Четверг, 05.12.2024, 00:16
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Monolog - Страница 4 - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
Monolog
bek_x6Дата: Воскресенье, 16.12.2012, 12:09 | Сообщение # 76
Майор
Группа: Talaba
Сообщений: 178
Репутация: 4
Статус: Offline
Nega inson qor yoqqanida yoki yomg’ir yoqqanida muhabbatini eslaydi? Bugun qor yog’ib yuzimga mayuslik, yuragimni g’am egalladi. Nega bu yomg’irlar qorlar Muhabbatni qayta yodga soladi? Qiynaydi… Balki muhabbatiga yetomaganla yomg’irga qo’shilib yig’lar, umidlari esa qorga o’xshab eriiib ketgani uchun shunaqadir? Javob topa olmadim ...

Нет подпись...
 
SokinaДата: Воскресенье, 16.12.2012, 12:56 | Сообщение # 77
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Balki bu tabiy ne'matlar,g'uborlardan xalos qiluvchi ruhiy shifokor vazifasini ötasa kerak...Avval,ötgan voqealarni yodga soladi,söng davolaydi... . Yanayam bilguvchi yolg'iz Alloh.

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Среда, 19.12.2012, 01:02 | Сообщение # 78
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline

Vaqtlar o'tib sochimga oq oralaganda ham, sen yosh go'zalsan... Men kutdim seni bir bor qiyo boqishing. Bir bor sizdek sevaman deyishing. Holdan toyib, o'rnimdan tura olmasam ham, sen yurganingda ortingdan holsizlikdan qiynalib yeta olmasam ham, umidim so'nmas hech ham... Baribir kutaveraman seni, o'sha bir so'zing... Mayli qaramasang ham yonimdasan, mayli aytmasang ham sevishim bilasan. Bir narsa so'rayman sendan faqat, shular ketmasin men bilan armon bo'lib qabrga... Asta qarayman erinmay yonimga, sen hamon yoshsan, go'zalsan, men esa qari...
 
SokinaДата: Пятница, 21.12.2012, 14:09 | Сообщение # 79
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Izg'irin fursat...shiddatla g'uvillab shamol chang solar qor uyumiga.Alhazar,har nening kushandasi bor.Har jonzodda ichki g'alayon,yashash uchun kurash ifoda-hayot- majburiyat.Har jonjod umriga bitta qasida: avlodlar davomin asrashi kerak...Gohida,shum ayoz karaxt qilganda,chorasiz kunjakka tiqilar,gud'ranar jonzod: Hech yöqsa "yashab qol,yashab qol,yashab qol"... Biz oliy qavmmiz yer yuzasida! Alloh teng qildiku bani Odamni... Ammo, negadir,negadir navlarga ajratar bir-birin odam!

Добавлено (21.12.2012, 12:49)
---------------------------------------------
Örmonga öt ketsa,yonajak hölu-quruq barovar birga...olchoqlar quturgan makonlar ötash-olovda... Unutmang,qashshoqqa qiynalib chorig'in sudrashga majbur qilganga,AL QASOS UL MINAL HAQ... haqq jazo tayindir ikki olamda! Öz elin noniga oyoq bosganlar, xörligu-azobga duchor qilganlar , oqibat yaloqqa kuni qolguvsi...

Добавлено (21.12.2012, 12:51)
---------------------------------------------
Oqibat shaytonga qöshni bölguvsi!

Добавлено (21.12.2012, 13:09)
---------------------------------------------
Donolar derlarki: Al qasos ul-minal haq! Haq qasos olganda ,banda chorasiz.Davo qalb-iymonda,da'vo örinsiz...Allohdan zör istar bandani köring,alhazar dajjolga shogird tushganmish.Haq desa,haqorat tupugin sochib,alafdek har jonni bezor etganmish.Birodar,shoshayapsan,atrofga qara.Bunda jam hikmat,shunda jam ibrat.Hech yöqsa,yoqangni hidlab kör,kimlar orasida yuribsan alhol... Kun kelib,Haqqa bir javobing topolmay mulzamu ,xoru-zor,nochor turgandan, zor yig'lab,qon yig'lab dunyodan ötganing durust...Niyatlar eshku-ya odamzotiga,öylab kör niyating "soqov"lar madhiga shaydolik bölsa? Yashamoq negadir,umr chikora?!


