22:47 Tongi SMS. | |
Tongi SMS. "Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani
uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”. Bu SMS lar Robiyaga tanish, har kuni bir vaqtda, bir xil
SMS keladi. Robiya ham o’z navbatida Sobirga bir xil javob yozadi. Faqat uniki
aynan bir vaqtda emas. Har hilroq, nechidir minutga farq qiladi. "Assalomu Alekum. Sizga ham Xayirli tong! Rahmat juda
zo’r uhladim. Sog’inchim, zarracha!))”... Ha. Bu ularni har kungi salomlashish SMS lari desa
bo’ladi. Sobir va Robiya bir birini 3 yildan beri tanishadi. Ular avtobusda
to’sattan bir voqea sabab tanishib qolishgan. Ushanda Robiyaga ikki mast yigit
gap otib, unga tegajorlik qilishvotgandi. Avtobusdagi odamlar, yigitlar ichib
olganigami, yoki ulardan qo’rqibmi, o’zi odam ham kam edi. Yo’q, konduktor
e’tiroz bildirgandi, bir narsalar dib so’kishdi, keyin biletingni sotginam
diyishdi. Sobir orqaroqda o’tirgandi. Bu gaplardan keyin o’rnidan turib, ularni
oldiga keldi. Ozgina janjal, keyin pastga tushishdi. Avtobus yo’lida davom
etdi. Sobir ular bilan alohida gaplashdi... Robiya avtobus oynasidan qarab
qoldi... Robiya tikuvchilik fabrikasida tikuvchi bo’lib ishlaydi. Har kuni bir
vaqtda shu avtobusda uyga qaytadi. Sobir ham usha atrofda institutda o’qiydi.
Uni ham darslari tugagandan keyin shu vaqtda, shu avtobusda uyga qaytadi.
Ertasi kuni Sobir avtobusni orqa o’rindig’ida o’tirib kevotganda yoniga bir qiz
keldi. Boshida u ahamiyat bermadi. Yonida joy bo’sh edi. Lekin qiz Sobirga
qarab turardi. U qiz Robiya edi. Sobir qiz unga tikilib turganiga o’zini
g’alati his qildi. Keyin qizga: -
Kechirasiz. O’tirmoqchimisiz. Marhamat (shunday deb o’rnidan turdi) -
Yo’q. Sizga rahmat etmoqchidim. -
Joy berganimgami? -
Yo’q. Mani tanimadizmi? -
... (Sobir o’ylanib qoldi) -
Kecha mani bezorilardan himoya qilgandiz. Begona bo’lsez ham. -
Ha. Kechamidi. Uzr. Sizga qaramagan ham ekanman. Bemalol. Nega endi begona
ekansiz. Man barchani o’z yaqinimde ko’raman. Sizga yordam berganimdan
hursandman. -
Kecha sizga rahmat etolmaganimga rosa uyalib yurdim. -
O’zi rahmat etishizga imkon bo’lmadiku. Tushib ketdik. -
Ha. Lekin baribiram. Bugun sizni ko’rib rosa hursand bo’ldim. Yonizga
kelib, nima dib gap boshlashni ham bilmadim. Yana bir bor rahmat... Bu ikkinchi uchrashuv. Lekin birinchi suhbat. Shu
holatdan keyin avtobusda bir birlarini har kun ko’radigan bo’lib qolishdi.
