22:53 Do'lli | |
DO'LLI Ko'chada yomg'ir sharros quymoqda. Yomg'irda
qolib ketdim. Panaroq joy ham topa olmadim. Yoz yomg'iri bo'lgani uchun kuchli
yo'g'ib hamma yo'gimni jiqqa ho'l qilib tashladi. O'zi uydan chiqayotganimda
onam: "Ozgina shoshmay tur. Yomg'ir yog'adi hozir. Keyin borasan"
degalariga ahamiyat ham bermasdan chiqib ketgandim. Yoshim endi 7 ga
to'layotgandi. Eshikdan chiqib 500 metr yurmasimdan yomg'ir quyib yubordi. Uyga
qaytishga erindim, "yomg'ir tezda tinar" deb yo'lda davom etaverdim.
Men amakimnikiga ketayotgandim. Uyligi uzoq emas, qo'shni ko'chada turishadi.
Ularnikiga borgunimcha yuvib, quritilmagan kiyimni kiygandek bo'lib qolgandim.
Yetib borib eshikni taqillatdim. Ha deganda, hech kim chiqmadi. 1 daqiqalar
chamasi, amakim yomg'irpo'shni ko'tarib chiqib keldilar va usti boshimga qarab,
indamasdan ichakariga olib kirib ketdilar. Ularni o'g'illari yo'q edi. 2 ta men
qatori qizlari bor edi. Kelinoyim ichkari xonadan chiqdilar, salom berdim.
Amakim meni yomg'irda kelganim uchun koyigan bo'ldilar. Keyin kelinoyimga
qarab, menga kiyim olib chiqishlari tayinladilar. Kelinoyim sal chunarsiz qarab
turgan edilar, amakim "bo'laveradi hozirga" deb aytdilar. Men hech
narsaga tushunmadim. Keyin menga "ustingdagilarni yech, kelinoying hozir
quritib beradi, bo'lmasa shammollab qolasan" deb ustimdagilarni yechishga
yordam berdilar. Kelinoyim esa bu paytgacha boshqa kiyim olib chiqib, ustimdagi
kiyimlarni olib ketdilar. Menga ustimdagi kiyimlar yoqmayotgan edi. Na iloj. 10
daqiqalardan keyin yomg'ir tindi.... Ichkaridan kelinoyim
kiyimlarimni dazmollab quritib olib chiqib berdilar. Qizlar kiyimini tezda
yechib, o'zimni kiyimimni kiyib oldim. Amakim menga ketdik deb tashqariga
yurdilar. Men orqalaridan ergashdim. Ular menga: "Jiyan kel, avval menga
qarashib yubor. Boya yomg'ir yog'masdan oldin hashakni panaga yig'ib
qo'ygandim. Ushani joyiga qaytarib qo'yaylik" dedilar. Menga bitta kichik
payshaha berdilar. O'zlari ham boshqasini olib, ishga kirishdilar. 15 daqiqada
ishni bitirdik. Lekin baribir zo'r kuchuk.
Unaqasi hech qayerda yo'q edi men uchun. U uydaglardan ko'proq onamga bog'lanib
qolgan edi. Onam maktabda ishlaganlari uchun, birga maktabga ketar edi. Men
maktabni bitirdimam, u bitirmadi. Deyarli har kuni borar edi. Oxirgi paytlar
bog'lamay ham qo'ydik. Erkinlik tarafdori bo'lib. Maktabda kimdir onamni
qidirishsa Do'lini mo'jjal olib borishardi. U onam kirib ketgan xona eshigini
oldida poylab turgan bo'lardi. Onamsiz uyga qaytmasdi. U bu joylarni aylanib
yurganida onam uyga ketib qolsalar mabodo, kechki paytgacha usha yerda poylab
turardi. Keyin qaytib kelardi. Bir xillarida o'qituvchilar "uyga ketdi,
senam ket" diyishganda ketardi. Ko'p hollarda onam ketishlaridan avval,
uni chaqirardilar. Ja bo'lmasa hushtak chalardilar. Qayerda bo'lsa ham tezda
yetib kelardi. Qoyil qolmasdan iloj yo'q. Kunlar, oylar, yillar o'taverdi. Bu
orada xarbiy xizmatga borib keldim. Usha yerda ham kuchugimni so'rardim. Akam
ham xizmatga borganda so'rardi. Yaqin edida. Bundan oldin ham it boqganimizda uzoq yashamagandi. U hozir 16 yil yashadi.