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Четверг, 03.01.2013, 12:28 | Сообщение # 80
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Ko'chalarda qolib ketdi muhabbat. Uni kirg'aza olmadim yuragimga. Taqillatar qalbin eshing tinmay. Qararman esta tirqishdan, sovuq qotibdi bechora qishni qahridan. Rahmim kelib negadir eshik ochdim men ahmoq. Qalbimga kirib, yuragimga joylashdi muhabbat. Endi qoldim qiynoqda. Uni ketqazolmay. Bahor keldi, gullar bilan qo'ynini to'ldirib. Muhabbat oshiqar endi unga, ko'chaga. Men uni qo'yib yuborgim yo'q, ayrilgim yo'q. Lekin u ketdi. Yuragimni bo'shatib. Yuragimda chandiq qoldirib o'zidan. Ha, men uchradim bevafo muhabbatga. Ketdi u kerakmas deb meni. Ayriliq, azob qiynamas meni. Qiynar faqat uni vafosizligi. Aytaman o'zimga takror takror, nega joy bergandim sovuqda unga. Yana yuragimdan. Bilmabmanda man notavon uni yuragimni jarohat qilishin. Boshimni qay to'singa uray, hatto ular ham qayg'uda muhabbat dastidan. Yana qish keladi. Ko'chada sang'isan eshiklar qoqib behuda...
 
GiyosДата: Суббота, 05.01.2013, 17:40 | Сообщение # 81
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Sovuq qorda, sovuq qotmayman sen bo'lsang yonimda. Qishni qahratoni ham hech nima emas, sening mehring oldida. Senmendan uzoqlashsang bir qadam, yuragim muzlar titrab. Atrofimga kelsa o'zga go'zallar, hech biri erita olmas bu muz yurakni. Faqat sen, sendan boshqa hech kim.
 
GiyosДата: Среда, 09.01.2013, 10:53 | Сообщение # 82
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Yomg'ir jim. Shivirlamas. Ovozi chiqmas. Sekin yog'ar. Rangi shaffof emas, oppoq. Hidi ham boshqacha. Men sevgan yomg'irmas. Yomg'ir yog'ar jim. Hayollarimga halal bergisi kelmay. Kutadi jim. Eslatmay. Yog'adi jim. Sovuq havo, shamol esar tinimsiz, lekin ovozsiz. Tomchi ham yo'q, bergisi kelmay ovoz, hayollarim buzmay. Eslatmay. Yuzimga tushar, yengil oppoq yomg'ir, samoga qaraganimda. Nega bu aldamchi yomg'ir, juda o'zgargan yomg'ir. Yuzimdan oqadi yomg'ir, yana shaffof bo'lib, hayolimni buzib. Eslayman shu tobda bir narsani, ko'zimdan yosh oqgan ayriliq paytni. Yana eslayman, xotiramdan qidirib, sen ketarding oppoq libosda, yog'ardi shunday oppoq yomg'ir, yengil, katta, samoni to'ldirib, shiddat bilan. Tomchi tomardi qaydandir, asablarni qaxshatib, ko'z yoshlarim eslatib. Vaqt o'tdi, shaffof yomg'ir yog'di, hech narsani eslatmay. Mana hozir yog'ayapti oppoq yomg'ir, eslatmay uni. Eslatdi faqat yuzimdagi tomchilar. Oppoq yomg'ir, jim yog'ar yana. Eslatmay, hayollarim buzmay...
 
