21:55 Sodda (Hikoya) | |
Sodda.
6 yil avval...
U bilan birinchi uchrashuvimiz hiyobonda bo’lgan edi. Ushanda men o’rindiqda o’tirgandim. U yonimga yig’lab kelib, o’tirdi. Men boshida ozgina hijolat bo’ldim. Turib ketmoqchi ham bo’ldim, lekin qalbim negadir undan nima bo’lganini so’ra deyotgandi.
Shunday qilib uni uyimga olib keldim. Unga hamma xonalarni tanishtirdim. Unga bitta xonani ajratib berdim. Ertasiga birga bozorga olib borib, yangi kiyimlar olib berdim. 2 kun avval oylik olgandim. U mendan juda hursand bo’ldi. Ota-onamga hech nima demadim. Bilishmagani maq’ul deb o’yladim. O’zi ketishganligiga 1 oy bo’ldi. Kelishguncha bu qiz uy-joyini topib ketsa kerak deb o’yladim. Maftuna 3-4 kun uyda o’tirdi. Keyin ish qidirib ko’raman deb, ertalablari shahar aylanib kelardi. Men esa o’z ishimga borib kelaverardim. 2 hafta deganda u supermarketga ishga joylashdi. U menga: “Ozroq pul to’plab, ijarada yashagani chiqib ketaman”, - dedi. Men esa unga, shu yerda yashayverishini, ijaraga pul to’laguncha, o’zi pul yig’ib, sotib olishini maslahat berdim. To’g’ri, oz vaqtda uy sotib olishi qiyin. Menam yordam beraman deb o’yladim. Shunday qilib, birga yashay boshladik. Maftuna juda chiroyli qiz edi. O’zi oppoqqina, o’rtacha gavdali, qomatlari kelishgan... Exx. Naqt malika edi. Bunday suluv qizni avvallari ko’rmagandim. U doimo meni kelishimga, ovqatlarni pishirib, tayyorlab qo’ygan bo’ladi. Uy supurilgan, ozoda. Kiyimlarimni ham yuvib qo’ygan bo’lardi. Huddi o’zimni uylangandek his qilardim. 1 oycha yashaganimizdan keyin, mahallamiz raisi meni chaqirtiribdi. U yoqqa bordim.
Raisni xonasidan chiqib, bir narsani o’ylab qoldim. Nega to’g’risini aytmadim. Negadir uni qizg’ondim. Yoqtirib qoldimmikan? Bo’lishi mumkin emas. Lekin qizg’ondimku... Uyga qaytayotsam, yo’lda o’rtoqlarimni ko’rib qoldim. Meni qo’yarga qo’yman, yaqin atrofdagi kafega olib ketib qolishdi. U yerda ozgina o’tirib, u-bu yeganimizdan keyin, Bobur gap boshlab qolishdi:
Shu gapidan keyin u bilan mushtlashib ketdim. Bizni ajratib qolishdi. Keyin uy uyimizga tarqaldik. Men Shokir bilan birga qaytdim. U bilan uyimiz yaqin edi. Yo’lda uyoq buyoqdan gaplashdik. U menga:
Shokir bilan uyimga yaqinlashganimdan keyin xayrlashdik. Kech qolib kelayotganim uchun eshikni ochish uchun Maftunani ovora qilgim kelmadi. Uhlayotgan bo’lsa, uyg’otib nima qilaman dedim. O’zimni kalitim bilan eshikni ochib kirdim. Tufligimni yechib, chekkaga qo’ydim. Chiroqni yoqdim. Xonamga o’tib, kiyimlarimni yechdim. Sochig’imni olib, cho’milish uchun vannaga qarab yurdim. Eshikni ochdimuu.... Eshik qulflanmagan ekan. Maftuna cho’milayotgan ekan. Uni yalong’och badanini ko’rib qoldim. Men uni cho’milayotganini bilmagandim. Shoshib qoldim. Kechirasiz deb, eshikni yopib, xonamga kirib ketdim. O’zimni yotoqqa tashladim. Ancha charchagandim. Uyqim kela boshladi. Ko’z o’ngimdan Maftunaning badani ketmadi. Umrimda birinchi marta yalong’och qizning ko’rishim edi. Shokirni gaplarini o’ylay boshladim. Ertalab o’rnimdan turib, choy ichgani oshxonaga o’tsam, nonushta tayyor ekan. Maftuna ham usha yerda ekan. Bir birimizni ko’zimizga qarashga