00:53 Kumushga atalgan noma!! | |
KUMUSHGA ATALGAN NOMA! 1. Marg'ilonga borib Kumushni qidirdim. Uzoq izladim, bo'lib bechora. Rosa qidirdim, tolib, charchab. Kunduzi yoqib chiroq ham topolmadim. Ko'rgan qizlarimdan yuzidagi dona holin borisin qidirdim. Lekin u Kumushim emas... Bozorlarda kezdim, ko'chalarda tunadim kutib Kumushni. Tun o'tdi, kun keldi Kumushsiz. . . Uzoqlarga chopdim maqsadsiz, ma'nosiz. Tor ko'chalarga kirdim majolsiz. . . Kumushni ko'rdim! Yuzida dona holi bor, aniq Kumush, lekin yonida Otabek ham bor, Giyos emas... 2. Kumush bevafo. Nega aldading meni. Aldov
emasdi, bu soxtalik edi. Ko'z ochib ko'rganim sizsiz, sizsiz yasholmayman degan
edingku. Nahotki hammasi soxta edi. Yoki Otabekni ko'rguncha, unga siz o'shamu
deguncha edimi? Otabekni mendan qay hislati ortiq edi. Qalbingni qilding unga
tortiq. Bilasanmi? Sendek muloyimdan, zahar Zaynab yaxshiroq. Unda har holda
vafo bor. Ko'ramiz hali, yashayapmiz. Uchrashamiz, yer keng, dunyo tor... 3. O'ylarman Kumush seni tunda. Oydan toblanar
yuragim, o'char seni isming. Bevafo deyolmadimku, vafodorim bo'lmadingku meni,
Zaynab ko'rsatsin kuning seni. Tuproqmisan endi, meniki bo'lganingda Kumush
emas, Oltinim dermidim. Qarayman yo'llaringga tinimsiz, kelarmikan qochoqginam
deya. Vaqt o'tmas, muzlagan suvdek, erishin kutayotgandekman. Ma'nosiz kutish,
axir endi sen Otabek bilanku. Senga Giyos kerakmasku. Nega
shu esimdan chiqayapti. . . 4. Senga yeta olmagan, yo'llarim olisdir. Bir
qadam ham bosolmagan men aybdoring. Ko'zlarim uzolmasman vaslingdan nigorim
Kumushim. Seni ne deb atay, sevgilimmi, muhabbatimmi, yoki bevafoyimmi? Aytar
so'zim qolmadi ketganingdan so'ng. Sening o'rningga Zaynabni sevsam
bo'lmasmidi? U ediku asl vafodor, u ediku sevgini qadrlovchi. Muhabbat
yo'llarida toydi oyog'im. Yiqilmadim, ammo yura ham olmayman boshqa bu
yo'llardan. . . 5. Sen mendan ketmaganingda, osmomdagi Oyim,
yerdagi Quyoshim, qalbimdagi yorug'ligim dermidim... Kumush! Endi seni atayman
befafo. Uchding, ketding boylikka ko'milib. Otabek savdogar. Giyos oddiy...
Boylik bilan baxtli bo'lasanmi? Otabekga ham achinam ba'zi payt. Aytgim keladi,
bevafo changalidan qayt. Mayli bu taqdirdur. Kumush ekan menga begona.
Ayblaymtt uni bu taqdir o'ynida. Bilmayman. Menga Zaynabdek vafodor
uchrarmikan. . . 6. Kumush, menga atab tikkan romolchang hali ham
turibdimi? Yoki uni ham meni hayotingdan yo'q qilganing kabi, yo'q qilib
yubordingmi? Saqlab qo'ygan bo'lsang iltimos menga ber. Seni eslab yuray. Sen
endi meni eslamaysanku. Senga Giyos kerakmasku! Otabekka baribir boshqa tikib
berasanku! Unga menga tikkaningdan ham zo'r qilib tikib qo'ygandirsan.
Romolchani yoqib yubormadingmi? Ismlarimizni tikib yozgan romolchani? Bersang
seni eslab, ko'zlarimdan oqqan yoshlarni usha romolcha bilan artardim... 7. Bugun baxt to'ying kechasi. Otabek bilan endi
birga yashaysan. So'ngi qolgan parcha umidlarim ham bugun so'ndi. Bilasanmi
Kumush? Qachonlardur sen meni ko'rganingda baxtsizman demasang, menga shu
yetadi. Shu meni chala baxtimni butun qiladi. Senga faqat va faqat baxt
tilayman. Boshqa hech narsa senga kerakmas. Otabekga achinaman, chunki unga
sendek bevafo uchrayapti. Unga vafodor bo'lishingni, Giyosni butunlay unutib,
faqat Otabek deb yashashingni istardim... 8. Sen bilan ortiq qololmayman endi Marg'ilonda.
Sen bor joyda menga havo yo'q. Qaytaman uyimga, achinib seni kutgan umrimga.
So'ngi bora ham ko'rishni istamasman seni Kumush. Menga tikkan romolchang ham
kerakmas aslo. Undan ismimni o'chir, yoz o'rniga Otabek deya. Toshkentga qaytaman.
Zaynabni topaman. Balki u ko'nar Giyosga. Ko'nmasa ham hafa bo'lmayman. Chunki
u seni, ta'ziring beradi hali... O'ng yuzingdagi chiroyli dona holing esimdan
chiqmas sira... Esdan chiqarsam edi... 9. Vaqtlar o'tib ko'chada ko'rsam nogohon,
nigohlarin yashir mendan shu on. Chunki tanimayman seni boshqa. Kumushman
desang ham eslay olmayman. Men o'zgardim, o'zga bo'lib, Giyos emasman avvalgi
seni sevuvchi. Tanimaylik endi bir birimizni boshqa. Shu sendan bir o'tinchim
halos... Dunyo aylanib yana ko'rsangda meni, chetlab o'tgin iltimos. O'g'illi
bo'lganingda qo'ymagin ismini Giyos, senga eslatmasin u meni. Xotiralar
charchatar... 10. Senga so'ngi so'zim bu Kumush. Boshqa
aytmayman sening isming. Men seni sevgandim, lekin ayta olmagandim. Kechir.
Otabekga turmushga chiqayapman deganingda meni kutgin deb ayta olmadim. Kechir.
Aytganimda balki hozir birga bo'larmidik. Bilasanmi? Men seni shunchalar
sevardimki, mendan ortiq seni hech kim seva olmasdi. Agar kimdir seni mendan
ortiq sevgan bo'lsa, unda men seni sevmagan ekanman... Afsus ayta olmadim.
Baxtli bo'l. Giyosni eslama, seni eslamaganimdek... (tugadi) | |
|
Всего комментариев: 0 | |