Qor parchasi 2...
Qor parchasi osmondan kimnidir yuziga astagina tushadi...
U erimasdan yerga tushib ketadi. Tushgan yuzi shunchalar sovuq qotganki, hatto
mayin, yumshoq qor parchasini ham erita olmadi. Kun juda sovuq. Juda ham. Qor
parchalari osmondan juda ko’plab yog’moqda. Ular o’sha sovuq qotgan yuzga
to’xtamay urilib, tushishmoqda. Birortasi ham erib, tomchiga aylana olishmadi. Qayta
o’sha yuzdan boshqa tomchi oqa boshladi. U ko’z yoshining tomchisi edi. Ko’z
yoshlari sekin sekin ko’paya bordi... yerga tushib, yerga to’plangan qor
parchalarining bag’riga singib ketdi... u ham muzladi. Esdan chiqdi. Yosh to’kildi,
dardlar to’kildi, yosh muzladi, dardlar muzladi... Qor parchalari ovutmoq
uchun, osmondan o’ynab-o’ynab tushishdi, quvnab-quvnab tushishdi. Baribir ovunmadi.
Qor parchalari uni e’tiborini tortmoq uchun bir joyga to’planishdi va yig’layotgan
qizga qattiq urilishdi. Qiz cho’chib ketdi. Atrofga qaradi. Bir yigit turibdi,
yuzida tabassum. Qiz yigitni ko’rib, ko’z yoshlarini artib qo’ydi. Ichidan sevindi.
U sevgan yigiti, uni oldiga qaytib kelganidan, yana o’sha eski hazilli bilan
qaytganidan sevinardi. Ular birga qo’l ushlashib ketishdi... Qor parchalari
ularga hamroh bo’lib yog’a boshlashdi, hursandliklaridan yaltirab-yaltirab yog’a
boshlashdi... Ikki yosh o’tirishibdi, qorli kechada. Ular tomosha qilishmoqda qor
parchasini. Ularni izini yopayotgan qor parchasini... Sovuq... Judayam sovuq. Izg’irin.
Ko’chada faqat ular va qor parchasi. Oz vaqtdan keyin ular ketishdi... Qor
parchasi yolg’iz qoldi. Yo’q, u yolg’iz emas, qor parchalari ko’p. Juda ko’p. O’ynab-o’ynab
yog’ishayapti, quvnab-quvnab yog’ishayapti, bir biriga tegishib yog’ishayapti. Sovuqni
ustidan kulib-kulib yog’ishayapti... Bizni havasimizni keltirib yog’ishayapti...
Baribir ularni yerga tushgandan keyin unutamiz, qor parchasini qor deya
ataymiz. Oppoq qor...
|