01:38 Sen yig'layapsan, men yig'layapman.... | |
Sen yig'layapsan, men yig'layapman.... Kipriklaringdan tomchilar yosh, kimni eslaysan, qilasan hayol... Men yoningda bo'la olmadim, Seni olib keta olmadim... Meni eslaysanmi? Ko'zlaringdagi yoshlarni sababchisi nahotki men bo'lsam... Kechir, kechir meni. Senga va'da ham bera olmaganim uchun kechir. Bitta "meni kutasanmi" deyishga ham arzimadim. Shu so'zlarni aytolmadim. Aytmoqchi ham edim... keyinroq... Afsus, seni o'zgasi va'da bermasdan bo'lsa ham olib ketdi....... Sen ortinga bir marotaba qarading. Faqat yoshlangan ko'zlaring bilan! * * * Nega menga homush qarayapsan. Huddi birinchi marotaba ko'rayotgandek. Ha yig'layapman. Yig'layapman jonim. Sendan ayrilayotganim uchun yig'layapman. Erkak bo'lib yig'layapsiz demoqchimisan? To'g'ri. Yig'lamasligim kerak. Lekin sen ketyapsanu. Qanday yig'lamay. O'zim yig'lamasam ham, ko'zlarim seni boshqa ko'ra olmasligini bilib yig'alayaptida. Men ovunaman, ma'lum vaqt o'tsa. Ko'zlarimchi? Balki sensiz chidolmay ko'rmay qolar hech narsani. Yig'lamayapman. Yig'lamayapman jonim. Ko'zlarim yig'layapti... Meni olislardagi oyginam Sevgidan yaralangan yurak, qon oqmoqda sizib... Qondan yozilar tanamga seni mushtoq isming. Yurakda qolmas sevgi endi. Ketidi oqib yo'llarga. Qon tushgan joydan, o'sib chiqar navnihol. Ko'kka ko'tarib bosh, turar mag'rur. Oy chiqar oqshomda, nihol so'ldi oy vaslida... Chunki u sevgiga yeta olmagan yurak qonidan unib chiqgan. U yurakda yetilgan. Yurakdan tashqarida bevafoni vaslida yashay olmaydi... Bevofoginam, sen oydek yagonasan. Vasling ilijida necha nihollarim nobud bo'ldi. Oyginam....
Meni mendan uzoqlardagi oyginam.... | |
|
Всего комментариев: 10 | ||||
| ||||