05:18 Kumushga atalgan noma II ! | |
Kumushga atalgan noma II. 1. Kumush... Armonim, yeta olmagan orzuyim. Sendanda uzoqlardaman, qalbim nechukdir sen bilan qolibdi. Ko’zlarim yo’lingdamas hamon, kutishdan charchamadim. Lekin bu foydasiz kutish. Daraxt soyasida mayus o’tiraman. Daraxt shitirlar Kumush deya. Daraxt tanasiga ismning o’yib yozgum. Kumush+Giyos=Armon, orzu ham emas.... Kunlar o’tdi.... Fasllar o’zgardi, sen ham o’zgarganingdek. Sening sevging o’zgardi, mendan Otabekka o’tdi. Yozning issig’idan Qishning Qaxratonini tanlading... 2. Eshitdim.
Otabek uylanibdi yana. Zaynabni qilibdi o’ziga yor. Uni mehri bo’linib endi
ikkiga, senga kamroq qolibdi. Tunlari yig’lama ko’zlaringga olib yosh. Kumush senga
aytgandim, qilasan hali afsus deya. Endi foydasiz meni eslashlaring, endi foydasiz
meni chaqirishlaring, endi foyadisiz meni intizor kutishlaring... Kutasan endi
Otabekni Zaynabni quchog’idan qaytishin. Senga kelib yana seni sevaman
deyishini. Kutasan rosa ham. Kutasan ko’zlaringda yosh bilan... 3. Esingdami
Kumush. Uzugingni menga berib turganding. Usha menda qolib ketibdi. Kecha
hamyonim kavlagandim, qo’limga ilinib qolibdi. Esimga tushdi usha
uchrashganimiz. Esimga tushdi usha sevishgan paytimiz. Menga kerakmas endi bu
uzuk, qaytarib ol . Qolmasin menda sendan esdalik. Kerakmas hecham seni
eslashim... Uzugingni berib yuboraman ko’rsam Otabekni Toshkentda. Zaynabni
bag’ridan sen tomon ketayotganida. Faqat aytmagin sen, kerakmas bu uzuk menga
deb... 4. Qish keldi.
Kumush qish deyishadi nega, yana xotirlatib seni menga. Oppoq qish desa ham
bo’lardiku! Qishni yoqtirmayaman endi. Bildim, nega sovuq Otabekni tanlaganing,
u qish edida, Sen bilan Kumush qish bo’lardi. Seni ko’rsam so’rardim.
Baxlimisan deb. Afsus istamayman ko’rishni... Eshitdim. Otabek ketibdi sendan.
Hozir Marg’ilonda darbadar kezarmish. Nima qilding u bechoraga. Shunday pok
qalbli insonga. Otangni ayblama haydadilar uni deya. Sen aybdorsan, tanimading
uni xatini... Afsuslanaman senga, hursand bo’laman sen bilan birga
bo’lmaganimga. 5. Bahor
kelayapti. Otabekdan uzr so’rabsan. Xatolaringni tan olib. Kelayotgan ekansan
Toshkentga. Marg’ilon torlik qildimi Kumush sen bevafoga. Endi balki ko’risharmiz
yo’lda tasodif. Ko’rishganda o’tib ketaylik ko’rmagandek. Vasling qolsin menga
armonda. Armonni yor qilay. Sen yashagin
Giyosni o’ylamay. O’ylagin meni uzoqlarda deb. Ko’rasan, hammasi o’z o’rniga
tushib ketadi. Men ham baxtimni topib ketaman. Kelganingda yo’l chetida turgan
bo’lsam, u men emasman. U boshqa... 6. Sen bilan bir
shaxarda yashaymiz. Masofalarimiz yaqin. Qattiqroq ovoz bersak eshitamiz. Lekin
begonalarmiz bir birimizga. Yonginamizda baqirsak ham eshitmaymiz. Bir birimiz
uchun quloqlarimiz betgan, to’lgan. Kulguliku? Lekin shunday ekan bizni taqdir.
Kumush sen Otabek bilan baxtlisan. Garchi oralaringda Zaynab bo’lsa ham. Senga
qoilman, shunday bo’lsa ham yashayapsan. Men soham bo’yicha ishlayapman. Hech
havotir qilma. Seni o’ylamayapman. Hech ham. Faqat bir marotaba eslayman. Shu
misralarni yozmoqchi bo’lganimda.... 7.8.9. Ishda edim
bu kun, chopib keldi yonimga Xasanali. Yordam kerakmish senga, tobin qochibdur
bir zumga. Kumush isming eshitib, yo’lga tushdim Xasanalidan oldin. Uying tomon
yaqinlashganimda eshik oldida Zaynabni ko’rdim. Ko’zlarida sal quvonch bor.
Kelganim eshitib, ichakarida tabibni kirg’azing deb qolishdi. O’zbek oyim qo’lida
bir go’dak bilan, seni o’g’ling bilan chiqib ketdi. Ichkarida Otabek o’tiribdi
seni yoningda, manglayingni bosgancha. Kelganim ko’rib hursand bo’ldi,
hayajondanmi, yoki asabdanmi o’rnidan turishni ham unutdi. Ne bo’lganin so’rab,
qo’lingni ushalashga izn so’radim. Tomiring urishin tekshirib, lablarim
tishladim. Sen ichgan ovqatdan bir barmoq yaladim. Daxshat! Seni
zaharlashibdiku, zahar ichibsanku bechorginam. Otabek hayron. Esladi kim
berganin. So’kdi yaramas Zaynabni. Ko’rinishing bir ahvol, ranglaring so’lg’in.
Har zamon bir o’xchib qo’yasan. Iching qaynar og’riqdan. Men bilgandim Zaynab
seni zaharlashin, shunga zaharga qarshi dori ham olib kelgandim. Shuni ichasan,
so’ng hech nima ko’rmagandek bo’lib ketasan... 10. Ertasiga
Otabek keldi yonimga, holing yahshilanibdi, bo’limsan sog’. Uzoq rahmat aytdi. So’radi
mendan, o’g’liga meni ismimni, Giyos deb qo’yishni. Men qutqaribman uni
baxtini, eslab yurarmish meni endi butun umr. Rozi bo’ldim. Boshqa choram yo’q
edi. Senga aytgandim, o’g’lingga ismimni qo’ymagin deb. Nima ham qilardik,
taqdirda bor ekan. Otabek va Kumush o’g’illari Giyos bo’lsa bo’lsin endi. Men o’z
vazifamni bajardim, seni qutqardim. Senda o’zga bo’lsa ham qutqarardim. Zaynab
ketdi. Sen qolding Otabek bilan... Bilasanmi? Usha qo’lingni ushlaganimdagi tomir
urushing hammon barmoqlarimda sezilib turadi. Sen yashayapsan. Baxtli, sog’
salomat yashayapsan! Tugadi. Manba: Giyos.ucoz.org | |
|
Всего комментариев: 2 | |
| |