22:35 Hech kimsiz... | |
Hech kimsiz... -
Yo’q, dada. Men
boraman. Tog’ga dam olgani borishim kerak. O’rtoqlarimga va’da berganman.
Va’damni buza olmayman. -
Bormaysan dedim. -
Boraman. Bilasizku.
Baribir aytganimni qilaman. -
Tinch yursang ham
mayli edi. Janjalkash bola bo’lsang. Kechayam militsiya xonadan olib keldim. Janjallardan beri kelmasang. Uyda o’tir.
Onangni havotirga qo’ymagin. -
Dada. Yigitchilik.
Bunaqalar bo’lib turadi. O’zingiz ham rosa janjalkash bo’lgansizku. Onam aytib
berganlar. -
Bo’lmagan gap. Men
bosiq odam bo’lganman. Janjallarga aralashmasdim. -
Unda nega qamalib
chiqgandingiz? -
Uni sababi boshqa
edi. -
Aldamang. -
Men ko’rganlarimni
sen ko’rmagin deyapman o’g’lim. -
Havotir olmang,
menda unday bo’lmaydi. -
Uyda ishlar ham
ko’p edi. -
Ukam borku. Usha
qiladi. Qolaversa singlim ham ta’tilda. 2 kunda qaytaman. -
Onang bilan
hayirlashib ket hech bo’lmasa. -
Tez qaytamanku,
hayirlashib nima qilaman. -
Ketmasang bo’lardi.
Ko’nglim g’ashda. -
Qachon ko’nglingiz
g’asht bo’lmagandi o’zi? Qodir sumkasini yerdan olib, otasiga xayir demasdanam
chiqib ketdi. 100 metr yurganidan keyin, o’rtoqlari kutib turgan mashinaga
o’tirdi. Uyda Karim aka, o’g’liga gapi o’tmaganidan, afsuslanib, o’ziga o’zi
kuyinib qoldi va kichik o’g’li bilan qizi Qodirga o’xshamaganiga shukur qildi. Borib,
hovlidagi o’rindiqqa o’tirdi. Cho’ntagidan sigarata olib tutatdi. Chekib
bo’lib, uyiga kirib ketdi. Uyga kirganida deraza tokchasida turgan Qodirni
telefoni jiringladi. Telefoni qolib ketibdiku deb hayolidan o’tkazdi. Va
kelayotgan qo’ng’iroqqa javob berdi. Qodirning o’zi, do’stining telefonidan
qo’ng’iroq qilibdi. Otasiga telefonini o’chirib qo’yib, xonasiga kompyuterini
yoniga qo’yib qo’yishini aytibdi. Karim aka, o’g’li aytganini qilib, yana
hovliga chiqibdi. Hovlida xotini Jamila opa uni savolga tutibdi: -
Adasi, o’g’lingiz
ketdimi? -
Ha ketdi. -
Xayirlashmadiku?! -
Aytdim. Tez kelaman
deb, ketdi. Aytganimni qilmadi. Bilasanku o’g’lingni. -
Nega aytganingizni
qildira olmaysiz? Qanaqa otasiz? -
Boshimni
qotirmagin. O’zi jahlim chiqib turibdi. Uni bolaligida qamalib ketib, unga
otalik qila olmadim. Uni ustidan o’rtoqlari "otang qamoqda” deb kulishgan. Yana
boshqa sabablar. Senga hammasini aytib o’tirmayman. Shunga u meni hurmat
qilmaydi. Meni aybim bilan u xo’rlanib o’sgan emish. O’smay har narsa bo’lgur.
Shunday vaziyatda men nima qilishim kerak endi. Mayli, aytganimni qilmasin.
Sog’ bo’lsa bo’lgani. -
Ushanda qiynaldida
bola. -
Nega qiynaladi?
Hamma narsalaring bor edi. Qolaversa akalarim qarab turishdi senlarga. O’zingni
uyingdagilar qarab turishdi. Tarbiyani qayeridadir xato qilgansan. Balki otang
bo’lganida undan bo’ladi, otang
bo’lganida bunday bo’lardi deb, rosa qulog’iga quygandirsan. -
Ha, shunday
deganman. -
Mayli, o’tib ketdi.
