Главная » 2012»Декабрь»3 » Baxt tiladim, lekin baxtlimisiz deb so'ray olmayman.(monolog)
00:07
Baxt tiladim, lekin baxtlimisiz deb so'ray olmayman.(monolog)
Baxt tiladim, lekin baxtlimisiz deb so'ray
olmayman.
"Salom. Nimalar qilayapsiz? O’qishlaringiz yaxshimi? Manda
hammasi zo’r. Bu pochta adresimga oxirgi kirishim. Siz bilan xayrlashib ketay
deb kirdim. Hudo hohlasa bir necha kundan keyin to'y. Oshga keeeling. Ja hursand
ekan deb o’ylashingiz mumkin. Ha albatta hursandman... Kuyov bola to’ydan
keyin, barcha tanishlardan yani (yigtladan) aloqani uzishimni aytdilar... Siz
bilan qurgan shirin suhbatlarimizni doim bir hayajon bilan eslayman, siz yaxshi
do’st boldingiz. Rahmat. To’y shu yerda bo’ladi......”
Salom. Tabriklayman. Chin dildan. Juda hursand bo'ldim. To'y?
Usha yerdami? Yaxshi xabar ham eshitar ekanmanku.
Lekin shu paytgacha rosa ko'p baxt tilaganman). Mana bunaqa deyrdim. "Man
ko'chada sizni ko'rganimda, kulib turib baxtliman desangiz, man baxtliman va
hursandman” deyrdim. Lekin sizni ko’rganda baxtlimisiz deb ayta olmayman.
Chunki sizni umuman ko’rmaganman. Ko’rsam ham tanimayman. Siz mani rasmimni ko’rgansiz.
Ko’chada ko’rganingizda taniysiz. Chunki man hammadan ajralib turaman. Agar
ushanda hohlasangiz, faqat baxtli bo’lsangizgina, mani to’xtatib, "ushaman, siz
bilan internetda shirin suhbatlar qurgan” desangiz bo’ldi. Ushanda sizni
taniyman. Ungacha... Ming bora ko’rsam ham, yoningizdan sizga qarab o’tsam ham
tanimayman. Baxtlimisiz deb so’ray olmayman.... Esingizdami? Bir marta
suhbatimizda man, internetni, internetdagi suhbatlashayotganlarni poyezd
bekatidagi yo’lovchiga o’xshatgandim. Hamma yo’lovchilar gaplashib o’tiradi. Kimnidir
poyezdi kelsa, turib ketadi. U suhbatlashayotgan yo’lovchi qolib ketadi. Keyinroq
boshqasi bilan suhbatlashishi mumkin. Keyin u o’z poyezdida ketadi. Avvalgi
suhbatdoshi ham qaytadi. U ham.... Shu zaylda kunlar o’tadi. Kimdir
qaytmaydi.... deb o’xshatgandim. Shunda siz "Agar hohlasangiz siz bilan, sizni
poyezdingizda ketardim” degandingiz. Afsuski man keta olmasdim siz bilan birga.
Mana endi o’z hamrohingizni topib, o’z poyezdingizda ketayotgan ekansiz.
Faqatgina bu bekatga qaytmaydigan bo’lib. Bekatga olingan barcha chiptalarni tashlab
yubordingiz. Mani ham qaysidir poyezda, kimdir kutib turgandir. Birga ketamiz
deb. Qachon kelarkin usha poyezd. Juda yaqin qolgan bo’lsa kerak... Siz manga
baxt tilamadingiza? Bugun bo’lmasa ertaga poyezdim kelardiku. Baxt tilang, siz
baxtlimisiz deb so’ray olasizku.....
Baxt tiladim, lekin baxtlimisiz deb so'ray olmayman. 3 marta ketma ket o'qibman, qziq manham bizham, bir kun mana shu gapni so'ray olarmikanmiz? Bizga ham bir kun,aniq manzillar,tanish raqamlar begonaga aylanganda Baxt tilaymizu ammo,baxtlimisiz deya soray olamizmi,? Bizning ham poyezdlarimiz kelganda chin qalbdan baxt tilay olamizmi? Qiziq kimning poyezdi birinchi kelarkan? Uni aytishi bo'yicha maniki birinchi kelarkan,man o'shanda sanga chin qalbdan baxt tiliman,mani poyezdimga hali kamida 4 yil bor... ...
Bugun 10-marta öqishim. Bugun sal kayfiyatim yöqroq edi. Odnoklassnikiga kirib,saxifamni közdan kechirdim.yaqin bir ikkita 'druzya'larimni juma bilan tabriklayotsam sms kelipti. -HILOL örtojon nima bövotti sanga-a? Örto böldi sqlma. Biron nimaga chalg'i!
-yö xafa qmadin statusingda yozgan manologga etvomman,sqlmagin,hammasi yaxshi böladi)
tög'risi nima yozishni bilmay 'hmmm' db yozvorimman...
Man axir Giyos yozgan monolog db yozib qöygandim. Umuman olganda bu monolog nafaqat manga balki köpgina druzyamdagilarga maqul kelganini shaxsiy xabarlarida aytishdi. Sizni har statuslaringizni közda yosh bilan öqiyman,özingizning hayotingizmi-a?Xudo xoxlasa baxtli kunlariz keladi dyshadi va yana özlarini xotiralari bilan bölishishadi. Nima dyishga xayron qolaman)
yana bir nimala dmoxchman. Hozirda ko'pchilik aholini dardi yoritilgan bu monologni qayta qayta oqib bir nimala degim keladyu lekn baxt albatta keladi ) Bahtni kuting u albatta keladi ! Xudo xoxlasa!