03:07 Men sevmaymanku! Davomi 37-38 qism | |
37 qism Bu nusxa
kimligini hich bilolmayapmande. Shuanqa ham manga o’xshash bo’ladimi.
Uhlavomman disam uyg’oqman. Alahsiravotganmikanman. Yoki ko’zimga
ko’rinayotganakanmi? Qattanam sho’tlarga keldim. Mana oldimda olma g’ajib
o’tiribdi. Nimadir dimoqchimi bilmadim. Olma tiqilib qolgande o’xchavoti: -
Ko’zing borakan. Tiqilib qoldi. Nega norozi bo’lasan. Ichingda tiqilib o’l
didingmi? Qo’rqma o’lmiman. -
Daraxtda to’lib yotibdi. Hohlaganimcha tervolaman. Bo’kunincha yevur.
Tiqilmasang o’lmisan. -
Hop. Man ketdim. Sani oldinga keganim, san o’zligini yoqotib borvosan.
O’zini eslatgani keldim. Oldin qanaqa eding. Man hozir qanaqa bo’b qolding.
Jinnidan farqing yo’q. Boya mani kimligimni soradingmi? Yaqinda otaxon kesa
javob olasan. Ertalab keladi. Onang ko’zinga nega ko’rinvotganini ham etadi.
Omon bo’l... Man yana 2 ta olmangdan olib ketaman. Yo’lda yiyman. -
Hop. Boshqa kema. Qadami sovuq. Ketdi. Man o’zim qoldim. Tong otdi. Uzoqdan otaxonni
qorasi ko’rindi. Qo’llarida ikkita setka. Ichida nimadir bor. 11 kun diganda
keldilar va nihoyat. Qo’limni ko’ksimga qo’yib kutib oldim. Ko’zlarimda yosh
chiqib ketdi. Qo’l berib salomlashdim. Manga qarab hayron qoldilar. Keyin turib
turib: -
Dori tasir qilibdi. Ancha o’zingga kelibsan. -
Ha juda achchiq ekan. -
Dori shirin bo’maydi. Ho’sh kimlarni ko’rding men yo’g’imda. -
??? -
Kimlar ko’zinga ko’rindi yoki gaplashding. -
Onam. Keyin o’zimga o’xshaydigan bolani ko’rdim. -
O’zingni ham ko’rdingmi? -
Ha. Uni kimligini siz bilar ekansiz. -
Bilaman. Yaqinroq kel. (Kiymimdan bitta tumorni yechib oldi.) Mana shu
tumor senga ko’rsatadi. Kimni sog’insang ushani ko’rsatadi. Sen bekatda
yotganingda men senga shuni taqib ketdim. Boshqa joyda bir bemorim bor edi.
Ushani oldiga ketdim. Seni esa o’zimni "soyam” bu yerga olib keldi. Men
"soyam”ni boshqa olaman. Bekatda u avtobusga chiqmadi. Keyin tushishinga oz
qolganda sen uni qidira boshlading. Shunda u senga ko’rindi. Uni hech kim
ko’rmaydi. Agar kimdadir shu tumor bo’lsa u
ham ko’rishi mumkin edi. Onagni ko’rishinga kelsak. Sog’ingansan.
Ushanga ko’ringan. O’zingni aksingni ko’rgan bo’lsang, demak o’zini ham
sog’inibsan. -
Man oldingi hayotimni sog’ingandim. Oldingi yashash tarzimni. -
Ha o’zim ham hayron bo’ldim. Qanday qilib o’zini o’zi sog’inishi mumkin
odam deb. (Yurib xonaga kirdik). Voy bo’y. Hamma yoqni olma po’choq qilib
tashabsanku. -
Man yemadim. Anu mani kopiyam yedi. Ketvotganida ikkita olib ketdi ham. -
O’g’lim. Ular hech narsa ushalolmaydi. Olmalarni sen egansan. Ikkita olma
ana yerda yotibdi. Ichgan doring sal bo’lsa ham alahsirash chaqirardi. Ushanga
uhlab turib nima qilganingni bilmay qolgansan. -
Shu ikkita olmani orqasidan otgan bo’sam kerak. -
Nima bo’lsa ham. Ahvoling yahshimi. Uyingga ketasanmi? Uyingni sog’inibsan.