GiyosДата: Четверг, 10.01.2013, 21:05 | Сообщение # 83
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Rahmat, nimagaki sen borsan. Yonimda qolmasa ham hech kim. Faqat o'zing borsan. Meni qoldirishsa ojiz, kelasan faqat sen o'zing yolg'iz. Qolmasa ham kuchim, yiqilib, turolmay, kelmasa madorim, shunda ham yonimdasan borim. Yerda yotsam, tuproqga belanib, o'tib ketishsa hamma jirkanib, sen qolasan baribir jilmayib. Men yana turaman oyoqqa, qoqilganim bu yiqilganimmas. Chalganlar yig'lasin hali o'z holiga, bermasin sendek hech kim oro joniga. Men yana yo'ldaman. Rahmat, negaki sen borsan...
 
Xusan_uzДата: Четверг, 10.01.2013, 21:10 | Сообщение # 84
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 252
Репутация: 11
Статус: Offline
Giyos, shu oxirgisiga gap yo`q. applause applause
 
GiyosДата: Четверг, 10.01.2013, 21:30 | Сообщение # 85
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Rahmat)
 
GiyosДата: Пятница, 11.01.2013, 21:19 | Сообщение # 86
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Sur'atdagi yozuv... Sur'atda ikki chexra, bir biridan quvnoq. Qarab turarlar bir birlaridan baxtiyor. Qo'llari birlashgan... Qalblari tutash... So'zsiz sevgi izhor qilarlar ko'zlari bilan boqib. Sur'atdagi tabiat, doimo bahor. Qushlar uchib yurar tepada juft juft. Suvlar oqib tushar tog'lardan toshlarga urilib, ko'pirib. Shamollar daraxtlarni tebratib, yaprog'ini uchiradilar yiroqlarga. Sur'atdagi yozuv, o'qish qiyin yozuv, yozuvlar... bu ertak, hayot emas...
 
BumBumCHaДата: Вторник, 22.01.2013, 20:13 | Сообщение # 87
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 142
Репутация: 7
Статус: Offline
Bilasizmi?... Bugun og'rindim... Ha
özimdan og'rindm. Hafa böldim. Hatto
nafratlana boshladm... Nahotki
shunchalar ilojsiz sizni eslamey
öylamey yashash?... Har kuni
yuragimga "endi sizni eslamiman, öylamiman, sog'inmiman" deb yolg'on
qasamlar ichib, vadalar beraverib, ohiri
yolg'onchiga aylanib ham qoldim...
Nega bunchalar bag'ritosh, shafqatsiz
ekanman a?... Yuragim kechir meni...
Senga azob bergan men bag'ritoshni... Nafratlanaman... Chegaralar
qöyolmagan tuyg'ularimdan,
hayollarimdan va orzularimdan
nafratlanaman... Balki yetar a... Agar
taqdirimiz ayro bölsa, nobud bölgan
muhabbatimzga qabrni mening yuragimdan tanlamaylik... Bu men u.n
og'ir... (F) cry

Добавлено (22.01.2013, 19:13)
---------------------------------------------
Men ham xuddi hamma singari baxtli
edim, Sevgini qanotida osmonlarga
uchardim. Bazi bazilarda sendan olisda
bo'lsam, Ko'zlarimni yumib sen
tamonga talpinardim. Lekin sening bu
xiyonatingni kutmagandim... Meni tashlab ketding ne sabab? Ko'zlarimni
yoshlab qiynaysan ne sabab? Netaman
sensizlikda, hayotda yo'qdur ma'no,
Ko'zlarimdagi yosh endi aylanadi
qonga...

 
GiyosДата: Понедельник, 04.02.2013, 17:43 | Сообщение # 88
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
To'planib sevgi qalbimda, nihol kabi unib chiqsaydi. Sen bir bora qarab, sevgimni ko'rolsayding. Kurtak ochmagan sevgimni yo'q qilma. Bir bora bor mehringni, mendan qizg'onma. Mehring bilan qaynoqdir qalbim, mehringsiz hech ham sevgim niholi o'smas.
 