1994 yil yozda tug’ilgan bo’lsa, 2010 yil feval oyi. Bir necha yil oldin bitta
kichkina kuchukcha olib kelgandi akam. Katta bo’ladigan deb. Do’lli arazlab
yurdi. Hafa bo’lib. Keyin kichkina kuchukni berib yubordik. Do’lli hozirda
Qanaqadir yo’talardi. Vetenarga tanishga telefon qilsam, 16 yil yashabdi. Qarigan
deb qo’ya qoldi. To’g’rirog’i tuzatolmayman deya olmadi. Sovuq. Inida yotgisi
ham kelmadi. O’rniga yerto’laga tushib yotardi. Ertalab u yerdan qaytib
chiqardi. Zinalari baland bo’lsa ham qiynalib chiqaverardi. Ozgina kun o’tgandan
keyin orqa oyoqlari yahshi yura olmay qoldi. Iniga yana ko’rpachalar tashlab,
issiq qilib berdim. Boshqa iloji yo’q, yotdi. Ozgina sudralib yuradi, keyin
yana kirib yotadi. Yotali hirillashga o’tdi. Kun isiy boshladi. Inidan chiqib
qaytib kirmadi. Bitta yashikka jiyanlarim matolarni tashlab qo’yishgan ekan. Usha
yerga yotib oldi. Keyin qaytib tura olmadi. Tagiga yana ko’rpalardan solib qo’ydik.
Kechasi ustini ham yopib qo’ydik. Yoniga suv qo’ydik. Ichmadi. Ovqatini ham
yemadi. Faqat kelgan odamga termulib yotardi. Boshini silaganimda ko’zini
pirpiratib qo’yardi. Nima kasal ekanini ham bilmasdik. O’zi ham rostan ham
qarigandi. Yoshligidagi sho’xliklari tugagandi. Qora rangli tuklariga oq
tushgandi. Hozirgi yotishi esa daxshat edi. To’g’risi o’limini poylayotgan
edik. Ertalab uyg’onib, yuzni yuvmasdanam unga qarardik. Tirik, hayriyat. Usha
gaplar esimga tushdi. Yahshi it uydan uzoqda, egasini ko’ziga ko’rinmidigan
joyda o’ladi. Lekin bu yura olmayapti. Onam ham shu gapni etdilar. Keyin manga
itni maktab hovlisini chekkasi qo’yib kelishimni, shunda o’sha yerda o’lishini,
bo’lmasa uyda o’lmasligini aytdilar. Men qanaqa qilib o’z kuchugimni, 16 yil
birga yashagan kuchugimni ko’chaga tashlab kelaman. Ko’rganlar aytmaydimi deb
hazilomus qilib javob berdim. Ko’p bora aytdilar, men unamadim. Do’lli yashikda
yotaverdi. Na o’lmadi. Na tuzalib ketmadi. Og’ziga suv quyib turdik. Sho’rva
ichirib turdik. O’zi yemaydi, ichmaydi. Faqat ma’nosiz tikilib yotardi. Bir necha
kun o’tib (mart oylari), kun yana salqinlay boshladi. Men vaqtli uhladim. Kechasi
bir uyg’ondim. Onam hali uyg’oq ekanlar. Do’llini ahvolini so’radim.
Aytishlaricha akam unga sovuq qotmasin deb aroq ichiribdilar. Ensam qotib, yana
uhladim. Ertalab tursam, adam: Do’lli o’libdi deb qoldilar. Onam ham adamni
fikrlarini ma’qulladilar. Borib qaradim. Yashikda qimirlamay yotibdi. Yashikni surib
ko’rdim. Qimirlamadi. Avvalari surib ko’rganimda ko’zini ochardi. Qotib yotibdi
hozir. Achindim. Ko’chaga ham chiqa olmadi. O’ligini ham berkita olmadi deb. Men
bilardim. Do’lli yahshi kuchuk edi. Faqat u yura olmay, ko’chaga chiqa olmadi. Shuncha
kun tuzalishini kutib yashadi. Afsus chiday olmadi... Uni ko’mishim kerak edi.
O’qishga ketishga hali ancha vaqtim bor. Ko’mgani olib ketaman dedim. Yerto’ladan,
ketmon va belkurakni olib chiqdim. Hayvonlarni pastga, yani uyimizdan pastroqda
joylashgan suv bo’yiga, do’ngliklarga, hech kim yashamaydigan ovloq joyga ko’mardik.
Nomini negadir past deb atardik. Avvalari ham o’lgan kuchuklarmizni usha yerga
ko’mgandik. U paytda akalarim ko’mishgan. Men kichikina bo’ganim uchun. Endi menga
qolibdi. Do’llini yashigi bilan olib ketishga qaror qildim. Ustiga qop yopib
olib ketaman dedim. Va qo’limga qop oldim. Yonimga 2 ta jiyanlarim kelishdi. Ular
qarab turishibdi. Qopni asta yopdim. Jiyanlarim: Voy ko’zini ochib yumdi
deyishdi. Men ko’rmadim. Ularga shunday tuyilgan deb o’yladim. Chunki o’zim
qarab turibman. Ular yosh bola bo’lsa. Ko’ziga har narsa ko’rinaveradida. Har holda
yahshi ko’rgan kuchigi edi. Keyin aravaga yashikni ortib pastga ketdim.
