Суббота, 18.05.2024, 22:30
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Ноябрь 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Bizning so'rov
Saytni qayerdan bildingiz?
Umumiy javoblar: 75
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2014 » Ноябрь » 1 » Palatadagi qiz (Hikoya)
03:24
Palatadagi qiz (Hikoya)

Darsga kelayotganimda,  qizil kiyimda bir qiz doimo palatasi derazasidan ko’chaga qarab turar edi. Yonida ikkita guldasta bor. Gullar ham, u qiz ham juda chiroyli.

Men Tibbiyot akademiyasida o’qiyman. Darsimiz onkologiyaning “Kolopraktalogiya” bo’limida bo’layotgan edi. U qiz ham shu bo’limning palatasida davolanayotgan edi. Uchinchi kun darsga kelayotganimda, shoshib yurib borardim. Chunki darsga kech qolayotgandim. U qiz esa meni shoshib yurishimni ko’rib, jilmayib qarab turardi. Menam unga qarab jilmayib qo’yib, tez yurishda davom etdim. Tanaffus paytida, shu qiz yotgan palataga kirdim. U ko’rib hayron bo’ldi va meng savol berdi:

  • Siz shifokormisiz?
  • Avval salomlashilardi shekl...
  • Kechirasiz. Assalomu Alekum.
  • Voalekum Assalom. Yo’q, shifokormasman.
  • Unda ...
  • Tibbiyot talabasiman. Nasib qilsa, 5 daqiqadan keyin shifokor bo’laman.
  • To’g’risi gapingizni tushunmadim.
  • Bir gapni eshitmaganmisiz? Yuqori kurs talabalariga 5 daqiqasi kam shifokorlarsanlar deyishadi.
  • Haaa. Shunday demaysizmi?
  • Mana dedimku. Sizni har kuni shu derazadan ko’rib o’taman. Derazangizda, 2 ta guldasta va siz bilan 3 ta chiroyli guldasta borligi ko’rinadi. Siz bu guldastalardan ham chiroyli ekansiz.
  • Iltifot uchun rahmat. Juda gapga usta ekansiz.
  • Ha, bilaman. Lekin o’zimni bunday his qilmayman. Negadir sizni oldingizda ko’p gapirib, gapga ustadek ko’rinayotgan bo’lsam kerak.
  • Juda oshirib yubordingiz endi.
  • Yo’g’e. Oshirib yuborsam, toshishi kerak edi. Toshmayapti, demak oshmadi.
  • Xaxaxa. Rosayam qiziqchi ekansiz. Anchadan beri zerikib yotgandim.
  • Shuning uchun ham ertalabdan ko’chaga qarab o’tirarkansizda.
  • Ha. Shunda sal chalg’iyman. Qachon bu darddan qutilarkanman. Bilmadim.
  • O’zi nima bilan yotibsiz. Nimaga davolanayapsiz? (Bilmagandek so’radim)
  • Yog’on ichagim kasal. Bu yer qanday shifoxona ekanini bilasiz. Yog’on ichagimda o’sma bor ekan.
  • Usha kasalingiz sizni sevib qolgan ekan. Ushanga sizga yopishib olgan. Shunday chiroyli qizga, bunday kasallik... Hazil.
  • Gapirmang. Ozi meni kasalliklar rosa yaxshi ko’radi. Esimni taniganimdan beri, hali u kasal bilan, hali bu kasal bilan davolanaveraman. Bu kasalligimni davolash uchunam ancha dori ichdim. Kimyoterapiya, nurterapiya, birnarsa terapiya Ichim apteka bo’lib ketdi. Lekin tuzalmayapman. Shifokorlar, operatsiya qilib, o’smani olib tashlash kerak deyishayapti.
  • Shunchalik jiddiy bo’lib ketganmi?
  • Ha. Ancha vaqt davolanmadim. Og’riqqa chidadim. Dardimni hech kimga aytmadim.
  • Hozir yoshingiz nechida?
  • Qizlar yoshini aytmaydi-yu!?
  • Mayli, siz bir marta istesno tarzda ayta qoling. Yaxshilik uchun.
  • Hop. 18 da.
  • 18 da ekan yoshingiz, qop qora ekan, ko’zu qoshingiz... degan ekan shoirlar...
  • Judayam ko’ngil ko’tarishga usta ekansiz. Kelganizdan beri kayfiyatimni ko’tarayapsiz.
  • O’zi kayfiyat ko’tarishda bizni vazifa. Og’riqqa chidagan ekansiz. Keyin nima bo’ldi?
  • Keyin uydagilarga aytdim. Shifoxonaga olib kelishdi. Davolandim. Ozgina yaxshi bo’ldim. Keyin uyga javob berishdi. Ular menga bergan tavsiyalarini bajarmadim. Keyin yana boshlandi. Ancha vaqt murojat qilmagandim. Bu yerga kelganimizdan keyin operatsiya taklif qilishdi. Meni kasalim o’tib ketibdi.
  • Hmmm. Operatsiya qildirasizmi?
  • Qo’rqayapman. O’smani davosi baribir yo’q. Yana qaytalanadi.
  • Nega qo’rqayapsiz? Qaytalanmaydi. Davosi shu!
  • Bilmadim. Operatsiya qildirsam... Keyin uyg’onmasamchi? Balki shunday ko’proq yasharman.
  • Nega, hamma uyg’onayaptiku. Agar jiddiy bo’lsa, operatsiya qildirish kerak. Undan ham ko’p asoratga olib bormaslik uchun. Keyin kattalashib ketsa... Chidab bo’lmas og’riq... Oldini olgan yaxshi-ku!
  • Bilmadim.
  • Siz yaxshilab o’ylab ko’ring. Men yana ertaga kelaman.

