Четверг, 21.11.2024, 15:15
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Kirish joyi
Izlash
Taqvim
«  Февраль 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28
Bizning so'rov
Saytni qayerdan bildingiz?
Umumiy javoblar: 75
Hisobot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2011 » Февраль » 20 » Men seni izladim. (monolog)
07:23
Men seni izladim. (monolog)

Men seni izladim.

Men seni izlayman to tong qadar. Sen ko'rinmaysan negadir. Bilmayman nechun seni qidiryapman. Balki sog'ingandirman. Seni bir kun ko'rmadimu, aqlim o'zimdan ketdi. Senga shunchalar o'rganib qolganmanki, kunimni sensiz tasavvur qila olmayman. Kun o'tadi bir amallab, lekin tunchi. Tun sensiz o'tayotgan tun. Bu tunni o'tmayotganini tariflashga so'z ojiz. Buni faqat men o'zim tushuna olaman. Boshqa hech kim tushuna olmaydi. Bu tun o'tishi butun umrimga tengdek go'yo. Seni shu tun topa olmasam tongga qadar umrim payonini kutayotgandekman. Har kuni seni ko'rardim. Enichi? dom daraksiz ketding. Xatto xayr ham demading. Xayr deganingda balki seni izlamasdimmi? Doimdagidek ko'rishguncha deb yuragimga o't qalab ketding. Qani endi bu o'tni kim o'chirar ekan. Bu o'tni faqat sendan boshqa hech kim o'chira olmaydi. Ha ha faqatgina yoqgan odam bu o'tni o'chiradi. Bu sensan. Yuragimda yoqgan o'ting to seni topmagunimcha alangalab meni qalbimni kuydiraveradi. Bundanda dahshatliroq og'riq bo'lmasa kerak. Eng kuchli og'riq, qalb og'rig'i. Mening qalbim og'rig'i. Sen buni bilmaysan. Sening uchun bu hech narsa emasda. Seni topolmasam. Qalbim kuyib kul bo'ladi. Uni aslo qayta tiklab bo'lmaydi. Yonib kul bo'layotgan cho'pga suv sepilsa u kichik yongan cho'p bo'ladi. Uni asl holiga qaytarib bo'lmaydi. Qaytarsa ham kichikkina bir cho'pcha bo'lib qoladi. Meni qalbim seni izlay izlay, olis olislarga ketdi. Baribir befoyda. Sen o'zing qaytmasang, qalbim qidirgani befoyda. Qalb, sevgi ko'zi ko'r bo'ladi. Unga manzilni tushuntirvorsa o'sha tomon boradi yoki o'zi borgan manzildan boshqaning yordamisiz keta olmaydi. Meni qalbim senda edi. Sen uni tashlab ketding. U senga ishonardi, doimo birga olib yurishinga. Mana hozir ortingdan qidirib yuribdi. Men qalbimga ko'rsatgan tomonda sen yo'qsan. Qalbim esa o'sha tomonga alangalar ichida ketdi. Uni faqat sening ovozing "Men qaytdim" deyishing qaytara oladi. Hozir hasta ko'nglim bilan yolg'iz seni kutib o'tiribman. Iltimos meni ko'ngilsiz ham qoldirma. Ko'nglim ham sen tomon oshiqmoqda. U mendan seni so'raydi. Har soat, har daqiqa, har soniya seni bot - bot so'raydi. Men nima deb javob berishni bilmay qolaman. U mendan seni izlashga izn so'raydi. Men uni sening kelishinga ishontiraman. "U keladi, albatta keladi, ko'rishguncha deb ketgan. U va'dasidan chiqadi" deb aytaman. Ko'nglim nega senda qoldirganimni, uni bu azoblarga qo'yganimni so'raydi. Men bunga javob bera olmayman. U buni sezadi va boshqa so'ramaydi. U seni kelishini sezadi. Men esa...

Просмотров: 1063 | Добавил: Giyos | Теги: Monalog | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 zolushka  
surprised qarsaklar

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Flag Counter