Seni asray olmadim. O’zgalar meni sendan tortib olishdi. Men hach narsa qila olmadim. Qo’limdan hech narsa kelmadi. Sen menga najot ko’zi bilan tikilib qararding. Men o’zimni o’ylab, hudbinligim tutib, og’riq bo’lmasa ham yerda qornimni ushlab yotardim. Ular ko’pchilik bo’lgani uchun qo’rqandirman. Ha men qo’rqoqman. Seni himoya ham qila olmadim. Seni yordam so’rab chaqirishlaring ham meni qo’rqoqligimni yenga olmadi. Men hatto harakat ham qilmadim. Birgina musht meni mag’lub etgandi. Shu musht senga bo’lgan sevgimdan, seni menga bo’lgan sevgindan ustun keldi. Seni ular olib ketishdi. O’sha ablahlarga kuchim yetmadi. Seni indamay berib yuordim. Qo’limdagi baxt qushini qafasga solib, ularga berib yubordim. Endi o’tirbman nima qilarim bilmay. Boshim toshdanda qattiq. Tosh bo’lganda yorilib mayda-mayda bo’lib ketardi. O’zimga kelib seni ortingdan qidirdim. O’zimni qo’rqoqligim uchun rosa koyidim. So’ngi pushaymon o’zinga dushman diganlaridek. O’z yog’imga o’zim qovruldim. Seni oxiri bir tashlandiq joydan topdim. Ko’rib yana o’zim qilgan ishimdan ming afsusda hatto o’limga ham rozi bo’ldim, sening oldinda nima degan odam bo’lish, seni mayus ko’zlaringa qanday boqishni o’ylab. Seni kasalhonaga olib bordim. O’sha yerda ham qo’rqoqlik qildim. Men tanimayman, ko’chada ko’rib qoldim dedim. Sen hammon behush eding. O’sha hayvonsifat mahluqlar qilgan ishini, qizligini bulg’aganini bilib, to’g’risi shokka tushdim. Bunaqasini kutmagandim. Devorga suyanib qotib qoldim. Qancha turganimni ham bilmayman. Keyin o’zimga kelib o’sha ablahlarni qidirgani ketdim. Yo’ldan pichoq sotib oldim. Mashina raqami esimda qolgan edi. Qidirib qidirib bir kafe oldida mashinasi ko’rib qoldim. Kelishini kutdim u itlarni. Bittasi sigaret chakib kelardi. Uni mashina orqasida poylab turib, orqasidan sanoqsizpichoq ura boshladim. Necha marotaba urdim bilmadim. Qarasm u behush yotardi. Atrofdan kimdir kelayotganini ko’rdim, yana orqaga bekindim, 2 sherigi ham keldi, ular yerda yotgan sherigini qarashardi bir qonga belangan tanasini ushlab ko’rsa ikkinchisi tez yordamga qo’ng’iroq qilardi. Birinchi borib telefon qilayotganni bo’ynidan so’yib yubordim, u menga qarashga ham ulgurmadi. Yerga gurs etib tushdi. Ikkinchi sherigi manga najot ko’zi bilan nima qilishini bilmay tikilib turardi. Meni ko’zlarim qonga to’lgan edi. Ko’zimga faqat uni o’ldir degan yozuv ko’rinardi. Unga ham shavqat qilmay ko’kragiga o’tkir pichoqni domini olib borib tiqib oldim. Qayta va qayta tiqverdim. Toki u xirilab nafas o’rniga qon tuflaguncha. Oldimda uch murda yotardi. Men keyin atrofga qaradim. Tun sukunati hukumron. Pichoqni sug;irib olib uyga ketdim. Uyda kiyimlarimni yuvib, o’zim ham yuvinib. Kasalxonaga bordim. O’zimda qayerdan shuncha kuch toptim bilamadim. Hozir qo’rqoqligimdan asar ham qolmagandi. Hamshiradan seni so’radim. U sen hushing kelganini aytdi. Men undan seni oldinga kirish uchun izn so’radim. U faqat tez deya ruhsat berdi. Seni oldinga kirdim. Sen menga bo’lib o’tgan ishdan uyalib ko’z qiring bilan qararding. Yolg’izim men senga ular boshqa kelmasligini aytdim va shuni ham bilki bu voqeani BIZNI TO’YIMIZGA HECH QANDAY ALOQASI YO’Q. MEN SENI HALI HAM, BALKI UNDANDA ORTIQ SEVAVERAMAN!!!