Ismlarini etishdi... telefon raqam... endi telefonda suhbatlar... (bir qancha
vaqt, taxminan 1 yilcha o’tdi, Sobir o’qishni tugatib, ishga kirdi) -
Allo. Robiya. Salom. -
Assalomu Alekum. -
Sizga bir gap etmoqchidim. -
Qanaqa gap. -
Sizni sansirab gapirsam maylimi? -
Hop. O’ziz bilasiz (Robiya o’ylanib qoldi. Nega sansiramoqchi dib) -
Hozir o’ylanib qolding. To’g’rimi? Sababi, man o’zimga yaqin olganlarimni
barchasini sansirab gapiraman. Qizlarni nazarda tutvomman. Bunga sinfdoshlarim,
kollejdagi kursdoshlarim erishgan. Institutdagilar ham erisha olmadi. Ularni
sizlab chaqiraman. Usha oxirgilari kollejdagilar bo’lib qolgandi. Man endi
shucha paytdan keyin san erishdin. Agar hohlamasang, sizlab ham chaqiraveraman. -
Yo’q, man sansirab chaqirishizni hohlayman (Robiya o’zi bilmagan holda shu
gaplarni etvordi) -
Hursandman. Mayli keyinroq telefon qilaman. -
Hop Yana 2 yil o’tdi. Sobir har kuni soat 6:00 da SMS
yozadigan bo’ldi. Bir hillarida kechroq ham yozardi. Uhlab qolishi, yana boshqa
sabablar... lekin ko’proq 6:00 da. Lekin so’ngi paytlar, yengi telefon
olganidan keyin roppa rosa 6:00da kelardi. Yuboradigan SMSi: "Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani
uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”. 3 yil ichida ularni orasida qalin munosabat uyg’ongandi.
Lekin ular buni sevgimas dib o’ylirdi. Aslida sevgidan boshqa nima bo’lishi
mumkin? SMSda sog’inch haqida yozilvoti.
Qiziq. Rostan ham bir birini sog’inisharmidi bir uyquda. Bu savol Sobir va
Robiyaga ham qiziq edi. Sobir unga SMS yozdi. ”Robiya. Yaqinginam. Sandan bir narsa so’rayman, rostini
et. Man sanga shuncha SMS yozaman. Sog’inmadingmi dib. San zarracha diysan. Rostan
ham zarracha sog’inasanmi? Shu manga qiziqde.” Robiya javob yozdi: "Bilasizmi? Siz bilan uhlashimdan oldin gaplashib
bo’lganimdayoq sog’inishni boshlayman. Shuning uchun, sog’inchimni oz bo’lsa
ham jilovlash uchun, tushlarimda ham sizni ko’rishga harakat qilaman.Zarracha
deganim, har narsa zarrachalardan tashkil topgan. Zararachalar bo’lmaganda
ulkan narsalar ham bo’lmasdi. Siz ham mani sog’inasizmi? Doimo o’ziz so’riysiz,
lekin hich sani sog’indim dimiysiz”. Sobir javob yozdi: "Sanchalik sog’ina olmasakanman. Sani sog’inching
zarrachadek bo’lsa, maniki shunaqangi yuqoridaki, uni hich kim hali his
qilmagan ekan. Mandan boshqa. Lekin uhlavotganimda sani sog’inib uyg’onib
ketganimda, ko’rishim uchun xonamni har devoriga sani rasmningni osib
chiqganman. Qaysi tomonga qarasam ham, sani ko’raman. Faqat sani”. Mana bu sog’inch. Ta’rifga so’zlar ojiz. Bunday sog’ichlilar
bir birini sevmidi dib etib bo’ladimi? Baribir ichidagisini etishi
kerak. Sobir birinchilardan chiday olmadi. Va uchrashuvga taklif qildi. Sovg’a
didi. Uzuk ham sotib oldi. Uchrashuvni bitta kafega belgiladi. Sevgi izhorni ham
orginal qilmadi. Uzukni olib, Robiyani barmog’iga taqib qo’ya qoldi. Robiya
tushunmay ham qoldi. Sobir: "Man sani sevaman, manga turmushga chiq” dib,
suhbatni tugatib qo’ya qoldi. Manimcha bunga ham ancha kuch va iroda
to’plagandir.... osonmas etish. Robiya bir og’iz javob qaytara olmadi. Uzukni
olib qolgani, bu qabul qilganide. Sobir ham shunday o’yladi. Kafedan chiqib, bekatga borishdi. U yerda bir qari kampir
turgandi. Qo’lida og’ir sumka. Bozordan kevotganga o’xshiydi. U Sobirdan uni
uyigacha olib borishini iltimos qildi. Sobir yo’q diya olmadi. Kampir uni bu
yerdan uncha uzoq emas ekanini etib o’tdi. Robiya ham ular bilan birga ketdi.