-
Yo’q. Bora olmayman. Ming sog’inganim bilan boromiman. Uydagilarni yuziga
qari omiman. -
Hop. Qotan non yeyaverib, ishtaxang ham bog’ilgandir. Men senga ovqat olib
keldim. Yeb olgin. Keyin qishloqga tushamiz. Senga ish topib beraman. Shu yerda
yashab yuraverasan. Qachon uyga ketishni istasang ketaverasan. Bu yerlarda
qayerlarga bording. -
Rahmat otaxon. Bu yahshiligini hich qachon unitmiman. Hech qatga bormadim.
Tog’ni orqasiga o’tdim bo’ldi. Otaxon kabob olib kelibdilar. Endi bu ovqat shunaqa
mazali o’tvoti. Ox ox. Uncha buncha mazza qimo’dim. Tushki paytdan keyin otaxon
mani chaqirib ketamiz didilar. Man sumkamni ovoldim. Keyin qancha yurishimizni
so’radim. 3 kun yursak yana u bu narsa ovliy dib. Otaxon 1 soat yuramiz
didilar. Man hayron qoldim.... 38 qism - Man chunmadim.
Qanaqa qib 1 soatda. Axir man 3 kun yurib kelgandimku. - Ha bilaman. San
boshqa qishloqdan kelgansan. Biz boshqa qishloqga boramiz. 1 soatli yo'l. - Hm. Bilmagan
ekanman. Mayli nicho. Aylansam bo'larkan xonada yotmasdan. - O'zi qo'lingdan
nima ish keladi. Tayinli ishing bormi? - Qo'limdan hamma
ish keladi. Hammasini qila olaman. O'zim qo'riqlash xizmatida ishlaganman. - Ex bolama. Bu
yoqda qo'riqlashinga hech narsa yo'q. Balki topilib qolar. Boshqa ishlarni ham
bilaman deyapsan, ko'ramizda. - Manga ishni
farqi yo'q. Shu yerda yashasam bo'ldi. - Yashaysan.
Qishloq odamlari mexmondo'st. Uy joy ham topiladi. Man uchun qurib beilgan uy
bor. Usha yerda yashaysan. Hamma narsa bor. - Elektor toki
bormi? - Ha bor. Nima
qilasan tokni? - Telefonim o'chib
qogan. Ushani zaryadka qilib olishim kerak. - Teleponi bu
yerda foydasi yo'q. Aloqani ushlamaydi. Hoov anavi tepalikda chiqib gaplashib
kelishadi. - Manga yonsa
bo'ldi. Gaplashish kerak emas. Unda manga kerakli narsalar bor. - Bu matoxingda
juda ham kerakli nima bo'lishi mumkin? - Uydagilarni rasmi, Uyimni rasmi. . . - Ha bu bolam
uydagilarni sog'ingan ekansan uyinga qaytib keta qol. Nima qilasan o'zingni
qiynab? - Otaxon qaysi yuz
bilan kirib boraman. Ketganim nima bo'ldiyu, sho'payib qaytib keganim nima
bo'ldi bo'b qomidimi? Ko'chada odamlar ko'rsa undan batar kulishadiku. Manga
farqi yo'q. Kulsa kulavermaydimi? Uydagilar qiynalishadi. Man uydan ketmadim.
Mahalladan qochib ketdim. Uyda ham har kun kesatiq gaplar. . . . (uydan nega
ketganimni sababini etib berdim.) Endi qarangda
otaxon man nima qilishim kerak edi? -
San nima qilsang qilib bo’lding. Endi bu yog’ini o’yla. Men senga hozir
ming maslahat berganim bilan sen unga amal qilmaysan. Chunki sen o’zingni
fikringni ustun qo’yasan. Man aytishim mukin uyingga qaytib bor. Hammasi o’tib
ketadi deb. Sen nima deysan. Albatta yo’q deysan. Chunki sen alaqachon qarorni
qabul qilib bo’lgansan. -
Ha mayli. Bir so’radimde. -
Hech qisi yo’q.... Ana qishloq ko’riayapti. Usha yerda yashaysan. Men bu
qishloqga ko’p kelib turaman. Ko’p chaqirishadi. Man uchun qurilgan uy yahshi.
Senga yoqadi. Man oyda bir marotaba kelib tursam ham. Shunday tushganda
birinchi uy meniki. -
Rahmat otaxon. Bu yahshiligizni hech qachon unutmayman. Burnizdan buloq qib
chiqaraman. -
San yahshi yashab ketsang manga shuni o’zi yetadi. Otaxon bilan qishloqga kirib keldik. Uylarni oldidan
o’tayotganda mana meni uyim deb ko’rsatib ketdilar. Uy paxsadan qurilgan
pastakkina edi. Bitta derazasi bor. Nu ikki xonali edi. Eshikda qulf yo’q ekan.
