlay. Yillar o’tdi... yo’llari maktabdan kesishdi alohida. Xotiralar qo’zidi yana. Eslashdi usha paytlarni. Yurakda qolgan iz hozir chandiq. Chandiq yorilib, yara yangilandi. Dardini kimga aytishni bilmasdi ular. Yana usha savol keladi, “O’zi bu sevgimidi?”....
|
|
| |
Sokina | Дата: Понедельник, 11.06.2012, 02:15 | Сообщение # 10 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Mana öwa qandil olmali katta bog',mana tok ostidagi kattakon supa.Ariqda suv töla,atrof yam-yawil,hovli örtasida bunyod chamanzor,mana öwa qadrdon ifor-rayhon-yalpizlar.Mana singlingiz- sirdow egachi...qanisiz, Onajonnn?! Har kecha tuwimda köryapman ,singlingiz jigarda,bizning diydorimiz sizga wunchalar zavqli...Yuragim alamda,sizning ismingizni yozaman takror...qani orom olsaydi,wu parcha yurak! "Dod",deya izingiz qolgan köchadan qadamlarim bosar yot izni...mana yana yig'layapman,köz yowim körsatmay egachingizga...Osmonga termulib yulduz sanayman,bir,ikki,uch... tört ming.Kowki,kipriklar diydor köriwsa,kowki köz yowlar töxtasa...kowki edi-ya...Xoladan onaning hidi kelarkan,wu rost Onajon...Bowimni xolam yelkasiga asta qöyaman,chuqur nafasimda rayhon ifori,sizning hidingiz tuyganday bölaman bir dam...Lek,yana yurakda bowlanar talvasa Yöq,aslo bu hidmas,kerak menga rayhonning asl egasi...Ohh,onam-ma,sizning isingiz baribir totli...bu ifor wunchaki taskin,mötadil orom...Mana yana bedor qog'oz qoralar,hidingizga töymagan,hidingizni axtarib "kulguchli ölka"da yurgan qizingiz...Yana yig'layapman... köz yowim körsatmay egachingizga.
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Giyos | Дата: Вторник, 12.06.2012, 02:08 | Сообщение # 11 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| BIZNI YO’LLARIMIZ BOSHQA EKAN...
Iltimos ko’zlaringni yoshlama. Nega yig’lamoqchi bo’layapsan? Men bunday bo’lishini hohlamagandimku. Afsus shunday bo’layapti. Nima ham qila olardim. Qara, meni ham ko’zlarim yoshlandi. Romolchang bilan artib qo’ymaysanmi? Seni deb yoshlandi. Biz endi ayrilayapmiz. Endi yo’llarimiz o’zgardi. Shu yergacha birga ekan. Men o’zga yo’ldan ketayapman. Sen ham boshqa yo’ldan ketishing kerak. Men endi boshqa bilan ketishim taqdirimda bor ekan. Bu yo’lga sen sig’mas ekansan. Mendan hafa emasmisan? Shuncha mani kutganingdan afsusda emasmisan? Oz bo’lsada mazmunli hayot kechirdikku. Kamlik qilishi mumkin. Lekin shuni hotirasi bilan yashasa anchaga yetadi. Ko’zlarimdagi yoshlarni artib qo’y... Ko’zim to’lib, ko’rmay qolayapti. So’ng marta seni to’yib to’yib ko’rib olay. Seni endi boshqa ko’rmaymanku. Meni kechra olasanmi? Senga bergan va’dalarimni bajara olmaganim uchun kechira olasanmi? Hozir oldingda turish menga noqulay bo'lyapti. Ko’zlaringga tik qarashga ham uyalayapman. Lekin so’ngi marta to’yib qaray olmasik.... juda og’ir. Sevgi izhorlarimizni hech qachon esdan chiqarmayman. Usha maktab paytidagi hotiralargacha eslayveraman. Sen esa esdan chiqar. O’zingni xotiralar bilan qiynaman. Men qiynoqqa arziman. Bu ham kam. Sen uchun kurasha olmadim. Harakat ham qila olmadim. Yo’llaringda hech qachon qoqilma. Baxtli bo’l... (Mana bu maktub senga, so’ngi so’zlarim bitilgan...)
