08:29 Erli hotin | |
Erli hotin Anchadan beri konsertga tushmagan edim. Bugun ham tushmoqchi emasdim. Ammo majburan taklif etishdi. Yo'q diyish aslo mumkin emas edi. Tushdim konsertga. Zerikarli. Shunaqa ham zerikarli bo'ladimi? Bilardim, shunga tushmadim. O'tiribman hayol surib. Yana zerikarli qo'shiq. Afsuslaniblar ketdim kelganimga. Hammaga yoqmayotgani zaldagi o'zaro suhbatdan bilish munkin edi. Qaradim zerikanimdan tanishlarni qidirib. Topsam gaplashib o'tiraman dib. Lekin man tanidigan hech zog' kelmabdi. Yana odamni asabini buzadigan qo'shiq boshlandi. Chiday olmadim. Baqirib ubu narsa otgim keldi. Biroq zamon ko'tarmaydi. Qulog'imni yopib o'tirdim. Qo'lim o'g'ridi. Boshqa ashula boshlandi. Bunisi yoqimsiz edi. Ensalarim qotib ketdi. O'zimni chalg'itish uchun atrofga qaradim. Man o'tirgan raddan keyingisida 4 tacha qizlar o'tiribdi. Ulardan biri shu qo'shiqni maroq bilan tinglab, qo'lari bilan harakat qilib o'ynayotgan edi. Unga e'tiborim oshdi. Unga shu qo'shiq yoqayotganga hayron bo'ldim. U jilmayib o'tirardi. Dugonalaridan ajralib turardi. Manga yoqgani uni kulgu yugurgan yuzi. Shunaqangi ham yarashadimi kulgu derdim o'zimga. Sahnaga kulgu ustalari chiqdi. Va qiziqarli gap va latifalar etib kuldira boshladi. To'g'risi man uni eshitmadim. Ko'zim unda edi. Kulishi manga yoqgani bilgandek qiziqchilar yanada kuldurishardi. U og*zini qo*li bilan yopib, kulardi. Man uni kulishini ko*rib, yuzimga tabassum yugurdi. Kulaver kulaver deyrdim. U kulardi kulardi, ko*zlaridan yosh ham chiqdi. Man konsertga tushganimga hursand bo*la boshladim. Bunaqa qizlar kelarkan oldin bilmagan ekanmanda. Qiziqchilar ketishdi, ularni ko*zim bilan sahnadan kuzatib qo'ydim. Keyin go*zal tabassum sohibasiga qaradim. U yo*q. U ketibdi. Qaradim. Qidirdim. O*rinimdan turidim. Joyida yo*q. Ketibdi. Endi nima qilaman. Man uni yoqtirib qogandimu. Uni endi qatdan topaman. Ismini ham bilmayman. Qayerdan topdim endi. Iya dugonalari o*tiribdiku. So*rayman ulardan. Balki hozir qaytib kelar. Ana kelyapti. Yuzida usha go'zal tabassum. Sarv qomatini ko*z ko*z qilmasdan kelmoqda. Qomatlari biram kelishgan. Sevishga arziydigan ekan. O*rnimdan turib sevaman dib quchoqlab olgilarim keldi. Ammo bu bir hayol edi. U joyiga o*tirdi. Zerikarli, yoqimsiz qo*shiqlar menga yoqib keta boshladi. Menam o*ynay boshladim. Nazarimda eng zo*r qo*shiq shu edi. Afsus bu so*ngi qo*shiq ekan. Zaldan turib keta boshlagdi hamma. Man uni ortida yura boshladim. Unga dil izhori uchun gaplar o*ylab ketvoman. Tashqarida to*rt dugona gaplashib turibdi. Oldiga yaqin bordim. U qo'lini cho*ntagiga tiqib turardi. Man ular bilan salomlashdim. U qo*lini cho*ntagidan chiqardi. Barmog*ida nikoh uzugi bor edi. O*zimni yoqotib qo*ydim. Nima diyishga so*z topa olmadim. Nahotki uni eri bor. Nahotki men kech qolgan bo*lsam. Nega endi kurtak ochgan sevgim, barg ochmasdan xazon bo*lsa. Ular menga qarab turishardi. Men vaziyatdan chiqish uchun bekat qayerda deb so*radim. U menga nikoh uzugi taqilgan qo*li bilan ko*rsatdi. Undanda alam qildi. Shuncha umid alamga aylandi. O*zimga o*zim savol berdim. Nega men doyim kech qolaman? Menga atalgan baxt bordir. Uni eri dunyodagi eng baxtli erkak bo*lsa kerak. Uni yana so*ngi bor ko*rish uchun ortga o*grildim. U chiroyli kulib qarab turardi... | |
|
Всего комментариев: 0 | |