GiyosДата: Четверг, 07.02.2013, 08:46 | Сообщение # 89
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
RETRO

Menga aytma sevaman
deb, aytma hech
qachon qalbdan sev, chin
dildan sev. Menga shu yetarli.
Oshkor muhabbat umri
qisqadir. Bo'lsin yashirin va
uzoq. Aytmaylik sevishimizni
bir birimizga, ammo his
qilaylik sevishimiz. Sen menga
qarab turganing men esa
senga qarab turganim. Shu
sevgi emasmi?
 
BumBumCHaДата: Воскресенье, 10.02.2013, 23:51 | Сообщение # 90
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 142
Репутация: 7
Статус: Offline
Aytgin qayga qoldi bizlar qilgan ul
orzular Sensiz esa vujudim titrab
yuragim yig'lar Bu yuragim harbir
jazoga tayyor seni deb......Lek uzing
jazolading shu yuragim ne uchun Axir
bu yurak uraridi faqat sen uchun Seni esa yuraging urardi uzga uchun
negaaaaaa...

Добавлено (10.02.2013, 22:51)
---------------------------------------------
Kechir sevgi, men qadringga
yetolmadim, Qo'rqoqdirman, yo
baridan charchadim. Meni azoblagan
hijron damlarini, Bugun o'sha,
dilozorim, bevafoga atadim. U ham
totib ko'rsin azoblarimni, Sog'inchlarim ko'zlaridan oqsin tomchilab. U ham
mening kabi yolg'iz qolganda, O'tinsin
bir bora ko'rmoqni tilab. U ham yashab
ko'rsin bir kun hijronda, Bir ongina
yomg'ir bilan bo'lsin hamnafas. U ham
mening kabi kutsin orziqib, Tunlari sog'inchlarda bedor o'tsa bas.
Atamagin muhabbat, meni bag'ritosh,
Ne qilay, bu yurak muzga aylandi.
Mayli qiynalmasin bevafoginam, Men
unga qaytolmayman, juda kech endi...

 
GiyosДата: Четверг, 28.02.2013, 18:56 | Сообщение # 91
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Siz juda boshqachasiz. Sizdek sof beg'ubor qizni internetda ko'rmagandim. Sizni yozganlaringiz chin dildan chiqadi. Har bir yozganingizni o'zgacha mehr bilan ifodalaysiz. Avvallari yozganlaringizga unchalik ahamiyat bermasdim. Özi aytarli hech kimnikiga ahamiyat bermayman. Sizni bir marta ismlar bilan alohida, xayrli tong tilashingiz meni hayratga soldi. Usha ismlar orasida meni ham ismim bor edi. Hozir har bir yozgan yozuvingizni qayta qayta öqiyman. Özgacha bir olam ularda mujassam. Siz juda juda ajoyibsiz. Qalbingiz juda tozza. Har bir ishga sidqi dildan yondoshasiz. Siz bilan tanish ekanimdan juda hursandman.
 
GiyosДата: Четверг, 28.02.2013, 19:00 | Сообщение # 92
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Siz juda boshqachasiz. Sizdek sof beg'ubor qizni internetda ko'rmagandim. Sizni yozganlaringiz chin dildan chiqadi. Har bir yozganingizni o'zgacha mehr bilan ifodalaysiz. Avvallari yozganlaringizga unchalik ahamiyat bermasdim. Özi aytarli hech kimnikiga ahamiyat bermayman. Sizni bir marta ismlar bilan alohida, xayrli tong tilashingiz meni hayratga soldi. Usha ismlar orasida meni ham ismim bor edi. Hozir har bir yozgan yozuvingizni qayta qayta öqiyman. Özgacha bir olam ularda mujassam. Xattonmeni yozganlarim ham siznikichalik samimiy emas. Siz juda juda ajoyibsiz. Qalbingiz juda tozza. Har bir ishga sidqi dildan yondoshasiz. Siz bilan tanish ekanimdan juda hursandman.
 
