Вторник, 07.05.2024, 21:01
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Lochinbek Erkinzoda ijodlari - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 3
  • 1
  • 2
  • 3
  • »
Giyos/FORUM » ASOSIY » YON DAFTAR » Lochinbek Erkinzoda ijodlari
Lochinbek Erkinzoda ijodlari
GiyosДата: Понедельник, 06.05.2013, 00:23 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Lochinbek Erkinzoda ijodlari
 
Lochinbek ErkinzodaДата: Понедельник, 06.05.2013, 00:26 | Сообщение # 2
Группа: Qadrli mehmon





Kechirolmayman...

Pichirlab labingda erkalasang ham,
Beorom yuragim tilkalasang ham.
Kechir deya asta cho'kkalasang ham
Kechir jonim seni kechirolmayman...

Sen bilan xotira shirin damlarim,
Eslasam qiynaydi dilda g'amlarim.
Bir kam bu dunyoda o'zing kamlarim
Kechir jonim seni kechirolmayman.

Begona insonni qo'lidan tutib,
Osonmas yashamoq seni unutib.
Shavqat chegarasin ortiga o'tib,
Kechir jonim seni kechirolmayman...

Bahorim eding sen har yil takrorim,
Oyog'ing ostida toptaldi orim.
Ex mening vafodor xiyonatkorim
Kechir jonim seni kechirolmayman...
 
LochinbekДата: Понедельник, 06.05.2013, 00:36 | Сообщение # 3
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Репутация: 2
Статус: Offline
Men kimman?!

Duch kelgan devorga boshini urgan,
Men qaysi devona bilmayman o'zim.
Derazang oldida navbatda turgan,
Xayolim aytadi hozir dilso'zim:

Seni uyg'onishing kutadi mushtoq
Xonangdan shifosin topolmay betob
Tafti ham vujuding oldida qashshoq,
Sovuq qotayapti qaragin oftob.

Nurlari ko'chada seni o'ylaydi
Sochingni bir bora silash hohlaydi
Aslida quyoshmas seni har tongda
Vaslingni sog'ingan ko'zim poylaydi.

E'tibor berdingmi kecha derazang
Yomg'irlar chertkandi uyqingni buzib
Aslida yomg'irmas ahvoli tarang
Men edim daydigan makoning kezib

Yo'lingda doimo seni kuzatgan
Maysaga bir bora nazar solib ket
Aslida maysamas qo'lin uzatkan
O'zimman gadoying alik olib ket

Kokiling taragan mayin shabboda
G'ashingga tegadi guvohdir ko'zim
Sochingdan oromin axtargan sabo
Aslida shamolmas o'zimman o'zim

Oyog'ing ostida ezilgan yaproq,
Ortingda qoladi baxti to'kilgan
Yashashga umidi bo'lsada kamroq
Shu barg ham o'zimman hazoning bo'lgan.

Ohista qadaming qo'yganda shu on.
Bu zamin xis qilar seni eng ko'proq,
Aslida u mening qalbimdir ishon
Izlaring ko'ksida asragan tuproq!

Yomg'irin yog'dirib ko'kda to'lg'ongan
Bulut ham hoyna hoy seni shaydoying
Soyaboningdan ham seni qizg'ongan
Bulutmas rashqimdir mening savdoyi

E'tibor berdingmi kim deya bir bor
Seni deb bunchalar tinchi yo'qolgan
Hamma orzulari ushalamas armon
Lochinman ortingda soya bo'p qolgan...

Добавлено (05.05.2013, 23:36)
---------------------------------------------
Kerakmas...

Kerakmas, o'zgalar qo'limdan tutsa
Kerakmas, hayoldan begona o'tsa
Sirdoshim bo'lsada tunda yulduzlar
Kerakmas, tonglarim uningsiz otsa
Kerakmas...

Kerakmas, kutgani hech notanishlar
Kerakmas, uningdek erkalanishlar
O'xshamas baribir nafas olishi
Kerakmas uningdek yolg'on xonishlar.
Kerakmas...

Kerakmas sevgi deb aqldan tonish
Kerakmas bunchalar tezda o'zgarish
Bu yurak qiynalar hali ko'p bora
Kerakmas uningdek mayin gapirish
Kerakmas...

