Beshikketti (Sokina yozgan hikoya) - Giyos/FORUM
Beshikketti (Sokina yozgan hikoya)
| |
Sokina | Дата: Воскресенье, 01.07.2012, 17:38 | Сообщение # 1 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Hikoyam özbek udumlaridan biri beshikketti haqida. Добавлено (29.06.2012, 18:34) --------------------------------------------- O'zbegimning biram g'alati udumlari borki,hayron qolmasdan iloj yöq.Nima emiw,bewikda yotgan gödaklarni bir-biriga atab qöyisharkan.Katta bölishgach,albatta turmush qurisharkan.Qadimdan buyon davom etib kelayotgan bu udum kam bölsada,hozir ham uchrab turadi. Добавлено (29.06.2012, 22:05) --------------------------------------------- Madina özining bewikketi udumi böyicha gödaklik chog'idayoq Karimga atalganini yuqori sinfda öqiyotgan paytda bilib,g'alati ahvolga tuwib qoldi.Karim dadasining döstining ögli. Madinadan 5 yow katta.Unga munosabati özgacha ekanligini sezardiyu,ammo ota-onalarining bu bitimidan qiz bexabar edi.Madina onasidan mutlaqo sir yawirmaydi.Onasi ham tarbiya masalasida anchagina sabrli ayollardan.Ona va qiz munosabati a'lo darajada.Bir kuni Madina sinfdowi Nozim unga köngli borligini aytganini onasiga aytganda,onasi uni yuqoridagi gapdan xabardor qildi.O'zining bewikda yotganidayoq taqdirini hal qilib qöyiwganidan biroz ranjidi.Lekin onasi, bu fotiha emas,agar xohlamasang Karimga seni uzatmaymiz,deya qizining könglini tinchitdi.Ammo,Madinaning qalbida Karimga nisbatan hadiksiraw paydo böldi.U endi özini undan olib qocha bowladi.Köcha-köyda duch kelib qolsa ham körmaganga olib ketardi.Hatto,uning onasi Olima xolasidan ham uyalib qochib qolardi.Avvallari Olima xolasi kelsa,uning yonida bemalol ötirib suhbatlawadigan,hazil-mutoyiba qilib yuradigan qiz özgardi, qoldi.Madina endi Karimlarning uyiga qadaminiyam bosmaydigan böldi.Maktabni bitirib kollejning 1-kursida öqiyotganda Karimning sovchisi keldi.Madina ancha öychan bölib battar ma'yuslawib qoldi.Harchand onasi uning könglidagi gaplarni biliwga urinmasin,sir boy bermasdi.U javob beriwgayam wowilmasdi.Bir kuni darsdan chiqayotganda Karim uni qöyarda qöymay gaplawib oliwimiz kerak,deb turib oldi.Madina bu gal chap berolmadi.Dugonasining qistovi bilan taqdiriga tan bergandek Karimning aytganiga böysindi.Dugonasi Zarifa bilan mawinaning orqa örindig'idan joy oliwdi.Ular chog'roqqina kafega borib chetroqdagi stol-stulga ötiriwdi.U-bu yengil yegulik buyurtma qiliwdi.Madina ma'yus kayfiyatda bir nuqtaga termulganicha ötirardi.Karim uning kayfiyatini kötarib kulguli gaplarga chalg'itiwga harakat qilardi.Zarifa esa bu yerda özining ortiqcha ekanini his qilgancha mulzam ötirardi.Stol tagidan Madina uning qölini uwlab ötiribdi,xuddi dugonasi turib ketib qoladigandek. Добавлено (30.06.2012, 16:56) --------------------------------------------- Karim yolg'iz gaplawib oliwi kerakligi haqida Zarifaga imo qildi.Zarifa nimani bahona qiliwni bilmay turgandi,Karim mawina kalitini unga berib ,siz qöwiq ewitib turing,deya joniga oro kirdi.Kowki,Madina bunga rozi bölsa,biz ketamiz rahmat mehmondorchilik uchun,deya örnidan qözg'aldi. Добавлено (30.06.2012, 22:18) --------------------------------------------- Karim unga ,Madina mayli agar istasang hamma gapimni dugonangni yonida aytaman,faqat ketma,deya iltimos ohangida gapirdi.Madina nima gapingiz bölsa xatda yozing,menga wunisi ma'qul,deya dugonasiga ketdik,deya ketaverdi.Karim ham noiloj qoldi.