02:23 Baxt tila, ertaga uylanayapman.... | |
Baxt tila, ertaga uylanayapman.... Kun o'tar, bir tekis, sensiz. Ko'nikdim bu kunlarga. Epladim sensiz yashashni. Sen bo'lmasang ham yashayapman. Sen yashay olayapsanmi? Tunlari o'ylamay, yig'lamay uxlayapsanmi? Manda oldin shunday edi. Hozir bunday emas. Ko'nikdim. Sen meni unutishing uchun imkon berdim. Seni uzoq vaqt bezovta qilmadim. Kutding, kutirdim. Mana endi ayrildik. Biz alaqachon yo'llarimiz choraxasiga kelib bo'lgandik. 1 ta yo'ldan keta olmasdik. Bizni taqdir tugagan joy shu edi. Yo'llarimiz ayro edi. Kimdir birinchi bo'lib, o'z yo'lidan ketishi kerak edi. Uzoq turdik. Juda uzoq. Hayollar ham qolmadi o'ylagani. Foydasiz edi bu turish. Kimdandir yordam istagandek edik. Afsus hech kim bizni tushunmadi. Peshonaga bosilgan tamg'a ayriliq ekan. Men ketdim birinchi, dardimni yutib ichimga. Qarayapsan ortimdan, so'ngan umiding bilan, "qaytarmikan" deb. Men qaytmadim. Ortga ham qaramadim. Chunki buni o'zing hohlaganding. Bilganim sen choraxadan ortga qaytganing. Hammasini boshidan boshlamoq uchun. Men boshidan emas, kelgan joydan davom etiryapman. Bo'ldi unitishamiz oxirigi tomchi xotiragcha. Jonim ertaga men uylanayapman. Baxt tila. Sen ham baxtli bo'lasan albatta. . . | |
|
Всего комментариев: 1 | |
| |