Insof kirib qolar. Karim aka hozirda 43 yoshdalar. 25 yoshlarida, Qodir 5
yoshligida qamoqqa tushib qolgandi. Ko’chada bezorilar bilan tortishib qolib,
ularni mayib qilib qo’ygandi. Bezorilar keyin uni ustidan yozib yuborishdi...
Karim aka, o’zimni himoya qildim deb, isbotlay olmadi. Taqdirga tan berib qo’ya
qoldi. Jamila opa esa, Qodirni quchoqlab, yig’lab qoldi. 5 yilda qaytib
chiqdi... Keyin birin ketin o’g’il va qizli bo’lishdi. Qodir bilan esa,
munosabati shu ahvolga keldi... Qodir do’stlari bilan tog’ga yetib bordi. Yo’lda yurganda
telefoni qolib ketgani esiga tushib, telefon qilib, o’chirtirib qo’ydi. 5 ta
o’rtoq, tog’dan, ijaraga hovli olib, usha yerga joylashishdi. O’zlari bilan
olib kelgan masalliqlarini olib kirib, ovqatga unab ketishdi. Albatta ichkilik
ham bor edi. Yonidagi hovlida ham odamlar bor ekan. Ular ham o’zlari tengi
yigitlar. Bir ikki qizlar ham yuribdi. Ko’rib, Qodir kulib qo’ydi. Ovqat
pishdi, yeyishdi. Ichkilliklar ichildi. Hovli yonidan o’tgan suvda
cho’milishdi. Keyin chiqib, yana ichishdi, gazakdan yeyishdi. Kech tushdi. Yana
ovqat pishirishdi. Yeyishdi, ichishdi. Ozgina yotishdi. Keyin mashinada
musiqani baland qo’yib, orqa bagajni ochib qo’yishdi. Keyin birgalashib,
qiyqirishib, raqsga tushishdi. Soat 23-30 lar atrofi bo’lgandi. Ancha
baqirishib, o’ynashdi. Shunda qo’shni hovlidagi yigitlardan biri chiqib, ularga
ashulani pasaytirishligini iltimos qildi. Ularni uhlashiga halaqit berayotgan
ekan. Qodirga bu yoqmadi. Uning mazza qilib dam olishini kimdir buzayotgani
yoqmadi va kelgan yigitni yoqasiga yopishdi. U yigitni do’stlari kuzatib turgan
ekan, tezda unga yordam bergani kelishdi. Bu yoqda Qodirni do’stlari... Jang
bo’lmadi. Ajratishdi. Tinchlik bilan hal qilindi. Musiqa o’chirilib, hammalari
xonalariga kirib uhlashdi... Karim aka kechasi yaxshi uhlay olmadi. Uyoqdan buyoqqa ag’anab, keyin uhladi. Tun.
Jim jit. Hamma uhlayapti. Ahyon ahyon Karim akani xurrak ovozi chiqib, sukunatni
buzib turadi. Ko’cha devoridan asta ikkita kimdir oshib tushdi. Va tushgan
joyida qimirlamay qotib turishdi. Hovlini ozgina kuzatib, uyga yaqinlashishdi.
