Hasta
Ko’chada odamlar orasida kun issiq bo’lsa ham qalin, eski
kiyim kiyib olgan, soch -soqollari o’sgan, sal oqsoqlanib yuradigan, ozg’in bir
yigit ko’zga alohida ajrlab turibdi. Yoshi taxminan 25-30 larda. Qo’lida xalta. Ichiga elim idishlar va
yana nimalarnidir solib olgan. U borib bir bekatni bo’sh o’rindig’iga o’tirdi.
Yonidagi odamlar burnini berkitib turib ketishdi. Atrofiga tushunmagandek qarab, hursand bo’lgandek bo’ldi. Xaltasini o’rindiqga qo’yib, boshini
qo’yib yotdi. Uni oldiga hech kim yaqinlashmay qo’ydi. Usha yerda bir barzangi
yigit mayda chuda bilan savdo qilar ekan. Odam kamaygani uni savdosiga ham
ta’sir qildi. Uhlab yotgan yigitni oldiga kelib, tepib uyg’otdi. U cho’chib
uyg’ondi. Atrofga olazarak qarab tepasida turgan barzangini ko’rib cho’chib
ketdi. Barzangi unga qarab: "" Kesha” (kesatib aytdi) tur o’rningdan. Hali
qorong’u tushmadi. Uyinga bor! Uyingda uhla!” – dedi. "Kesha” bir nima dib
g’udirladi. Barzangi uni yana tepdi. Gapini yana takrorladi. Hich kim ularga
ahamiyat ham bermayapti. Oldindan bu yerda yotib yurarkanmi deb o’yladim. Yo’q.
Barzangi undan uyi qayerdaligini so’rayapti. "Kesha”ni gaplari juda chunarsiz.
Barzangi yana urdi. "Kesha”ni boshidagi shapkasi tushib ketdi. Olaman deganida
barzangi oyog’i bilan bosib oldi. Keyin shapkasiga qo’shib qo’lini ham
bosdi. "Kesha” shapkasini qo’yib yuborib
qo’lini tortib olmoqchi bo’ldiyu, ammo kuchi yetmadi. Faqat chunarsiz baqirardi.
Barzangi hoholab kulardi. Shu yerdagilar hech nima bo’magandek o’tib
ketaverishar. Kimdir kulsa, kimdir achinardi. Barzangiga gapirishga hech kimni
haddi sig’masdi. Uni qiynoqlarini ko’rib ko’pchilik qo’rqib qolgan edi...
Barzangini mayda chuydasiga haridor kelgan edi, savdo qilgani ketdi. Usha yerda
yoshgina er - xotin turar edi. Ular kelib "Kesha” ni ovutishga tushishdi. Er
unga barzangi kesa himoya qilishini aytdi. Xotini yerdan shapkasini olib berdi.
"Kesha” ularga parvo qilmay og’riyotgan qo’lini uqlardi.
Er – xotin boyagi joyiga qaytib turib olishdi. Barzangi
yigit savdosini qilib bo’lib ko’zi yana "Kesha”ga tushdi. U o’nglanib olganini
ko’rib, jahli chiqdimi yana keldi: ""Kesha” sen meni gaplarimga tushunmadingmi?
Senga men nima degan edim? Seni deb meni savdoyim yurishmayapti.
Tushuniyapsanmi? Sen menga yoqmayapsan. Uyingga yoqol! Gapiradigan tiling
bormi???” – deb boshiga qarab tepdi. "Kesha” o’rirgan joyidan yerga dumalab
tushdi. Boyagina yordam berishni va’da qilgan er yordam bergani kelmoqchi edi.
Xotini yo’lini to’sdi. Boshi bilan kerakmas ishorasini qildi. Er ichida jon jon
deb turgan ekanmi indamasdan joyiga borib voqeani kuzatib turdi. Usha bekatda
yana bir yigit o’tirardi. Qo’lida kitobi bor edi. Bir kitobga qarar edi, Bir
bo’layotgan voqeaga. Yordam bergisi kelardiyu, lekin barzangidek devga kuchi
yetmasligini bilarmidi, yoki aralshgisi kelmadimi joyida kitobini o’qib
o’tiraverardi. Barzangi esa kuchidan, qilgan ishidan mag’rur holda hursand
bo’lib kulib qo’yardi. Yerda "Kesha” boshini changallab yotardi. U yana
"Kesha”ni qorniga tepdi. "Kesha” og’riyotgan boshi qolib qornini ushlab
bukchayib qoldi. Barzangiga hech kim g’ing demaydi. Uni hamma tanisa kerakde.