Yo’lda kampirni tilidan duo tushmadi. Rostan ham uzoq emas ekan. 5 daqiqada
yetib borishdi. Kampirni bir pioyola choyga taklifni rad etishdi, kech qovomiza
dib, bahona qilib ketishdi. Kampir yana duo qilib qoldi. Bahor oyi keldi. Har kungidek bugun ham Robiyani
telfoniga SMS keldi. "Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani
uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”. Robiya ham usha javobni jo’natdi. "Assalomu Alekum. Sizga ham Xayirli tong! Rahmat juda
zo’r uhladim. Sog’inchim, zarracha!))” Sobirdan yana keldi: "Yaqin kunlar uyinga onam bilan ammamni yuboraman”. Bu gapga Robiyadan javob kelmadi. Nima dib ham yozardi. Soat 10:00larda Sobir Robiyaga telefon qildi. Nimadir
etmoqchidi. Lekin Robiya "keyinroq o’zim telefon qilaman. Hozir ishlarimni
qivoliy” didi. Manimcha yana sovchilar haqida gap ketadi dib o’ylagandir. 2
soatdan keyin va’da bergani uchun qaytib qo’ng’iroq qildi. -
Allo. Assalomu Alekum. Yahshimisiz. -
Voalekum Assalom. Ha zo’r. Ishlarinigni qilib bo’ldingmi? -
Ha. Hozircha qilib bo’ldim. Hali yana bor. -
Man hozir daraxtga chiqvotudim. -
Nega? -
Ko’chada bolalarni varragi daraxtga ilinib qolibdi. Tepasida, olsa
bo’larkan. Ushanga iltimos qilishgandi, "Amaki olib bering, o’zi bitta edi.
Uydagilar boshqa olib bermimiz” diyishgandi, mayli dib obermoqchiman. Hozir
daraxtni yarimiga chiqib qoldim. Anaqisa haliroq o’zim SMS yozaman. SMSimni
kutgin, albatta yozaman. Yoki o’zing qilgin. Ishlaringni hammasini qilib
bo’lib. Maylimi? -
Hop bo’ladide. Soat 15:00 lar bo’ldi. Bu paytda man 10 marta daraxtga
chiqib tushardim dib o’yladi Robiya. Nega SMS yozmayaptilar. O’zim qilaman.
Raqamlarni terdi. Javob yo’q. Qayta telefon qildi. Yana javob yo’q. 1
soatlardan keyin yana telefon qildi. -
Allo. Assalomu Alekum. -
Voalekum Assalom. Kim bu? -
... (begona ovoz edi. Robiya nima diyishini bilmiy qoldi. Sobir hich
telefonini begonalarga bermasdi, adashmadimmi dib raqamga qarab qo’ydi.
Adashmagan.) -
Kechirasiz. Man Sobirga telefon qilgandim. Ularni chaqirib bera olmaysizmi? -
Siz Robiyamisiz? -
Ha. -
Manga Sobir siz haqingizda etgandi. Ko’p etar edi. Juda ham ko’p etar edi. -
... -
Sobir endi oramizda yo’q. -
Nega.....(ovozi titrab chiqdi). -
Telefonni hozircha manda. Baxtsiz xodisa. Boya negadir daraxtga chiqgan
ekan... usha yerdan... yiqilibdi... Shomga chiqaramiz. Undan ayrilib qoldik.