Kerakmas, istamas yurak o'zgani
Bu tanda mador yo'q dardim yozgani
Baxtiga xavasim keladi faqat
Kerakmas niyat yo'q baxtin buzgani
Kerakmas...

Kerakdir qalbiga mehr to'lgani
Kerakdir ko'zlari sevib kulgani
Men uchun kifoya faqat bir o'tinch...
Kerakdir uning eng BAXTLI bo'lgani.
Kerakdir...

 
GiyosДата: Понедельник, 06.05.2013, 00:43 | Сообщение # 4
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Juda ajoyib. Qoil. Ijodizga baraka)
 
LochinbekДата: Понедельник, 06.05.2013, 00:53 | Сообщение # 5
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Репутация: 2
Статус: Offline
Sizga rahmat eng avvalo dostim
 
FC_PAXTAKORДата: Понедельник, 06.05.2013, 01:51 | Сообщение # 6
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Gap yoq

Добавлено (06.05.2013, 00:51)
---------------------------------------------
Kerakmas bu atvetmi))

 
LochinbekДата: Понедельник, 06.05.2013, 18:33 | Сообщение # 7
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Репутация: 2
Статус: Offline
Da Abror bu she'riy tarzda Sardor akaga otvet disayam boladi muxammas disayam boladi

Добавлено (06.05.2013, 17:33)
---------------------------------------------
Ishonching uchun rahmat! (Text by Erkinzoda)

Atrofimda shuncha go'zal bo'lsa ham
Bu lablarim o'zgalarga kulsa ham
Sabrlaring paymonasi to'lsa ham
Ishonganim ishonganing uchun rahmat

Oqshomlari uyqu tashlab ketganida,
Meni kutib ko'zing yoshlar tutganida
Hayolingdan shubha, gumon o'tganida
Ishonganim ishonganing uchun rahmat.

Naqorat:
Muhabbatim egasi
Yuragimning bekasi
Bu qalbimning erkasi
Ishonching uchun rahmat!

Honang uzra quyosh nuri botganida
Bedorlikda mensiz tonglar otganida
Sog'inchlarda yurak muzdek qotganida
Ishonganim ishonganing uchun rahmat

Bekitilgan tuyg'ularim senga faqat
Taqdir deya sinovlarga qilgan toqat
Qulog'ingga bir gapim bor chin haqiqat
Ishonganim ishonganing uchun rahmat!

 
Xusаn_uzДата: Понедельник, 06.05.2013, 18:51 | Сообщение # 8
Сержант
Группа: Talaba
Сообщений: 68
Репутация: 0
Статус: Offline
good applause
 
LochinbekДата: Понедельник, 13.05.2013, 03:48 | Сообщение # 9
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Репутация: 2
Статус: Offline
Otajon (Otam hotirasiga)

Onamning ko'zidan yoshlar oqmasdi,
G'am anduh har kuni eshik qoqmasdi.
Taqdir yetim digan nishon taqmasdi,
Agar otajonim tirik bo'lganda.

Ishongan insonim mehrin sotmasdi,
Ortimdan jilmayib toshlar otmasdi.
Ota deb ko'zimdan yoshlar oqmasdi
Agar otajonim tirik bo'lganda

Erishgan yutug'im ko'rib turardi,
Boshini ko'tarib mag'rur yurardi.
O'g'lim deb yelkamdan urib qo'yardi,
Agar otajonim tirik bo'lganda.

Ishongan tog'im deb suyanar edim,
Madadkorligidan quvonar edim.
Bir faqat otamga ishonar edim,
Agar otajonim tirik bo'lganda.

Taqdir deb ketmasdi ko'ngil berganim,
Muhabbat bog'ida yillab yurganim.
Yorim bo'lar edi yaxshi ko'rganim,
Agar otajonim tirik bo'lganda

Barcha orzularim armon bo'lmasdi,
Yoq'chilik dardimga darmon bo'lmasdi.
Hayotim bunchalar sarson bo'lmasdi,
Agar otajonim tirik bo'lganda.

Yuragim tilmasdi o'ksik xotira,
Aksim ko'rinmasdi ko'zguda xira.
Kunlarim qorong'u bo'lmasdi sira
Agar otajonim tirik bo'lganda.

Yo'limni topolmay hayot avjida,
Oqib ketayapman umr mavjida.
Sizni bugun ko'rgim kelgandi juda
Agar otajonim...

