Вторник, 07.05.2024, 15:28
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Lochinbek Erkinzoda ijodlari - Страница 2 - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 2 из 3
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • »
Giyos/FORUM » ASOSIY » YON DAFTAR » Lochinbek Erkinzoda ijodlari
Lochinbek Erkinzoda ijodlari
FC_PAXTAKORДата: Воскресенье, 19.05.2013, 11:01 | Сообщение # 26
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Baxt Shohini kutmoqda, olis olisda))))
 
GiyosДата: Воскресенье, 19.05.2013, 11:17 | Сообщение # 27
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Lochinbek, super.
 
ShohiДата: Воскресенье, 19.05.2013, 12:06 | Сообщение # 28
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 838
Репутация: 12
Статус: Offline
Paxtakorga alam qisin))

Bu yerdayam o'sha o'sha gap) Baxt meni kutmoqda, olis....olisda!))
 
LochinbekДата: Пятница, 24.05.2013, 20:45 | Сообщение # 29
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Репутация: 2
Статус: Offline
E qoyil

Добавлено (24.05.2013, 19:45)
---------------------------------------------
Qalbim kechir meni.

Netay do'stlik deya aldab o'zimni,
Aytolmadim sevaman degan so'zimni.
Ollohdan so'rayman jonga tuzimni,
Qalbim kechir meni, sevganim uchun...

Sevgi izlab sendan bag'ring tilibman,
Armonni o'zimga orzu bilibman.
Afsus bu safar ham xato qilibman,
Qalbim kechir meni, sevganim uchun...

Ishq sahrosin kezib sarson betayin,
Mehringga tashnalik ortib kun sayin.
Bir kun bu holatda o'lmog'im tayin,
Qalbim kechir meni, sevganim uchun...

Ko'zlarim ko'r bo'ldi, quloqlarim kar,
Sog'inib dard alam bag'rimni ezar.
Sevishdan charchadim bo'ldi bas yetar,
Qalbim kechir meni, sevganim uchun...

Sensiz bag'rim senga hech ocholmadim,
Tutib qo'llaringdan bir qucholmadim.
Yoqimli bu azob voz kecholmadim,
Qalbim kechir meni, sevganim uchun...

Lochinbek Erkinzoda ©
 
FC_PAXTAKORДата: Суббота, 25.05.2013, 00:05 | Сообщение # 30
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
E qoil
 
ShohiДата: Суббота, 25.05.2013, 00:36 | Сообщение # 31
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 838
Репутация: 12
Статус: Offline
yahoo hands

Bu yerdayam o'sha o'sha gap) Baxt meni kutmoqda, olis....olisda!))
 
LochinbekДата: Суббота, 25.05.2013, 02:31 | Сообщение # 32
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Репутация: 2
Статус: Offline
Xudo holasa tez kunda "Onanga baqirma" digan sh'er premyera bo'ladi!
 
SoginchДата: Суббота, 25.05.2013, 09:47 | Сообщение # 33
Группа: Qadrli mehmon





Bu wer manga oxwagan farzandlarga atalsa kerag)
werlaringiz manoli ekan .
 
LochinbekДата: Понедельник, 27.05.2013, 18:13 | Сообщение # 34
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Репутация: 2
Статус: Offline
Sog'inch nazar uchun rahmat! Lekin nega aynan sizga o'xshagan farzandla uchun?!

Добавлено (25.05.2013, 18:11)
---------------------------------------------
Kechikkan sevgim.

Yuragimda qolgan bir dard bor yomon,
Har lahza har onda qiynar beomon.
Netay axir qaydan bilay bu taqdir,
Yolimni korsatdi bir gozal tomon.

Kulganda rohatdan tirtrardi vujud,
Tobora borardi bog'lanib umid.
Afsuski kech bildim xasta dil pora,
Yonida yori bor der uni unut.

Tor kocha bemanzil ketib borarman,
Uchragan devorga boshim urarman.
Ustimdan kularlar eshitgan kimsa,
Dardim kop dardlarim kimga yorarman?!

Tushunmas bu notinch yurak quloqsiz,
Xar kuni qidirar izin yo'laksiz.
Necha bor xarakat qilsada afsus,
Hech yashay olmadi yarim bo'laksiz.

