02:46 Qaniydi, onamga o’xshasaydi… (Monologlar) | |
Qaniydi, onamga o’xshasaydi… 1. Sen juda ham chiroylisan. Juda juda. Bir ko'rib... Ko'zlarim
uzolmadim husningdan. Qarashlaring, katta ko'zlaring bilan qarashlaring...
Chidab bo'lmas bu chiroyga. Qanday qarayman yana. Ko'zlarim qamashayaptiku...
Kulishlaring... Juda chiroyli kulishlaring. Nahotki seni sevib qolayotgan
bo'lsam... Yo'q. Bunday emas. Bu tuyg'ular tushunarsiz, mavhum. Ex qaniydi,
onamga o'xshasayding. . . 2. Go'zalsan, chiroylisan, sengi tengi yo'q olamda. Sen juda ham
aqlli, odobing maqtashga arzugulik. Sochlaring uzun qaro, qoshlaring berar
yuzingga jilo. Aytasan "men dunyodagi eng zo'ri". Bilasanmi? Onamga
o'xshay olmaysan sira. Kiyinasan, yasanasan eskicha, baribir onamga
o'xshamaysan zaracha. Ovora bo'lma, urinma, kuyinma, yig'lama. Balki o'xshab
qolarsan bir kun. Qaniydi onamga o'xshasayding... Otamga keladi havasim... 3. Muhabbatim.
Meni butun vujudi bilan sevgan muhabbatim. Ko’ziqaroyim. Ko’zi shahloyim. Seni
sevib bo’lgan telbangman hamon. Seni tashlab ketgan devonagman. Seni majburan
tashlab ketgan oshig’ingman. Sen eding go’zallar parisi… Uylandim... O’zga bir
suluvga… Qoshi kamon bir qizga. Do’stlarim aytdi: "Sevganing go’zal ediku
bundan. Maqtasa so’z oz ediku. Ne sabab tashlab ketding nomard. Qani unga
bo’lgan sadoqat. Shu edimi seni qilgan ahdu paymoning, shu edimi seni Majnun
qilgan sevging. Seni taniy olmayapmiz, yoshlikdan seni bilsakda. Taniy
olmayapmiza aka ukadek bo’lsakda” deb. Har kimni dardi o’zida. Hech kim
tushunmas meni dardim. Dardkashim qoldi ortda, kimga aytaman boshqa. Ha. U edi
go’zal. Uni sevardim faqat va faqat tanho. Lekin u o’xshamasdi onamga.
Uylanganim esa o’xshaydi onamga. | |
|
Всего комментариев: 0 | |