Sevgi yoki nafrat…
Men sizni sog’indim, juda ham qattiq
sog’indim. Sizni yana bir kun ko’rmasam yorilib ketaman. Bunchalik
bag’ritoshlik sizga yarashmaydi. Iltimos qayting… Men oldingizga boshimni egib
boraman… Men sizga hech qanday ayb qilganim yo’qku. Qayerdan buncha alam,
buncha nafrat… Hafa qilgan bo’lsam kechiring. Hohlasangiz hamma ni oldida tiz
cho’kib kechirim so’rayman. Siz shunda hursand bo’lasizmi??? Siz shunda yonimga
qaytasizmi? Meni ortiq qiynamaysizmi??? Siz va’da berasiz va yana qaytarib
olaverasiz. Siz mendan farqingiz nima bilasizmi??? Siz beshafqatsiz. Siz
kechira olmaysiz. Men sizni necha marotaba kechirdim. Yig’ladingiz,
siqtadingiz. Ortimdan qayerlargacha bormadingiz. Endi men shunday bo’layapman.
Siz esa…. Men ushanda sizni kechirib katta xato qilgan ekanman. Afsus… Man
portlab ketdim kelayapti. Kelib meni portlatib yuboring!!! Toki sizni
ishqingizda boshqa kuyim jizg’anak bo’lmay. Mayda mayda bo’lib har tomonga
sochilib, sizdek beshafqatlarga rahm urug’I bo’lay. Sevgi dardida kuyayotganlar
ustiga yomg’ir bo’lib yog’ib, ularni sovutay. Ular mendek portlamasligi uchun…
Sevgi olovida yonmasligi uchun. Siz beshafqat hudbinsiz. Sizga hech kim kerak
emas. Sizga o’zingiz va sariq chaqalar kerak. Sariq chaqalar bilan qayergacha
borar ekansan. Mayli meni kechirma. Meni eslama hech. Qaytib qorangni
ko’rsatma. Usha yerda kim bilan yurgan bo’lsang ushani aldab yana boshqasi
bilan yur. Boshqasini sev. Yo’q. Sen sevmaysanku. Seni sevgin soxta. Senda
sevgi vaqtincha aldash uchun paydo bo’ladi. Hali qariysan. Ushanda kimga kerak
bo’lasan. Men sani oldingda bo’lmayman. Sendan ancha yiroqda, farzandalarim va
suyukli yorim oldida bo’laman. Seni qayerda bo’lishini aytaymi??? Yo’q. Baribir
hozir etganim bilan seniga gap kirmaydi. Iltimos agar oldinga adashib yalinib
borsam meni kechirmagin. Yuzimga tupirib yubor. Ozgina cho’g’lanib yotgan sevgi
ham ushh tufugindan o’chsin. Faqat va faqat nafrat qolsin… Men seni
hamon sevaman…… |