Sen borsan.
Unga
sevishimni aytishni istayman. Lekin o'rtada katta to'siq. Bu to'siq sevishga
imkon bermaydi. Lekin sevgiga buyruq berib bo'lmas ekan. Uni sevishimni tan
olgim kelmaydi. Foydasiz baribir oshkor etib kurashganim. O'zim ichimdan sevib yuraveraman.
Sevishim aybmasku. Mayli senga aytmay, yaqin do'stimga aytmay, hech kimga
aytmay. O'zim bilsam bo'ldi. Ichimda sevgidan baxtidan sarhush bo'lib uchib
yuray. Ammo qachongacha. O'zga yor bag'rimga kegunchami? O'zgani sevgunimchami?
Achinarli holat. U bilan yashayman, sen hayolimdasan. Uni har bir jilmayishi
menga seni jilmayishing bo'lib ko'rinadi. Umuman u o'zi emas, sensan go'yo. Men
uni yuzini unutdim. Uni o'rnida seni yuzing. Uni ismida sening isming o'z
aksini topdi. Men sevgimga erishdim. Unga sevgimni aytdim. U hursand. Lekin bu
dil izhori senga atalgan. Men uni aksidagi senga aytdim. Men uchun u yo'q.
Faqat sensan. Hamma uchun sen o'lgansan, lekin men uchun triksan. O'lgan odamni
sevish aybmasku. Mayli seni o'zga chehrasida yaratdim. Lekin sen men uchun
triksan! Sen hech qachon meni hotiramda o'lmaysan. Men bilan birga o'lasan.
Toki trik ekanman, sen ham triksan. Yashaysan. Kimda bo'lsa ham. Men
uchun!
|