Kim aybdor? Aybdor emas, qiz uvol (Giyos yozgan hikoya) - Giyos/FORUM
Kim aybdor? Aybdor emas, qiz uvol (Giyos yozgan hikoya)
| |
Giyos | Дата: Среда, 22.08.2012, 14:00 | Сообщение # 1 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Kecha eshitgandim. Shuni sal badiylashtirib yozaman.
|
|
| |
Giyos | Дата: Среда, 22.08.2012, 14:14 | Сообщение # 2 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Kim aybdor? Aybdor emas, qiz uvol … Latif. U taksistlik qilib kun ko'radi. Ertalab ketib, kechga yaqin keladi. Kun tartibi shu. Uylangan. 2 ta jajji qizi bor. Xotini metis. Chiroyli. Uyda onasi bor. Otasi ancha oldin olamdan o'tgan. Ishlari yaxshi edi. Nima falokat bo'ldiku, ichib mashinasini haydab, urib oldi. Hayriyat o'zi sog' qoldi, faqat mashina. Bechora mashinani sog' joyi qolmadi. Avariya bo'lgan joyidan metalalolga topshirib yubordi. 1 oy uyda siqilib o'tirdi. Qo'li ishga bormadi. Ishlay desa qo'lida arzirli hunari ham yo'q. Boqadigani shu mashinasi edi. Yangi olishga puli yo'q. Qarz olishga do'stlari kamlik qildi. Taqdirga tan berdi. Bir ikki joyga ish so'rab bordi. O'xshamadi. Uyga qaytdi, burnini oqizib. Yana 1 oy o'tirdi. Uyda qora qazon zo'rg'a qaynayapti. Onasini pensiyasi ro'zg'orni tebratyapti. Xotini ham ishlamaydi. Bolalari hali yosh. Kattasi 4 yosh, kichigi 2 yosh. Latif siqildi. O'zini koyidi. Ichib mashina haydagan kunini lanatladi. O'ylab o'ylab bir qarorga keldi. Hovlisi katta. Ushani yarimini sotaman, baribir bir o'zim bo'lsam. Kimga kerak shuncha uy dedi. Ko'chaga e'lon osdi. "Uy sotiladi". Xaridor ham tayyor ekan. Darrov kelishishdi. O'rtaga dallol ham aralashmadi. 1.500 dollarga uyni yarimi sotildi. . . Latif pulni oldi. Uyga kirib onasiga berdi. Shuni saqlab bering, mashina topsam qaytib olaman dedi. Onasi pulni yashirdi. Nechi hafta o'tdi. Latif mashina ko'rgani bozorga ketdi. Tushlik payti bo'ldi. Latifni xotini qaynonasini oldiga kirdi. Qaynonasiga: "Oyijonim, mehribonim. Suyunchi bering. Latif akam mashina topibdilar. Qo'shni boladan aytirib yuboribdilar. Pulni berar emishsiz. Men olib borar ekanman. Ishqilib yaxshi mashina tanlagan bo'lsinlar" dibdi. Qaynona ham hursand bo'lib, pulni berkitgan joyidan olib, keliniga berib yuboribdi. Unga oq yo'l tilabdi. Kelin 2 qizini unga tashlab, yo'lga ravona bo'libdi... Kechki payt Latif bir o'zi qaytibdi. Onasiga: "Mashina ko'rdim, yoqmadi, kelasi hafta yana tushaman" deb aytibdi. Onasi undan xotinini so'rabdi. Latif hayron bo'libdi. Ona bor gapni aytibdi, pulni berib yuborganini ham aytibdi. Latif o'ylab qolibdi. Tezda ortiga qaytib, xotinini onasinikiga yo'l oldi. Hayolda har hil gumon, har hil o'y. Bordi. Eshikni taqillatdi. Hech kim ochmadi. Yana qattiqroq taqillatdi. Xotini eshikni ochdi. Latif undan jahl bilan pulni so'radi. Qaytib ber deb so'radi. Xotini esa "men pulni olmadim" dedi. Latif darg'azab bo'ldi. Devorni urdi, tepdi, lekin xotini tan olmadi. Latif onasini olib keldi. Foydasi bo'lmadi. Baribir tan olmadi. Latif unga taloq berdi. Xotini qizlarini ham so'ramadi. Ulardan ham voz kechdi... Ayb kimda? Pul ketdi. Pulni berib yuborgan ona aybdormi? Yo'q. U qanday qilib keliniga ishonmasligi mumkin. U ishondi, berib yubordi. O'rtada nima bo'ldi. Hovlini yarimi ketdi, Latifni oilasi buzuldi. Qizlari onasiz qoldi. Kim aybdor? Aybdor emas, qizlari uvol. . . Latif boshqa uylanmadi. Ayollarga zarracha ishonchi ham qolmadi. Tupirdi bariga. Kutmagandi bunday bo'lishin. Axir ahil oilia ediku. Qanday qilib to'g'ri ayoli pul deb oilasidan kechdi. Afsus. Ichida shuncha g'ayriligi bor ekan, bilmabdi. Qizlarini o'zi katta qildi. Ijaraga mashina olib haydadi. 