Lablarim tishlanib jim qolgan sevgim,
Xazonlar ostida yoqolgan sevgim.
Kech kelgan bahorim, Mening armonim,
Sen mening kechikkan kech qolgan sevgim...

Lochinbek Erkinzoda ©

Добавлено (27.05.2013, 17:13)
---------------------------------------------
Onanga baqirma

Dunyo ko'rishingdan to'qqiz oy avval,
O'z jonin garovga tikib tavakkal.
Senga hayot bergan mana shu ayol,
Oyog'in o'psang ham kamlik qiladi,
Onanga baqirma, gunoh bo'ladi.

O'zi uxlamasdan, seni uxlatgan,
Alla aytib bedor tonglari otkan.
Hassamas, yelkanga suyanish kutgan,
Shu inson duosi panoh bo'ladi,
Onanga baqirma, gunoh bo'ladi.

Suv doim shoshilib, soyga oqarkan,
Boy esa do'stim deb, boyga boqarkan.
Lek onang sen deya sochi oqargan,
Yo'ling poylab, nursiz ko'zi toladi,
Onanga baqirma, gunoh bo'ladi.

Qara soat nechchi, chirog'i yoniq,
Seni duo qilar qo'llari ochiq.
Ishlaring rivoji onanga bog'liq,
Olloh hammasiga guvoh bo'ladi,
Onanga baqirma, gunoh bo'ladi.

Borida qadrla, umri omonat,
Senga beradigan mehri omonat.
Shu onang oyog'i ostida Jannat,
Rozi qil, bir kuni guldek so'ladi,
Onanga baqirma, gunoh bo'ladi.

Lochinbek Erkinzoda ©

 
GiyosДата: Понедельник, 27.05.2013, 18:40 | Сообщение # 35
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Yashang shoir. Qoyil. Qarsaklar.
 
FC_PAXTAKORДата: Понедельник, 27.05.2013, 20:35 | Сообщение # 36
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Mana bunaqami hands
 
LochinbekДата: Понедельник, 27.05.2013, 21:26 | Сообщение # 37
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Репутация: 2
Статус: Offline
Rahmatlaaaaaaaar!
Tez kunda 7-yil (bir muhabbat tarihi) sh'eri

Добавлено (27.05.2013, 20:26)
---------------------------------------------
Rahmatlaaaaaaaar!
Tez kunda 7-yil (bir muhabbat tarihi) sh'eri

 
ShohiДата: Вторник, 28.05.2013, 10:29 | Сообщение # 38
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 838
Репутация: 12
Статус: Offline
Lochin aka super hands

Bu yerdayam o'sha o'sha gap) Baxt meni kutmoqda, olis....olisda!))
 
LochinbekДата: Среда, 29.05.2013, 00:34 | Сообщение # 39
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Репутация: 2
Статус: Offline
Rahmat Shohi smile
 
MirzoxidДата: Среда, 29.05.2013, 00:52 | Сообщение # 40
Подполковник
Группа: Talaba
Сообщений: 683
Репутация: 0
Статус: Offline
Baraka toping ijodizga omad

Jannatdan gul o'g'irlab Jaxannamda o'stirolmaysan, Jaxannamdan cho'g' olib Jannatni yoqolmaysan!!!
 
LochinbekДата: Среда, 29.05.2013, 10:58 | Сообщение # 41
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Репутация: 2
Статус: Offline
Rahmat Mirzohid wink

Добавлено (29.05.2013, 09:58)
---------------------------------------------
Qaldirg'ochimga.

Bahor bilan bag'rimga qaytib,
Yana topib kelibsan meni.
Qaldirg'ochim dardimni aytib,
Yuragimga yashiray seni.

Isitadi sevgim quyoshi,
Sovuqlardan qo'rqmagin qushcham.
Qani edi umrim yo'ldoshi,
To'rt fasl ham yoningda uchsam.

Bemudofa ko'ngil makoni,
Netay ojiz, ishqing oldida.
Dardimga yo'q davo imkoni,
Axir qalbim sevib qoldida.

Ko'zlarimdan bezor bo'lguncha,
Qaldirg'ochim mendan ketmagin.
Tushun, yana bahor kelguncha,
Ahvolimni harob etmagin...