Man haligacha o’zimga kelolmayapman. -
... (Robiyani qulog’iga bu gaplar kirmasdi) -
Uzr. Boshqa gapira olmayman. U sizga uylanmoqchi edi. Uni telefonini endi
kim tutishini ham bilmiman. Buguncha manda turibdi. (aloqa uzuldi) Robiyani hayollari ostun ustun bo’lib ketdi. Ming
hayollar. Faqat bir gapni qaytaradi: "Yo’q. Ishonmayman. Bo’lishi mumkin emas.
Ular o’lmaganlar. Ular tiriklar. O’rtoqlari hazil qilishvotti. Kimdan bilishim
mumkin? Yo’q. Uylariga boraman. Hoziroq boraman”. dib, yo’lga chiqib ketdi. Sobirni mahallasiga kirib bormoqda. Telefonga qarab qarab
qo’yadi. Hozir Sobir qaytib telefon qiladigandek. Qaytib telefon qilishga
yuragi betlamiydi. "Qaysi uy ediya. Nechinchi edi. Uylarini eslolmayapman” dib
o’ylab tez tez ketib borardi. "Shom bo’lishiga 1 soatcha vaqt bor. Agar rostan
ham o’lgan bo’lsalar, odamlar to’plangan bo’lishi kerak. Ko’chani nomi qanaqa
edi. Ha. Mana shu ko’cha. Shu ko’cha bo’lishi kerak. Telefonlarida shu yerda
tushgan rasmlari bor edi. Shu ko’chadan yuraman. Mashinalar, odamlar ko’p.
Nahotki rost bo’lsa. Ishonmaaaaymaaaaan!!!” deb baqirib yubordi. Orqasidan
ayollar kevotgan ekan. Ular kelib, Robiyadan hol ahvol so’rashdi. -
Tinchlikmi qizim? Sizga hich narsa bo’lmadimi? Yordam kerakmasmi? -
A? (Robiya, ularga savol nazari bilan qarab turardi. Nima diyishini ham
bilmasdi.) -
Sog’ligiz yahshimi? Hozir baqirganizni eshitdik. -
Ha. Yo’q. Man yahshiman. (ko’zi odamlar to’planib turgan eshikda) -
Sizni tanimayroq turibman. Bu yerda qanaqa ishiz bor edi? -
Manga bir narsani etib berolmisizmi.... (u baribir ishonmayotgan edi,
shunga aniqlik kiritmoqchi edi) -
Nimani qizim? -
Bu yerda kim vafot etdi? -
Bu yerdami? Bu yerda 90dan oshgan bir otaxon bo’lardilar. Ushalar bugun
olamdan o’tibdilar. Mahallani yuragi edilar. Tetik edilar. Lekin Yaratganni
irodasi. Olamdan o’tdilar. -
Rahmat. (beixtiyor Robiyani yuziga tabbasum yugurdi, ayollar unga qarab
hayron qolib, tuf tuflab qo’yishdi o’zlarini o’zlari va yo’lda davom etishdi. Robiya ichidan buni yolg’on ekanini hursand bo’lsada,
tashqi tarafdan uni aldashgani nafrati yuzini burishtirib turardi. "shunaqa
narsa bilan ham hazil qiladimi, man ularga ko’rsatib qo’yaman hali. Kim bo’lsa
ham ta’zirini beraman. Aldoqchilar. Agar Sobirni ham bunda qo’llari bo’lsa,
ularni hich qachon kechirmiman. Yana maraka borligini bilib etishgan. Mani
sinamoqchi bo’lishdimi? Ko’rsataman ularga hali. Mayli, muhimi sog’ bo’lsalar
ham” dib orqaga qarab yurdi. Baribir sevgisi kuchlide. Nafratni ham yenga oldi.
Yana hayoliga bir narsa kelib, telefonini oldi. Sobirga telefon qilmoqchi
bo’ldi. O’lmaganini biladi endi. Sobirni yod bo’lib ketgan raqamlarini terdi.