Lochinbek Erkinzoda
 
GiyosДата: Понедельник, 13.05.2013, 15:37 | Сообщение # 10
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Ta'rifga so'zlar kamlik qilayapti. . . Ofarin.
 
FC_PAXTAKORДата: Вторник, 14.05.2013, 03:25 | Сообщение # 11
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Zo'r. Omad
 
BumBumCHaДата: Вторник, 14.05.2013, 03:40 | Сообщение # 12
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 142
Репутация: 7
Статус: Offline
"TAQDİRİMİZ AYRO EKAN" mavzusida , qiz bola nomidan xam she'r yozolasmi :((
 
ГостьДата: Среда, 15.05.2013, 19:37 | Сообщение # 13
Группа: Qadrli mehmon





ЛОЧИНБЕК ИЖОДИНГИЗГА ОМАД.КОЙИЛ.
 
LochinbekДата: Четверг, 16.05.2013, 02:23 | Сообщение # 14
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Репутация: 2
Статус: Offline
BumBumCHa taklifizi o'ylab ko'rib yozishga harakat qilaman!

Добавлено (16.05.2013, 01:22)
---------------------------------------------
E'tiboriladan judayam xursanman!

Добавлено (16.05.2013, 01:23)
---------------------------------------------
Sevib qolasiz... (Talablariga binoan!)

Bilaman yoshingiz mendan kattadir,
Qalbingiz pokiza juda soddadir,
Iltimos gapimga quloq tuting bir.
Hali ham erkatoy o'jar bolasiz,
Bir kun men shoirni sevib qolasiz.

Opangman deysizu ko'zimga boqib,
Jaxlingiz chiqadi shikoyat to'qib,
Bu Majnun yurakka olovlar yoqib,
Qay makon, manzilga qadam olasiz?
Bir kun men shoirni sevib qolasiz.

Ko'nglingiz topolmay necha-nechalar,
Orzuning ushalmas kuyini chalar,
Hech uxlay olmasdan uzun kechalar,
Ko'zguga termulib o'yga tolasiz,
Bir kun men shoirni sevib qolasiz.

Yurakda anduhlar shamoli yelib,
Alam bag'ringizni ezganda tilib,
Menga dardingizni ayting do'st bilib,
Qo'lga qalam tutgan mahzun nolasiz,
Bir kun men shoirni sevib qolasiz.

Jiddiy qabul qiling dil izhorimni,
Oyoq osti qilmang yigit orimni,
Berishga tayyorman sizga borimni,
Ayting gaplarimga nega kulasiz?
Bir kun men shoirni sevib qolasiz.

Maqsadim, pokiza niyatim bilib,
Topasiz, yurakdan meni axtarib,
O'sha kun o'zingiz yonimga kelib,
Eslab qoling gaplarim hali ko'rasiz,
Bir kun men shoirni sevib qolasiz!

Lochinbek Erkinzoda 15.05.13

 
BumBumCHaДата: Четверг, 16.05.2013, 03:27 | Сообщение # 15
Лейтенант
Группа: Talaba
Сообщений: 142
Репутация: 7
Статус: Offline
raxmat. İjodlarizdan eng yoqqani BAXTSİZ QİZ monologi (y)
İjodizga omad!
 
LochinbekДата: Суббота, 18.05.2013, 02:56 | Сообщение # 16
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Репутация: 2
Статус: Offline
Behayot sevgi.

Uyqu niyat qilib ko'zlarim yumuq.
Lekin ko'zlarimga uyqu kelgan yo'q.
Har kecha eslatar seni qalbimda,
Javobsiz sevgidan qolgan bir o'yiq.

Sevgim erta hazon bo'lgan gul yaproq,
Qalbim oyoq izin qolgan bir tuproq.
Tomchi mehrga zor, vujudim qaqshab,
Seni sevgan edim, hammadan ko'proq.

Muhabbat begona ko'nglingda kim bor?
Bir umr yashrindi mendan beg'ubor.
Menga qarash ta'qiqi etkan ko'zlaring,
Meni jazoladi qilmay e'tibor...

O'zing bilan o'zing yolg'iz qoldingmi?
Nahot gaplarimdan o'yga toldingmi?
Shavqat bilan yana urishib qolib,
Alamingni faqat mendan oldingmi?