10 yil o'tdi. Bu orada onasidan ham ayrildi. Qizlari katta bo'lib qoldi. Latif kechasi ham taksistlik qildi. Kunduzi ham. Sotgan yarim hovlisi ham bu orada 2 - 3 marta qo'lma qo'lma qo'l sotildi. Ekin ekib qo'yilgan. Hech qaysi biri uy qurmadi. Haftalar o'tdi, oylar o'tdi. . . 14 yoshli qizi to'sattan homilador bo'lib qoldi. Hamma yoqda qiy chuv bo'ldi. Latifni boshi egildi. Kutmagandi bunday vaziyat. Militsiyaga arz qildi. Qizi bir yigitni ko'rsatdi. Otasi shu deb. Yigit tan olmadi. Yana bo'ldi to'palon. Yigit aytar: "menga tuxmat bu, qo'limni ham tekizmaganman. Men unaqa bola emasman" deydi. Latif: "unda kim aybdor, sen bo'lmasang. Ana qizim seni aytayaptiku" deydi. Yigit bo'lsa: "Men qayoqdan bilaman kim aybdorligin. Balki o'zingizdir qizingiz bulg'agan. Xotingiz yo'q, uylanmagansiz. Ayolsiz yashash qiyin. Siz qizizdan foydalanib, endi menga tuxmat qilayotgandirsiz?" dedi. Latif tutaqib ketdi. Uni urmoqchi edi, qo'shnilar ushlab qolishdi. Latifni qizi esa, bolani tug'aman deydi, nomussiz. Latif so'ngi so'zni aytdi: "Bola tug'ilsa DNK tekshiruvini o'tkazamiz. Keyin seni (yigitga qarab) qamoqda chiritaman" dedi. Endi kutishayapti bola tug'ilishini. Kim aybdor? Aybdor emas, qiz uvol bo'ldiku. Aybdor qidirib ne naf endi. Kimga foyda bundan. Qizlarini qarovsiz, tarbiyasiz qoldirgan Latif aybdormi? Yoki aybdorsan deyilayotgan yigitmi? Yoki pulni o'marib, qizlarini tashlab ketgan ona aybdormi? Aybdor izlaymiz, o'zimizdan ayb qidirmaymiz. Aybdor izlaymiz, o'zimizdan aybni voqif qilamiz. Qizni taqdirini kim o'ylaydi. Endi uni bir bolasi bilan kim uylanadi. Menmi? Yo'q, men undaylarga uylanmasdim. Taqdirini tamom qilganku u. Uni ham omadi kelsa, baxtini topar. Kimnidir ilintirar agar o'zgarmasa. Yoki ikkinchi xotin bo'lib erga tegar. Ja omadi kelsa ajrashganga erga tegadi. Mana uni taqdiri. Shuni kim o'ylaydi. Hech kim. Ular kim aybdorligini qidirishayapti. Topisharmikan! Topishadi. DNK tekshirishmoqchiku. Lekin qizni baxtini, uni yoqotgan nomusini topisharmikan? Buni kim qidiradi? Hech kim. Chunki ularga aybdor kimligi muhum. Asray olishmadi qizni. Kim aybdor? Aybdormas, qiz uvol. Buni kim to'g'rilaydi? Hech kim!
|
|
| |
Giyos | Дата: Среда, 22.08.2012, 16:07 | Сообщение # 3 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Tugadi. © Giyos@mail.ru
|
|
| |
Sokina | Дата: Среда, 22.08.2012, 17:21 | Сообщение # 4 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Assalomu alaykum.Juda chalkaw taqdirlar ekan.Hammasi Allohni unutiwganidan,Allohning haq hidoyat yölini tanlaw kerak doimo.Ayrim yigirmadan ötgan qizlar ,hech kimga köngil berolmay ,sovchi yuborgan yigitlarniyam birini tanlayolmay yuriwadi.14 yowli "qiz" valadi zinoga ona bölarkanda... ASTAGFURULLOH.Na'uzu billahi min zalik.
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
Loading | Дата: Четверг, 23.08.2012, 23:50 | Сообщение # 5 |
ZvizdA
Группа: Talaba
Сообщений: 208
Статус: Offline
| Ayibdor kim? Faqat sabab. Bir piyola homir. Mana asosiy sabab. Umrini so'ngiga qadar shu kunni lanatlasin, foydasi yo'q. Afsus! Nasilni saqlash haqida o'ylab ko'rib, chatishgan sog'lom go'zallikdan, pachoqqina dindor yaxshi. Yoki shunday emasmi?
Haqiqat tilini achishtirsa, mevasidan ye.
|
|
| |
Giyos | Дата: Вторник, 29.04.2014, 11:44 | Сообщение # 6 |
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Статус: Offline
| Kim aybdor? Aybor emas, qiz uvol... II Qizaloq tug’ildi. Latif nevaralik bo’ldi. Voyaga yetmay tug’gan qizini, nikohsiz tug’ilgan bolasi bilan tug’riqxonadan olib chiqishayapti. Hech kim hursand emas. Hech kim suyunmayapti ham. Xatto shifokor doyalar ham buni bilib, suyunchi so’rashmadi. Latif egik boshini hali ham ko’tara olgani yo’q. Mana bola tug’ildi. Endi u aybdorni topadi. Uni qamatadi. Uni qizini nomusini, yo’q, o’zini nomusini toptagan yigitni qamoqda chiritadi... Ozmi ko’pmi vaqt o’tdi. Boladan va gumonlanuvchi yigitdan DNK tekshiruvi olindi. Endi javobi kutilmoqda. Yigit sal hayajonda. Hayajondamas. Qandaydir boshqacha. U bolani otasi bo’lib chiqsaya? Yo’q. Bunday bo’lishi mumkin emas... Axir u men otasimasman deydiku. Lekin u tibbiyot xato qilishini ham ich ichida istamoqda edi. Hozir bir oq xalatlik ularga test javobini aytadi. Aybdor topiladi va jazolanadi. Qiz..., yo’q, bolalik ayol bir o’zi qoladi. Yana yo’q. Otasi bilan qoladi. Uni asray olmagan otasi bilan. Uyalmasmikan, bir uyda yashashga? Otasini ko’ziga qanday boqarkin? Hmm. Begonaga yechinib bergan, otasini ko’ziga qaray olmaydimi? DNK test javobi chiqibdi. Go’dakni otasi, o’sha gumonlanayotgan yigit bo’lib chiqdi. Yigitni ko’rsangiz edi... 180 gradusga o’zgardi. Boshida qayta DNK talab qildi. Keyin yalinishga o’tdi, uni qamatmasliklarini so’radi. Yolvordi. Lekin bu ish allaqachon militsiyaga yetkazilgandi. Test javobini ular ham kutishayotgandi. Shunga yigitni olib ketishmoqchi edi. Bechora yigit rosa ham yalindi, yolvordi, yig’ladi. Latifga, qizingizga uylanaman, baxtli qilaman dedi. Kechirim so’radi, yoshlik, sho’xlik qilib qo’yishganini aytdi. Latif qizini baxtini o’ylab, uni qamatmasligini aytdi... Endi qiz uvol emas, abdor topildi. Go’dakni otasi bor. To’y qilishadi. Birga yashashadi. Ha, uvol demasdan, aybdorni topish kerak ekan. Shunda balki uvol bo’lmas ekan. To’yga tayyorgarlik boshlandi... Ba’zida odamlar adasharkan. Ularni kechirib, to’g’ri yo’lga solib yuborsa, ziyon qilmas ekan. Aksincha uni o’zgarishiga olib kelinadi. Hayotda o’z o’rnini topadi. Oldingi qilingan xatolarini boshqa takrorlamaslikka harakat qiladi, balki umuman qilmaydi... Qonun barchaga teng, ayb qildimi? Jazolanishi kerak. Latif davoyim yo’q desa ham, yigitni qamashdi. (har holda voyaga yetmagan qizni zo’rlagan)... To’y qoldirildi, balki butunlay tugatildi. Bechora qiz to’yga yeta olmadi. Afsus. Balki bu o’zini axmoqligidandir. Nima bo’lganda ham uning hayoti barbod bo’ldi. Uvol bo’ldi. Balki o’sha yigit qamalmay, shu qiz bilan bir oila bo’lib yashagani yaxshimidi? Har holda aybini tushundiku? Shunday deymizku, lekin bunday ayblarni jazosiz qoldirilsa, ko’payib ketmaydimi? Yana lekin, qiz va uning bolasi yolg’iz qolib ketayaptiku? Yana bir masala. Yigit qamoqdan chiqib, unga uylanarmikan? Yani qoldirilgan to’yni davomlarmikan? Menimcha, u bunga uylanmaydi. Boshida homilador qilganini tan olmagandi, endi uylanarmidi? Yana jazosini olib bo’lgandan keyin. O’ziga ham qiyin bo’ldi. Qamaldi degan nom oldi... Mavhum narsalar. Yana boshiga qaytamiz? Bunga kim aybdor? Yana aybdor izlaymiz. Sababi, biz chora ko’ra olmayapmiz. O’zimizdagi ayblarni boshqalarga yuklab, bo’ynimizdan soqit qilishimiz kerak. Shu bizga osonroq, yana yuqoridagi gaplarni qaytaraman. Bunga kim aybdor? Otami? Tashlab ketgan onami? Balki bebosh yigit. Balki yengiltaklik qilgan qizdir? Aybdor, aybdor, aybdor, aybdor... Aybdor izlashimiz kerakmas, ayb qilishini oldini olishimiz kerak. Atrofdagilar nega shunday narsalarga jim qarashadi. Kimnidir hayoti nahotki ularga qiziq bo’masa, nahotki befarq yashashsa. Kelajakda o’zlarni farazandlari, nevaralari, shularni ko’rib, ularni ishini takrorlamaydimi? Ularga bir narsa qiziq. Kim aybdorligi, qizni hayoti uvol bo’lgani emas...
|
|
| |
|