Nega meni aldading?! Nega meni aldading? Axir, "Sizdan ham baxtli bo’laman” - deb aytgandinku! Menga yozgan xatingni o’qidim: "Endi baxtsizman, baxtli ham bo’lmagandim” - deb yozibsan. Nega endi shularni aytayapsan? Afsuslanayapsanmi? Afsuslanishga haqqing yo’q! Sen mendan ketayotganingda, meni tashlab ketayotganingda, meni yolg’iz qoldirib ketayotganingda, hech qachon afsuslanmasliginingni aytgandinku! "Sizdan ham baxtli yashayman” - degan edinku! Qani o’sha menga va’da qilgan baxting? Baxting? Baxting? Nega? Nega? Nima uchun men baxtli-ku, sen baxtsiz yashaysan? Hozir o’tmishimizni eslatmayman, o’shanda bir birimizdan ayrilganimizni eslatmayman. Men, seni chaqirib, uyinga borganimda, "Hech qachon siz bilan uchrashgani chiqmayman” – deganingni, eslataman. O’shanda bu so’zlaring meni yuragimni teshib, o’tib ketgandi. O’sha teshikdan qolgan yamoq esa, hanuz yashamoqda. Ishonasanmi, yuragim urmaydi. O’shandan beri urmaydi. Birorta ham. Sovuq yurak. Qandaydir sovuqqina. Hissiz. Ha, albatta hissiz. Chunki hozir seni baxtsizman deganinigni his qila olmayapti. His qilolmaydi ham. Lekin men o’zim BAXTIYOOOORMAAAAAN!!! (Sen meni tashlab, baxtsiz bo’laningdanmas. Meni tashlab ketib, baxtimni topdirganingdan. Sen... Senga nima deyishimni ham bilmayapman. Baxtli bo’lishningni istardim judayam... Faqat o’zing buni istab, harakat qilishing kerak...). Boshqa meni aldamagin... Shunda menam seni aldamayman...
|