Sendayin sendayni sevolmadim hech,
Xatolarim qiynar meni qo'ymas tinch.
Qo'llaring o'rniga endi boshimni
Mayin siypalaydi bag'ritosh o'kinch.

Taqdir shartlariga qilmasdan amal,
Bir umr Ollohga ettim tavakkal.
So'nggi bor aytayin seni sevishim,
Azroyil jonimni olishdan avval.

Ajaldan yashirib holsiz jabrimni,
Jonim uzilmoqda sinab sabrimni.
Men uchun kifoya eslasang faqat,
Tuproqlarin silab gulsiz qabrimni.

Locbinbek Erkinzoda

Добавлено (18.05.2013, 01:56)
---------------------------------------------
Sevgim keladi.

Layli bo'lmang Majnun emasman,
Shirin bo'lmang mamnun emasman.
Zuhroni deb mahzun emasman,
Lochin bo'lib sevgim keladi...

Oshiq yo'qdir mendayin faqir,
Taqdirim shu chidayman taxir.
Tushuninglar meni ham ahir,
Lochin bo'lib sevgim keladi...

Ko'ngil aslo qaytmas ahdidan,
Judo qilib sevgi taxtimdan.
Ayirmanglar meni baxtimdan,
Lochin bo'lib sevgim keladi...

Qanotimga tegmang uchayin,
Osmonimni borib quchayin.
Bu dunyodan mayli kechayin,
Lochin bo'lib sevgim keladi...

Ko'zlarimni o'yinglar meni,
Yuragimdan so'yinglar meni.
O'z holimga qo'yinglar meni
Lochin bo'lib sevgim keladi...

Hohlagancha azoblang faqat,
So'ramayman sizlardan shafqat.
O'zi bersin Xudoyim toqat,
Lochin bo'lib sevgim keladi...

Mayli yashay bir umr kutib,
Xiyonatni butkul unutib.
SADOQATning qo'lidan tutib,
Lochin bo'lib sevgim keladi...

Ishq dardiga mubtalo yurak,
Hali shifo topmasa kerak.
Ko'zlarimda yig'lagan tilak,
Lochin bo'lib sevgim keladi...

Layli bo'lmang Majnun emasman!

Lochinbek Erkinzoda

Добавлено (18.05.2013, 01:56)
---------------------------------------------
Sevgim keladi.

Layli bo'lmang Majnun emasman,
Shirin bo'lmang mamnun emasman.
Zuhroni deb mahzun emasman,
Lochin bo'lib sevgim keladi...

Oshiq yo'qdir mendayin faqir,
Taqdirim shu chidayman taxir.
Tushuninglar meni ham ahir,
Lochin bo'lib sevgim keladi...

Ko'ngil aslo qaytmas ahdidan,
Judo qilib sevgi taxtimdan.
Ayirmanglar meni baxtimdan,
Lochin bo'lib sevgim keladi...

Qanotimga tegmang uchayin,
Osmonimni borib quchayin.
Bu dunyodan mayli kechayin,
Lochin bo'lib sevgim keladi...

Ko'zlarimni o'yinglar meni,
Yuragimdan so'yinglar meni.
O'z holimga qo'yinglar meni
Lochin bo'lib sevgim keladi...

Hohlagancha azoblang faqat,
So'ramayman sizlardan shafqat.
O'zi bersin Xudoyim toqat,
Lochin bo'lib sevgim keladi...

Mayli yashay bir umr kutib,
Xiyonatni butkul unutib.
SADOQATning qo'lidan tutib,
Lochin bo'lib sevgim keladi...

Ishq dardiga mubtalo yurak,
Hali shifo topmasa kerak.
Ko'zlarimda yig'lagan tilak,
Lochin bo'lib sevgim keladi...

Layli bo'lmang Majnun emasman!

Lochinbek Erkinzoda

 
bek_x6Дата: Суббота, 18.05.2013, 03:05 | Сообщение # 17
Майор
Группа: Talaba
Сообщений: 178
Репутация: 4
Статус: Offline
KLASS!!!! zo'r chiqibdi... ijodizda omad...

Нет подпись...
 
FC_PAXTAKORДата: Суббота, 18.05.2013, 03:07 | Сообщение # 18
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Qoil. Zo'r .
 