Xusan_uzДата: Четверг, 28.02.2013, 20:17 | Сообщение # 93
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 252
Репутация: 11
Статус: Offline
kim paxta qo`ydi ))))))))))))))))))
 
GiyosДата: Понедельник, 04.03.2013, 18:39 | Сообщение # 94
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Sen mening armonlarimsan, kurtak ocha olmayotgan nihol sevgimsan. Seni sevgim kelgandiku, nega ayirdi taqdiring. Buncha bag'ri tosh bo'lmasa hayot. Nahot bizga birga bölish qismat emas. Kimni sevaman sendan ortiq, kim loyiq sevgimga sendan ortiq. Mehrli sözlaring, joduli közlaring, afsus menga emasmi? Bir bor siz keraksiz, seva olaman deganingda, men sevardimku...
 
GiyosДата: Четверг, 07.03.2013, 07:18 | Сообщение # 95
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Hayollarimda chaqnagan chaqmoqdeksan… Tinch qo’ymaysan hatto orzularim... Junbushga kelib samo, seni isming aytar tanho. Qadamlarim yurar bema’no, topolmay izing. Sang’ir ko’chalarni unsiz, tovushsiz, hech kimsiz. Sabab qidirarman... Senga yetolmasligim sababin so’rarman kimlardandir... Javobsiz so’zlar, javobsiz gaplar.... Hamma qarar menga telabanamo. Qolaman yoqotib oromim. Iskayman romolchangni, qidirib hiding... Esdalik qoldi sendan faqat shugina... Armon so’zini aytolmasman, kuchli kelib umid. Yolg’iz qolaman, uzoq ketaman. Topisha olmasin deya meni. Atrof tun, qorong’ulik. Qalbim tun, qorong’ulik. Atrofda kimdir yig’lar. Qalbimda kimdir kular, o’zimdan o’zim. Yig’larman sensiz. Kularman ayrilganimga bo’lib telba. Bilganimda edi ketishing, aytmasdimku senga sevishim... Men sevardimku... Aytaman endi takror, bo’lsa ham foydasiz. Bo’lmasang ham yonimda... Men sevardimku... Sen sevmasdinku, kutardinku aytishim. Topish uchun bahona. Men sevardimku... Men sevardimku...
 
SokinaДата: Четверг, 14.03.2013, 19:03 | Сообщение # 96
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Maysa ustida yaltirar inju.G'ubor yöq. Shu mitti vujudda million hujayra.Yam-yashil va nafis qahrabo yaltirab zeb berar göyoki salomga egilgan yangi kelinchak... Osmon akslanar mitti tomchida göyoki, sayqallab,sinchiklab yaratgan ulkan polotno.Jim razm solasiz chiqarmay nafas.Ne baxtki, tabiat- mohir musavvir...

