22:15 Aqlsiz ekansan-ku! (hikoya) | |
Aqlsiz
ekansan-ku!
"Dildora, meni
sevasanmi? Meni tanlaysanmi? Faqat meni deysanmi?” Javob SMS: "Sizni sevaman.
Sizni tanlayman. Faqat, faqat sizni deyman!”. Aldamchi dunyo,
bevafo dunyo, bir kam dunyo... Shu SMS dan 1 oy o’tib, Dildoraning uyiga sovchilar
keldi. Yaxshi joydan ekan. Kuyov ham o’qimishli, ishli yigit ekan. Dildorani
ota-onasiga sovchilar ma’qul keldi. Qizlari rozi bo’lmasa ham, ularga rozilik
berib yuborishdi... Dildora yig’ladi... Dod soldi... Foydasi bo’lmadi, otasi
so’zidan qaytmadi... 1 haftadan keyin Fotixa to’yi belgilashdi. Kechasi Dildora
telefon qildi: -
Allo,
Kabir aka... -
Allo,
Eshitaman Dildorim... -
Sizda
gapim bor... -
Nima
gaping bor? Nega ovozing o’zgargan? -
Bitta
yomon xabar bor? -
Nima
bo’ldi? -
Meni
uzatib yuborishmoqchi! Dadam sovchilarga rozilik berib yubordilar. -
Nima???
Nega qarshilik qilmading? -
Qarshilik
qildim. Gapimni eshitishni ham hohlashmadi... -
Sevganim
bor deb aytmadingmi? -
Yo’q,
qanday aytaman. Ayta olmadim. -
Aytish
kerak edi! -
Qo’limdan
kelmaydi... -
Meni
sevmaysan. Sevmagansan! Shuning uchun kurashmayapsan! -
Yo’q,
yo’q, unday emas. Faqat sizni deymanku... -
Nega
unda rozilik berib yuborishsa ham, indamay qarab o’tiribsan? -
Nima
qilay axir? Ayting, nima qilay? -
... -
1
haftadan keyin Fotixam bo’ladi. -
Dadangga
aytmaysanmi? -
Ayta
olmayman... -
Demak
to’yga rozisana? -
... -
To’yga
rozimisan? -
Rozimasman,
lekin nima qilay?? -
Rozisan!
Baxtli bo’l! Xayr! Kabir telefonni
qo’yib qo’ydi. Derazani yonida turgan edi, borib, stulga o’tirdi. Ko’p o’tira
olmadi. Hovliga chiqib, boshini sovuq suvga tiqib turdi. Boshidan oqayotgan
suvga, yuzini shaloplatib, qayta qayta yuvdi. To’yib-to’yib suv ichdi. Boshini
artmasdan, hovlida ozgina yurdi... pichirlab o’ziga o’zi nimadirlar dedi. Yo’lidan
chiqqan bo’sh chellakka qoqilib ketgandi, keyin jahl qilib tepib yubordi. Oz
vaqt yurib, eshikdan chiqib ketdi... yarim soatlardan keyin uyga hansirab
qaytib keldi. Menimcha u yugurib kelgandi. Ushanga hansiragan. 1 haftadan keyin
Dildorani fotixasi bo’ldi. To’y kuni 1 oydan keyin qilib belgilandi. Dildora to’yigacha
Kabirga telefon qilib turdi. Kabir gaplashishni istamasdi, lekin Dildora uni
tinch qo’ymasdi: -
Kabir
aka, nega mendan o’zizni olib qochayapsiz? -
Sen endi
menikimassan?! -
Men
siznikiman. Avval ham aytganmanku! -
Eding...
Meni tinch qo’y endi... -
To’yimga
ozgina qoldi. Sizni ko’rgim kelayapti. Sog’indim. -
Men
uchrashmayman. -
Nega? -
... -
Nega
o’ziz sevgimiz uchun kurashmadingiz? Sovchi ham yubormadingiz? -
Aytganmanku
senga. Hali beri meni uylantirishmaydi deb. Ozgina kutganingda yuborardim.