GiyosДата: Суббота, 18.05.2013, 07:20 | Сообщение # 19
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
1 chi marta shu audioni eshitgandim. Va haligacha playlistimdan tushmaydi. Tarifga sozlarim kamroq. Yozishga qollarim. Chunki ular qarsak chalayapti))
 
ГостьДата: Суббота, 18.05.2013, 09:22 | Сообщение # 20
Группа: Qadrli mehmon





ЛОЧИНБЕК МАН ШЕЪРГА УМУМАН КИЗИКМАСДИМ.ШУ ФОРУМДАГИ ИЖОДКОРЛАР МАНИ КИЗИКТИРА ОЛДИНГЛАР.ИЖОДИНГИЗГА 5 КЕТДИМ.ДАВОМ ЭТИНГ.
 
LochinbekДата: Воскресенье, 19.05.2013, 01:12 | Сообщение # 21
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Репутация: 2
Статус: Offline
bek_x6, FC_PAXTAKOR, Giyos, Гость qadrdonlarim sila shunaqa ijodimga baho berib tursela albatta yana qalam tebratishga harakat qilaman! Va aynan siz istagan to'lqinlada mavjlanamiz!!! ))))))))))

Добавлено (18.05.2013, 11:30)
---------------------------------------------
bek_x6, FC_PAXTAKOR, Giyos, Гость qadrdonlarim sila shunaqa ijodimga baho berib tursela albatta yana qalam tebratishga harakat qilaman! Va aynan siz istagan to'lqinlada mavjlanamiz!!! ))))))))))

Добавлено (19.05.2013, 00:12)
---------------------------------------------
Behayot sevgi.

Uyqu niyat qilib ko'zlarim yumuq.
Lekin ko'zlarimga uyqu kelgan yo'q.
Har kecha eslatar seni qalbimda,
Javobsiz sevgidan qolgan bir o'yiq.

Sevgim erta hazon bo'lgan gul yaproq,
Qalbim oyoq izing qolgan bir tuproq.
Tomchi mehrga zor, vujudim qaqshab,
Seni sevgan edim, hammadan ko'proq.

Muhabbat begona ko'nglingda kim bor?
Bir umr yashrindi mendan beg'ubor.
Menga qarash ta'qiq etkan ko'zlaring,
Meni jazoladi qilmay e'tibor...

O'zing bilan o'zing yolg'iz qoldingmi?
Nahot gaplarimdan o'yga toldingmi?
Shavqat bilan yana urishib qolib,
Alamingni faqat mendan oldingmi?

Sendayin sendayni sevolmadim hech,
Xatolarim qiynar meni qo'ymas tinch.
Qo'llaring o'rniga endi boshimni
Mayin siypalaydi bag'ritosh o'kinch.

Taqdir shartlariga qilmasdan amal,
Bir umr Ollohga ettim tavakkal.
So'nggi bor aytayin seni sevishim,
Azroyil jonimni olishdan avval.

Ajaldan yashirib holsiz jabrimni,
Jonim uzilmoqda sinab sabrimni.
Men uchun kifoya eslasang faqat,
Tuproqlarin silab gulsiz qabrimni.

Locbinbek Erkinzoda

 
FC_PAXTAKORДата: Воскресенье, 19.05.2013, 01:20 | Сообщение # 22
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Men bop she'r ekanu))
 
ShohiДата: Воскресенье, 19.05.2013, 09:35 | Сообщение # 23
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 838
Репутация: 12
Статус: Offline
Lochin aka qoyil, mengayam judayam yoqdi sad

Bu yerdayam o'sha o'sha gap) Baxt meni kutmoqda, olis....olisda!))
 
LochinbekДата: Воскресенье, 19.05.2013, 10:00 | Сообщение # 24
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Репутация: 2
Статус: Offline
Nima balo silaniyan sevgela bejavob qoganmi? (((
 
ShohiДата: Воскресенье, 19.05.2013, 10:49 | Сообщение # 25
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 838
Репутация: 12
Статус: Offline
Lochin aka, menda unaqasi bo'magan)) ta'sirlandimda)

Bu yerdayam o'sha o'sha gap) Baxt meni kutmoqda, olis....olisda!))
 
Giyos/FORUM » ASOSIY » YON DAFTAR » Lochinbek Erkinzoda ijodlari
  • Страница 1 из 3
  • 1
  • 2
  • 3
  • »
Поиск:
Flag Counter