 

Shunday qilib, men ertasi kuni yana ertalab uni derazasi yonidan o’tdim. Meni ko’riboq yuziga hursandchilik yugurdi. Darsga kirib, tanaffus paytida uni yoniga kirdim.

 

  • Ahvollariningiz yaxshimi? Ancha rangingizga rang qo’shilibdi. Bu yaxshi.
  • Rahmat. Haliyam usha-ushaman. Siz ham usha-ushasiz. Bir narsaga hayron qolayapman. O’zi men hayottan odamoviman. Lekin siz bilan qandaydir chiqishib ketdim. Nima sababdan ekanini bilmayman. Sizni qandaydir o’zimni yaqinimdek ko’rdim. Oq xalatda bo’lsangiz ham, siz bilan ochiq gaplashdim. Boshqa shifokorlar oldimga kirishganda, jiddiy tusda bo’lishadi. Yana qo’polroq gapirishadi. Yoqmaydi.
  • Juda unchalik qo’pol gapirishmasa kerak. Sizga shunday tuyular.
  • Lekin siz boshqachasiz. Sizda nimadur borki, siz meni ko’nglim qulfini ocha oldingiz.
  • Endi siz oshirvordingiz.... (kulib qo’ydim). Ho’sh kechagi gapimni o’ylab ko’rdizmi?
  • Kecha kechasi onam ko’rgani kelgandilar. Ular ham shuni aytdilar. Baribir ko’nmadim. To’g’risini aytsam. Men o’z kasalimni bilaman. Baribir tuzalmayman. Bir kun o’laman. Lekin hozir tavakkal qilmoqchimasman. Qolgan umrimni yashamoqchiman. Og’riq bilanman, qiyinchilik bilanmi farqi yo’q. Oz bo’lsa ham yashamoqchiman.
  • Hammamiz ham bir kun o’lamiz. Lekin bunday yosh paytda emasde. Siz oson yengilib qo’yayapsiz. Sizdek yosh qizchani o’lim yoqtirib qolishi kerakmas. Hali turmushga chiqishiz kerak. Farzandli bo’lishiz kerak.
  • Bunday kasali bor qizga kim ham uylanardi.
  • Operatsiya qildirsangiz, tuzalasiz. Keyin to’ylar muborak.
  • Operatsiya qildirsam, qaytaga tezlashib ketishi ham mumkin. Kinolarda ko’rganman.
  • Hayot kino emas. U kino. Bekorchilikdan yozilgan va olingan.
  • Yo’q,  men baribir qo’rqayapman.
  • Qo’rqmang. Men shu sohasida o’smasi borlar operatsiya bo’lib, tuzalib ketganini ko’p ko’rganman. Umuman qaytalamagan. Sizda ham qaytalamaydi. Siz yashashingiz kerak. Rozi bo’ling.
  • Bilmadim.
  • Bo’lmasa meni hafa qilib qo’yasiz.

 

Shunday deb, palatadan chiqib ketdim. Ertasiga u yana derazasi yonida o’tirardi. Meni ko’rib, ko’rmaganga oldi. Men ham shunday qildim. Bugun palataga kirmadim.