Qulog’iga tutdi. Yonidan yana ayollar o’tib ketishvotgandi. Ularni gaplari
qulog’iga chalindi; "Eshitilarmi qo’shni, Xadichaxonni o’g’li Sobir ham bugun
olamdan o’tibdi. Daraxtdan yiqilibdi. – Voy eshitmagandim. Xudo rahmat qilsin.
Hali yosh bola ediyu, nega daraxtga chiqibdi? – Bolalarni varragi ilingan ekan.
Ushani olib beraman dibdi. Tepasi qurigan shox ekan. Usha sinib, yerga
yiqilibdi. Shoxni biri qorniga kirib ketganmish. Yuragiga ham kiribdimiye.
Shunaqa diyishdi. – Voy, yoshgina ediya. Manga ham qancha yordam berardi. Hich
qahcon yo’q dimasdi. Ko’chada ko’rib qolsa ham salomini kanda qimasdi.
Xadichaxonga qiyin bo’libdiya. – Nimasini etasiz. Bu yil uylantiraman
digandilar. – Unda tezroq yuringlar. U yoqga ham chiqishimiz kerak. – Buni
qaranglar, bitta mahalladan ikki ko’chada bir kunda maraka bo’lsaya.” dib bir
birlari bilan gaplashib o’tib ketishdi. Robiya telefonni ushlagancha joyida
qotdi. Unda telefonda hazillashishmagandi. Orqaga qaytib, boshqa ko’chaga
yurdi. Qayrildi. Bu ko’cha ham tanish, rasmini ko’rgan. To’g’ridagi eshik
yonida ham odamlar to’planib turishibdi... Robiya yo’l chetidagi daraxt tagiga
turib, piqilib yig’lab yubordi. Buni kutmagandi. Juda og’ir zarba bo’ldi. Yerga
o’tirib qoldi. Bir qancha vaqt o’tirdi. Behol... Yonidan odamlar ikki tobutni
olib o’tib ketishdi. Ikki xil tobut. Biri yoshniki, qizil duxoba o’ralgan, biri
qariyalarniki oq surup o’ralgan. Odamlar tobutni qo’lma qo’l qilib ketishvoti. Robiya
asta tobutga qarab qo’ydi. Nima diyishni ham bilmadi... Kun qoraygach, kimdir
uni turg’azib, manzilini so’rab, uyiga kuzatib qo’ydi. Bu manimcha usha Sobirni
telefonida gaplashgan yigit edi. Robiya uyida yig’lashga ham holi qolmagandi. O’ksib,
o’ksib qo’yardi. Onasi uni yonida nima qilishni bilmasdan yurardi. Birga olib
kelgan yigit unga nima bo’lganini etib berdi. Onani ko’zlari yoshlandi. Qizini
sirdoshi edi. Nima yordam qilishni ham bilmasdi. Tez yordam chaqirdi. Doctor
Robiyaga tinchlantiruvchi ukol qilib ketdi. Robiya uhlab qoldi... Soat 6:00. Robiyani telefoniga SMS keldi. "Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani
uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”. Robiya SMS ovozidan uyg’onib ketib, telefonini oldi. SMS
ni o’qidi. Kulib qo’ydi. Va har doimgi javobini yozdi. "Assalomu Alekum. Sizga ham Xayirli tong! Rahmat juda
zo’r uhladim. Sog’inchim, zarracha!))” Yuborgandan keyin, telefoniga qarab kulib qo’ydi. Oz kulib turib, yuzi tezda o’zgardi. Axir qanaqa qilib????? Hich narsaga tushunmasdi. Qanaqa qilib SMS keldi. Telefonini qo’liga olishi bilan, jiringlab qoldi. Sobir telefon qivotti. Hayron bo’ldi. Qanaqasiga. Nahotki adashdi. Kecha uni kimdir olib keldiku. Telefonni oldi. DAVOMI VA TO'LIQ FORUMDA http://giyos.ucoz.org/forum/3-169-1 DA | |
|
Всего комментариев: 0 | |