Yashikni aravadan tushirib, yerni kavlay boshladim. 1 metr qazidim. Yonlarini yashik
sig’adigan darajada kengaytirdim. Endi ko’msam bo’ladi. Yashikni chuqurga tushurdim.
Iya qadrdon Do’lligim bilan xayrlashish
qolibdiku. Qaytib olib ustidagi qopni asta ochdim, bir uchi Do’llini boshini
silab o’tdi. Shu payt Do’lli ko’zini ochib yumdi. Aniq ko’rdim. Ko’krak
qafasiga qaradim. Nafas olayapti. Hayron qoldim. U o’lmagan ekan. U tirik ekan.
Men tirik itni ko’mishimga oz qolibdi. Yahshiyam xayirlashay debman. Bo’lmasa
uni tiriklay ko’mib yuborgan bo’lar ekanman. Qanaqasiga tirik. Axir menga o’lgan
deyishgandiku. Haya. Unga kecha aroq ichirishgan. Ushani ta’sirida qotib
uhlagan. Ex. Jiyanlari ham boya aniq ko’rishgan
ekan. Endi nima qilaman. Adamga telefon qilaman. –Allo, ada. Do’lli o’lmagan
ekanku. Mana nafas olayapti. Meni aldabsizlar. Nega bilmaysiz. Siz aytdingizku.
Hop. Hozir onamga ham telefon qilaman. – Allo. Ona. Do’lli tirik ekanku. Nega menga
uni o’libdi dedinglar. Hop qoldirib kelaman shu yerga. Sizlar atilatan
kelishib, Do’llini ko’chaga olib chiqishim rejasini qilgansizlar. (Oxirgi
gapimni hazilomus, kulib gapirdim). Mayli. Hali o’qishdan qaytib xabar olaman. Do’llini
yashigi bilan chekkaroqqa qo’ydim. Yomg’ir tomchilay boshladi. Do’lli, mendan
rozi bo’l deb pichirlab uyga qaytdim... kun bo’yi hayolib pastda qolgan Do’llida
bo’ldi. Darslarim tugashi bilan uyga tezlik bilan qaytib keldim. Adam ham uyda
ekanlar. Onam pastga Do’llidan xabar olgani ketibdilar. Men ham kiyimlarimni
almashtirib, usha yerga otlandim. Uydan 100 metr uyrmasimdan onam qaytayotgan
ekanlar. Qo’llarida ketmon. Savol nazari bilan qaradim. Ular: O’libdi. Ushlab
ko’rdim. Sovugan. Keyin toshdek qotgan. Yashiksiz ko’mdim, dedilar. Chuqur ho’rsinib
qo’ydim. Onam o’z qadrdon itlarini ko’mibdilar deb o’yladim. Do’lli yahshi it. Chunki
u uydan tashqarida o’ldi. Bunga u erishdi. Undan faxrlansam arzidi. Qoyil qoldim...
Bir necha oydan keyin u ko’milgan joydan yo’lim o’tdi. Yana ho’rsinib, uni
eslab qo’ydim. Doim uyga kelganimda u bo’lardi. Hozir yo’q. Undan uyda yerni
beton qilayotganda, qotmasdan yurganda qolgan izlari turibdi. Va rasmlari. Bir necha
marta yo’lim tushardi. 2012 yoz oylarda yana yo’lim tushdi. Pastni endi sotib,
xususiylashtirib olishigandi. Do’ngliklarni traktorda tekislab tashlashibdi. Tep
tekis yer bo’lib qolgan. Usha yerlarni aylandim. Shu atrofga Do’llini ko’mgandik.
Mana shu joylar edi. Lekin do’nglik yo’q. Do’llini birorta suyagni ham topa
olmadim. Onamga bir kun: Boshqa kuchuk olib kelaymi deb so’radim. Onam: Yo’q,
boshqa kuchuk boqmaymiz. Bizda faqat Do’lli bor edi. Boshqasi bo’lmadi, deb javob
berdilar. Menga ham shu ma’qul edi. U borida ham boshqa kuchuk olib
kelganimizda hafa bo’lgandi. O’lgandan keyin hafa bo’lmasligi uchun ham boqmaymiz...
Bu 2009 yil yoz oylarida eshikdan uyga kirmoqchi bo'lib qarab turgan rasmi. (Moy Mirga joylagandim usha payt. Mana hozir ham turibdi.) Tamom. Manba: giyos.ucoz.org Mualif: Giyos | |
|
Всего комментариев: 2 | ||
| ||