Eshikni asta, bildirmay ochishdi. Lekin baribir past ovozda qiyqillagan ovoz
eshitildi. Joylarida jim turib qolishdi. Hech kim uyg’onmaganiga ishonch hosil
qilishgach, ichkarida ohista kirib borishdi. Xonalarni ko’zdan kechirishdi. Kim
qaysi xonada yotganini bilib olishdi. Keyin, bir chekkadan Karim aka, Jamila
opa va ularni o’g’illari va qizlarini bo’g’izlab chiqishdi. Qotillar boshqa
xonalarni yana boshqattan kuzatib chiqishdi, qidirganlarini topa olishmadi,
murdalarni yuziga chiroq yoqib yaxshilab qarashdi, ularni o’lganiga ishonch
hosil qilib, kelgan devorlaridan oshib ko’chaga tushishdi. 2 chaqirimcha piyoda
yurib, katta mashina yo’lga chiqishdi va oldindan kelishilgan taksi mashinaga
o’tirishdi, keyin katta anhor bo’yiga borib, qonga botgan pichoqlarini
yuvishdi. Qonga botgan kiyimlarini almashtirishdi va pichoq bilan maydalab,
suvga otib yuborishdi. Pichoqni urib sindirib, uni ham suvni boshqa boshqa
tomoniga otishdi. Keyin qayta mashinaga o’tirib, tungi klubga borib, ichkariga
kirib ketishdi... Tong otdi. Hovlida qushlar chug’ur chug’uri boshlandi...
Ichkarida esa yana jim jitlik. Tinch. Soat o’tib borayapti... Tushlik payti bo’ldi.
Jamila opanikiga deyarli har kuni chiqadigan qo’shni Salimaxon ham bugun
negadir chiqmayapti. Balki chiqqan bo’lsa, darvoza ichkaridan qulf bo’lgani
uchun ocha olmay, qaytib uyiga
ketgandir. Kechki payt bo’ldi. Salimaxon yana chiqdi. Darvoza ochilmadi. Bu
unga shubhali tuyuldi. So’ng telefonini olib, telefon qildi. Ichkaridan
jiringlagan ovozi keldi. Hech kim ko’tarmayapti. Ichkaridan qulf bo’lsa, kimdir
bo’lishi kerakku deb, yana qayta qo’ng’iroq qildi. Keyin yana qaytib chiqib
ketdi. Kech tushdi. Salimaxon yana chiqdi. Yana o’sha ahvol. Hayron bo’ldi.
Qo’ng’iroq qildi. Yana hech kim olmadi... Bu payt Qodir yo’lda uyiga
qaytayotgan edi. U o’ylardi. Do’stlarini otasiga munosabatini. Ular haqida
faxrlanib, to’lqinlanib gapirishlariga havas qildi. Birini otasi ham yo’q. Har
gapida otasini eslab o’tadi: otam bunday degandilar, mana bunday degandilar
deb. Qodir o’zining otasi haqida oldin hech o’ylamaganiga afsuslandi.
To’g’risida, unda nima ayb. Dam olishda, do’stlarini uyidagilar qo’ng’iroq
qilib, hol ahvol so’rashganida, u o’zini uyidagilarini esladi. Telefoni yonida
bo’lganida uni ham eslasharmidi? Ha eslashardi. Nima bo’lsa ham, uni yaxshi
ko’rishadi. Bugun borib dadamdan kechirim so’rayman dedi. Yaxshisi ertaga...
Ularda ayb yo’q. Shuncha payt men ularga yomon gapirsamda, ular menga bir og’iz
qattiq gapirmadilarku. Menga bo’lgan hurmatlarini tushunmabman. O’zgarishim
kerak. Uyiga keldi. Darvoza yonida Salimaxonni ko’rdi, salom berdi. Salimaxon
unga darvoza yopiq ekanni, ertalabdan beri hech kim ochmayapganinida aytdi.
Qodir hayron bo’ldi.O’zi darvozni itarib ko’rdi. Taqillatdi. Salimaxonni
qo’lidan telefonni olib, uydagilarni barcha telefoniga qo’ng’iroq qildi. Hech
kim ko’tarmadi. Eshikni yanada qattiqroq taqillatdi. Javob yo’q. O’zining
o’chirtirib qo’ygan telefoniga ham qo’ng’iroq qilib ko’rdi. O’chiq. Devordan
oshib tushishga harakat qilmoqchi bo’ldi. Salimaxondan narvon olib, devordan
oshib tushdi. Keyin darvozani ochdi. Ichkaridan haligacha qulf ekaniga
ajablandi. Eshik ochilgandan keyin, Salimaxon ham ichkariga kirdi va "kimdir
bor ekanmi?” deb so’radi. Qodir dadasi va onasining xonasining derazasidan
qaradi. Parda orqali qilib, ular yotganini hiraroq ko’rdi. -
Ha shu yerda
ekanlar. Uhlashayaptimi deyman? -
Ertalabdan beri uhlashayaptimikan?