“Hammon yodimda usha vaqtlar. Seni birinchi marta ko’rganim, sen bilan birinchi marta gaplashganlarim... unda hali bola edik. 1 sinfga endi qadam qo’ygandik. Vaqtlar o’tdi. Katta bo’ldik. Ulg’aydik. Maktabni tugatdik. So’ngi oqshom! Usha payt senga dilimdagi barcha gaplarni ayta oldim. Sevgimni ayta oldim. Hech narsadan qo’rqmadim. Seni rad javobingdan ham. Sen rad qilganing bilan baribir do’st bo’lib qolaverardikku. Sendan javob kutganimda, uyalib yerga qaraganding. Yuzlaring qizarib ketgandi. Gapira olmasligingni bilib, senga qo’limni cho’zdim. Qo’limni tutsang bu sevgimni qabul qilishing edi. Sen oz muddat o’ylab, keyin qo’lingni cho’zding. Bilasanmi? Shu payt men qanchalar hursand edim. Men qanchalar baxtli edim. Buni senga so’z bilan ifoda eta olmasdim. Olmayman. Esda qolarli “So’ngi oqshom” edi. Biz har kuni uchrashdik. Har soniya eslashdik. Vaqtlar ayovsiz yana o’tib ketdi. Bir birimizga yozmagan she’rlarimiz qolmadi. Bir birimizga atagan nomalarimiz qolmadi. Endi esa oila ostonasi boshlandi. Bilasan. Onamni juda yahshi ko’raman. Men ularga sen haqingda aytib berdim. Onam seni taniydilar. Men ularga seni borligincha aytib berdim. Sendan boshqasisiz yashay olmasligimgacha aytib berdim. Hamma hammasini. Sevishimgacha aytdim. Onamga buni aytish qiyin edi. Lekin sevganim kuchi bilan aytdim. Onam kulib qo’ydilar. Lekin hech narsa demadilar. Men o’rtada qoldim. Ertasi kuni yana shu haqida gap ochdim. Onam meni ko’zlarimga diqqat bilan qarab: “O’g’lim. Men senga kecha indamadim. Bugun aytaman. Sen unga uylanmaysan. Chunki senga boshqa qiz topib qo’yganman. Ancha oldin topib qo’yganman. Dugonamni qizi. Ko’rasan. U senga yoqadi. Juda odobli, esli-hushli, o’qimishli qiz. Men yaqindagina ko’rib keldim. Undan boshqasini olmaysan. Bilasan, meni gapim gap”, dedilar. Ularni bu gaplarni aytib menga qarashlari yuragimgacha borib yetdi. Har bir gaplarini quloqlarim bilan emas, yuraklarim bilan eshitayotgandim. Har bir gaplari miyamga xotirlanmadi, to’g’ri yuragimda saqlandi. Ona rozi, xudo rozi. Onamga hech qachon qarshi chiqa olmaganman, chiqa olmayman ham. Ularni har bir gaplarini so’ziz, hech bir inkorsiz bajarganman. Lekin senga bergan va’dalarimchi? Sen meni kutganlaringchi? Qanchadan qanchasini meni deb rad etganlaringchi? Bularni xunini kim to’laydi endi? Seni oldingda men endi qanday odam bo’ldim? Aytishing mumkin: “Sevgi uchun kurashmayapsiz”, deb. Ayt, hohlaganingcha aytishing mumkin. Chidayman. Hamma hamma gaplaringga chidayman. Lekin sen bunaqa ayta olmaysan. Sen indamasdan ko’zlaringni yumasan halos. Huddi hech narsa bo’lmagandek. Keyinchi, keyin ich etingni yemirasan. Alam bo’g’zingga tiqilib, yig’lashga bermaydi. Faqat ko’zlaringdan bir tomchi yosh chiqadi. U ham uzoq turmaydi. Yuzingni yuqori haroratiga chiday olmay qurib, uchib ketadi. Sen ham meni tushunishingni so’rardim. Menga oson deb o’ylasana? Hech qachon. Sendagi azob menda ham bor. Sendan ming chandon ortiqroqdir balki. Sendan men ayrildim. Mendan esa sen ayrilmading. Men o’zim, seni ayirishga majbur bo’layapman. Bu bilasanmi, huddi o’zim hohlab nafas olishni to’xtatayotganga o’xshayman. Lekin baribir nafas olib yuboriladiku. Baribir sendan voz kechgim kelmayapti. Nima qilay? Kim menga yordam bera oladi? Meni kechir. Va’damni bajara olmadim.”.... (Maktubni hohlasang saqlab qo’y, meni untmoqchi bo’lsang tashlab yubor. Seni hohshing. Meni kechir...)