Добавлено (14.03.2013, 18:03)
---------------------------------------------
Navròzi olam.(buyurtma asosida)).1. Har faslning öz tarovati bor,körki,jilosi,shodu-xurramlikdan darak beruvchi bayramlari bor.Qishning fayzini oppoq qor,yam-yashil archa, billur yaxmalak,chanayu-chang'ilar bilan mengzaymiz.Bahorning ilk kunlarida quyoshning zarrin nurlaridan bahra olib nish urayotgan yam-yashil òt-maysalar orasidan boychechakning baxmal gullarini topib olsak sevinchimiz olamga sig'may ketadi.Bahor darakchisi boychechakni eng yaqin insonlarimizga hadya qilamiz.Uning mayin muattar ifori göyo qalblarimizgada poklanish va yasharish fasli deya e'tirof etiladigan bahorni olib kirgandek böladi. Bahor yomg'irning jilvakor va öynoqi tomchilarini kuzata turib dillarimizga zavqu-shavq bag'iwlayotganini his qilayotib beixtiyor shukronalikni his etamiz. Qish tarovati yer yuzidan oppoq sathli sepini yig'ishtirayotib fasllar kelinchagi Bahor özining yam-yashil sepini atrofga sochib yuboradi. Bahorning öz ifori böladi.Bu ifor betakrordir.Bahordan nafosat va gözallikning ifori taraladi.Eng sara anvoyi gullar barq urib yer yuzini bezay boshlaganda Navrözi olam kirib keladi.Navröz barakot va ezgu niyatlar bayramidir. Barchamizga Navrözi olam muborak bölsin. (Bunisi badiylikdan biroz uzoqroq turi.) 2.Navröz yangi kun demakdir.Bahorning iliq kunlarini har birimiz hadya deya kutib olamiz.Negaki, bahorda hammaning öz yumushi bor.Mahallalarda qöwnilar jamul-jam bölishib hashar uyushtiriwib obodonchilik ishlarini boshlab yuborishadi. Bobolarimiz bu yilgi möl-köl hosildan umid qilishib ekin-tekin ishlariga bosh bölishadi.Momolarimiz esa omon-omon kunlarga yetdik,deya bug'doy undirib doshqozonlarda sumalak qaynatishadi.Qadimdan bibi Fotimaning oshi, deya ilohiylashtirilgan bu tansiq taom yoshu-qariga birdek totlidir.Bahor-nafosatli fasl.Tiriklik,beg'uborlik,poklanish va mehru-muhabbat fasli. Xuddi ana betakror faslda Navrözi olamni kutib olamiz.Navröz bayrami özining qadimiyligi va bardavomligi bilan ham biz uchun qadrlidir. Bayram kuni yurtimizning har bir nuqtasida shodiyana qilinadi. Xalq öyinlaridan köpkari-uloq,arqon tortish,kurash,dorbozlar öyini uyushtiriladi.Doshqozonlarda esa sumalak,halim,palov pishirilib xalq dasturxoniga tortiladi. Xonandayu-sozandalar ham xalq xizmatida böliwadi.Bir söz bilan aytganda Navröz ayyomi millat va joy tanlamaydi.Bu bayram umumxalq bayramidir.Navröz barchamizga muborak bölsin.(öxshamagan bölsa uzr.)


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Суббота, 16.03.2013, 01:09 | Сообщение # 97
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Sokina, Kotttaaaa rahmat. Shuni aytib yuborishdi) Hammalariga yoqibdi))
O'zimni nomimdan ham rahmat)
 
GiyosДата: Вторник, 19.03.2013, 08:18 | Сообщение # 98
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Muhabbatdan ayro kunim. Tonglar otmas tunim. Hech
ham o'tmas kunim. Armonsan endi gulim. Muhabbatdan ayro kunim. Tugab borar so'ngi yo'lim. Boshimga tushmasaydi, seni deb o'lim. Umr so'rab,
doim duoda ochiq qo'lim.
 
BumBumCHaДата: Вторник, 19.03.2013, 09:39 | Сообщение # 99
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 142
Репутация: 7
Статус: Offline
Davomi)

Muhabbatdan ayro kunim
dardlarimni tingladi tun
shöx qalbimni telbalarcha
yaralagan ösha bir kun...
Men sevardim layli misol
göyo edi , u majnunim
Lekin taqdir ösha kunda
Mudxishli bir yovuz tunda
Majnunimdan ayirdi
yovvoyi bir qush kabi
qanotlarim qayirdi
Muhabbatim endi yöq
yöq , u yashaydi qalbimda
lekin qalbim özimdamas
kömilgandur tuproqda...
 
GiyosДата: Пятница, 22.03.2013, 23:54 | Сообщение # 100
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Audio hikoya monolog. ko'chirish uchun: Lochinbek - 8 mart (hikoya)
(1.74Mb)
 
Поиск:
Flag Counter