Четверг, 21.11.2024, 18:17
Hush kelibsiz Mehmon | RSS

Daydi... (Giyos yozayotgan hikoya) - Giyos/FORUM

[ Yangi izohlar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Izlash · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Daydi... (Giyos yozayotgan hikoya)
GiyosДата: Воскресенье, 24.06.2012, 02:47 | Сообщение # 1
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Anchadan beri shu hikoyani yozaman dib yurgandim. Lekin hech qo'lim bormadi. Chunki fantastikani yozish juda qiyinroq. Keyin bu yozmalar juda ham mavhum bo'ladi. Aniq javobni ham ololmaslik mumkin. Bu har kim o'zicha yechadi. Chunki bu o'zini fantastikasi bo'ladi.
Ko'chalarda kezamiza, daydimiza, bir joyda...
 
GiyosДата: Воскресенье, 24.06.2012, 02:48 | Сообщение # 2
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
DAYDI...

Ko’zimni ochganimda o’rindiqda yotgan ekanman. O’tirib oldim. Qattan keldim, qachon keldim eslolmayapman. Odamlar gavjum. Bu yerlarda avval hech qachon bo’lmagandim. Birinchi marotaba ko’rishim bu yerlarni. Odamlarni ham boshqacha. Kiyinishi ham. Hamma hammasi menga begona. O’rnimdan turib, o’tib ketayotgan bir kishidan soat so’ramoqchi bo’ldim. Keyin qayerdagligimni. To’satdan qayerdaman desam, o’xshamagan savol bo’ladiku. “Kechirasiz janob! Soat nechi bo’lganini aytib bera olmaysizmi?” deb so’radim. Indamasdan o’tib ketdi. Menga ahamiyat ham bermadi. Boshqa kishidan so’radim. U ham meni ko’rmaganga olib o’tib ketdi. Hayronman, kiyimlarim ham ularnikida unchalik farq qilmaydi. Yoki boshqacha tilda so’rasanmikan. Katoriy chas? ... Yo’q. Yana javob berishmayapti. Boshqa tilda, What time is it?... yo’q. Yuzimga ham qarashmayapti. Hm. Balki nemischani bilishar. Wie spat ist es? Yo’q. Meni tilimni bilmagan, nemis tilini bilisharmidi. Ahamiyat berishmayapti. Juda ham qiziq. Nega odamlar bunchalar be’etibor bo’lishsa. Hozir chiqib yo’lini to’saman. Voy... meni ichimdan yorib o’tib ketishayaptiku. Iya, qo’lim bilan ham ularni ushlay olmayapman. Nega unaqa ekan. Demak ular meni ko’rishmayotgan ekande...
 
GiyosДата: Воскресенье, 24.06.2012, 15:04 | Сообщение # 3
Полковник
Группа: Administrator
Сообщений: 2492
Репутация: 45
Статус: Offline
Man ko’rinmas bo’lib qolibmanmi? Qanday qilib? Mavhum. O’zim ham bilmayapman. Nega men hech kimni, hech narsani ushlay olmayapman. Yoki men ruhmanmi? Yo’q. Bo’lishi mumkin emas. Axir o’lganim yo’qku. O’zi nega hech narsani eslay olmayapman. Men qayerdam keldim o’zi. Men kimman? Beto’xtov shunga o’xshash savollar. Nima qilaman endi. Uyim qayerda? Qayerda yashardim? Ismim kim? Hotiramda hech narsa qolmabdi. Eslolmayapman. Hech kim meni gapimni ham eshitmayapti. Qanday qilib endi uyimni topaman. Qornim ham ochganini his qilmayapman. Umuman hech narsani his qilmayapman. Bu bir tomondan yahshi. Ga’m tashvishim kamayadi. Bu yer boshqa olam.
Kech tushdi. Tun kirdi. Hamma yoq zim ziyo. Ko’chada chiroqlar yoqiq turibdi. O’t betda mashinalarni ovozi eshitiladi. Kamdan kam hollarda, yonimdan o’tadi. Toza havo. Tungi havo zo’rde baribir. Odam o’zidan o’zi xotirasini yoqotsa yomon bo’larkande. Lekin ko’p narsani bilyapman. Chunarsiz hayota? Uzoqdan bir kishi kelyapti. Uyam meni hozir ko’rmasdan o’tib ketadi. Men hammani ko’ryapman, eshityapman. Ular meni sezishmayaptiyam. Bu qanday sinaot ekan?
 
SokinaДата: Суббота, 15.09.2012, 20:21 | Сообщение # 4
Полковник
Группа: Talaba
Сообщений: 1008
Репутация: 33
Статус: Offline
?

Seni juda sog'indim,Rabbim!
 
NinUДата: Пятница, 10.05.2013, 00:30 | Сообщение # 5
Рядовой
Группа: Talaba
Сообщений: 9
Репутация: 2
Статус: Offline
davomi yo'mi?
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:
Flag Counter