Audio mp3 ni ko'chirish uchun:Giyos - Bizni yo'llarimiz boshqa ekan.mp3 (882.9Kb)
|
|
| |
Giyos | Дата: Воскресенье, 24.06.2012, 01:01 | Сообщение # 12 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Men uni aldamaganman. Yo'q aldaganman to'g'ri. Lekin bu menga berilgan vazifa edi. Man unga sevaman deb aytganim rost. Lekin bu chin dildan emas. Men uni ayriliqda qiynamoqchi emasdim. Lekin shunday bo'lib qoldi. Men berilgan vazifani bajrashim kerak edi. Majbur edim. Boshqa yo'lim yo'q edi. Men sevmasdim. Bu buyurtirilgan sevgi edi... U meni sevishi kerak edi. Kimnidir alamini men olishim kerak edi. Majburlikdan buyurulgan sevgi tomon asir bo'ldim... U meni sevdi. Men sevmadim. U men uchun har narsaga tayyor edi. Men esa hech narsaga. Unga bir qilgan yahshiligim, undan vaqtida uzoqlashganim, mayli uni qalbiga ozgina bo'lsa ham ozor bergandirman, lekin uni menga bo'lgan sevgisidan foydalanmadim. U albatta baxtli bo'ladi. U yana sevadi, seviladi... Men esa... men esa yana yana sevgi buyurtma olaman. Ishim shu. Iltimos sevib qolmang. Bu buyurtirilgan bo'ladi...
|
|
| |
Sokina | Дата: Понедельник, 25.06.2012, 05:04 | Сообщение # 13 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Tong bözarib otmoqda.Közlarimga hamon bedorlik hokim...osmonga termulib közlarim toldi.Qaysi bir yulduz meniki ekan,nigohlarim izlar milliardcha yulduzlar galasi uzra yawayotgan mitti yulduzni ...homuza tortaman qay bir yulduz onam ekan-a?!...nigohlarim izlar söngan yulduzni...Tong bözarib otmoqda...birma-bir sönayapti yulduzlar...qay biri meniki?!
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Loading | Дата: Вторник, 26.06.2012, 15:03 | Сообщение # 14 |
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Статус: Offline
| Yuzingni chizaman xayolimda. Seni hech qachon ko'rmagan bo'lsam. Kulgularing yoqimli buncha? Afsus uni eshitmaganman.
Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
|
|
| |
Loading | Дата: Вторник, 26.06.2012, 15:03 | Сообщение # 15 |
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Статус: Offline
| Yuzingni chizaman xayolimda. Seni hech qachon ko'rmagan bo'lsam. Kulgularing yoqimli buncha? Afsus uni eshitmaganman.
Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
|
|
| |
Giyos | Дата: Понедельник, 02.07.2012, 02:28 | Сообщение # 16 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Biz ikkimiz bir xonadamiz. Bir xonadan nafas olamiz. Sen va men. Oldimizda hech kim yo’q. Faqat sen va men. Nafas olamiz yonma yon. Yuraklarimiz yurishi eshitilar xato, lekin bir tuyg’u yo’q oramizda, yaqinlik. Biz begonamiz, yonma yon yashaydigan begonamiz. Sen menga yonimdagi begonasan. Boshqacha begonasan. Farqimiz, biz birimizni bilamiz. Juda ham zo’r bilamiz. Yashaymiz bir birimizni hayollarimizda, yashaymiz bir birimizni qalbimizda, yashaymiz bir joyda. Lekin o’zi begonamiz... Taqdirni tuhfasi ekan bizga begonalik, ajralmas ekanmiz shunda ham. Majbur qildi meni shunga begonaginam. Qanchalar yaqin edik biz, qanchalar qadrdon edik biz. Ishonmasdikku sevgimizni hech kimga, nima bo’ldi holimizga. Ayriliq yo’q bizga, ko’rishni istamagan ko’zlar yo’q bizga, nafrat ham yoq bizda, shunchalar ahil begonamiz. Bir so’z bilan begonamiz, oldin hech ham o’ylamagan begonamiz, alam dardida qolgan begonamiz, bir birimizga doim yonma yon begonamiz. Umid uzmaymiz taqdirdan, sovg’a kutamiz hamon. Biz g’aribmiz, biz mushtoqmiz, kutamiz chin sevgi, erishmoq istaymiz muhabbatga. Begona bo’lmasin, o’zimizniki bo’lsin.
Men sevmaymanku'dan
|
|
| |
Giyos | Дата: Вторник, 03.07.2012, 02:33 | Сообщение # 17 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Begonaaaa. qachon bo'lasan menga yaqin. So'gindimku seni. Yonimdasan. Baribir so'g'inyapmanku. Qanchalar qaramay, chiday olmay so'g'inyapmanku... So'g'inchimni so'ldirib ketsangchi, ortingdan hech qachon begonam edi demasamchi. Yordam bera olasanmi>>??? Sen yonimdagi begona, yordam bermagan begona.....
|
|
| |
Giyos | Дата: Пятница, 06.07.2012, 23:31 | Сообщение # 18 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Sen ketding o'zgani qo'lin ushlab. Qo'ling ajratolmading, yaramading qilishga xayr. So'ngi najot cho'kdi dengizda, so'ndi shamolda. Eslamading ham so'ngi bora. Uzmadim so'ngi nuringgacha nigohim, bir bor qiyo ham boqmading qayrilib. Alvido ham demading so'ngi bor yodga olib . . .
|
|
| |
Loading | Дата: Пятница, 13.07.2012, 11:15 | Сообщение # 19 |
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Статус: Offline
| Men bilmagan nima siring bor edi? Dardlaringni ichinga yutib yashadingmi ayt? Men xaqli emasmidim uni bilishga? Aytmaganing yolg'on emasmi? Doim kulib yurasan. So'zlashasan hech gap yo'qdek. Yana qancha chidamoqchisan? Shu qilganing yolg'on emasmi?
Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
|
|
| |
Giyos | Дата: Воскресенье, 26.08.2012, 02:49 | Сообщение # 20 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Meni unut, o'zga qaytmasliging uchun!
Bilaman meni sevmasding. O'zimga ham aytganding. Men sevishimni senga har gal ko'rganimda aytgim kelardi. Faqat bir marotaba ayta oldim. Sen faqat kulib qo'yding. Do'stlikni taklif qilding. Butun umr do'stlikni. Sevgimga erisha olmaganimdan keyin, hech bo'lmasa yonimdasanku deya rozi bo'ldim. Sen bilan bir kun gaplashmasam, dunyo men uchun tor bo'lib ketardi. Men sig'masdim hech qayerga. Sen kelganingdan so'ngina hovurimdan tushardim. Seni meni qiynalayotganimni sezib ham turarding. Lekin bunga ahamiyat ham bermasding. Huddi hech nima bo'lmagandek gaplashaverarding. To'g'ri. Sendan yana nimani istashim mumkin edi. Hech bo'lmasa uzr ham so'ramasding. Vaqtlar o'tdi... Man senga bergan va'damni bajardim. Sen esa eshitib, hursand bo'lding. Keyin esa ketib qolding. Boshqa qaytib kelmading. Meni tashlab ketding. Kutdim rosali. Rosa kutdim. Hech kelmading. Va'da qilgan do'stlikni ham buzib ketding. Kelaman deb aytmasdan ketding. Qaytmaydigan bo'lib ketding. Meni o'ylamading ham. Holim ne kechishini o'ylamading ham. Afsus seni uchratgan kunimga. Afsus sen bilan o'tkazgan kunimga... Mayli. Kim bilan bo'lsang ham... Meni unutsang bo'ldi... Shunda sen boshqa hayotimga qaytmasding...
