02:47 Kim aybdor? Aybdor emas, qiz uvol …(hikoya) | |
Kim aybdor? Aybdor emas, qiz
uvol … Latif. U taksistlik qilib kun
ko'radi. Ertalab ketib, kechga yaqin keladi. Kun tartibi shu. Uylangan. 2 ta
jajji qizi bor. Xotini metis. Chiroyli. Uyda onasi bor. Otasi ancha oldin
olamdan o'tgan. Ishlari yaxshi edi. Nima falokat bo'ldiku, ichib mashinasini
haydab, urib oldi. Hayriyat o'zi sog' qoldi, faqat mashina. Bechora mashinani
sog' joyi qolmadi. Avariya bo'lgan joyidan metalalolga topshirib yubordi. 1 oy
uyda siqilib o'tirdi. Qo'li ishga bormadi. Ishlay desa qo'lida arzirli hunari
ham yo'q. Boqadigani shu mashinasi edi. Yangi olishga puli yo'q. Qarz olishga
do'stlari kamlik qildi. Taqdirga tan berdi. Bir ikki joyga ish so'rab bordi.
O'xshamadi. Uyga qaytdi, burnini oqizib. Yana 1 oy o'tirdi. Uyda qora qazon zo'rg'a
qaynayapti. Onasini pensiyasi ro'zg'orni tebratyapti. Xotini ham ishlamaydi.
Bolalari hali yosh. Kattasi 4 yosh, kichigi 2 yosh. Latif siqildi. O'zini
koyidi. Ichib mashina haydagan kunini lanatladi. O'ylab o'ylab bir qarorga
keldi. Hovlisi katta. Ushani yarimini sotaman, baribir bir o'zim bo'lsam. Kimga
kerak shuncha uy dedi. Ko'chaga e'lon osdi. "Uy sotiladi". Xaridor ham tayyor ekan. Darrov
kelishishdi. O'rtaga dallol ham aralashmadi. 1.500 dollarga uyni yarimi
sotildi. . . Latif pulni oldi. Uyga kirib onasiga berdi. Shuni saqlab bering,
mashina topsam qaytib olaman dedi. Onasi pulni yashirdi. Nechi hafta o'tdi.
Latif mashina ko'rgani bozorga ketdi. Tushlik payti bo'ldi. Latifni xotini
qaynonasini oldiga kirdi. Qaynonasiga: "Oyijonim, mehribonim. Suyunchi
bering. Latif akam mashina topibdilar. Qo'shni boladan aytirib yuboribdilar.
Pulni berar emishsiz. Men olib borar ekanman. Ishqilib yaxshi mashina tanlagan
bo'lsinlar" dibdi. Qaynona ham hursand bo'lib, pulni berkitgan joyidan
olib, keliniga berib yuboribdi. Unga oq yo'l tilabdi. Kelin 2 qizini unga
tashlab, yo'lga ravona bo'libdi... Kechki payt Latif bir o'zi qaytibdi.
Onasiga: "Mashina ko'rdim, yoqmadi, kelasi hafta yana tushaman" deb
aytibdi. Onasi undan xotinini so'rabdi. Latif hayron bo'libdi. Ona bor gapni
aytibdi, pulni berib yuborganini ham aytibdi. Latif o'ylab qolibdi. Tezda ortiga qaytib, xotinini
onasinikiga yo'l oldi. Hayolda har hil gumon, har hil o'y. Bordi. Eshikni
taqillatdi. Hech kim ochmadi. Yana qattiqroq taqillatdi. Xotini eshikni ochdi.
Latif undan jahl bilan pulni so'radi. Qaytib ber deb so'radi. Xotini esa
"men pulni olmadim" dedi. Latif darg'azab bo'ldi. Devorni urdi,
tepdi, lekin xotini tan olmadi. Latif onasini olib keldi. Foydasi bo'lmadi.
Baribir tan olmadi. Latif unga taloq berdi. Xotini qizlarini ham so'ramadi.
Ulardan ham voz kechdi... Ayb kimda? Pul ketdi. Pulni berib yuborgan ona
aybdormi? Yo'q. U qanday qilib keliniga ishonmasligi mumkin. U ishondi, berib
yubordi. O'rtada nima bo'ldi. Hovlini yarimi ketdi, Latifni oilasi buzuldi.
Qizlari onasiz qoldi. Kim aybdor? Aybdor emas, qizlari uvol. . . Latif boshqa
uylanmadi. Ayollarga zarracha ishonchi ham qolmadi. Tupirdi bariga. Kutmagandi
bunday bo'lishin. Axir ahil oilia ediku. Qanday qilib to'g'ri ayoli pul
deb oilasidan kechdi. Afsus. Ichida shuncha g'ayriligi bor ekan, bilmabdi.
Qizlarini o'zi katta qildi. Ijaraga mashina olib haydadi. Yigit aytar: "menga tuxmat
bu, qo'limni ham tekizmaganman. Men unaqa bola emasman" deydi. Latif:
"unda kim aybdor, sen bo'lmasang. Ana qizim seni aytayaptiku" deydi.
Yigit bo'lsa: "Men qayoqdan bilaman kim aybdorligin. Balki o'zingizdir
qizingiz bulg'agan. Xotingiz yo'q, uylanmagansiz. Ayolsiz yashash qiyin. Siz
qizizdan foydalanib, endi menga tuxmat qilayotgandirsiz?" dedi. Latif
tutaqib ketdi. Uni urmoqchi edi, qo'shnilar ushlab qolishdi. Latifni qizi esa,
bolani tug'aman deydi, nomussiz. Latif so'ngi so'zni aytdi: "Bola tug'ilsa
DNK tekshiruvini o'tkazamiz. Keyin seni (yigitga qarab) qamoqda
chiritaman" dedi. Endi kutishayapti bola tug'ilishini. Kim aybdor? Aybdor
emas, qiz uvol bo'ldiku. Aybdor qidirib ne naf endi. Kimga foyda bundan.
Qizlarini qarovsiz, tarbiyasiz qoldirgan Latif aybdormi? Yoki aybdorsan
deyilayotgan yigitmi? Yoki pulni o'marib, qizlarini tashlab ketgan ona
aybdormi? Aybdor izlaymiz, o'zimizdan ayb qidirmaymiz. Aybdor izlaymiz,
o'zimizdan aybni voqif qilamiz. Qizni taqdirini kim o'ylaydi. Endi uni bir
bolasi bilan kim uylanadi. Menmi? Yo'q, men undaylarga uylanmasdim. Taqdirini
tamom qilganku u. Uni ham omadi kelsa, baxtini topar. Kimnidir ilintirar agar
o'zgarmasa. Yoki ikkinchi xotin bo'lib erga tegar. Ja omadi kelsa ajrashganga
erga tegadi. Mana uni taqdiri. Shuni kim o'ylaydi. Hech kim. Ular kim
aybdorligini qidirishayapti. Topisharmikan! Topishadi. DNK tekshirishmoqchiku.
Lekin qizni baxtini, uni yoqotgan nomusini topisharmikan? Buni kim qidiradi?
Hech kim. Chunki ularga aybdor kimligi muhum. Asray olishmadi qizni. Kim
aybdor? Aybdormas, qiz uvol. Buni kim to'g'rilaydi? Hech kim! | |
|
Всего комментариев: 0 | |