Eshik ertalabdan qulf edi. -
Bilmadim. Lekin
telefon jiringlaganda, ular uyg’onishi kerak edi. Hozir kirib qarayman. Qodir ichkariga kirdi. Ichkaridan g’alati hid
kelayapgandi. Dadasi va onasi yotgan xonaga kirib, ularga qaradiyu, joyidan
qimirlamay qoldi. Yotog’ qip qizil qotib qolgan qon. Dadasi va onasing bo’yni
bo’g’izlangan. Borib ishonqiramay qimirlatib ko’rdi. Ular alaqachon o’lib,
ko’karishni boshlagandi. Yooooo’q deb baqirib yubordi. Tashaqarida Salimaxon
yugirib kirdiyu, ichkaridagi ahvolni ko’rib, hushidan ketdi. Qodir shoshib,
ukasi va singlisini xonasiga kirdi. U yerda ham shu ahvolligini ko’rib, gangib
qoldi. Nima qilishini bilmay qoldi. Ota onasini xonasiga o’tdi. Yerda yotgan
Salimaxonni ko’rib, uni o’ziga keltirdi. O’rnidan turg’azdi. Salimaxon o’ziga
kelganda ham, rangi oqarganicha qolaverdi. Salimaxon hovliga chiqib o’tirdi.
Qodir esa, nima qilishini bilmay, u xonadan bu xonaga o’tib yurdi. Hamma oila
a’zolarini birma bir turtib chiqdi. Sado chiqmadi. Hovliga chiqib, baqirdi. Bir
ikki qo’shnilar "nima bo’ldi” deb yugurib chiqishdi. Militsiya, eskpertlar
keldi... Qodirni amaki va tog’alari keldi. Salimaxon uchun Tez yordam
chaqirildi. Ichkarilar ko’zdan kechirilib, Qodir va Salimaxon savol javob
qilindi... Murdalar ekspertiza uchun olib ketildi. 1 kundan keyin janoza
o’qildi. Militsiya qotilni qidirishga tushdi... Qarindoshlarini uylarni tozalab
berishdi. Keyin asta sekin hamma Qodirga sabr tilab, tarqalishdi... Qodir bir o’zi hayhotdek hovlda shumashib qolib ketdi.
Hovling burchagida, osmonga qarab, yulduzlarga termulib o’tirardi. Surishga
hayoli, o’ylashga o’yi kelmayotgan edi. Hayol qilishdan ham, o’ylashdan ham
qo’rqayotgan edi. Unda faqat ikkita savol bor edi, kim va nima uchun o’ldirdi?
Militsiyadan javob yo’q. Qidirishayapti.
Topishlaridan Qodirning umidi ham yo’q. Uhlay desa, uyqusi ham
kelmayapti. Ko’zini yumguncha, oilasidagilarni murdasi ko’z o’ngiga kelaveradi.
Savol qayta qayta berilayapti: "Nima uchun? Nima uchun? Nima uchun???? Balki
ketmaganimda bunday bo’lmasdimi? Dadam aytdilaraa, ketmagin, ko’nglim g’ash
deb. Men noshud quloq solmay ketib qoldim... Onam bilan xayrlashmadim ham.