Lochinbek Erkinzoda ©

 
FC_PAXTAKORДата: Среда, 29.05.2013, 11:02 | Сообщение # 42
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
sad
hands
hands
hands
hands
hands
 
LochinbekДата: Вторник, 04.06.2013, 15:26 | Сообщение # 43
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Репутация: 2
Статус: Offline
Tug'ilgan kuning!

Lablaringda tabassum cheksiz,
Aytolmasdan senga tabrik so'z.
Men yoningda emasman afsus,
Bugun sening tug'ilgan kuning!

Diydor shirin unutolmadim,
Sen olisda men yetolmadim.
Qo'llaringa gul tutolmadim,
Bugun sening tug'ilgan kuning!

Quvonchingni ko'rardik baham,
Ko'ngilda yo'q zarracha shubham.
Kutyapsan-a, meni hali ham?
Bugun sening tug'ilgan kuning!

Ko'zlaringni ko'rsam to'yardim,
Gar yoningda bo'lsam o'ylardim.
Qulog'ingdan tortib qo'yardim
Bugun sening tug'ilgan kuning!

Lochinbek Erkinzoda ©
 
SoginchДата: Вторник, 04.06.2013, 15:51 | Сообщение # 44
Группа: Qadrli mehmon





Bugun tugilgan kunimi sevsangiz tsbriklawga nima halaqit berafi?Wer zo'r yozilgan.

Добавлено (04.06.2013, 14:51)
---------------------------------------------
Qaldirgoch haqidagini oqib Sokinani qaldirgochlari
yodimga keldi .Sizam qaldirgochlarni yaxwi koradizmi?

 
LochinbekДата: Вторник, 04.06.2013, 16:53 | Сообщение # 45
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Репутация: 2
Статус: Offline
Bilasmi sevganimi tabriklashga (bu sh'er 3 yil oldin yozilgan, oshanda undan aaaaaaaancha uzodidim) armon halaqit beradi....
Ismim Lochinbek boganiga man uni qaldirg'ochim dip erkalardim! Hozir esa...
 
SoginchДата: Вторник, 04.06.2013, 17:55 | Сообщение # 46
Группа: Qadrli mehmon





Taqdir yollarigiz ajraldi.Wundaymi? Uni un kurawiw keragidi.Yigitlarga imkon koproq boladi.Qizla dardi ichida uydagilariga qarwi chiqolmay bowqadiga majbur konadi.

.Man ijodkor bomasamam ijodkorlarni tuwuniwga harakat qilaman.Chunki bu alohida qandaydir odamlarga Allohimni yuborgan marhamati deb oylsyman.Yuragidagini cjiroyli sozlar bn yetkazib beriw hammagsysm.ato qimaydi.

Yozganlaringiz manga yowdi.

Bu forumda faqat iqtidorlilar yigilgansizla lekin hammalaring gankasa yoki qizganchiq boldangiz kerag)))))
Juda kam yozasilarda koproq yozib bir birini ijodlaringa qiziqib fikrlaringizni bildirmaysizla.

Man badiy tomonlama fikrimni bildirolmasam qiziqib oqiymsn

masalan Sokina haqiqatan zo'r yozadi buni manimcha bowqalaram tasdiqlass kerag,lekin forumga deyarli yoxmaydi.

Giyos akayam xuddi wunday monolog, hajviyslarni zo'r yozadila lekin forimga kirmasalarsm kerag)))

Loading Fazliddin aka ham xuddi wunday .Sokina manga aytgandi .Kuchli hayajonni kechirsa kerag yozsyotgan paytlarifa wunichun hammayam yozganlarini ilgab ololmaydi.Aslida oz ustids koproq iwlasa qayta qayta oqiydigan narsalani yoza oladi deb aytuvdi.Manam aynan wu tomoniga etibor berib oqiyapman.

Parvinayam kam yozarkan.Monologlsri yaxwi lrkin dsnkasa yozgisi kelmaydimi bilmaymsn nimags yozmaydi.

Sizam Lochinbek zor yozasiz lekin juda kam

Xullas bir gala gankasalar koproq yozinhlaaaaarrr.))))

Yozmasanglar igns boyi jardan yiqilib tuwasizlaarrr))))

Добавлено (04.06.2013, 16:48)
---------------------------------------------
Man hazil arslaw yozdim tagin xafa bolmangizla.)))