uyaldik. Bir so’z aytishga ham uyaldik. Unga qarab turib, Puchuqqinam dedim. U yalt etib, menga qaradi. Unga qarab, “Burningiz puchiqqina ekan. Endi ahamiyat beribman”, - dedim va kulib qo’ydim. U ham kulib qo’ydi. Kechagi voqeani esdan chiqaramiz. Bu tasodif edi. Men sizni uhlayotgan bo’lsangiz kerak deb o’ylagandim. U bo’lsa, “Men sizni eshik qo’ng’irog’ini bosasiz deb o’ylagandim. Hayol bilan hammomni eshikini yopmagan ekanman. Qisqasi sizni ham hijolatga qo’ydim. Meni kechiring”, - dedi. Shu suhbatimizdan keyin uni Maftuna emas, Puchuqqinam deb chaqira boshladim. Unga ham bu yoqardi. Baribiram uning o’sha kuni ko’rganim, esimdan chiqmayotgandi. Birga yashayotganimizga 3 oydan oshdi. Bir birimizga ancha o’rganib qoldik. U bilan birga kinolarga, restoranlarga, parklarga bordik. U bilan qo’l ushlashib yurardim. Qandaydir uni yaqin ko’rardim. Uni qattiq bag’rimga bosgilarim, erkalagilarim kelardi. Lekin uni singlim deganim uchun bunday qila olmasdim. Miyamda qandaydir bir ovoz, u singling emas. U seniki deb turardi. Rosti ham shunday ediku. Uni bag’rimga bosishimga, puchuqqinam deb erkalashimga nima to’sqinlik qilayapti. Shokir ham xaq. Balki keyin unga uylanarman. Yo’q. Unga shunday deb aytaman... Uyga borganimda, Maftuna ovqatlarni tayyorlab turgan ekan. Kiyimlarimni almashtirib chiqib, birga ovqatlandik. Dilmdagilarni aytaman degandim, lekin ikkilandim. Xonamga kirib, yotib uhladim. Ertalab ishga ketayotganimda, unga xonamni tozalab qo’yishini iltimos qildim. Avvallari unga bu xonaga kirishiga ruhsat bermagandim. Kirsa ham bor paytimda bir ikki bora kirgan. Qolgan payt eshikni qulflab ketardim. Xonamda hamma narsalarim turardi. Xonani ochiq qoldirdimda, o’zim ketdim. Bu bilan unga ishonchimni ko’rsatmoqchidim. Eshikdan chiqishim bilan Shokirni ko’rib qoldim. U menga Maftuna bilan ancha opoq-chapoq bo’lib qolganimni aytdi. Qo’l ushlashib yurganimizni ham. Katta yo’lga chiqib, uni ortiqcha gaplaridan qutilish uchun duch kelgan taksilardan biriga o’tirib ketdim. Uyga har doimgidan ozgina kech keldim. Maftuna uyda ekan. Xonamni kirdim. Xonamni ozoda sarishta qilib yig’ishtirib qo’yibdi. Ko’rib hursand bo’ldim. Keyin kechki ovqatni yeb, televizor ko’rdim. Maftuna xonasiga uhlash uchun kirib ketdi. Men qaysi kanalni ko’rishni bilmasdan, boshqa kanallarga o’tkazdim. Bir chet el kanalida ishqiy film bo’layotgan. Shunda to’xtadim. Uni ko’rib, extiroslarim oshib ketdi. Bo’ldi. Hozir Maftunani o’zimniki qilaman deb, o’rnimdan turdim. Televizorni musiqiy kanalga qo’yib, ovozini ko’tardim. Baqir chaqir qilsa, qo’shnilarga eshitilmasligi uchun. Uning xonasiga qarab, ohista yura boshladim. Shu payt telefonim jiringlab qoldi. Shokir ekan. Otasi yiqilib tushib, oyog’i sinibdi. Shunga mashinaga ko’tarib chiqarishga yordamlashishga chaqiribdi. Nailoj ketdim. Qaytib kelganimdan keyin esa... Extiroslarim so’nib bo’lgandi. Xonamga kirib uhladim. Ertalab uyg’onib, Maftuna bilan nonushta qildik. Uni nigohlarim bilan “yeb” qo’yardim. U uyalgandek, hijolat bo’lgandek yerga qarab qo’yardi. Keyin u bilan xayrlashib, xonamni eshigini ochiq qoldirib, ishga ketdim. Qanaqadir