Xayrlashgin degandilarku. Nega aytganlarini qilmadim. Endi diydor qiyomatga
qoldimi? Endi ularsiz qanday yashayman. Bir o’zim qoldimku. Hech kimsiz
qoldimku!!! Endi hayotdan ma’no topayotganimda, hammasi puchga chiqdi. Negaaa?!?!?!?”... Qodir ko’zlaridagi yoshni artib, o’rnidan turdi. Boshi
aylandimi, sal joyida turdi. Keyin o’ziga kelib, uyga qarab yurdi. Ota
onasining xonasiga kirdi. Ko’z o’ngida ularni yotgan murdasi yana shaklana
boshladi. Qodir ko’zlarini ishqaladi. Murdalar yoqoldi. Ichkariga yurishga
qo’rqdi. Singlisini xonasiga bordi. Chiroqni yoqdi. Singlisini yumshoq
o’yinchoqlari turibdi. Qodir singlisiga, o’tgan yili, tug’ilgan kunida, sovg’a
qilgan ayiqchani qo’liga oldi. Bu ayiqchani singlisi xonasiga kirganda,
qo’lidan tushurmasdi. Qodir, ayiqchani, huddi singlisini bag’riga bosgandek,
mahkam quchoqlab oldi. Yig’lab yubordi. 5 daqiqacha quchoqlab turdi. Keyin
ukasini xonasiga bordi. Eshikni ochdi. Ichkaridan
"Aka, kiravering” degan ovozni eshitgandek bo’ldi. To’xtab qoldi. Xonaga
kirayotganida ukasi har doim shunday der edi. Balki o’rganish bo’lib qolgani
uchun eshitilayotgandir deb o’yladi. Lekin ichkariga kirgani yuragi bormadi.
O’z xonasiga kirib, kompyuterini yoqdi. Ichidan, oilasini rasmlarini ochib,
birin ketin tomosha qila boshladi. Har bir rasmni ko’rganda, uni silab
qo’yardi. Ba’zi rasmlarni eslab, ko’zidan yosh ham oqizardi. Ko’rib bo’lgach,
kompyuterni o’chirib, uhladi. Ertalab uni hech kim uyg’otmadi. Avval onasi uyg’otardi.
Ishiga kech qoladigan bo’ldi. Chunki uhlab qolib, kech turdi. Nonushtasi tayyor
emas. O’zi tayyorlamasdi. Doimo singlisi tayyorlab bergan. Oshxonaga borib,
muzlatgichni ochdi. Ishtaxasi tortmadi. Bir o’zi ovqatlanishni odat qilmagandi.
Muzlatgichni eshigini qayta yopib, xonasiga kirib, kiyinib, ishiga ketdi. Hayoli
oilasidagilarda qolgan. Ishida ham unum yo’q. Unga hech kim e’tiroz qilmayapti.
Uning hozirgi holatini hamma bilib turibdi. Shunga ho’jayini uni yoniga
chaqirib, 2 haftaga ta’til berib, sihatgohga yo’llanma ham taklif qildi. O’ziga
kelib olishi uchun. Qodir sihatgohga borishni rad etdi. Uyga qaytdi. O’tmishini
esladi. Uydagilarga aytarli vaqt ajratmagan ekan. Ko’chada yurib, bezorilikdan
beri bo’lmagan ekan. Har kuni kim bilandir mushtlashgan, yoki kimnidir haqorat
qilgan edi. Tungi klublardan beri kelmasdi. Ba’zi paytlar uyga kelmay ham
qolardi. Shularni esladi. Behuda o’tgan umriga achindi. O’tmishni qanday
qaytarsa bo’ladi degan javobi yo’q savolni o’ziga berdi. Javobini ming o’ylab
topa olmagach, yerni ko’p bora mushtladi... Ertasi kuni tog’asi bilan amakisi kelib, o’tgan ruhiga
duo o’qishdi. Qodirga ahvoliga qarashdi, ozib ketgan, sochlariga bir ikki oq
oralabdi. Soqoli o’sib ketgan. Unga achinishdi. Keyin amakisi gap boshladi: -
Jiyan. Bir o’zing
qiynalmayapsanmi? -
Yo’q.
Qiynalmayapman. -
Ko’rinishing bunday
demayaptiku. -
Ko’rinishim...
oldingidek. -
Seni tushunamiz.
Bir kunda butun oilangdan ajralish, sen uchun o’g’ir. Men uchun ham og’ir. Ular
meni ham jigarlarim edi. Sendagi holat menda ham bo’layapti. -
Aynan mendagi sizda
bo’lmayapti. -
Biza, tog’ang bilan
masalahatlashdik. Hohlasang, menikiga yur. Biz bilan yashaysan. Yoki
tog’angnikiga. -
Yosh bolamasmanku.
