Qalb qafasimda endi begonasan, uch endi. Chiqib ket mendan. Uzoqlarga uch "qushcham". Mendan yiroqlab ket. Menga begonasan, men senga begonaman. Qalbim og'rimas endi sensiz. Chidashga ham qolmadi hojat. Chunki sen endi begonasan. Uchgin osmonlarda uzoq, topgin boshqa qalb qafasni.
Sina avval, uchmagin uning shirin gaplariga. Seni aldab chorlar o'ziga... Aldamchi qalblar ko'p. Aldamchi "qushlar" bo'lganidek. Oltin qafas, lekin ichi zanglagan. Uchgin yiroqlarga, yiroqla begonalardan. Topgin o'zinga quvonch qafasni. Shu qafasda yasha umrbod. Seni ayira olmasin hech kim. Qafasdan chiqma, shu yerga zanjirband bo'l. Hatto men kelsam ham qafasdan qiyo boqib qarama. Quvonch qafasingga yana afsus, armon qafasi qo'shilmasin. Menda ham bo'ladi shu payt, baxt, quvonch, sevgi qafasi. Lekin ichida boshqa qush, sen bo'lmaysan. Chunki sen menga begona bo'lgan edingku....