Kurashmadingiz deganing notog’ri. Men dadang bilan gaplashdim. Sen telefon
qilib aytganingdan keyin. Quvib soldirtirdilar. Ularni tengi emas ekanman. -
Buni
nega menga aytmagandiz? -
Aytganimda
nima? Sen ayta olmadingmi? Bo’ldide. Dadang qizim bu gaplarni rad etdi dedi. -
... -
Endi
meni tinch qo’y. Meni sevganingda, aytarding, kurasharding... Meni bezovta
qilma... Dildora bechora
nima qilsin endi? Unga, Kabirdan ham qiyinroq edi. Kabir faqat sevgisidan
ajralmoqda. Dildora esa, ajralayapti, unutishga ulgurmay, boshqasi bilan yashashi
kerak... Kimga qiyin? Ikkoviga ham osonmas. Kimdirdan yordam ham kuta
olishmaydi... Dildora Kabirga
SMS yozdi: "Itimos to’yimga keyin. Bizni eng yaxshi ko’rgan, bizni to’yimiz
bo’lmoqchi bo’lgan joyda. Kutaman”. Kabir SMS ni
o’qib, sal bo’shashib qoldi. To’yga borishini ham, bormasliginiyam bilmadi.
Dildoradan bir nafratlansa, bir jahli chiqardi. Uvol ketgan sevgisiga achindi.
Keyin ko’chaga aylangani chiqib ketdi. Negadir to’yga borgisi keldi. Va o’ziga
tanish yo’ldan yurib, to’yxonaga bordi... To’y hali boshlanmabdi. Eshik oldida
ozgina turdi, u Dildorani oq libosda ko’rgisi kelayotgandi. O’zi rostiyam shu
sabab kelgandi. Kelin kuyov kelishdi.... Dildora oq libosda kirib keldi,
Kabirni ko’rib, ko’ngil so’ray olmadi. Ko’z yoshlarini yashirib. Teskari
tomonga qaradi. Kabirni yonidan o’tib ketdi. Kabirning muhabbatiga qildi
hiyonat, ayirdi bir birini. Endi bu so’ngi uchrashuv, so’ngi visol. Dildorani
yonida esa baxtli kuyov... Kabirni ko’zlaridan ham yosh qalqidi. Mikrafonni
olib, dil so’z aytdi. Gapirayotganimda faqat kulib turgin. Yig’lamagin sira.
Tabbasuming qolsin meni xotiramda dedi. Shunday qilib, baxt tiladi, keyin
to’yxonani tark ayladi.... Kabir katta
yo’lda yolg’iz ketib borardi. Yonidan mashinalar bir bir o’tib qoladi.
Bo’g’ziga alamidan nimadir tiqilgan. Shunga yo’talib yo’talib qo’yardi. Kuyovni
o’yladi. Bir qoraroq yigit ekan. Yuzini ham husnbuzar bosgan. Kabir o’zini
undan ming chandon kelishganroq deb o’yladi. Lekin bu o’ylagandan nima naf.
To’y boshlanib bo’lganku. Yana jahli chiqib, tez tez yura boshladi. Ozgina
yurib, orqaga qarab qo’ydi. Oldin shu ko’chadan Dildora ikkisi qo’l ushlashib
yurishardi. Kabir ham usha paytni qumsam orqaga qaradi. Endi o’tmishda
qolganini bilayotgandi. Bu paytlar boshqa qaytmasliginiyam tushunayotgandi. Yana
bir marta orqaga qaradi. Uzoqdan oq ko’ylakda kimdir yugurib kelayapti. Kabir
yanada sergak qaradi. Ha, oq ko’ylakda... Kelin ko’ylakda. Nahotki Dildora
to’ydan qocha oldi? Bo’lishi mumkin emas! Qanday qilib? Shuncha odamlar
orasidan. Kabir na hursand bo’la olardi, na boshqa bo’la olardi. Dildoraga
sevgi baribir ustunlik qilibdida. Endi ota onasi aniq Kabirga Dildorani
berishadi. To’ydan qochgan qizni, boshqa odam olmaydi. Olishga qo’rqadi. Balki
ruhiy kasal deb o’ylar. Aqlsiz deb o’ylar. Nima deb o’ylasalar ham... Kabirga
qaytamiz. U hozir Dildoraga nima deyishini o’ylayabdi. Aytadi: "Nega bunday
qilding? Esing joyidami? Endi ota onang, mahalla oldida nima degan odam
bo’ldi?...” Shunga o’xshash gaplarni aytadi. Kelin yaqinlashib qoldi. Yonida u
bilan baravar bir mashina ham kelayapti. Balki ichida kuyov bordir. Bu
qaroridan qaytarmoqchidir. Unaqa qilmasa kerak. Yigitim deb ketayotgan qizga,
qaysi aqli bor yigit, bu qaroringdan qayt deydi. Yaqinlashib qolishdi. Kabir
o’zini tartibga keltirib oldi. Kelayotgan kelin Dildoraga o’xshamayapti. Sal
to’laroqmiye. Yonida kelayotgan mashinani ichida kamera ham bor ekan. Kelinni
tanidim. Aktirisaku. Menimcha klipmi, kinomi olishayotgan bo’lishsa kerak.