O’zimni o’zim eplay olaman. Rahmat. -
Senga yosh bolasan
demadim. Lekin hozir sen hech kimsiz yashashing qiyin. Bir fursat, biznikida
yashab tursang, ancha o’zingga kelib olarding. -
Men o’zimdaman.
Tug’ilib o’sgan uyimni tashlab keta olmayman. Uzr. -
Uzr so’rashing
shart emas. Senga biz taklifimizni aytdik. Yana o’ylab ko’r. -
Hop. Rahmat. Ular ketishdi. Yana Qodirni bir o’zi qoldi. Uyga kirib,
otasini, onasini, ukasini, singlisini telefonlarini olib chiqdi. Yerga o’tirib,
ularni birin ketin yoqdi. Onasini telefonini olib, o’zini raqamiga terdi. Telefoni
jiringlab, ekranda "Onam” degan yozuv chiqdi. Chuqur nafas tortib qo’ydi. Ekrandagi
"Onam” yozuvini bosh barmog’i bilan silab: "Kechiring onajon”, - dedi. Qo’ng’iroq tugagach, yana qayta qo’ng’iroq
qildi. Ekranda "Onam” degan yozuv paydo bo’ldi. O’chguncha termulib turdi.
Keyin otasini telefonidan qo’ng’iroq qildi. Keyin ukasi va singlisini
telefonidan. Bularda ham ancha termulib turdi. O’zini huddi ular telefon
qilayotganga ishontirishga harakat qilardi. Ularni his qilishga harakat
qilardi. Qanchadir miqdorda bunga erishdi ham... Kechasi uyga kirishga yuragi betlamadi. Hozir kirsa,
ko’ziga yana oilasini jasadi ko’rinadi. Uyqisi ham kelmadi. Hovlida
gandiraklab, uyoqdan buyoqqa yura boshladi. Oxiri yurishga holi ham kelmadi.
Hamma chiroqlarni o’chirdi. Hovlini chekkarog’idagi o’rindiqqa o’tirdi. O’kirib
yig’lab yubordi. So’ng ko’zlaridagi yoshlarni artdi. O’rindiqqa yotib, uhlab
qoldi. Qancha uhlaganini bilmaydi. Hovlidagi qadam tovushlaridan uyg’onib
ketdi. Hovlida ikki kishi, uy tomon harakatlanayotgandi. Qodir, vaziyatni tezda
fahmladi. Qotillar, uni o’ldirish uchun kelishgan. Demak, butun oilasi, uning
deb o’lib ketishgan. Qodir joyidan qimirlamadi. Vaziyatni kuzatdi. Hovlidagi
ikki kishi, avval hovlini kuzatib, uyga kirib ketishdi. Qodirni yotgan joyi
ulardan uzoqroq va qorong’i bo’lgani uchun ko’rishmadi. Ko’rishgan bo’lsa ham,
o’rindiqni ko’rishgan. Qodir, o’rnidan sekin turib, chekkaroqda turgan qalin
yog’ochni qo’liga oldi. Sekin uyga yaqinlashdi. Eshikni orqasiga o’tib, ularni
chiqishini poyladi. Ichkaridan Qodirni topa olmay, birin ketin chiqib kela
boshlashdi. Qodir ulardan birini boshiga yog’och bilan urdi. Dup etib yiqildi.
Ikkinchisi nima bo’lganini tushunmay qolayotganida uni boshiga ham yog’och
tushdi. Ancha baquvvat ekanmi, yiqilmay qoldi. Qayta, qattiqroq tushgan zarbdan
keyin yiqildi. Qodir borib, chiroqni yoqdi. Uyidan, arqonni olib chiqib, ularni
bog’ladi. Yonidan pichoqlarini olib qo’ydi. Keyin militsiyaga qo’ng’iroq
qildi... Amakisiga ham. Militsiyadan avval amakisi yetib keldi. Bu payt,
shovqindan bir ikki qo’shni ham chiqib ulgurgandi. So’ng militsiya yetib kelib,
Qodirdan voqeani so’rab, yozib, hovliga tushgan shahslarni olib ketdi...
