10:15 Yo’q. Xayr. | |
Yo’q. Xayr. - Shirin so’zlar, shirin gaplar, shirin yoqimli jumlalar aytasan menga. - So’zlarim rost. Hammasi samimiy. Qalbimdan. - Kech, juda kech. Qolmadi sabrim, vaqtim. - Ishoning menga. Hamon sevaman sizni. Ketmang. - Yo’q. Xayr. *** - So’ngi marotaba aytgandim ketmagin deya. Quloq soldingmi? - Kechiring iltimos. Kechiring. Men aybdorni kechiring. Sizni qadringiz bilmabman. - Aytgandimku, sog’inasan hali, deb. Qaytar dunyoku. - O’zim aybdorman. Meni yana qiynamang. Sizni boshqa tashlab ketmayman. - Yo’q. Xayr. *** - Esingdami? Bog’da ikkimiz yurganimizda. Senga yoqadigan gulni uzib bergandim. Shunda sen yig’laganding. Nega desam? U uzilmasdan go’zal edi. Endi uni xazon qildingiz deganding. - Ha. Ha. Esimda. Kechagidek esimda. - Sen meni sevgimni uzib olding. Endi xazonga aylanadi, usha guldek. - Aslo. Aslo. U yana qayta o’sib chiqadi. U yana unadi. O’sadi. - Yo’q. Xayr. *** - Mayin shamollar esardi, dengiz bo’yida yurganimizda. Quyosh qizarib chiqardi, dengiz ortidan. Sevgimiz chiqardi qizarib yuragimizdan, iliq harorat bilan... Qora bulut keldi, kuchli shamol bilan... Sen ketding, meni deb ojiz... - Men ahmoq ekanman. Bilmabman o’rningiz. Sog’inishim qilmabman hayol. - Odam, olamni o’zgartiraman deydi. Nega avval o’zini o’zgartirmas ekan. Sen aybni o’zingdan qidir... Mayin muhabbatni sog’inayotganlar kutayotgandir meni balki... - Menchi? Tashlab ketmang yolg’iz. - Yo’q. Xayr. *** - Sog’indim deb aldaysan. Ishonasanmi? Ishonishimga? - Nega alday sizni? Shuncha qiynaganim yetar. Uyalayapman o’zimdan. - Aldamading. Ketib qolding. Hech nima demay. Indamay. - Ketmadim. Majbur edim. - Telefonlarimni ko’tarmading. Qayta qayta qilsam olmading. Xatlarimga javob yozmading. - Sizni unutishim kerak edi. Unutmasam bo’lmasdi. - Unutding ham. - Yo’q. - Yo’q. Xayr. *** - Sabringni sinading. Sinig’i chiqguncha. Mana holimni ko’r. O’zgarganimni? - Hafa qildim. Kechirim so’rayman. - Hafa bo’ldim? Qanday qilib hafa bo’ldim? Men umuman hafa bo’lmaymanku! - Xayr demang yuragimni hijronga tashlab, Xayr demang mayus ko’zlarimni yoshlab, Xayr demang qalbim parchalab... - Yo’q. Xayr. *** - Ketganding sen xayr demay. Men aytaman ketishdan avval. - Ketganding... Ketganding... Hech sababini so’raysizmi? Nima sababdan ketganimni, sizdan ketganimni so’raysizmi? - So’ragandan nima foyda. Ishonarli yolg’on aytasan. Boshqa nima kutardim? - Aytaman. Mayli eshitmansangiz ham. Xayr desangiz ham... - Yo’q. Xayr. *** - Befoyda so’zlar, bu ortiqcha urininishlar... - Ketmasimdan oldin ko’rdim sizni bir qiz bilan. Qo’l ushlashib ketayapgandiz bizni bog’ tomon. Xiyonat qildingiz menga. Chidolmadim qadrimga. - Yo’q. Xay... bo’lishi mumkin emas. Men u yerga sendan o’zgasi bilan bormaganman. Faqat sen bilan sayr qilganman. Boshqa hech kim. - Yolg’onmi? To’g’ri. Sen yolg’onchi deyasiz faqat. O’z ko’zlarim bilan ko’rdimku. Boshqa aytganda ishonmasdim. Chidolmasdim. - Bo’lishi mumkin emas. - Meni ko’rganimmi? Ha. Nogohon ko’zim tushdi. Siz ko’rmadingiz? Nima deyotgandiz? - Yo’q. Xayr. *** - Ishon. Sendan o’zgasini demaganman. Hech kim bilan... hm. - Siz alday olmaysiz. Yolg’on gapira olmaysiz. - Men alday olmayman. Kechir. Boshqasi bilan yurdim. Faqat 1 kun. Lekin sen nega ketishga majbur eding. - Sizni kechira olmadim. Nafratlanib ketdim. Chiday olmadim. Ketdim. Sizga nafratimni sochishdan qo’rqib, majburan ketdim. - Men faqatgina bir kun yurdim. Bir kunga iltimos qilgandi. Shu yetarli bo’libdi. - Meni ham chaqirishdi. Siz chaqirayapti deya. Lekin boshqacha holat edi... - Tushunarli. Bizni birga ekanimiz kimgadir og’irlik qilibdi. - U qiz nima bo’ldi? - Birga qolishimni so’radi? - Nima dedingiz? - Yo’q. Xayr. *** - Bizni ayirishdi nomardlar... Nega so’ramading bir og’iz mendan. Eslamadinmi orzularimizni? Orzularimizdan voz kechardimmi? O’zimiz yaratgan orzulardan... - Esladim. Barini. Farzandli bo’lib, unga tanlagan ismlarimizgacha. Hamma, hammasini. Qaysi biri birinchi tug’ilishini istaganimgacha. Esladim. Lekin... - Birga o’tkazgan vaqtlarimizni ham esladingmi? Shu joylardan birga yurganlarimizni? Yomg’irda yoping’iching. Qorda issig’ing. Issiqda soya bo’lganlarimni esladingmi? Yodga oldingmi bir borgina? - Ha. Hammasi esimda. Goyoki, hozir bo’lgandek esimda. - Nega unda ketding? O’ylamadingmi meni? - Chiday olmadim... - Ex. Sodda qiz. Soddaginaya. Men kelaman. Kutgin. Kelaman. Avvalgidek bo’lib. - Ketayapsizmi? - Yo’q. Ko’rishguncha. Manba: Giyos.ucoz.org
| |
|
Всего комментариев: 0 | |