Kabirni yonidan yugurib o’tib ketishdi. Kabirni yuzida bo’lgan boyagi hursandchilik,
endi yoqolib qoldi. Kelin ko’ylakdagi aktirisa bilan birga ketdi shekl.
Shumshayib qoldi. Menimcha u, Dildorani qochib kelishini chidan istagan ekan. Aktirisa ham sportchimi deyman, to’xtamasdan
yugurayapti... Kabir yo’lida davom etdi. Uyiga bordi... 1 hafta tinch
yurdi. Juda tinchamas, hayol qilib, alami kelib, ubu qilib yurdi. 1 haftadan
keyin telefoni jiringladi. Dildora telefon qilayotgan ekan. Kutmagandi. Hayron
bo’ldi. Telefonni ko’tardi: -
Allo,
eshitaman. -
Allo.
Assalomu Alekum Kabir aka. -
Voalekum Assalom. -
Man
Dildoraman. Tanidizmi? -
Ha.
Tanidim. -
To’yim
o’tdi. -
Bilaman.
-
Mendan
haliyam hafamisiz? -
Yo’q.
Hafa emasman. Sen endi menga hech kimsanku. Hafa bo’lganim bilan nima
o’zgarardi? -
Nega
endi hech kim ekanman. Sevgilingizmanku! -
Eding! -
Yo’q,
hali ham. Hali ham sizni sevgilingizman. Men haliyam sizni sevaman. -
Sen
endi meni unut. Eringni sevgin. Endi san eringnikisan. Menikimassan. -
Sizga
va’da berganman. Faqat sizni deyman deganmanku. -
Bu
gaplarni unut! U o’tmishda qoldi! -
Yo’q,
o’tmishda qolmadi. Men haliyam usha gapimdaman. -
Men u
gaplarni unutganman. -
Kabir
aka uchrashaylik. -
Nega? -
Sizni
sog’indim. Uchrashaylik... -
Meni
sog’inishga haqqing yo’q. Men senga hech kimman. Unut. Boshqa telefon qilma! -
Yo’q,
yo’q. Unutmayman. Men sizni sevaman. Boshqasi kerakmas. -
Ey.
Menga qara. Seni ering bor. Boshqasi senga begona endi. -
Sizsiz
yashay olmayman. -
Buni
vaqtliroq o’ylash kerak edi. Men etgan paytda uyingdagilarga aytishing kerak
edi. Shunda hammasi biz istagadek bo’lardi. Biz birga bo’lardik. Bir birimizga
yetishardik. -
Bunday
bo’lmadi. Meni aybim. Tan olaman. Faqat siz hafa bo’lmang. Sizdan kechirim
so’rayman. -
Kechirim
so’raganing bilan nimadir o’zgarib qolarmidi? -
Mayli,
biz turmush qurib birga bo’la olmagan bo’lsak ham, endi bo’laveramizku. Erimga
ko’nglim yo’q, meni ko’nglim sizda. Siz ko’nglimni olishingizni istayman. Ubu
hilvatroq joyda uchrashib. Men oldin aytganimdek siznikiman.... -
Jinni
bo’lib qolibsan. Aqlsiz ekansan-ku! Qanday qilib? Sen yuziga oyoq qo’yayotgan
eringni yuziga men oyoq qo’ya olmayman. Uyam kimnidir farzandiku. Orzu havas
qilib senga uylanganku. Uni orzularini rasvo qilamizmi? Qilasanmi? Seni esing
joyidamas. Sen davolangin. -
Nega
unaqa deysiz. Orzularimizchi? -
Orzuyimiz
shunaqa bo’lsa, o’t tushsin o’sha orzularga. Kechdim usha orzulardan. -
Men
sizni hursand qilish uchun shuni aytgandim. -
Aytmay
ham qo’ya qol. Senga kim meni hursand emas deb aytdi? Hursandman. Ozgina avval
hursand emasdim. Endi seni shu gaplaringdan keyin hursand bo’la boshladim.