Amakisi Qodirga: -
Jiyan, senga
aytgandimku, biznikiga yur deb. Qara, seni o’ldirib ketishlariga oz qoldi. -
Balki siznikiga
borganimda, sizlarni ham o’ldirib ketishi mumkin edi. -
Tanirmiding
bularni? -
Ha. Bu nusxalar
bilan ko’p mushtlashgandim. Ablah ekanini bilardim. Lekin pastkash ekanini
bilmagan ekanman. Kimdan gumon qilishniyam bilmayapgan edim. Mana endi tugadi
hammasi. -
Haliyam kech emas.
Biznikiga yur. -
Uyni chirog’ini
kimdir yoqib turishi kerakku amaki. -
Juda qaysarsanda.
O’zing bilasan. Men ketdim bo’lmasam. Qodir, hovlidagi o’rindiqqa yana borib o’tirdi. Tonga ham
otay deb qolgandi. Uhlagisi kelmadi. Uyidagilarini o’limida o’zini yanada
kattaroq aybdor his qila boshladi. Uning ahmoqona ko’cha hayoti deb, butun oilasi
o’lib ketdi... Qayg’uga botib qoldi. Ertalab, uyg’ondi. Yuzini yuvib, oynaga qaradi. Sochiga
oq oralabdi. Oshxonaga kirib, choy qo’ydi. Uyda bir o’zi hech nonushta
qilmasdi. Nonushta qilgisi kelmadi. Uyida non ham yo’q ekan. Olib kelmagan. Shu
paytgacha otasi olib kelardi. Choyni o’chirdi. Do’stlari, kechqurungi voqeani
qayerdandir eshitib, unga telefon qilishdi. Bir kafega uchrashuv belgilashdi.
Borib usha yerda, ubu narsa yeb gaplashib o’tirishdi. Do’stlari, unda oldingi
Qodirni ko’rishmayotgandi. Ancha o’zgargan. Gapirishlari, fikrlari, avvalgi
Qodirdan tubdan farq qilardi. O’zgargandi. Ancha vaqt gaplashib o’tirishdi.
Keyin uy uyligiga tarqashdi. Qodir uyiga kirib, televizorni yoqmoqchi bo’ldi.
Lekin yoqmadi. Xonasiga kirib, o’rnida yotdi. Uyidagilari hayoliga keldi.
Aybdorlik hisi yana paydo bo’ldi. Tinmay kechirim so’radi. "Aybdorman”, - dedi.
Yuragi borgan sari tez ura boshladi.
Nafas yetishmay borardi. Tez tez nafas oldi. Ko’z oldi qorong’ilashdi. Boshi aylandi.
Yotgan bo’lsa ham, o’zini yiqilib tushayotgandek his qildi. Ozginadan keyin
o’tib ketdi. O’ziga o’zi "charchabman”, - dedi. Bunaqa ahvolda yashay olmasam
kerak. Xotira meni qiynab, o’ldirib qo’yadi, - deb, narsalarini yig’ishtirdi.
Telefonini olib, amakisiga telefon qildi: -
Amaki, menga joy
hozirlang, siznikiga boraman. Qiynalib ketdim. Hech kimsiz yashay olmayman
boshqa. -
Bo’ldi. Kelaver.
Joy tayyor. Bemalol. Qodirni amakisi, telfonda gaplashib bo’lgandan keyin,
eshitib turgan xotini unga dedi: -
Endi butunlay shu
yerda yashaydimi? -
Yo’q, butunlay
yashamasa kerak. Uylangandan keyin, o’zini uyiga ketib qoladi. Hech kimsiz
bo’lmaydiku. Mualif: Giyos Gapparov Manba: Giyos.ucoz.org | |
|
Всего комментариев: 14 | 1 2 » | |||
| ||||
1-10 11-12 | ||||