Keyin qishloq markaziga bordik. Ularni hamma hurmat etibor bilan kutib oldi. Ularni
taqsir deb chaqirisharkan. Shu qatorda manam hurmatdan chetda qolib ketmadim.
Ular kelganlari uchun darrov qo’y so’yildi. (Qo’yda nima ayb. Ko’rib achinib
ketdim. Agar mani har kelishimda kimdir qo’y so’ysa, man kelmasdim. Qo’y trik
qolsin dib) keyin sho’rva, osh tayyorlashni boshlab yuborishdi. Mexmondo’stlikni
ham joyiga qo’yib qo’yishdi. Sho’rva ham bir zumda tayyor bo’ldi. Bu 10 kunlik
qotgan non terapiyadan keyin manga juda ham yoqvotganidi. Sho’rvani sopol
kosada olib kelishdi. Kosa ham mani uydagi katta kosamga 1,5 ta keladi. Ustida
katta go’sht ko’rinib turibdi. Uni bir zumda katta non bilan tezgina yeb oldim.
Tan olaman bunaqa mazali sho’rva ichmagandim. Juda ham zo’r chiqibdi. Yarimi
yog’ shekl o’zi ham. Otaxonga unaqa katta kosada olib kelishmadi. Kichik oddiy
kosada olib kelishdi. O’zimni qorinim ochligiga ularga ahamiyat bermadim. Agar
oddiy sho’rva biz tomonda 2000 so’m bo’lsa. Bu sho’rvani bizni oshpazlar 10000
so’mga sotishsa kerak. Yana ichgim keldiyuuu. Nu oshni hidini kelib bu fikrimni
to’xtatdi. Sho’rvadan keyin yarim saotlardan keyin. Oshni suzaveraylikmi dib
bir bolacha keldi. Biz bilan gaplashb o’tirgan kishi (Yoshi 50 laga chiqib
qolgan, qorni semiz, bo’yinlari osilib qolgan, qulog’i qayrilganro. Pishilab
nafas oladi. Ora orada o’xchib yo’talib qo’yadi. Yana exx diydi. Choyxonachi
ekan. Otaxon ularni Karimboy didilar. Ismlari Karimboy bo’sa kerak.) hozir
emas. Borib akangni uygo’t. Mollarga qarasin dedi. Va O’g’lidan shikoyatni
boshlab yubordi: "Taqsir mana o’g’lim 19ga kiryapti. Kun bo’yi uhlagani
uhlagan. Qo’lidan hech bir ish kelmaydi. Mollarga qarashni ham eplolmaydi. Tur
o’rningdan u bu ishni boshini tutgin desam ham yo’q deydi. Nima qilishimni ham
bilmay qoldim. O’rtoqlarini chaqirib ularni oldida ham etdim. Bo’lmadi. Oxiri usha
o’rtoqlariga shuni ishga tortilar deb iltimos qildim. Ular 1 haftdan keyin, uzr
iltimosizni qila olmadik. Yur ishlaymiz desam yo’q deydi. Hamma narsaga
qiziqtirib ko’rdik. Bo’lmadi. Topib olgan gapi bitta. Man ishlamayman. Otam
boqadilar. Ha otam. 40 yoshga to’lgunimcha otam, 40 yoshimdan keyin o’g’lim
boqadi. Shuni etvurib bizani ham dangasa qilib qo’yisha oz qoldi, dib etishdi.
Boshimni qaysi devorga urishni ham bilmay qoldim. Uylantiray desam. Bitta
kallani ikkita qib boqib nima qilaman deyman. Shu ahvol. Kimdan bu gaplarni
eshitib olgan bilmadim deb shikoyatlarini tugatdilar. Keyin ichkariga kirib
ketdilar. Otaxon manga bu yerda bor ishlarni etdilar. Hohlasam shu
choyhonachiga shogird tushsam bo’larkan. Bir yolg’iz onaxonni dalasida ishlasam
bo’larkan. Tog’ga chiqib cho’pnlik qilsam bo’larkan. Yana 3 -4 xil
ishlarakande.., shundan bittasini tanlab etsam ushanga qo’yarkanlar... | |
|
Всего комментариев: 0 | |