Senga uylanmaganimga hursand bo’la boshladim. Sen bilan shuncha yurib, seni
bunchalar yengil hayol ekaningni sezmagan ekanman. -
Sizni
sevganimdan shunaqa dedim. -
Agar
to’yimiz bo’lganda. Undan keyin nogohon boshqasini sevib qolsang, u bilanam
sevganing uchun yotishni taklif qilasanmi? -
... -
Nega
jimib qolding? -
Endi
unday bo’lmaydiku... -
Bo’lmaydiyam,
bo’lmasinam. Men bilanam, boshqa bilanam. Tushundingmi? Seni ering bor. Sen
eringni o’ylagin. Menimas. Sen endi eringniki bo’lding. Menikimas. Meni esdan
chiqar. Raqamimni o’chirib tashla. Menam o’chirib tashlayman. -
Undan
azobga meni yo’liqtirmang... Sizsiz men yashay olmaymanku. Hech bo’lmasa
ovozingizni eshitib ovunib yuray. -
Meni
azobga yo’liqtirib bo’ldingku! Sen o’zingni o’ylading. Meni boshqa bezovta
qilma! Xayr. Xayrmas, Alvido! Kabir telefonni
qo’yib qo’ydi. Keyin telefondan Dildorani raqamini o’chirib tashladi. Past
ovozda nimadirlar deb ming’illadi.... SIM kartasini telefondan chiqarib, otib
yubordi... 6 oydan so’ng... 6 oy mobaynida
Dildora Kabirga telefon qila olmadi. Sababi uni yangi raqamini bilmasdi. Kabir
ham unga telefon qilmadi. Chunki uni esdan chiqargandi. Esdan chiqarishga
harakat qilgandi. Kabir bir kun
bozorga tushganda, avtomabillar turar joyida turganida yoniga kimdir kelib,
unga qarab turganini sezdi. Qaradi. Dilrabo ekan. Ko’rib hayron qoldi.
Kutmagandi. Dildora salom berdi: -
Assalomu
Alekum. -
... -
Haliyam
mendan hafamisiz? Arazingiz tarqamadimi? -
Men
sendan hafamasman deganmanku. -
Meni
ko’rib hursandmasmisiz? -
... -
Men
erim bilan ajrashdim... -
Iya,
nega? -
Ular
bilan yashay olmadim. -
Aqlsiz
ekansan. Axmoqsan! -
Men
siz bilan birga bo’lish uchun. Siz bilan birga yashash uchun ajrashdim. -
Men
senga ajrashsang yashaymiz demagandimku! -
To’g’ri,
demagansiz. Lekin men shunday qilsam, balki sizga yoqar degandim. Hursand
bo’larmisiz degandim... -
Sen
nega meni hursand qilishing kerak? Nega men hursand bo’lib yurishim kerak?
Hursandmanku shundoq ham. Hursandligimni bildirish uchun tentakka o’xshab kulib
yurmaymanku! Sen meni o’ylamasliging kerak edi. O’zingni o’ylagansan shu
paytgacha. Bundan keyinam o’zining o’ylagin endi. Keyin, baribiram uyindagilar
seni menga bermaydi. -
Berishadi.
Aytaman. -
Aytasan?
Endimi? Sen menga endi kerakmassan! Usha aytgan paytimda aytganingda, hozir
bunaqa gaplashib turmasdik. Endi mendan nima hohlayapsan? -
Sizni
sog’indim... -
Sog’inmi....
hopmi? Asabimni buzayapsan. Qayerdanam bugun bozorga tushdim. -
Telefon
raqamingnizni o’zgartiribsiz. Yengisini bering. -
Yo’q.
Meni hayolingdan chiqar. -
Baribir
topib olaman. -
Topsang
topib olaver... Men sen bilan gaplashmayman. Xayr. Kabir mashinasiga
o’tirib, Dildorani yonidan ketdi. Dildora o’ylab qoldi. Kabirni mashinasi yo’q
ediku deb. Ha, yo’q edi. Yaqinda oldi. Ishlab. Yana vaqtlar
o’tdi. Taxminan 5 oylar. Bu orada Dildora, Kabirning raqamini topib oldi.
Gaplasha olmagan bo’lsa ham, har kuni sms yozadi. Javob kelmasa ham yozveradi.
Charchadi. Bir kun yaqin dugonasiga telefon qildi: -
Allo,
Dugon, qalesan. -
Ha,
Dildora. Qalesan. Men yaxshiman -
Men
usha usha. -
Nima
gaplar? -
Javob
yozmayapti. Charchadim. -
Yozib
qolar bir kun. -
Yozmaydide. -
Umidingni
uzma. -
Umid
alaqachon qolmagan. Kabir akamni bilamanku. Menga endi umuman qaramaydi. Xato
qildimda. -
Qanaqa
xato qilding? -
Erimdan
ajrashishim kerak emasdi. Uni sog’inayapman endi. -
Jinnisana.
Tuppa tuzuk erdan ajrashding. -
Ey,
meni ko’nglimni ko’tarishni o’rniga, battar tushurayapsanmi? Qayerdanam senga
telefon qildim. -
Voy,
darrov jerkib tashlaysana. Qo’ysengchi. -
Mana
qo’ydim. Dildora telefonni
qo’yib qo’ydi. 3 oydan so’ng. Dildorani
telefoni jiringladi. Kabir telefon
qilayotgan ekan. Boshida ishonmadi. Qayta qayta ismini o’qidi. Raqamni ham.
Keyin shoshib telefonni oldi. -
Allo.
Dilora. Qalesan? -
Allo.
Kabir aka. O’zizmisiz? Yaxshiman. -
Ha,
menman. Senga gapim bor edi. -
Qanday? -
1haftadan
keyin uylanayapman. Seni to’yimga kelishingni hohlayman. Chunki seni to’yingga
borgandim. -
Rostdan
uylanayapsizmi? Tabriklayman. Qayerda bo’layapti? -
O’sha,
o’zimizni joyda. -
Bo’ldi.
Albatta boraman. 1 haftadan so’ng... Dildora, qizil
ko’ylak kiydi. Chunki Kabirga shunday rang ko’ylak kiysa yoqardi. Sochlarini
turmakladi. Yuzlarini pardoz qildi. Keyin to’yxona tomon yurdi. Borganda hali
kelin kuyov kelmagan ekan. Ozgina kutdi.Kelishdi. Kabir unga qarab, kulib o’tib
ketdi. Dildora, ming yig’lamayman desayam, ko’zidan yosh chiqib ketaverdi.
Ko’zini yoshini berkitish uchun, teskari qaradi va ro’molchasi bilan ko’z
yoshlarini artdi. Keyin soxta kulgi yasab, yana qarab turaverdi. To’y
boshlandi. Dildora ozgina o’tirganidan keyin, ketgisi keldi. Eshik yoniga
yetganda, bir bolakay unga bir dasta qizil atirgul berdi. Guldastada xat bor
ekan. O’qidi, unga: "Senam albatta baxtli bo’lasan!” degan yozuv bor ekan.
Dildorani yuzida mayin jilmayish paydo bo’ldi. Keyin katta ko’chaga chiqib
piyoda keta boshladi. Mashinalar kam kam o’tadi. U atirgullarni bir bir hidlab
qo’yadi. Hursand. Sarhusht. Ketib borayapti. Choraxaga keldi. Yo’lni u tomoniga
o’tmoqchi bo’lib yurdi... Guuurs etgan ovoz eshitildi... Svetaforni qizil
chirog’i... Har tarafda qizil atirgullar... O’rtada qizil kiyimda qiz...
Oqayotgan qizil qon... Dildoraning pichirlab aytgan so’ngi so’zi, "Baxt - bu seni baxtli bo’lishingmas, kimnidir baxtli
qila olishing”, bo’ldi. So’nggi marta
hayoliga eri keldi.U uni baxtsiz qildi. Balki hozir baxtlidir. Lekin ma’lum
vaqt baxtsiz qildi. U shuni to’layapman deb o’ylayotgandi... Oxirigacha o’ylay
olmadi. Joni uzildi... Uzoqdan tez yordam mashinasini ovozi eshitilardi... Manba: Giyos.ucoz.org Mualif:Giyos Gapparov Hikoya mualifi
bilan suhbat. kommentda, izohda | |
|