|
|
| |
Sokina | Дата: Воскресенье, 16.09.2012, 18:09 | Сообщение # 21 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Umr-charxpalak,aylanar tinmasdan opichlab yilni.Uning tegrasida shu makon mavjud.Tanish manzara! Umr- daftardagi uzun bir chiziq.Yozilar jami bor amal.Qizil hoshiyaga kelganida duch,burilib ortiga yana yöl topar.Sinov risola!
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Giyos | Дата: Понедельник, 17.09.2012, 00:08 | Сообщение # 22 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Ko'zlarim ko'ribon seni vasling... Qildim ahd senga erishmoq. Orzu emasdi bu, qilmoqdaman maqsad. Sen meni orzuyim, bo'lmagil armonim... Armonni qilib bo'ynimg'a solma kishan. Undan ko'ra qilg'il meni ozod, bu sevgi dastidan. Yolvoray sendan, jon beray seng'a. Yordam qil... Yordaminga mushtoq qalbim, sevginga mushtoq yuragim. Ayirma o'zingni mendan. Olib qochma o'zingni mendan. Qalbin aldamas seni. Sevasanku!
|
|
| |
Giyos | Дата: Понедельник, 17.09.2012, 17:31 | Сообщение # 23 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Boshqa tushlarimga kirmagin 2. Bugun yana tushumdasan... Charaqlar ko'zlaring. Kelibsan oldimga bosh egib. Qaraysan ko'zingda yosh bilan. Afsuslanasan, kechirim so'raysan... Seni qildiku boylik ko'r. Qanoat qilmading topganimga. Kutsang bo'lardiku, shunda ham baxtli edikku. Kimga havas qilding, kimdan o'rnak olding... Yuzingdan ketibdiku nuring. Ozib ketibsanku bechoraginam. Oldingi go'zalligidan qolmabdi urvoq ham. Hayf edi usha go'zallik aslida senga. Nega kelding yana meni qiynab, unutgan xotiralarim yangilab. Bilmab edingmi u seni tashlab ketishin, sendan ham yoshroq, go'zalrog'iga qayta uylanishin. Battar bo'l diyman senga takror takror... Tushim kelib o'ngidan, kelibsan rostan meni izlab. Huddi tushumdagidek. . . Senga usha gaplar, ket, boshqa ko'rinma ko'zlarimga, yoqoool! Hech narsa qilma mendan umid... Ha aytgandek, iltimos boshqa tushimga kirmagin...
|
|
| |
Sokina | Дата: Вторник, 18.09.2012, 13:20 | Сообщение # 24 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Giyos,tushingizga ajina kirib qörqitgandek yozibsiz))) bu samimiy hazil.Ijodingizga baraka
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Giyos | Дата: Понедельник, 24.09.2012, 19:44 | Сообщение # 25 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Shamol esar yonimdan izg'illab, ortimda qoladi hislarim. O'grilishimga izn bermas shamollar. Shoshishadi, juda tez esishadi. Imkoniyatsiz bechoraman. Xayr deyman ortga o'girilib, shamollarda qolgan hislarim... Mayin shamol esadi, endi men hissiz, keraksiz . . .
|
|
| |
|