Shu yerda savdo qilar ekan. Insofi va odamgarchiligiga xaridor kelgan bo’lsa
sotib yuborganmi deb qolaman. "Kesha”ga yana nimalardir deb baqirdi. Tepmoqchi
bo’lgandi bir ayol orqasidan "tegma” deb baqirdi va o’zini "Kesha”ni ustiga
tashladi. U "Kesha”ga: "Bolaginam nima qildi senga? Hech qayering o’g’rimayaptimi?
Ahvoling yahshimi? Tur bolajonim, turaqol. Uyga ketamiz.” – diyishi bilan
"Kesha” tipirchilab "yq – yq. uga borsmimn. Adm urad (Yo’q – Yo’q. Uyga
bormayman. Adam uradilar.) ” – deb bir amallab gapirdi. Ayol o’rnidan
istamaygina turdi. Orqasida barzangi bu ayol kim ekan deganday qornini qashib turardi.
Ayol unga o’grilib: "Senga ham atalgani bordir! Sendan ham kuchlilar hali
chiqib qolar! Kuching shu kelib kelib hasta bolaga yetdimi? Uni urgincha meni
uraqol. Kel meni ur. Indamayman. Og’risa tanam og’ridi, yuragim emas. Bu
bechora nima qilsin. O’zi nogiron, hasta bo’lsa. Uyga borsa o’gay otasi urib
bunga kun bermasa. Uydan ko’chaga qochib chiqsa sendaka zo’ravonlar kun
bermasa! Bu bola nima qilsin. Uyga kirsinmi, ko’chaga chiqsinmi? O’zini o’ldirsinmi? Ayt o’zni o’dirib senlarda
qutilsinmi? Men nima qilay axir. Ikki o’tni orasida qolib, kuyib bo’ldimku!!! Bir
oyog’im uyda, bir oyog’im ko’chada bo’lib qoldi. Har kuni shu o’g’limni qorni
ochmadimikan dib ko’chada qidirib yursam. Rahmlaring kelamaydimi???? Qachongacha
bu bolamni xo’rlaysan. Seni dastingdan o’lar bo’lsa o’lib bo’ldiku!!! Men ham
seni shu ahvolda ko’rmasam rozi emasman!!!” – deb baqirardi. Barzangi pinagin
ham buzmay: "Eplasang tug’da” – deb ketib qoldi. Ona o’g’lini bekatga o’tkazib
nimalardir dedi. U kallasi bilan yo’q ishorasini qilgandan keyin ona ketdi.
"Kesha” ni oldiga kitob o’qib o’tirgan yigit kelib undan hol ahvol so’radi.
Unda "Qorning ochmi? Non yeysanmi?” - deb so’radi. "Kesha” ha ishorasini qildi. Kitobxon
yigit do’konga kirib ketib qo’lida non bilan 1 litrlik idishda suv ko’tarib
chiqdi. "Kesha” Nonni olib, suvni ichdi. Qo’lini ko’ksiga qo’yib chunarsiz
rahmat deb aytdi. Kitob o’qiyotgan yigit o’rindiqdan kitobini olib ketdi....
Bir
qancha vaqtlar o’tib, yana usha bekatga borib qoldim. Odamlar orasida usti
boshi kir, yirtiq, soch soqoli o’sgan, baquvvat , yoshi 30-40 lar atrofidagi
bir kishi ajralib turardi. U oqsoqlanib bektdagi o’rindiqga o’tirdi. Yonidagi
odamlar burnini berkitib turib ketdi. Men uni tanidim. U bir necha yil oldin
shu yerda ko’rgan barzangi yigit edi... |