00:33 Baxt “LI” va “SIZ”. (audio monolog) | |
Baxt "LI” va "SIZ”. (audio monolog) Baxt "siz” qiz, erta ajrashdi yoridan. Uyda qoldi
yolg’iz, yig’lardi yurakdagi og’riq zo’ridan. Bu og’riq bilinmasdi hech kimga,
ko’rinmasdi hatto, qaraganda chetdan. Qiz yig’lardi tinimsiz. Hech sababsiz. Ha.
Sababsiz. Chetdan qaraganda sababsiz. Qizgachi? Sabab dengizdek. Toshayotgan,
xayqirayotgan to’lqindek... Hayotini tugadi dyerdi. Nima ko’ribman hayotdan, bu
beshafqat hayotdan dyerdi. Unga shavqat qilmagandi hayot. Uyda o’tirar chiqmay
ko’chaga. Tinimsiz yig’ladi... Kunlar tunlar yig’ladi. Ko’zida yosh qolmadi.
Ota onasi endi qiziga ko’rinishga uyalar. Axir ular deb shu xolga tushdi
bechora. Unga aytishardi, "hali hayoting oldinda, hali hammasi
yahshi bo’ladi, sen ishonsang bo’ldi” deb. Unga bu gaplar sig’armidi. Axir bu
gaplar to’g’ri kelmasdi uni hayotiga. Sevishga ulgurmadi qiz, sevgin qo’lin
tutib qololmadi qiz. O’zini atay boshladi baxt "siz”... Endi u baxt "siz”. Har
qadamda baxt "siz”. Uni atashar baxt "siz”. Uni ko’rsatishar baxt”siz”. Nafas
olganda eshitlar baxt "siz”. Oynaga qaraganda ham ko’rinar baxt "siz”. Umuman
baxt "siz”... Uyda zerikdi baxt "ni” o’ylagan qiz. Ko’chaga chiqdi,
yurdi tinimsiz, qidirdi yoqotganini. Topolmadi. Ishondi yana, o’ziga deya man
yana baxt "siz”. Uyga keldi. Yotdi. Yig’ladi yana bearmon. Yuzidan ketdi kulgu,
o’ylaydi, qaytmaydi endi mangu... Seva olmaydi endi birovni boshqa, sevishga qo’rqar,
men qiz emas deb qanday aytar. Qalb torlarini chertsa birov, atasalar unga
musiqa... Nega u ayta olmaydi endi... Nima endi yursinmi ko’chada sayoq, axir
yeydiku unda bir kun tayoq... Telefoni jiringladi. Oldi. Dugonasi. Turmushga
chiqayotgan ekan. Baxt tilashi kerak. Aytdi: "Baxt "li” bo’l”. Baxt "ni”
"li”sini o’yladi. Baxt "ni” "siz”ini o’yladi. Dugonasi bo’ladi endi "li” u esa
qolayapti "siz”. Yana o’yladi. Qayerda qildim xato. Qayerda adashdim... o’ylab
o’yiga yetolmadi... Yana o’yladi. Baxt so’zini ma’nosini axtardi. Dugonasi baxt
"li”. Juda ham. Yana oylar o’tdi. Boshqa dugonasi telefon qildi. U ham to’yga
taklif etdi. Qiz aytdi: "Baxt...” telefonni qo’ydi. Baxt "li” bo’l deya ayta
olmadi. O’zida yo’q narsani boshqadan qizg’ondi. Ko’ziga yosh oldi, baxt uzugi
olingan barmog’iga qarab... Baxt "ga” zor qiz, yana o’ylaydi o’zini baxt "siz”, yo’q
u baxtsiz emas. U asli o’zini atadi baxt "siz”. Hech kim bu dunyoda baxt
berilmaydi. Uni o’zi yasaydi. "LI” va "SIZ”. Kimdir oladi "li”ni aslida bo’lsa
ham "siz”. Kimdir oladi "siz”ni aslida bo’lsa ham "li”. Baxti "ni” taniy olmagan qiz yurar osuda. Kutib, kim unga
berarkin "li” yoki "siz” qo’shimcha. Kim baxtli, kim baxtsiz. O’zimizga baho
beramiz. Asli hammamiz oddiy baxt. Kimgadir "li” kimgadir "siz” miz. Audioni ko'chirish: http://giyos.ucoz.org/load/0-0-0-32-20
| |
|
Всего комментариев: 0 | |