00:10 Men sevmaymanku! 56-57 qismlar va qolgan qismlariga manba | |
56 qism Saida opa telefon qilib hol ahvolini so’rab qo’ydilar. Oradan oylar o’tdi. 2010 yil sentyabr oyi. Aziz ishiga qaytib chiqdi. Oldingidek ishlab yuribdi.
Oktyabrda to’yi. Hamma hursand. Lekin negadir Aziz usha avariydan keyin sal
g’alatiroq bo’b qoldi. Sal odamovuroqmiyeyy. Chunarsiz. Soxta tabasum qilib
qo’yadi. Mani shahsiy hayotimda esa hamon jimlik. Lobar bilan
telefon orqali gaplashib turdim. Bitta yangilik etdi. Mani ko’ragani kelarkan.
Mana bu yangilik.... keldi. Lekin man bilan uchrashmadi. Nimagaligini etmadi.
Rosa jahlim chiqdi. Telefonda gaplashmiy qo’ydim. Smslariga javob yozmiy
qo’ydim. Boshqa nomerlardan telefon qilib kechirim so’rab boshqa kun kelaman
ham didi. Lekin man "shirin gaplarim” bilan uni yig’latdim. Oldingidek
yig’ladi. Sevaman dib eta olmadi. Lekin yig’ladi. Rosa yig’ladi. To’yib to’yib
yig’ladi. O’zimni noqulay his qila boshladim. Ovutishga so’zlarim kuchi kamlik
qildi, gaplarim ozdek tuyuldi. Uni yig’idan to’xtatish uchun qilmagan ishim
qolmadi. Baribir xiqilab yig’layverdi. Man oxiri ertaga telefon qilaman
telefonni qizil tugmasi ikki uch marotalab bosib tashadim. Nervim chiqa
boshladi. Etamande. Ko’rmasdan turib qanaqa qilib sevish mumkin. Odamni
qanaqaligini bilmasdan turib sevish. Bilmadim. Man uchun g’alati holat. Ertasi kuni Lobar manga rasmini MMS qilib yuboribdi.
Tegiga o’zizni rasmizni yuboring, ko’rgim kelyapti dib yozibdi. Yubordim
manam.... 57 qism Bir bir yuborgan rasmiga qariman. Oddiygina qiz. Bir
paytlar u mandan so’ragandi, bir dugonasini ko’raganimdan keyin: "Dugonam
chiroyli ekanmi” dib. Man unga yo’q diyishni ham ha diyishni ham bilmasdim.
Shunga qiz bolani chiroyli yoki huniki bo’lmaydi. Muhimi qalb chiroyliligi.
Tashqi ko’rinish manga uncha ahamiyat kasb etmidi. Bo’lishi mumkin yahshi yoki
yomon hulqli qiz bo’lishi mumkin” digandim. Rasmiga qarab hozir usha etgan
gaplarimni o’ylavomman. Boshida u haqida qanaqa fikrda edim. Hozir fikrim
qanaqa? Ancha fikrim o’zgargan. Rosa o’zgargan. Oldingi G’opporni fikrlashi
o’zgargan. Olam o’zgarvotiyu, odam o’zgarmidimi? Bugun Aziz va Azizani kelin ko’ylak tanlagani olib
boraman. Oldingi qarzimni uzishim kerak. Negadir shu voqeani eslagim kelmaydi.
Azizni ishonasidan olaman. Azizani uyidan. Ular uchrashadigan joyi hozir
o’zgargan. U joyda daxshatli xotira qo’riqchilik qilmoqda. Ular bu joyga
yaqinlashishga qo’rishadi. Ushandan keyin bir marta uchrashishdi. Keyin boshqa
u yoqga bormishmadi. 4 soatlardan keyin ish vaqtim tugidi. Keyin yo’lga
chiqaman.... Azizni ishxonasiga keldim. Aziz ish bilan mashg’ul.
Boshlig’i xotiniga teleefonda otchet topshirvoti. Kechki payt majlis borakan,
lekin u qoldirilibdi. Chunki bugun xotini ukasini tug’ilgan kuni ekan. Xotini
usha yerga boramiza, vaqtliroq keling dibdi. Mana qarang qanday muhabbat! Er
xotin bir birini gapini ikki qimasa. Xotinini shunqalar sevganidan bir og’iz
tug’ilgan kun diganiga butun boshli majlis qoldirildi. O’ylab qolaman. Xotini
ham bularni etganini qilarmikanlar, yana o’ylayman. Bu sevgidanmikan yoki
qo’rquvdan?.... Mana Aziz ham ko’rinib qoldi. Orqasidan kimdir nimadir divoti,
bu unga javob etib zindan tushib kevoti. Ketvotganidayam ISH. "Kuyov bola
keldizmi, ketdikmi?” dib qo’yaman hazillashib. Uyam kulib qo’yadi. I vsyo....
Azizani uyidan olib, Kelin ko’ylaklar saloniga bordik. Man kirmiman disam ham
majburlab, qo’yarga qo’ymay olib kirishdi. Mani firkimni bilishmoqchi emishlar.
Manda fikr bo’sa bilasizlarde disam. Hop dib kirdim. Ikki qavatli salon. Hamma
yoqda oq ko’ylaklar, yana boshqa ranglilar ham bor. Haykallarga kiyg’azishibdi.
Bir ayol bizani kutib oldi. To’y qachon dib so’radi. Keyin mavsumga moslarini
ko’rsatdi. Reklamasini ham qib berdi. Azizga qarab Kuyov bola sizga yoqdimi dib
qo’ysa Aziz yerga qarab uylishdan qib beradi. Qib qizil olma bo’b qoladi. Eyy
man o’rnida bo’ganimdami... o’zim tanlab tashirdim. Bo’masa tikib berlaring
diyrdim. Atlas ko’ylakmi, milliyroq qilib. Aziz uyalgani uyalgan. Odamam
shunaqa bo’ladimi? Digalarim keladi. 5 xil ko’ylak ko’rsatdi.Azizga hammasi
yoqdi. Azizaga 2 tasi. Manga aynan usha ikkitasi yoqmadi. Ko’ngil uchun ha zo’r
dib qo’ydim. Yana mandan fikr so’ragani olib kirishgan. Yana boshqalarini
ko’rsatdi. O’zi bularni shunaqa ezmalanishini sezgandim. Moshinamda o’tirganim
yahshidi bundan. Siqilganimdan manam tanlashga tushdim. Kamchilik va yahshi
tomonlarini etdim. Unisini u didim, bunisini bu... sotuvchi ayol hayron. Kuyov
umi yoki bumi dib. (Kotta xoleni o’g’li diyrdim agar so’raganda). Oxiri Azizaga
va manga yoqgani uchradi. Zo’r. Milliydan qolishmaydi. Chiroyli tikilgan. Kuzga
mos. Sotuvchi ko’ngil uchun Azizdan ham so’radi. Shu paytgacha hammasi
ko’ylakni yoqdi dib kevotgan, aynan shu ko’ylakka keganda yoqmadi dib qosade...
Bir ammalab unga yoqtirishga erishdim. Keyin uyga qaytdik. Ancha yengil
tortdim. Aziz oldimga chiqdi: -
G’oppor vaqting qanaqa? -
Ha Aziz. Vaqtim bemaol. Tinchlikmi? -
Ha. Bugungi ko’ylakni yuvmimizami? -
Jinnimisan. Yep yengi bo’sa. Keyin salonda qogan bo’sa. Pishirib qo’yibdimi
yuvib. -
Eyyy o’zini go’llikga somagin. Yur ubu kafeda o’tirazmiza. Uyda zerikib
ketdim. -
Uyinda o’tirsegam bo’lardi. -
Keyin kim yig’ishtiradi. Remontdan keyin uyni toza saqlab turiy. Faqat
uhlagni kirvomman o’zi. -
Hop ketdik. (Mahallamiz yaqinidagi kafega bordik. Ushatda o’tirib, 4 tadan
shashlik zakaz qildik. Keyin uksus sepilgan piyoz) -
Mana 1 oydan keyin to’yim. Ancha orziqib kutilgan to’yim. -
Ha. Manam anchadan beri orziqib kutvotgan to’y. -
Shu... (Manga nimadir dimoqchi bo’ldi, lekin o’ylanib qoldi). Shu... san
qachon uylanasan. -
Manmi? Man bilmadim. Oldin san uylanvur. Maniki keyin bir gap bo’lar. Akam
uylangani hozircha yetadi. Manga hal vaqt bor. Man tayyormasman. Hali ishimni
mustahkam qimadim. -
Ha. Yahshi. -
Shuni so’ragani shu yoqga chaqirganmiding. -
Ha. Keyin bir o’tirib oliyli. Yana qachon bunaqa o’tiramiza. -
Ha. Mana bir muhim gapin borakanmi dibman. -
Bu muhim gapamasmi? -
Hazillashdim. Shu tariqa 12 largacha o’trdik. keyin uyga qatdik. 4 ta
shashlikdan keyin ketiga 4 ta zakaz qildik... 2 haftacha o’tdi... Lobar bilan yana usha usha gaplar. U kelaman didi. Hop
didim. Yana keldi. Uchrashamiza didi. Hop didim. Uchrashuvga chiqdim. Kutdim.
Kemadi. Telefoni o’chiq. Endi rostanam jahlim chiqdi. Uyga qaytdim. Telefon
qildi. Vaziyatni tushuntirishga harakat qildi. Xolalari bilan aylangani chiqib,
man bilan chiqa olmabdi. Manga bu bahonasi yoqmadi. Yana shirin gaplarimdan va
ALVIDO degan so’z. Ketidan XAYR!!! U esa iltimos bunday qilmang. Shunday bo’lib
qoldi. Man hohlamagandim digan gaplari. Mandan yana XAYR digan so’z. Telefon
qizil tugmasi uzoq bosib turib bir yo’la telefon aparatini o’chirishim.
(Bo’lmasa qaytib telefon qilardi. Manga uni man bilan uchrashuvga chiqmagani
emas, mani aldagi yani chiqaman dib aldagani yoqmadi. Yolg’on gapirish
kerakmasdi. Nima qilardi aldab, etsa bo’lardi. Ilojim bo’sa uchrashaman.
Telefon qilib etaman dib. Afsuski u bunaqa qimadi. Manga nima man uni
sevmimanu). Davomini mana bu manbaga kirib o'qiysiz. Pastidan kelasi betga o'tish uchun sonlar bor. Shu tariqa davomiga o'tib ketaverasiz. (orasida izohlar ham bor) 58 qismdan. http://www.sayyod.uz/forum/25-333-12 Boshidan o'qish uchun. http://www.sayyod.uz/forum/25-333-1 (c) Giyos@mail.ru | |
|
Всего комментариев: 0 | |