Вторник, 07.05.2024, 13:30
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Lochinbek Erkinzoda ijodlari - Страница 3 - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 3 из 3
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
Giyos/FORUM » ASOSIY » YON DAFTAR » Lochinbek Erkinzoda ijodlari
Lochinbek Erkinzoda ijodlari
Malika_95Дата: Четверг, 20.06.2013, 09:40 | Сообщение # 51
Сержант
Группа: Talaba
Сообщений: 53
Репутация: 1
Статус: Offline
manga babir adezga yozgan weriz yoqadi lochinaka
 
SokinaДата: Понедельник, 22.07.2013, 21:58 | Сообщение # 52
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Ijodingizga baraka tilayman.
Hammasi ta'sirchan va samimiy yaratilgan ijod namunalari.


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Вторник, 23.07.2013, 18:46 | Сообщение # 53
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Bitiruvchi va bitirgan talabalar uchun maxsus.

O'sha o'tgan kunlarni kulib-kulib eslaymiz,
Endi oltin yoshlikni
she'r-qo'shiqdan izlaymiz.
Alam qilar ayriliq, to'xtamaydi ko'z yoshim,
Mendan endi xabar ol, saboqdoshim kursdoshim.

Talabalik oltin davr, tugadi bu muddat ham,
Eh... aziz bo'lib qoldi birga tushgan surat ham. Ruhan birga uzoqda bo'lsa ham ko'p jismlar,
Partalarda buyalib ketgan qancha ismlar.

Ilk muhabbat ilk sevgi
birga bo'lgan yuraklar
Bugun olis olisda bir biridan bo'laklar...
Hamma shirin hotira ortda qoldi nachora
Katta hayot yo'lida hamma o'zi ovvora,

Esingdami qadrdon oliygoh ko'chalari,
Hayolimdan haliyam ketmaydi kechalari.
Rostan ham oltin edi
o'sha o'tkan davrlar
Iloji yo'q bo'lsa ham ehh yana qaytgim kelar

Qani iloj bo'lganda yana qayta o'qirdim
Ustozu, barcha kursdosh Hammangizni sog'indim.
Birga o'tkan damlarni tushlarimda ko'ryapman
Ostonada bugun jim begonaday turibman

Yo'q yo'q hammasi o'sha, o'sha dargoh, o'sha joy,
Oradan o'tsada yil, necha kuni necha oy.
Faqat biz begonamiz 4 yillik hotiraga,
Qumsab eng quvnoq o'tkan damlarni bir umrga...

Lochinbek Erkinzoda ©
 
SokinaДата: Вторник, 23.07.2013, 19:04 | Сообщение # 54
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Talabalik-oltin davrim...
Demak,o'tib ketgandan so'ng oltinning qadr-qiymati bilinadi...
Ijod namunalaringizdan yana kutamiz.
Giyos, sizga rahmat! Sizfagi dankasalik haliyam chekinmadimi?)))


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
GiyosДата: Вторник, 23.07.2013, 22:02 | Сообщение # 55
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Sokina, ikki hikoyani tugatdim. Kitobha chiqadigan. Juda kuchli yozilgan.
Lochinbekni ilhom parilari hozirda ta'tilda ekan.
 
SokinaДата: Четверг, 08.08.2013, 20:36 | Сообщение # 56
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Yaxdhiku!
Omad tilayman!

Добавлено (08.08.2013, 19:36)
---------------------------------------------
Lochinbekning ta'tili qachon tugarkan biggrin


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
LochinbekДата: Среда, 25.09.2013, 02:47 | Сообщение # 57
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 22
Репутация: 2
Статус: Offline
Menga ishon...

Tundan qaro nargiz kabi sochlaringni,
Ko'zlarimga qarolmagan ko'zlaringni,
"Ishonmayman sizga"- degan so'zlaringni
Sog'indim rost, sog'inganim menga ishon...

Lablarimdan olib qochgan lablaringni,
Hijolatda o'tkan har bir damlarimni,
Yonginamda bo'lsang ham bir kamlarimni,
Sog'indim rost, sog'inganim menga ishon...

Qo'llaringdan ichgan shirin choylarimni,
Yuragingdan topolmagan joylarimni,
Seni o'ylab o'tgan kunu-oylarimni,
Sog'indim rost, sog'inganim menga ishon...

Balkim deya ikkilanib turishingni,
Gaplarimga xandon otib kulishingni,
Maxallada ko'z quvnatib yurishingni,
Sog'indim rost, sog'inganim menga ishon...

Mehr berib dardlarimni tinglashingni,
Senga bo'lgan muhabbatim anglashingni,
Eh qachondir meni sevib qolishingni,
Sog'indim rost, sog'inganim menga ishon...

Mayli menga erkalanib boqmasang ham,
Sahroyimda daryo bo'lib oqmasang ham,
Ohirgi bor aytay gapim yoqmasa ham,
Sog'indim rost, sog'inganim menga ishon...

Lochinbek Erkinzoda ©
 
FC_PAXTAKORДата: Среда, 25.09.2013, 03:08 | Сообщение # 58
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Репутация: 7
Статус: Offline
Gap bor hands
 
GiyosДата: Среда, 25.09.2013, 08:30 | Сообщение # 59
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Manam gap bor diyman))
 
SokinaДата: Воскресенье, 29.09.2013, 18:28 | Сообщение # 60
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
Sog'inch-ilohiy tuyg'u. She'rda so'zlar yordamida sog'inch hissini o'zi his qilgandek hech kim aks ettirolmaydi.Qalbning kuchi sog'inchni izdihomidan quvib chiqarishga kuchi yetmaydi toki,diydor nasib etmaguncha...
Ijodingizga baraka!


Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
Giyos/FORUM » ASOSIY » YON DAFTAR » Lochinbek Erkinzoda ijodlari
  • Страница 3 из 3
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
Поиск:
Flag Counter