kayfiyatim yaxshi edi. Ishda ham mazza qilib ishladim. Uyga har doimgi vaqtda keldim. Uyga kirdim. Maftuna ko’rinmasdi. Oshxonaga kirdim. Kechki ovqat tayyorlanmagan. Maftunani xonasiga bordim. U yerda ham yo’q. Hayron qoldim. U hech qachon ishidan kech qaytmasdi. Kech keladigan bo’lsa, menga telefon qilib aytib qo’yardi. Muammosi chiqib qoldimikan deb qo’ng’iroq qildim. Telefoni o’chiq. Havotir ola boshladim. Xonamga kirib yotdim. Uni kelishini kutdim. Soat kechki 12:00 bo’lgan bo’lsa ham u kelmasdi. Nima qilishimni bilmasdim. Uni qanday topishni ham. Uni qidirib ko’raman deb, ko’chaga chiqib, aylanib keldim. Ishlayman deb aytgan supermarketiga ham bordim. Yopilib bo’libdi. Uyga qaytib keldim. Balki uyga qaytgandir deb o’ylab. Yo’q, uyga ham kelmabdi. Balki ubu dugonasinikiga ketgandir degan hayol o’tdi. Xonamda yotib o’ylay boshladim. Balki u niyatim buzilganini sezib, qochib ketgan bo’lsachi. Ha. Huddi sezib qolgan. Keyin qochib ketgan. Lekin xonasida narsalari turibdiku. Qochadigan odam shuncha narsani nima qiladi. Qo’rqib qochib ketgan. Shu hayollar bilan uhlab qoldim. Ertalab turdim. Xonalarni bir bir aylanib chiqdim. Maftuna yo’q. Kelmabdi. Nonushta qilish ham ko’nglimga sig’madi. Telefonim jiringladi. Hursand bo’lib ketdim. Yo’q. Telefon qilgan Maftuna emas, Shokir ekan. Dadasini operatsiyasiga ozroq pul yetmayapgan ekan. Shuni oylik olgunicha berib turishimni so’radi. Hop dedim. Xonamga kirib, pul turadigan shikafimni ochdim. Qarasam, hech qanday pul yo’q. Hayron qoldim. Shosha pisha boshqa tortmalarimni ham qaradim. Yo’q. Mashina olishga yig’ayotgan pullarim. Keyin ota onam jo’natgan pullar. Birortasi ham yo’q. Uyimga o’g’ri tushgan. Ha, ha. O’g’ri tushgan. To’xta. Ha. Maftuna olgan. Yo’q. U unday emas. O’g’rilar kelib, Maftunani ham olib ketishgan. Militsiyaga telefon qilaman. Shunday deb telefonimni olganimda, Shokir telefon qildi.
Gaplashib bo’lib, Maftunaga qo’ng’iroq qildim. O’chiq. Keyin ko’chaga chiqib, u ishlaydigan supermarketga bordim. To’g’risi birinchi marotaba kelishim edi. U yerda avval aylanib yurib, uni qidirdim. Topa olmagach, uni so’radim. Bu yerda unaqa ismli qiz ishlamagani aytishdi. Telefonimda rasmini ko’rsatdim. Tanishmasligini etishdi. Undan qiz bu yerda umuman ishlamagan ekan. Keyin taqdirga tan berib, ishxonaga ketdim. Chuv tushganimga ishondim. Uni ishonchiga kiraman deb yurganimda, u meni ishonchimga kirib bo’lgan ekan. Naqadar sodda, laqmaman. Shuncha payt ishlamay qayerda yurgan ekan... Soddaman.
Hozirgi vaqt...
Hozirda yoshim 28 da. Hali ham uylanmadim. Qizlarga ishonchim qolmadi. Uydagilar, uylan uylan deya, mingta qizni rasmini ko’rsatishdi. Rad qilaverdim. Kimnidir sevib qolishga esa, yurak qolmagan. Bir kuni kafeda o’tirganimda, yonimga bir tanish chehrali qiz kelib qoldi.
Kafedan chiqib, Shokirga SMS yozdim. “6 yil avval pullarimni o’g’rilab ketishda qatnashib, qanaqa do’stman deb yuribsan? Sendan nafratlanaman! Ablah ekansan! Bir kun afsuslanasan!”. Lekin bu SMS ni o’qish unga nasib qilmabdi. SMS yozgan paytimda, pora bilan qo’lga tushib, mahkamaga so’roq uchun olib ketilayotgan ekan... | |
|