Ijodkorlarni tabiati nozik boliwini bilamsm arazlab qolmangizlar deymanda)))

Добавлено (04.06.2013, 16:55)
---------------------------------------------
Sizlarni uydagi yoli daftarda yozganlaringizni biz oqiyolmaymizda.

Forumga yozingizlar mayli siz un yomon yozilgan boldin yoki 3-4yil oldin yozilgsn bolsin biz oqiylik.Bir biringizga fikr almawing.

mana bizam hech bomaganda qarsak chalib qoyayliiiik ))))

 
LochinbekДата: Вторник, 04.06.2013, 20:55 | Сообщение # 47
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Репутация: 2
Статус: Offline
Bilasmi Sog'inch shuncha fikr va e'tiborizdan judayam xursanman! Albatta qo'ldan kegancha ko'pro yozishga harakat qilamiz lekin har bir ijod mahsuli a'o bolishichun uni 3-4 xil variantda yozip keyin eng a'losini netga joylaymiz. Mana yana bitta va'da qigan sh'erim:

7 yil... (o'z sevgim tarihi)

Yettinchi mart edi, ha o'sha kuni,
Yurak borligini eslatib qo'ygan.
Men hatto ismin ham bilmasdim uni,
Ortidan ko'zlarim kuzatib qo'ygan.
Bugun, shu ko'zlarim ko'rolmayapti...

Bir ko'rib sevmoqlik, rostakan asli,
Shu kundan o'zimni tanigan edim.
Ishqim izhor etib, uning nafasi
Vujudim yashashga undar degandim.
Bugun, tanam nafas ololmaypti...

Kunlar tez o'tardi, hayolda vasli,
Orzuga to'lardi, ko'p suhbatimiz.
Har yil keladigan, bahorim fasli,
Qayta kashf etardi, muhabbatimiz.
Bugun, shu bahorim qaytolmayapti...

Unga odat edi, qo'ng'iroq qilib,
Xayrli tilaklar tilamoq tunda.
Shirin ovozida erkalab, kulib,
Meni uyg'otardi, har kuni tongda.
Bugun, shu ovozi eshtilmayapti...

Ko'rganlar qarardi, bizga xavasda,
Uni Layli desa, men edim Majnun.
Yillar o'tib shuni tushundim asta,
Lablarim tishlanib, Laylisiz beun.
Sevgim, tadirga tan berolmayapti.

Sog'inch qiynaganda meni beomon,
Esladim o'tmishni sur'atga boqib.
Har bir soniyayu, baxt to'la osmon,
Bag'rida uchgandik, biz qanot qoqib,
Bugun, shu qanotim ucholmayapti...

Dardimning nolasi olamga sig'mas,
Torman, SADOsidan erta ayrilgan.
Tirik murda kabi ololmay nafas,
Lochinman, qanoti yerda qayrilgan,
Bugun, go'rimga joy topilmayapti...

Bizga hasad qildi, aybdor taqdir,
Bizni ustimizdan kulgancha atay,
Men ojiz bandaman, ojizman axir,
Yig'lamang deysanu, qandoq yig'lamay?
Bugun, yetti yillik sevgim o'lyapti,

Axir, bugun sening to'ying bo'lyapti....

Lochinbek Erkinzoda ©
 
SoginchДата: Вторник, 04.06.2013, 21:45 | Сообщение # 48
Группа: Qadrli mehmon





((( Bu werni yoziw un katta yurak kerag. Qanday qilib wunday tasirli yozasizlara? Buni yoziwniyam ozi bolmasa kerag...

Xay hsyot ekanku baxtli bolsin. Bitta yigit toyifan oldin vafot etgandi.Qizga qiyin boluvdi. Bumday boliwdan xido saqlasin

Ijodingizga baraka!(Sokinadan ogirladim bu gapni)
 
LochinbekДата: Вторник, 04.06.2013, 23:51 | Сообщение # 49
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Репутация: 2
Статус: Offline
Rahmat kottakon Sog'inch!
 
GiyosДата: Четверг, 13.06.2013, 21:27 | Сообщение # 50
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Цитата (Lochinbek)
Bugun, yetti yillik sevgim o'lyapti,

Qarsaklar tinimsiz chalinmoqda... Bravo!
 
Giyos/FORUM » ASOSIY » YON DAFTAR » Lochinbek Erkinzoda ijodlari
  • Страница 2 из 3
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • »
Поиск:
Flag Counter