-Mawina chiqinglar özim olib keldimmi,özim olib boraman,deb qat'iy ohangda gapirib mawina ewigini ochdi. Добавлено (01.07.2012, 13:20) --------------------------------------------- Madina ,yöq rahmat iltifotingiz uchun özimiz yetib olamiz,dediyu bu joylar begona bölsa,buyog'i yöl kiraga puli ham kamligini esladiyu,ammo sir boy bermay dugonasiga qaradi.Zarifa ham xuddi uni fikrini uqqandek,sekin wivirlab pulim yöq,dedi.Karim Zarifaga qarab,dugonangizga özingiz tuwuntiring,hech bölmasa kollejgacha oborib qöyay.Mayli,uygacha olib bormayman,deya javob kutib turdi.Zarifa ham uning gapiga qöwildi.-Madina ,Karim aka tögri aytayaptilar.Gapni köpaytirmaylik. Ular bilan keldikmi,ular bilan ketamiz.Bu odamgarchilikkayam tögri kelmaydi,deya taqmoqlab gapirdi.Madina noiloj rozi böldi. Добавлено (01.07.2012, 16:38) --------------------------------------------- Qizlarni köcha bowigacha olib kelib qöygan Karim Madinaga qarab,Madin,taqdirdan qochiwga urunma,Xudo xohlasa,baribir meniki bölasan,deb qat'iy aytgan gapi qizning jonidan ötib ketdi.Xudo xohlamasin,deya mawina ewigini qarsillatib yopdi.Sal yurib höngrab yig'lab yubordi.Karimning gapi endi yanada kuchliroq ta'sir qilib alamidan köz yowga zör berdi.Zarifa unga ,xafa bölma yowi katta bolalar özi wunaqa gapiriwadi.Ular bizning yowimizdagilarga uylanib keyin zombi qilvoliwga harakat qiladida.Madi,wunga tegib özing biir adabini bersangchi,deya dugonasiga hazil qilib kulib qöydi.Madina uning "zombi",deganiga kulgisi keldi.Keyin yig'laganimni birov körib qolmadimikan,degan öyda atrofga qaradi.Iyun oyining issiq kunlari bölgani sabab köchada ulardan bowqa hech kim yöq edi.Zarifalar ularga qöwni yawawadi.Kechga ötaman,deya xayrlawib uyiga kirib ketdi.
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
bek_x6 | Дата: Воскресенье, 01.07.2012, 18:06 | Сообщение # 2 |
Майор
Группа: Talaba
Сообщений: 178
Статус: Offline
| Karimi gapi qiz bolaga yomon tasir qilishi aniqkuu! bekor shunaqa dibdi. Avval qizi fikini eshitmidimiiiii?? qani kutamiz)
Нет подпись...
|
|
| |
Sokina | Дата: Вторник, 03.07.2012, 01:20 | Сообщение # 3 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Ma'yus qiyofada uyga kirib kelgan Madinaning ahvolini onasi tezda anglab,undan vazminlik bilan söradi.-Bugun kechroq kelding,darslaring köpayib ketdimi? -Ha,deya Madina yolgon gapirdi.U hech qachon onasiga yolg'on gapirmagandi.Umuman olganda uning tabiatiga yolg'onchilik zid.Tabiatan rostgöy bölgani uchun ham yolg'onga toqat qilolmaydi.Tög'ri sözning töqmog'idan qörqmay bemalol rost gapni aytaverardi.Lekin,negadir bugun Karim bilan bölib ötgan voqeani onasiga aytgisi kelmadi.Ertasiga dadasidan anchagina pul oldiyu,kuratoriga berib,men endi darsga kelolmayman.Qiwloqqa ketayapmiz,deya yana yolgon gapirib Samira opadan ruxsat söradi.Chamasidan köp pulni olgan kurator og'zi qulog'iga yetganicha,hammasini özi hal qiliwini aytib va'da berdi.Wu tobda Madina öziga xos bölmagan bu qilig'i uchun özini yomon körib ketdi.Nimalar qilayapman özi aqlimni yöqotayapman,wekilli? Kuratorga pora berdimmi? degan dastlabki vijdon sörog'iga duch keldi.Kollejdan chiqib keta turib ortiga bir qayrilib qaradiyu,tez yurib uyga ketdi.