 

Kelasi kuni u derazada u qiz ham, guldastalar ham yo’q edi. Palataga kirib qaradim. Yo’q. Keyin so’rasam. Uyiga ketib qolibdi. Darsdan keyin manzilini olib, uyiga ketdim. Yo’l yo’lakay, bitta chiroyli guldasta sotib oldim. Uning uyiga yetib borib, eshigini qoqdim. Onasi eshikni ochib, kutib oldi. Ularga nima sababdan kelganimni aytdim. Ichkariga kirg’azdilar. Qizning xonasiga bordim. Xonada qiz derazadan tashqariga qarab o’tirgan ekan. Yonida 1 ta guldasta turibdi. U menga qarab:

  • Bitta guldastam so’lib qoldi. Bunisi ham so’layapti.
  • Hech qisi yo’q. Mana sizga yangi guldasta olib keldim.
  • Rahmat (U salgina jilmayib qo’ydi, men guldastani uni yoniga qo’ydim)
  • Mana chiroylilar soni yana 3 ta bo’ldi. Bilasizmi? Guldastalar qancha marta so’lsa, shuncha marta yangisini olib kelishim mumkin. Lekin siz so’lsangiz... hech qachon boshqa olib kela olmayman. Siz ota-onangizni guldastasisiz. Siz oddiy guldastangiz so’lganga qancha qayg’urasiz. Ota onangizchi? Shuni ozroq o’ylang.
  • Meni ko’ndirgani keldingizmi?
  • Ha.
  • Nega kecha kirmadingiz?
  • Kecha....
  • Sizni hafa qildim deb o’yladim. Keyin jahlim chiqdi. Uyga ketaman deb turib oldim.
  • Kecha kirmaganim qarzini bugun to’lay deb, uyingizga keldim.
  • Siz menga ishonasizmi?
  • Bilmadim.
  • Ko’zlarimga qarang. Menga ishonasizmi? Ishonaman deng.
  • Hop. Ishonaman.
  • Unda rozi bo’ling. O’zim tepangizda turaman. Albatta tuzalasiz. Bu dardan qutilasiz. Ishonavering.
  • Uyg’onmay qolsamchi?
  • Aytayapmanku, o’zim tepangizda turib, uyg’otaman deb.
  • Hop. Sizga ishondim. Ertaga qaytib boraman.
  • Ishonchingizni oqlaymiz. Siz sog’ayib ketasiz. Sizga buni 5 daqiqasi yetmayotgan shifokor aytayapti. Sog’yib ketganizdan keyin birga sog’ayganingizni nishonlash uchun uyingizga 4 ta guldasta ko’tarib kelaman.
  • Hop. Ishqilib, qabrimga obormasangiz bo’ldi. (kulib aytdi).
  • Nafasingizni yel uchirsina. Mayli. Men ketdim. Ertaga kutaman.
  • Yaxshi yetib oling.

 

Uning uyidan uzoqlashib, domlamni telefoniga telefon qildim.

  • Assalomu Alekum.
  • Voalekum Assalom. Nima bo’ldi.
  • Hammasi yaxshi. Ko’ndirdim.
  • Malades shogird.
  • Faqat operatsiyaga o’zim kirib turaman deb va’da berdim.
  • Bu muammo emas.
  • Menga fandan 5 qo’yib bersizda endi.
  • Bu esa muammo. (kulib qo’ydilar).

 

Ertasiga ertalab, usha derazada, 2 ta guldasta o’rtasida, chiroyli qiz menga jilmayib qarab turibdi. Men unga hammasi zo’r deb, qo’lim bilan ishora berdim...

Operatsiya qilindi. Yaxshi o’tdi. Uni palatasiga har kuni kirib ko’rib turdim. Guldastalari so’layotgan bo’lsa, yangilarini olib kelib turdim. Ota onasi ham mendan hursand bo’lishdi. Butunlay sog’ayib, uyiga jo’natishganda, va’daga muofiq, 4 ta guldasta ko’tarib bordim. U esa menga hazillashib:

  • Bir o’zingiz keldingizmi?
  • Ha, domlamni vaqtlari yo’q ekan.
  • Yo’q, onangiz bilan ammangizni olib kelmadingizmi?
  • To’g’risi sizni tushunmadim.
  • Sovchilikka deyman. Sovchillikka... (u haholab kulib yubordi. Mengayam yetib borib, hoholab kuldim).

 

 

Просмотров: 2412 | Добавил: Giyos | Рейтинг: 2.0/8
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter