04:08 Men sevmaymanku! 55 qism | |
55 qism *** (G’oppor hikoyasi) Xirurgiya bo’limidan o’qdek otilib chiqdim. (Yahshiyam
to’g’rida hech qanday nishon yo’q ekan. Bo’lmasa aniq 10 ballni urardim).
Reanimatsiyaga yugurib chiqdim. Hayolim do’stim Azizda. Ahvoli qanaqa ekan. Es
hushi o’zidamikan. Shunga o’xshash narsalarni o’ylab keb qoganimni ham sezmiy
qoldi. Eshikdan har doim kirib chiqib yuradigan odamde kirib ketvotudim. "To’xta”
digan ovoz mani to’xtatdi. Uxxx didim. Shu yetmi turudi o’zi. Zo’r
nastroyeniyamni ham rasvo qildi. Endi qanaqa qib kiraman. "opajon man hozirgina
oppoq xalatda oldizdan chiqib ketdimku. Man shu yerda ishlayman. Xirurgiya bo’limida.
Xalatimga qon tegdi. Yuvishvoti hozir. Ushanga bezxalatman. Maylimi kirib
ketsam. Bu yerda mani o’rtog’im yotudi. Usha hozir o’ziga kelibdi. Shundo
salomlashamanuu chiqib ketman. Mani tanimadizmi?” didim baqiro sanitarkaga.
Keyin eshikdan sirpanib kirib ketdim. Sanitarakka opoqi orqamdan qarab
qoldilar. Man o’zimga o’zim etdim. Man bo’larkanu mumomila qilib kirsa. Shunga to’palon
qilish shartmikan. Yo’lda husrsand bo’lib Charos kutib turardi. Man do’stim o’ziga
keganini eshitgan bo’samda, u manga huddi man eshitmagande qarab turibdi. Manga
tezroq etib, mani hursandchilikimni ko’rsa... Shu hayollar bilan borvotgan
joyimdan orqadan "to’xta” digan qichqiriq eshitildi. Orqaga o’grildim. Santarka
opoqi. Manga qarab kevotilar. Qo’llarini yengini shimarib kevotilar. " Managa
qara ovv bola. Man sani tanidim. Ha tanidim. San mani aldab kirib ketmoqchi bo’ldingmi?
Bilsanmi? Mani oldimdan begona pashsha ham uchib kirmomidi. San kim bo’lib
onang tengi xotinni aldab kirib ketmoqchisan (Shu joyida onam tengimas, opoqim
tengi dib etmoqchi bo’ldimu, lekin so’zlarini "maroq” bilan eshtivotganimni
bildirish uchun indamadim)? Mani aldab kirib ketadigan hali yo’q! San o’tgan
kuni kelib to’palon qilding. Hammasi esimda. Bugun xirurgiyada ishlidigan bo’b
qoldingmi? Uyatamasmi O’ZBEK! Yerga qarama, ko’zimga tikka qara. Aldavotganini
bilib turiy. Ko’zimga qarab yo’lg’on gapirib ko’rchi? (Hm. Bu opoqiga bitta
eslatma etmoqchi edim. Etmadim. O’zim bitta eslab oldim. Ko’zga qarab yo’g’on
gapirvotganini aniqlash qiyin. Masalan man hozir sizga yolg’onni rostde qib
etib beraman. Bu yolg’onimga o’zim ham ishonaman. Ko’zlarim ham ishonadi.).
Qani qayt orqaga. Chiq bo’limdan!” dib manga baqirib tashadilar. Man ularga
javoban: "Opoqi kechirasiz. (Bosiqlik bilan. O’ylab, bo’masa har bir gapim o’zimga
qarshi ishlatilishi mumkin.) Man shu bolnitsada ishliman. Xirurgiyada. To’g’ri
usha kuni kelgandim. To’palon ham qilganman. Stresda edim. Nima qivotganimni
bilmadim. Bu yerda eng yaqin do’stim yotibdi. Hech kim yo’q. Ota onasi o’lib
ketishgan. Mahalla katta qilgan. Mani akaside ko’radi. Manam uni akamde ko’raman.
(shu joyda ikkalamiza egizak bo’b qoldik. Gap nito chiqib ketdi. Lekin qaytib
etib o’tigim kemadi. Hayajonlanishim kerakmasidi.) Shu kuni uyda edim. Tez yetib
keldim. Endi har doim kirib yurgan eshik, man shu yerda ishliman dib etmimanku.
Hayolga ham kemadi. Mana hozir etvoman. Do’stim o’ziga kegan. Ko’nglim
hotirjam. Chundiz! Ishonmasez mana Charosdan so’rang (Oldimga turgandi), u
biladi. Mani ko’ragan. (Charas ha dib gapimni tasdiqlab qo’ydi). Uzr. Man shoshvomman.
Bo’limimga borishim kerak hali.” - didim. Opoqi yana nimalarnidir o’ylab eshik
oldiga ketdilar... huhh dib qoldim. Charos haligi kulgan chexrada yana manga
qarab turibdi. Ularga rahmat dib, Aziz yotgan palataga kirdim. Ko’zi ochiq.
Manga qarab turibdi. Kuldim. " Do’stim qalesan. Yahshimas. Yahshi bo’lib
qoldingmi? Hammasi joyidami?” didim. U manga uzoq tikilib turdi. Ko’zlarini ochib
yopdi. Qarab turdi. Keyin yana ozgina turib: "San kimsan, sani tanimayman”
didi. Davomi tez
soatlarda! (c)
Giyos@mail.ru | |
|
Всего комментариев: 0 | |