(Bu holni Samira opa pora deb hisoblamasdi.Iw bitiriw uchun halol haqqimni olayapman,deb öylardi.Uning poraxörligiga birinchi bölib qarwi chiqqan ham Madina edi.O'wandan beri bu qizdan ehtiyot bölib,allaqanday hayiqiw bilan yurardi.Uning "insof"ga kelganidan xursand bölib ketdi.O'zicha, bu qiz pixini yorgan ekan,qanday paytda nima iw qiliwni bilarkan,wap-wap demay bir marta waftoli deydiganlardan ekan-a,deb har xil gumonlarni tusmollayotgandi.) Madina ham özicha reja tuzib qöygandiyu,ammo bu rejasi unchalik puxta emasdi.Wunchaki birinchi rejani a'lo darajada bajardiyu,qilmiwidan orlanib ketdi.Men haqimda nimalar deb öylayaptiykan?,deya miyasida savollar chuvalawib ketayotgandi...Kechqurun oila jamul-jam yig'ilganda yana yolg'on gapirdi.-Kollejimni a'lo baholarga yopdim. Dadasi ham quvonib,barakaAlloh ona qizim.Bugungi mukofot bewni sudrab kelmadimi,iwqilib,deya kulib qöydi.Madinaga wu gapning özi kifoya qildi.Hech kim unga iwonmadi,yolg'on gapirganidan uyalib qizarib ketdi.Dadasi uni öquv yilining yakuni bölgani va undan tawqari havo issiq bölgani uchun darsga borgisi kelmay wunday qilayapti deb öylayotgandi.Keyin qizini xijolatdan chiqariw uchun,gohida ustozlarga sovga-salom qilib turiw kerak.Ammo,bahoni sotib olmaganingizga iwonamiz.Axir mening qizim ikkichimasku,mayli "otpuska"ga chiqqaningiz yaxwi bölibdi,deya hazil bilan bu mavzuga nuqta qöydi.Bitta yolg'on orqasidan qator yolg'onlarni keltirib chiqiwi tabiy hol.Madina buni juda yaxwi tuwunadi.Bundan tawqari uning wa'riy ilmi ham qoniqarli darajada.Onasi bu yerda umuman bowqa gap borligini sezdiyu,bu haqda og'iz ochmadi.-Yaxwi qilibsan,uyda bölsang yangangga köproq foydang tegadi.Boyaqiw og'iroyoq holida rözg'or qilayapti,menam keldi-ketdi bilan andarmon bölib yordamim tegmayapti,deya keliniga qarab,dadajonga ma'qul bölsa ertaga qudamnikiga borib ,ota-onangni körib kelamiz ,bolam.Hademay nevaram tug'ilsa uydan chiqolmay qolasan.Mana Madina uyda qolib ow-ovqatga qarab turadi,deya eriga qarab,xöpmi dadasi,deya ruxsat söradi. Добавлено (02.07.2012, 00:51) --------------------------------------------- Ma'qul ,qudalarimga mendan duoyi salom aytinglar.Onajonim menga ovqat piwirib,choyimni damlab berib turadi,deya Madinaning pewonasidan öpib qöydi. Добавлено (02.07.2012, 13:11) --------------------------------------------- Madinani qiynayotgan asosiy muammo Karimga nima deb javob beriw edi.Karimni u yomon körmaydi,ammo yaxwiyam körmaydi.Karim bir necha bor qizga könglini ochib bowlagandi.Lekin,Madina uning gapini chala qoldirib ketib qolaverardi.U uyda ötirsa özini havfsiz seziwini anglagani uchun ham wunday qarorga kelgandi.Ammo,muammodan qochib emas,hal qilib qutuliw kerak.U yow aqli bilan tuzgan rejasi ham qaysidir ma'noda tög'ri böliwi mumkin,lekin tayoqning ikki yoqlama böliwini unutgandi.Karimning fe'lini töliq bilmasada,qisman biladi.Uning qat'iatli va iwbilarmonlik taraflari dadasiga öxwaydi.U iwlaydigan idora ham jiddiylik va qat'iylikni talab qiladi. Добавлено (02.07.2012, 13:16) --------------------------------------------- Karimning asosiy vaqti tawkilotida ya'ni iwxonada ötadi.Wuning uchun waxsiy iwlariga hadeganda vaqt topolmaydi.Ammo,Madina uchun amallab vaqt ajratardi.Wunda ham noumid qaytib ketaverardi.U Madinaning xarakterini bew qölday biladi.Bu safar qiziqqonlik qilib dilini ranjitib qöyganini tuwundiyu,özini koyib qöydi. Добавлено (02.07.2012, 13:24) --------------------------------------------- O'z-özidan norozi bölib,u yow qiz bölsa.Buyog'i tegmanozik fe'li bor.Uyiga qöng'iroq qilaman,agar dastakni özi kötarsa kechirim sörayman,deya öylab taniw raqamlarni tera bowladi.Hech kim javob bermadi. Добавлено (02.07.2012, 19:29) --------------------------------------------- Ikkinchi marta terganda erkak kiwining ovozi keldi.Indamaygina qöyib qöydi.Uning endi dilidagi bor gaplarini xatda yoziwdan bowqa imkoni qolmagandi.Aksiga olib Madina qöl telefon ham iwlatmaydi.Karim umrida birovga xat yozmagan ,qanday yozadi?Rasmiy biror hujjat yoziw bölsa ekan,döndirib yozib qöya qolardi.Bu qaysar qizga qanday qilib gap uqtirsam bölarkan?,deya bowi qotib ancha vaqt öy surib ötirdi. Добавлено (03.07.2012, 00:12) --------------------------------------------- Qöliga qog'oz -ruchka olib xat yozib ,yana köngli tölmay yirtib tawlayverdi...Yöq,yozmayman,yozolmayman.Iwni battar chalkawtiriwim mumkin,deya yana taniw raqamlarni terdi.Xayriyat,Madinaning özi ekan,avvaliga undan gapirgan gapi uchun kechirim sörab,keyin telefonni qöyib qöymasligini iltimos qildi. -Madina,men xat yoziwni eplolmadim.Menga xatdan køra yuzma-yuz gaplawib olganimiz yaxwi edi.Mayli,telefonda bölsayam gaplawib olaylik.Menga wartlaringni ayt,senga bölgan munosabatimni özing juda yaxwi bilasan,deya qizdan javob kutdi.-Men hali-veri turmuwga chiqmoqchimasman,-Madina past ovozda javob berdi.-Yaxwi,unda javobingni oliwim uchun qancha kutay?-Nega kutasiz,javobim wu.-Yöq,sen aniq sanani ayt,mayli qancha bölsa kutaman.Biz bewikketti bölganimiz uchunmas,senga chin dildan köngil qöyganim uchun uylanmoqchiman. -Bilmadim,ikki-uch yilmi,e bilmasam xudoni aytgani böladi,-deya Madina ikkilanib javob berdi.-Bu juda köp muddat men uchun.-Unda mutlaqo kutmang,meni bowqa bezovta ham qilmang,deya har doimgi odatidek suhbatni chala qoldirib qöyib qöydi.Karim qayta-qayta raqam terdi,ammo Madina javob bermadi... Добавлено (03.07.2012, 00:19) --------------------------------------------- O'wa kuni tunda ,Madina dilidagi hamma gaplarini onasiga aytdi...Karimning sovchilari kelganda onasi,bolalarimiz fotiha bölgani yöq.Agar Karimjonni uylantiramiz deyotgan bölsangiz bowqa qizga uylantira qolingizlar.Madina hali ancha yow,rözg'or quriwga tayyor emas,deya kesib javob berdi...Karim esa Madinani kutiwga qaror qilgandi... Добавлено (03.07.2012, 00:20) --------------------------------------------- Xotima. Bu taqdirmi yoki tanlov?Siz bunga nima deysiz?
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Дата: Воскресенье, 16.09.2012, 19:28 | Сообщение # 4 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1503
Статус: Offline
| Oxiri mavhum qoptimi yo o'ziz shunday tugatdizmi. . .
|
|
| |
Sokina | Дата: Воскресенье, 16.09.2012, 21:05 | Сообщение # 5 |
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Статус: Offline
| Xotimada savol berganmanku,özim wunday mavhum yakunlagandim.Hikoyaning asosiy xulosasini öquvchiga havola qilgandim.
Seni juda sog'indim,Rabbim!
|
|
| |
hamzahokim | Дата: Вторник, 29.07.2014, 01:30 | Сообщение # 6 |
Рядовой
Группа: O'quvchi
Сообщений: 7
Статус: Offline
| Karim töri yöl tutgan
|
|
| |
|